10.02.2025 yildagi 441-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 10.02.2025 yildagi 441-V-son
Kuchga kirish sanasi
10.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda qonun ijodkorligi va parlament nazorati doirasida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlisidagi nutqida parlamentning qonun ijodkorligi, parlament nazorati yoʻnalishidagi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida vazirlik va idoralarda rahbar oʻrinbosarlarini quyi palata qoʻmitalari bilan doimiy hamkorlik uchun masʼul etib biriktirish taklifi ilgari surildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Yangi Oʻzbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar shiddati davlat organlarining qonun loyihalarini tashabbus qilish va ishlab chiqish, shuningdek qonunlarning ijrosini taʼminlash sohasida Qonunchilik palatasi bilan munosabatlarini takomillashtirish hamda bu borada masʼul rahbarlarning faolligini yanada oshirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi hamda qonunlar ijrosini taʼminlash sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyati organlarining va boshqa davlat organlarining Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida qabul qilinishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash boʻyicha tashkiliy choralarni yanada kuchaytirish alohida ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining faoliyatida ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga biriktirilgan vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar va boshqa tashkilotlar 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun masʼul etib rahbarning birinchi oʻrinbosari, davlat organining tashkiliy tuzilmasida birinchi oʻrinbosar lavozimi mavjud boʻlmagan yoki ushbu lavozim vakant boʻlgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan tegishli oʻrinbosari (bundan buyon matnda masʼul oʻrinbosar deb yuritiladi) belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar faoliyati Qonunchilik palatasining bir nechta qoʻmitalari yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, davlat organida tegishli yoʻnalish uchun masʼul oʻrinbosar ham qoʻmitalarga biriktirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Masʼul oʻrinbosar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro samarali hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha quyidagi vazifalarni yuklash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun ijodkorligi, shu jumladan qonun loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish va koʻrib chiqish, shuningdek Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishincha vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiyaning Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida “hukumat soati” oʻtkazilishi tashkillashtirilishiga koʻmaklashish va “hukumat soati” doirasida muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiyaning rahbariga axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament soʻrovlarini, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari soʻrovlarini koʻrib chiqishda, Qonunchilik palatasi yoki uning qoʻmitalari tomonidan tegishincha vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiya rahbarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishda hamkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazorati yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini tegishli vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiya tizimida taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan qonun hujjatlarining ijrosi holati va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan parlament tekshiruvini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi deputatining murojaatiga asosan hududlarda saylovchilar tomonidan koʻtarilgan dolzarb masalalarning oʻzi faoliyat yuritayotgan vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiya vakolatlari doirasida hal qilinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishincha vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiyada qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosini doimiy hamda tizimli monitoring qilib borish, muntazam ravishda tarkibiy boʻlinmalarning bu boradagi hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki ijrosini taʼminlamagan tarkibiy boʻlinma rahbari va xodimlarining masʼuliyatini va javobgarligini oshirish yuzasidan vazirlik, qoʻmita, agentlik yoki inspeksiya rahbariga asoslantirilgan taklifni kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar tomonidan bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro hamkorlik uchun masʼul oʻrinbosarning belgilanishi hamda u haqdagi maʼlumotning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda hukumat, vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar tartibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili (bundan buyon matnda Vakolatli vakil deb yuritiladi) tomonidan masʼul oʻrinbosarlar zimmasiga ushbu Qarorning 3-bandi asosida yuklatilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishi hamda ularga uslubiy va amaliy koʻmaklashilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul oʻrinbosarlar tomonidan oʻz faoliyatini Vakolatli vakil bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etilishi, shu jumladan parlament soʻrovi, deputat soʻrovlari va murojaatlari hamda ularga javoblar boʻyicha Vakolatli vakilni xabardor qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro hamkorligi holati har chorak yakuni boʻyicha tegishli organning hayʼat majlislarida masʼul oʻrinbosarning bu boradagi hisobotini eshitgan holda muhokama qilib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlarining masʼul oʻrinbosarlari bilan doimiy ravishda yaqin hamkorlikda ish olib borish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatini kuchaytirishga, xususan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida qabul qilinishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlashga, shuningdek parlament nazorati tadbirlari samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan faoliyatga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar rahbarlarining masʼul oʻrinbosarlarini muntazam ravishda jalb etib borish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ushbu Qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar bilan aloqalarni hamkorlik memorandumlari orqali yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
441-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining2025-yil 10-fevraldagi 441-V-son Qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga biriktirilgan vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va boshqa tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari

Vazirlik

Qoʻmita

Agentlik va boshqa tashkilotlar

1.

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Suv xoʻjaligi vazirligi

1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

1. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

2. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

3. Kadastr agentligi

4. Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi

5. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

2.

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Soliq qoʻmitasi

2. Bojxona qoʻmitasi

3. Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

4. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

1. Statistika agentligi

2. Kadastr agentligi

3. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi

Adliya vazirligi

1. Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

3. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

Yoshlar ishlari agentligi

4.

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

1. Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

2. Innovatsion rivojlanish agentligi

3. Personallashtirish agentligi

4. Oʻzarxiv agentligi

5.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1. Adliya vazirligi

2. Ichki ishlar vazirligi

–

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

6.

Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Migratsiya agentligi

3. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

7.

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Transport vazirligi

3. Energetika vazirligi

4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

5. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

3. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

3. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

4. Fuqaro aviatsiyasi agentligi

8.

Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3. Sport vazirligi

4. Madaniyat vazirligi

Turizm qoʻmitasi

1. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

2. Bilim va malakalarni baholash agentligi

3. Kinematografiya agentligi

4. Milliy antidoping agentligi

5. Madaniy meros agentligi

6. Yoshlar ishlari agentligi

7. Oliy attestatsiya komissiyasi

9.

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

1. Tashqi ishlar vazirligi

2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

3. Mudofaa vazirligi

4. Ichki ishlar vazirligi

1. Bojxona qoʻmitasi

2. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

1. Mudofaa sanoati agentligi

2. Milliy gvardiya

10.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Suv xoʻjaligi vazirligi

Turizm qoʻmitasi

1. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

2. Gidrometeorologiya xizmati agentligi

3. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining2025-yil 10-fevraldagi 441-V-son Qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga biriktirilgan inspeksiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari

Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga biriktirilayotgan inspeksiyalar

1.

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

2. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

2.

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

3.

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

4.

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

3. Transport nazorati inspeksiyasi

4. Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

5. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

5.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining2025-yil 10-fevraldagi 441-V-son Qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari

Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar

1.

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

1) Oʻzbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qoʻllab-quvvatlash markazi

2) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

3) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

4) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi

5) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti

6) Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

7) “Agrobank” ATBning “Fermerlar maktabi”, “Suvchilar maktabi”

8) “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti

2.

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

2) Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi

3) Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

4) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq ilmiy-tadqiqotlar instituti

5) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

6) Bojxona instituti

3.

Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi

1) “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi

2) “Yuksalish” harakati

3) Demokratiya va inson huquqlari instituti

4) Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti tadqiqotlari instituti

5) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi

6) Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

4.

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

1) Progressiv islohotlar markazi

2) Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

3) M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi

4) Oʻzbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi

5) “IT-Park” Uzbekistan

6) Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

7) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

8) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi

9) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi

5.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

2) Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

3) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

4) “Oʻzbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazi (“Transparency Uzbekistan”)

5) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti

6) Toshkent davlat yuridik universiteti

7) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi

8) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Yashirin iqtisodiyot koʻlamini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi

6.

Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

1) Toshkent tibbiyot akademiyasi

2) Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi

3) “Ibn Sino” jamoat fondi

4) Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti

5) Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti

7.

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

1) Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi

2) Uy-joy fondini professional boshqaruvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uyushmasi

3) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi

4) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi

5) Toshkent transport universiteti

6) Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

7) Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

8) Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti

9) Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

8.

Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi

1) Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

2) Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi

3) Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

4) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi

5) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi

6) Q. Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti

7) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

9.

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

1) Markaziy Osiyo xalqaro instituti

2) Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi

3) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar instituti

4) Barqaror rivojlanish markazi

5) “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

6) Xalq diplomatiyasi markazi

7) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi

8) Jamoat xavfsizligi universiteti

10.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

1) Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi

2) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti

3) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti

4) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi

5) Turizm qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

6) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)

7) Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

8) Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti

9) Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

10) “EKOLOG” jamoat birlashmasi

11) Oʻzbekiston ekologik harakati

12) “EKOSAN” ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi