18.03.2025 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish orqali tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatini birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim sohalarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 168-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning oltinchi xatboshisi “sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar” soʻzlaridan keyin “shuningdek, tovar-transport yuk xati subyektlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 13-band “sxemaga asosan amalga oshiriladi” soʻzlaridan keyin “tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda rasmiylashtiriladigan EHF bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“131. Tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovar-moddiy boyliklarni yuklab joʻnatish bilan realizatsiya qilinganda elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning bank kartalari, shuningdek, yuridik shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi korporativ bank kartalari orqali amalga oshirilganda, nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qoʻlda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk joʻnatuvchi tomonidan tovar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinmaganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “shuningdek, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 9-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar milliy valyutadagi korporativ bank kartalari orqali toʻlovni amalga oshirgan holda, tovarlarni (xizmatlarni) sotib olgan QQS soliq toʻlovchilari onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali qayd etib, xaridlarni hisobvaraq-fakturalar reyestriga kiritish hamda QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Bunda xaridlarni hisobvaraq-fakturalar reyestriga kiritish muddati xaridlar amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“141.Tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilingan hollarda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi va quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilar (yuk tashuvchi, yukni oluvchi, haydovchi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzillar (yukni joʻnatish va yetkazish manzillari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport maʼlumotlari (davlat raqami va rusumi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashish narxi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quyidagi mazmundagi 32-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32-bob. Elektron hisobvaraq-faktura va tovar-transport yuk xatini birlashtirgan holda toʻldirish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilingan hollarda, elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda, ushbu Nizomga 5-ilovadagi shaklga muvofiq toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Birlashtirilgan holdagi hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati ushbu Nizomning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport turi (avtomobil, temir yoʻl, havo, suv) tanlanadi;

“Yuk tashuvchi” katakchasiga yuk tashuvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)/jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport turidan kelib chiqib, transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (avtomobil, tirkama, yarim tirkama davlat raqami va rusumi, vagon raqami va turi (yopiq, yarim ochiq, platforma, sisterna va boshqalar), havo kemasi raqami va rusumi, kema raqami va rusumi) kiritiladi. Bunda yuk tashuvchiga tegishli avtotransport vositalari roʻyxati elektron tovar-transport yuk xati tizimini Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi va yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs haqidagi maʼlumotlar (F.I.O. va JSHSHIR) kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashilayotgan transport turidan kelib chiqib, “Yuklash manzili” va “Yukni yetkazish manzili” toʻldiriladi;

agar qoʻshimcha yuklash yoki yetkazish manzillari mavjud boʻlsa, qoʻshish (+) tugmasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk tashishning xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi maʼlumotlar ixtiyoriy ravishda toʻldirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni yetkazib berish ekspeditor tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, “Yukni yetkazib beruvchi” katakchasiga yukni yetkazib beruvchining nomi hamda STIR/JSHSHIR kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning STIR/JSHSHIRi kiritiladi hamda tuzilgan “Shartnoma raqami va sanasi” toʻldiriladi (yuk ekspeditor tomonidan yetkazib berilgan taqdirda);

buyurtmachining STIR/JSHSHIRi kiritiladi hamda yuk tashuvchi va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan “Shartnoma raqami va sanasi” toʻldiriladi (yuk tashish xizmati yuk tashish shartnomasi asosida boshqa (yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va ekspeditordan tashqari) yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda);

yuklash va yetkazish manzilining oraliq masofasi (km) toʻldiriladi;

yuk tashish narxi kiritiladi (yuk tashish xizmati yuk tashish shartnomasi asosida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Ishlab chiqarish zarurati yuzasidan soliq toʻlovchilarning talablaridan kelib chiqib, birlashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatida ixtiyoriy toʻldirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar qoʻshimcha kiritilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 59-band “Tovarlar eksporti boʻyicha BYD rasmiylashtirilgan” soʻzlaridan keyin “hamda sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlar naqd pulda yoki yuridik shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi korporativ bank kartalari orqali, shuningdek, jismoniy shaxslarning bank kartalari orqali amalga oshirilganda, nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) quyidagi mazmundagi 611-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“611. Tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilingan hollarda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura elektron tasdiqlagandan soʻng elektron hujjat aylanish tizimi tomonidan avtomatik tarzda QR-kodi biriktirilib, ishtirokchilarga yuboriladi va rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura ishtirokchilarning shaxsiy kabinetida aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs yukni olganda va yetkazib berganda, yuk oluvchi esa yuk tashish jarayoni yakunlanganda oʻz elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlaydi yoki yukni olish jarayonida aniq sababi koʻrsatilgan holda elektron tovar-transport yuk xatini rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni tashuvchi yukni olganda va yetkazib berganda, sotib oluvchi esa yuk tashish jarayoni yakunlanganda tovar-transport yuk xatini elektron tasdiqlaydi yoki yukni olish jarayonida aniq sababi koʻrsatilgan holda rad etishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) quyidagi mazmunda 4 va 5-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son shartnomaga

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son

HISOBVARAQ-FAKTURA

Yetkazib beruvchi _________________________

Sotib oluvchi _______________________

Manzil: _______________________________

Manzil: ___________________________

Yetkazib beruvchining identifikatsiya

Sotib oluvchining identifikatsiya

raqami (STIR) ___________________________

raqami (STIR) _______________________

QQS roʻyxat raqami _______________________

QQS roʻyxat raqami ____________________

Bank hisobvaragʻi ________________________

Bank hisobvaragʻi ______________________

Bank MFO ______________________________

Bank MFO ___________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovar (xizmat)lar nomi

Tovar (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi

Tovar/ xizmat shtrix kodi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Narxi

Yetkazib berish qiymati

QQS

Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati

stavka

summa

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1.

2.

Jami

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuk tashish maʼlumotlari:

Yukni tashuvchi _________

STIR/JSHSHIR:

Transport turi

Avtomobil, □ Temir yoʻl, □ Havo, □ Suv

Haydovchi _________

JSHSHIR:

Avtomobil davlat raqami __________

Ekspeditor________

STIR/JSHSHIR:

Avtomobil rusumi _________

Yuklash manzili __________

Yukni yetkazish manzili __________

Yuk tashish narxi __________

Masofa __________

Mijoz __________

STIR/JSHSHIR:

Yarim tirkama __________

Buyurtmachi __________

STIR/JSHSHIR:

Tirkama __________

Yuk ogʻirligi (brutto) __________

Yuk ogʻirligi (netto) __________

Rahbar ___________

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs ________

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs __________

Oldim____________

Tovarni berdim ______________

(yetkazib beruvchi masʼul shaxsining imzosi)

(Yuk qabul qilib olinganda tasdiqlanadi)

(Yukni yetkazib berganda tasdiqlanadi)

20__ yil “__” _______ dagi _____-son ishonchnoma boʻyicha

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son shartnomaga

20__ yil “___” ____________ dagi ____-son

HISOBVARAQ-FAKTURA

(qatʼiy belgilangan ustamalarda realizatsiya qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun)

Yetkazib beruvchi _________________________

Sotib oluvchi __________________________

Manzil: ________________________________

Manzil: _______________________________

________________________________________

_______________________________________

Yetkazib beruvchining identifikatsiya raqami (STIR)

Sotib oluvchining identifikatsiya raqami (STIR)

________________________________________

_______________________________________

QQS roʻyxat raqami _______________________

QQS roʻyxat raqami ______________________

Bank hisobvaragʻi ________________________

Bank hisobvaragʻi_________________________

Bank MFO ______________________________

Bank MFO __________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovarlar nomi

Tovar (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi

Seriya

Oʻlchov birligi

Sotib olish qiymati (bazaviy narx)

Savdo qoʻshimchasi (ustama) foizda

Miqdori

Narxi

Yetkazib

berish qiymati

QQS

Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati

Tovar/ xizmat shtrix kodi

stavka

summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

1.

Jami

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuk tashish maʼlumotlari:

Yukni tashuvchi _________

STIR/JSHSHIR:

Transport turi

Avtomobil, □ Temir yoʻl, □ Havo, □ Suv

Haydovchi _________

JSHSHIR:

Avtomobil davlat raqami __________

Ekspeditor________

STIR/JSHSHIR:

Avtomobil rusumi _________

Yuklash manzili __________

Yukni yetkazish manzili __________

Yuk tashish narxi __________

Masofa __________

Mijoz __________

STIR/JSHSHIR:

Yarim tirkama __________

Buyurtmachi __________

STIR/JSHSHIR:

Tirkama __________

Yuk ogʻirligi (brutto) __________

Yuk ogʻirligi (netto) __________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Rahbar _______________

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs __________

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs __________

Oldim _______________

Tovarni berdim ________________

(yetkazib beruvchi masʼul shaxsining imzosi)

(Yuk qabul qilib olinganda tasdiqlanadi)

(Yukni yetkazib berganda tasdiqlanadi)

20__ yil “___” ________dagi _____-son ishonchnoma boʻyicha

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qaroriga
31-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tovar-transport yuk xatlarini elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, va faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari soliq davrida yuz million soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — transport xizmatlarini koʻrsatish haqidagi talabnoma bilan murojaat qilgan shaxs — yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi yoxud ekspeditor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — ekspeditorga oʻz hisobidan belgilangan yuk tashish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish yoki koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha tuzilgan transport ekspeditsiya shartnomasi tomoni — yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rouming operatori — markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini taʼminlaydigan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan ETTYUX — yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs tomonidan elektron tasdiqlangan elektron hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularning olib oʻtish yoʻlida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi — mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida faoliyatini amalga oshirayotgan, transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs, shuningdek, yukni yetkazib beruvchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspeditor — transport ekspeditsiyasi shartnomasi tomoni — tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tovar-transport yuk xati (ETTYUX) — belgilangan tartibda elektron shaklda rasmiylashtiriladigan tovar-transport yuk xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ETTYUXni rasmiylashtirish jarayoni ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchilar) — yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va yukni yetkazib beruvchi (tashuvchi) masʼul shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tasdiqlash — ETTYUXni elektron raqamli imzo yoki hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan, uni biometrik identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan hamda imzo sifatida tan olinadigan elektron tasdiqlash usuli (Face-Id) orqali tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tovar-transport yuk xati tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator) — qonunchilik hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan talablarni bajargan ETTYUXlarning aylanishi va ularni saqlash faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etilgan yuridik shaxs maqomiga ega axborot vositachisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni yetkazib beruvchi — yukni yetkazib berish zimmasiga yuklangan shaxs — yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi yoxud ekspeditor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs — mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida faoliyatini amalga oshirayotgan, yuklarni qabul qilish, kuzatib borish va topshirish boʻyicha transport-ekspeditorlik operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk joʻnatuvchi yuk tashish jarayonida yuk egasi yoki shartnoma (vositachilik, topshiriq) asosida uning nomidan ish yurituvchi ishonchli vakil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk oluvchi — yukni va yukka ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilganlarni olishga vakil qilingan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega boʻlgan, yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi yoki yuk tashish shartnomasi asosida yukni belgilangan manzilga yetkazib beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, ekspeditor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QR-kod elektron tovar-transport yuk xatlariga biriktiriladigan, dasturiy mahsulotlar orqali oʻqish (skanerlash) vaqtida elektron tovar-transport yuk xatlari haqida barcha maʼlumotlarga havola qilinadigan maxsus matritsali shtrix kod.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuk transport vositasida quyidagi tartiblarda tashiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk oluvchi tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspeditor tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashish shartnomasi asosida yuk tashish xizmatini koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan oʻz transport vositasi (yoki ijaraga olingan transport vositasi) orqali tashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovar-transport yuk xati yuk joʻnatuvchi yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan elektron shaklda shakllantirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektron tovar-transport yuk xati elektron tasdiqlangan holda, elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimi orqali veb-sayt yoki maxsus mobil ilova yordamida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektron tovar-transport yuk xatini shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va saqlash boʻyicha xizmatlar xoʻjalik yurituvchi subyekt va operator oʻrtasida tuzilgan shartnoma (ommaviy oferta) asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tovar-transport yuk xati elektron shaklda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elektron rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xati tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, tovar-moddiy boyliklarning kirim qilinishiga, shartnomalar (yuk tashish va transport-ekspeditorlik) asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob qilishga, transport ishini hisobga olish, haydovchiga (yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxsga) ish haqi yozish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Axborot tizimida elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar yuzaga kelganda, tovar-transport yuk xati qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi. Bunda texnik nosozliklar elektron tovar-transport yuk xati tizimi operatori tomonidan rasman tasdiqlangan boʻlishi lozim va axborot tizimidagi nosozliklar bartaraf etilgandan soʻng besh kalendar kun ichida qogʻoz shaklida koʻrsatilgan sana bilan tovar-transport yuk xati elektron shaklda axborot tizimiga kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni kiritgan holda rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xati bilan yuklarni tashish — soxta hujjatlar boʻyicha tashish hisoblanadi hamda qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yukni avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uygʻunligida tashish uchun elektron tovar-transport yuk xati yuk joʻnatuvchi tomonidan belgilangan tartibda har bir transportning qatnoviga alohida har bir yukni oluvchining nomiga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda elektron tovar-transport yuk xati elektron hisob-faktura bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin (korporativ bank plastik kartasi va (yoki) marketpleys orqali realizatsiya qilingan tovar-moddiy boyliklar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tovar-transport yuk xati ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagi tartibda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-transport yuk xatining tartib raqami va sanasi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish turi (“Ombordan omborga”, “Sotuvchidan sotib oluvchiga”, “Qayta ishlash/xizmatlar koʻrsatishga”, “Pochta va kuryerlik xizmati orqali”) tanlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport turi (avtomobil, temir yoʻl, havo, suv) tanlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuk joʻnatuvchi” katakchasida yuk joʻnatuvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)/jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) avtomatik shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuk oluvchi” katakchasiga yuk oluvchi nomi hamda STIR/JSHSHIRi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish turi “Ombordan omborga” rejimi tanlanganda, yuk joʻnatuvchi yuk oluvchi sifatida ham ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk ekspeditor tomonidan yetkazib berilgan taqdirda, “Yukni yetkazib beruvchi” katakchasiga yukni yetkazib beruvchining nomi hamda STIR/JSHSHIRi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning STIR/JSHSHIRi kiritiladi hamda tuzilgan “Shartnoma raqami va sanasi” toʻldiriladi (yuk ekspeditor tomonidan yetkazib berilgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuk tashuvchi” katakchasiga yuk tashuvchi nomi hamda STIR/JSHSHIRi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining STIR/JSHSHIRi kiritiladi hamda yuk tashuvchi va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan “Shartnoma raqami va sanasi” toʻldiriladi (yuk tashish xizmati yuk tashish shartnomasi asosida boshqa (yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi va ekspeditordan tashqari) yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport turidan kelib chiqib, transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (avtomobil, tirkama, yarim tirkama davlat raqami va rusumi, vagon raqami va turi (yopiq, yarim ochiq, platforma, sisterna va boshqalar), havo kemasi raqami va rusumi, kema raqami va rusumi) kiritiladi (yuk tashuvchiga tegishli boʻlgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, shuningdek, yuklarni temir yoʻl, havo yoʻli va suvda tashish xizmatini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda mavjud axborot tizimlariga integratsiya qilingan holda avtomatik tarzda shakllantiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi va yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs haqida maʼlumotlar (F.I.O. va JSHSHIR) kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashilayotgan transport turidan kelib chiqib, “Yuklash manzili” va “Yukni yetkazish manzili” toʻldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklash va yetkazish manzilining oraliq masofasi (km) toʻldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashish xizmati yuk tashish shartnomasi asosida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda, yuk tashish narxi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-transport yuk xati shaklining jadval qismiga tashilayotgan yukning rekvizitlari (“Tovarlar tartib raqami”, “Tovarlar nomi”, “Tovarlarning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi va nomi”, “Oʻlchov birligi”, “Miqdori”, “Narxi”, “Yetkazib berish qiymati (QQSsiz)”, “Ogʻirligi (brutto, netto, tonnada)” toʻldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya vositalari yordamida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar tashilayotganda, tovar-transport yuk xatiga mazkur mahsulotlarni markirovka kodlari biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklar yuklash manzili va yukni yetkazish manzili boʻyicha toʻldiriladi, agar qoʻshimcha yuklash yoki yetkazish manzillari mavjud boʻlsa, qoʻshish (+) tugmasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vositachi tomonidan komitentning manfaatida vositachilik xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq shartnoma (vositachilik yoki topshiriq) asosida yuk joʻnatilganda, vositachi (ishonchli vakil) yuk oluvchiga ushbu Nizomga 2-ilovadagi tovar-transport yuk xati shaklining jadval qismi 1-ustunidan avval 1a-“Komitentning (yuk egasining) nomi”, 1b-“Komitentning (yuk egasining) STIR/JSHSHIR”, 1v-“QQS raqami” qoʻshimcha ustunlarni kiritgan holda tovar-transport yuk xati shakllantirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish, yuborish va qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuk joʻnatuvchi tomonidan shakllantirilgan elektron tovar-transport yuk xati elektron tasdiqlagandan soʻng elektron hujjat aylanish tizimi tomonidan avtomatik tarzda QR-kodi biriktirilgan holda ishtirokchilarga yuboriladi va rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xati ishtirokchilarning shaxsiy kabinetida aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuk avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transportlarida yoki ushbu transport turlari uygʻunligida tashilganda, elektron tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilmagan yuklar yuk joʻnatuvchi tomonidan taqdim etilishi, yukni yetkazib beruvchi (yuk tashuvchi) esa uni tashish uchun qabul qilib olishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs yukni olganda va yetkazib berganda, yuk oluvchi esa yuk tashish jarayoni yakunlanganda tovar-transport yuk xatini elektron tasdiqlaydi yoki yukni olish jarayonida aniq sababi koʻrsatilgan holda rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan elektron hujjat belgilangan tartibda elektron shaklda rasmiylashtirilib tasdiqlansa, qogʻoz shaklida talab etilmaydi va u asl nusxa hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan yuk xatida keltirilgan maʼlumotlar himoya qilinadi hamda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida kamida 3 yil davomida saqlanishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yuk xatining amal qilish muddati 3 yildan koʻp boʻlganda, shartnomaning amal qilish muddatidan kam boʻlmagan davrda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektron shaklda rasmiylashtirilgan yuk xatiga biriktirilgan QR-kodning haqqoniyligi mobil ilova yoki rasmiy veb-sayt orqali tekshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Soliq organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlarning yozma soʻroviga asosan elektron tovar-transport yuk xatida keltirilgan maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur bobda qayd etilgan jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishda ushbu Nizomning 13-bandida qayd etilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishning oʻziga xos hususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yuk transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qoʻlda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda, elektron tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat siriga taalluqli boʻlgan yuk tashilganda va (yoki) yuk Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinmagan xorijiy transport vositasida tashilganda, tovar-transport yuk xati belgilangan tartibda qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yirik gabaritli yuk bir nechta transportda tashilganda, har bir transport qatnoviga alohida elektron tovar-transport yuk xati shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatida xatoliklar aniqlangan taqdirda, yuk joʻnatuvchi tomonidan tuzatuvchi ETTYUX mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tasdiqlaguniga qadar rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatuvchi ETTYUXni toʻldirishda avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatining oʻziga xos raqami (ID) koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatuvchi ETTYUX rasmiylashtirilganda ilgari yozib berilgan tovar-transport yuk xati bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagi hollarda “Bir tomonlama ETTYUX” rasmiylashtirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklar jismoniy shaxslarga yetkazib berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar xususiyatiga ega boʻlmagan yuklar (axlat, qor, agʻdarilgan tuproq qatlami) tashilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yuklar yuk oluvchining manziliga qadar avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transporti turlari uygʻunligida va (yoki) bir turdagi bir nechta transport vositalari almashinuvi orqali yetkazib berilganda, elektron tovar-transport yuk xati quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklar yuk oluvchiga topshiriladigan transport vositasi ishtirokidagi tashuvlar uchun “Sotuvchidan sotib oluvchiga” shaklda yoki elektron hisob-faktura bilan birlashtirilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq manzillararo tashuvlar uchun “Ombordan omborga” shaklda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yuk pochta va kuryerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar orqali joʻnatilganda, elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yuk pochta va kuryerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar orqali joʻnatilganda, elektron tovar-transport yuk xati pochta va kuryerlik xizmati shakli tanlangan holda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yuklar pochta va kuryerlik xizmati orqali yuk oluvchining manziliga qadar bir nechta transport vositalari almashinuvi orqali yetkazib berilganda elektron tovar-transport yuk xati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk joʻnatuvchi tomonidan pochta va kuryerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilot nomiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va kuryerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan har bir transport qatnovi uchun alohida yukni oraliq manzillararo tashishda ushbu tashkilotning hududiy boʻlinmasi yoki boshqa pochta va kuryerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilot nomiga, yuk oluvchiga (xaridor) yetkazib beriladigan tashishda yuk oluvchi (xaridor) nomiga rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta va kuryerlik xizmatini koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan xizmatlar koʻrsatish jarayonida elektron tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilishi yoki tasdiqlanishi ular tomonidan tovarlar xarid yoki realizatsiya qilinganligini anglatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtiruvchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari axborot tizimidan foydalangan holda rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilish yoki rad qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar bilan tanishish va soliq organlaridan amaliy yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish jarayonida elektron hujjat aylanish tizimidagi nosozliklar boʻyicha soliq organlariga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ishtirokchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk joʻnatuvchi tomonidan yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron tovar-transport yuk xatini elektron hisobvaraq-fakturada birlashtirilgan holda shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk joʻnatuvchi tomonidan yuklab joʻnatish bilan realizatsiya qilish alohida (boʻlib-boʻlib yoki boshqa vaqtda) amalga oshirilgan hollarda, elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati alohida tartibda rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Soliq organlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Yuk joʻnatuvchi

Elektron tovar-transport yuk xati ishtirokchilari, tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, elektron tasdiqlagandan soʻng operator orqali rouming operatoriga yuboradi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

Rouming operatori

1. Elektron tovar-transport yuk xati reyestrga kiritilgandan keyin unga ID va QR kodlarini biriktirish hamda kelib tushgan elektron tovar-transport yuk xatining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshirib, ishtirokchilarga uning operatori orqali yetkazadi.

2. Toʻldirilishida xatolar yoki kamchiliklar mavjudligi aniqlangan elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilmasdan, tegishli operator orqali uni shakllantirgan subyektga qaytaradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

1. Oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini elektron tasdiqlaydi.

2. Toʻldirilishida xatolar yoki kamchiliklar mavjudligi aniqlangan elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilishni rad etadi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

Yuklar yuk oluvchiga yetkazib berilganligini elektron tasdiqlaydi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Yuk oluvchi

Oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron tovar-transport yuk xatini yuk qabul qilish jarayonida elektron tasdiqlaydi yoki sababi koʻrsatilgan holda tasdiqlashni rad etadi.

Real vaqt rejimida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

davomi

T/r

Tovarlar nomi

Tovarlarning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi va nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori (soni)

Narxi

Yetkazib berish qiymati

(QQSsiz)

Ogʻirligi (tn)

brutto

netto

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuk joʻnatuvchi

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

Yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxs

Yuk oluvchi

(Yuk omboridan chiqishda elektron tasdiqlanadi)

(Yuk qabul qilib olinganda elektron tasdiqlanadi)

(Yukni yetkazib berganda elektron tasdiqlanadi)

(Yukni qabul qilganda elektron tasdiqlanadi)

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/168/0254-son)