11.03.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2000-11
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 11.03.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2000-11
Kuchga kirish sanasi
12.03.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000-11]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 11-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 13-fevraldagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi oʻz kapitali miqdori doirasida, bundan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari mustasno. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun taʼminot berishi shart;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda joylashtiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“garov xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining banklarga nisbatan talab qilish huquqi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 24-band “chiqarilgan” degan soʻzdan keyin “(taʼminlanmagan)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 291-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“291. Seriyali (obligatsiya dasturi asosida) obligatsiyalar dasturi (bundan buyon matnda obligatsiya dasturi deb yuritiladi) emitentga uning doirasida bir nechta obligatsiya emissiyalarini (ochiq yoki yopiq tarzda joylashtirish) ketma-ket chiqarish huquqini beradi. Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan barcha chiqarilgan obligatsiyalar nominal qiymatlarining umumiy summasi obligatsiya dasturida koʻrsatilgan summadan oshmasligi kerak. Obligatsiya dasturi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiya dasturida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi boʻyicha qabul qilingan qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya dasturining amal qilish muddati (ikki yildan oshmasligi lozim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalar chiqarilishining muomala muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni toʻlash tartibi va shartlari (obligatsiyalar boʻyicha daromadlar obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan har bir chiqarish boʻyicha emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan bozor talab va takliflaridan kelib chiqib tasdiqlanadigan alohida qarorda (risolada) belgilanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish kafolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya dasturi doirasida obligatsiyalarni joylashtirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiya dasturi doirasidagi har bir chiqarish boʻyicha obligatsiyalar chiqarilishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror mazkur Qoidalarning 1a-ilovasida keltirilgan shaklda hamda risola ushbu Qoidalarning 40-bandida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiya dasturining amal qilish muddati 2 yildan oshmagan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan obligatsiyalarning joylashtirish muddati obligatsiyalar dasturining amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiya dasturining amal qilish muddati tugaganidan soʻng dastur doirasida chiqarilmagan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 33-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obligatsiya dasturi mazkur Qoidalarning 1b-ilovasiga muvofiq axborotni oʻz ichiga olishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 44-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur bandning “g”, “d” va “e” kichik bandlaridagi hujjatlar obligatsiya dasturi doirasida chiqarilgan obligatsiyalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etilishi talab etilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi mazmundagi 441-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“441. Obligatsiya dasturini roʻyxatdan oʻtkazish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni oʻz ichiga olgan obligatsiya dasturini roʻyxatdan oʻtkazishga ariza:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning yuridik manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalarning soni, koʻrinishlari va turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir dona obligatsiyaning nominal qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilishning umumiy hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya dasturini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov summasi, toʻlov qogʻozi sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning masʼul xodimi haqidagi maʼlumot va uning aloqa maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan obligatsiyalar dasturi (uch nusxada);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) obligatsiya dasturini qabul qilinganligini va uni tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi, agar mazkur qaror aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) emitentning obligatsiyalar dasturini qabul qilish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan sanadan oldingi tugallangan yil davomida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlari mavjudligini tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) emitentning obligatsiyalar dasturini qabul qilish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan sana uchun oʻz kapitali miqdorini (Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida) tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti xulosasining asl nusxasi (yoki tasdiqlangan nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) emitentning mustaqil reyting bahosi mavjud hujjat nusxasi. Bunda, emitentga reyting bahosini berish sanasi obligatsiya dasturini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan bir yildan oshmasligi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 47-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda taqdim etilgan hujjatlardagi vakolatli shaxslarning imzolari faksimil orqali qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 1a-ilova quyidagi mazmundagi 19-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Mazkur chiqariluv uchun asos boʻlgan seriyali obligatsiyalar dasturi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya dasturi doirasida ilgari chiqarilgan va joylashtirilgan obligatsiyalar soni, umumiy hajmi, roʻyxatdan oʻtgan sana, raqami va hokazo):_______”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1b-ilova bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2b-ilova quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“171. Mazkur chiqariluv asos uchun boʻlgan seriyali obligatsiyalar dasturi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya dasturi doirasida ilgari chiqarilgan va joylashtirilgan obligatsiyalar soni, umumiy hajmi, roʻyxatdan oʻtgan sana, raqami va hokazo):________”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLANGAN”

“ROʻYXATDAN OʻTKAZILGAN”

_______________________________________

_______________________________________

(emitentning nomi)

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

____________________________________________

____________________________________________

(jamiyat kuzatuv kengashi raisining yoki boshqa vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi)

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakolatli shaxsining lavozimi, F.I.O., imzo)

________________________

________-son

__________________________

_______-son

(sana)

(sana)

M.Oʻ.

OBLIGATSIYA DASTURI

_____________________________________________________________________________________________________

(Obligatsiya dasturining davomiyligi koʻrsatiladi)

_____________________________________________________________________________________________________

(obligatsiyalar dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalarning turlari)

Obligatsiya dasturining tartib raqami ____________________________________________.

Tasdiqlangan _____________________________________________________________________________________

(emitentning obligatsiya dasturini chiqarish haqidagi qarorni tasdiqlagan organi koʻrsatiladi)

“___” __________ 20___ y. Bayonnoma № ____ asosida ___________________________________________________

(emitentning obligatsiya dasturini chiqarish haqidagi qarorni qabul qilgan organi koʻrsatiladi)

Emitentning joylashgan manzili, pochta manzili va muloqot telefonlari: _____

Emitent rahbari: _____________________________________________

________________________________ (F.I.O., imzo)

Bosh buxgalter: __________________________________

_________________________ (F.I.O., imzo)

Sana

1. Joylashtiriladigan obligatsiyalar nominal qiymatlari va ularning umumiy summasi:

______________________________________________________________________________________________________________________

(Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalarning nominal qiymatlari va ularning umumiy summasi koʻrsatiladi.)

2. Obligatsiya dasturining amal qilish muddati:

__________________________________________________________________________________________________________________

(Obligatsiya dasturi doirasida obligatsiyalar joylashtirilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.)

3. Obligatsiyalarning muomala muddati:

__________________________________________________________________________________________________________________

Obligatsiya dasturi doirasida joylashtirilgan obligatsiyalarning muomala muddati koʻrsatiladi.

4. Obligatsiya dasturi doirasida joylashtirilishi mumkin boʻlgan obligatsiyalar egalarining huquqlari:

_________________________________________________________________________________________________________________

4.1. Emitentning ixtiyoriga koʻra, obligatsiya egasining emitentdan belgilangan muddatda obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mol-mulk ekvivalentini olish huquqi koʻrsatiladi, shuningdek obligatsiya boʻyicha foiz yoki boshqa mol-mulkni olish huquqi ham koʻrsatilishi mumkin.

Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalarga taʼminot berilgan hollarda, ushbu taʼminotdan kelib chiqadigan obligatsiya egalari huquqlari koʻrsatiladi. Shuningdek, obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, taʼminlangan obligatsiya boʻyicha huquqlar egasiga (sotib oluvchiga) garov taʼminotidan kelib chiqadigan barcha huquqlar oʻtishi va taʼminotdan kelib chiqqan huquqlarni obligatsiyaga boʻlgan huquqlarni oʻtkazmasdan turib berish haqiqiy emasligi koʻrsatiladi.

4.2. Agar obligatsiyalar muomalasida boshqa cheklovlar mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ushbu obligatsiyalarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va ularning oʻtishi bilan bogʻliq xususiyatlar koʻrsatiladi.

5. Obligatsiyalar boʻyicha toʻlovlar va daromadlarni toʻlash tartibi hamda shartlari:

_________________________________________________________________________________________________________________

5.1. Obligatsiyalarni soʻndirish shakli:

Obligatsiyalarni qaytarish shakli (naqd pul, mol-mulk), shuningdek obligatsiya egalariga qaytarish shaklini tanlash imkoniyati va shartlari koʻrsatiladi. Agar obligatsiyalar mulk bilan qaytarilsa, bu mulk haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

5.2. Obligatsiyalarni soʻndirish tartibi va shartlari:

Emitentning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan obligatsiyalarni soʻndirish boʻyicha toʻlovlar tartibi va shartlari belgilanishida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

obligatsiyalarni soʻndirish muddati (sanasi) va uni aniqlash tartibi;

obligatsiyalarni soʻndirish tartibi va shartlari;

5.3. Har bir obligatsiya boʻyicha toʻlanadigan daromadni aniqlash tartibi.

Daromad miqdori va uni aniqlash tartibi, jumladan har bir kupon boʻyicha toʻlanadigan daromad miqdori va uni aniqlash tartibi koʻrsatiladi.

Agar obligatsiyalar boʻyicha daromad belgilangan davrlar (kupon davrlari) boʻyicha toʻlanishi nazarda tutilayotgan boʻlsa, qoʻshimcha ravishda bunday davrlar va ularni aniqlash tartibi, shuningdek har bir yoki alohida kupon boʻyicha toʻlanadigan daromad miqdori va uni aniqlash tartibi koʻrsatiladi.

5.4. Obligatsiyalar boʻyicha daromadni toʻlash tartibi va muddati.

Obligatsiyalar boʻyicha daromadni toʻlash muddati va uni aniqlash tartibi koʻrsatiladi.

Agar obligatsiyalar boʻyicha daromadni puldan oʻzga vositalar bilan toʻlash koʻzda tutilgan boʻlsa, obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni pulsiz toʻlash (oʻtkazish) tartibi ham koʻrsatilishi mumkin.

5.5. Obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish tartibi va shartlari.

Obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish shartlari (qiymatni aniqlash tartibi), obligatsiyalarni emitent tomonidan yoki obligatsiya egalari tomonidan ertaroq toʻlash talabini oʻz ichiga olgan arizalarni yoʻllash (muddatni belgilash tartibi), emitent tomonidan obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish shartlari va natijalari haqida axborotni oshkor qilish (taqdim etish) tartibi, shuningdek emitentning yoki obligatsiya egalari talabiga binoan muddatidan oldin amalga oshirish holatiga koʻra belgilangan boshqa shartlar koʻrsatiladi.

5.6. Obligatsiyalar boʻyicha toʻlov agentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Toʻlov agentlari haqidagi maʼlumotlar (shu jumladan, emitent tomonidan qoʻshimcha toʻlov agentlarini tayinlash va bunday tayinlashlarni bekor qilish imkoniyati, shuningdek bunday harakatlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor etish tartibi) koʻrsatiladi.

Agar obligatsiyalar boʻyicha qaytarish va (yoki) daromadlarni toʻlash (oʻtkazish) uchun toʻlov agentlarini jalb qilish koʻzda tutilgan boʻlsa, har bir toʻlov agentlari boʻyicha quyidagilar koʻrsatiladi:

toʻlov agentlarining toʻliq va qisqartirilgan (agar mavjud boʻlsa) tashkilot nomlari, joylashuvi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami;

toʻlov agentining emitent bilan tuzilgan shartnoma asosidagi majburiyatlari.

6. Obligatsiyalar dasturi doirasida joylashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashga doir maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________________________________

6.1. Obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Agar obligatsiya dasturi obligatsiyalarni joylashtirish doirasida taʼminot taqdim etilishini nazarda tutayotgan boʻlsa, har bir taʼminot beruvchi shaxs boʻyicha ularning toʻliq va qisqartirilgan (agar mavjud boʻlsa) nomlari (notijorat tashkilotlari uchun — nomi) va joylashgan manzili, shuningdek jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili koʻrsatiladi.

Obligatsiyalar boʻyicha taʼminot beruvchi shaxsning moliyaviy va xoʻjalik faoliyati haqidagi maʼlumotlarni oshkor etish majburiyati mavjudligi koʻrsatiladi.

6.2. Obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarishni taʼminlash shartlari.

7. Obligatsiyalar dasturi doirasida chiqariladigan obligatsiyalarni joylashtirish shartlari:

_________________________________________________________________________________________________________________

Obligatsiyalar dasturida doirasida chiqariladigan obligatsiyalarni joylashtirish shartlarida obligatsiyalar joylashtirish usuli, obligatsiyalarni joylashtirish tartibi, narxi va obligatsiyalarni joylashtirish narxini aniqlash tartibi, obligatsiyalar toʻlovining shartlari va tartibi qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladi.

8. Boshqa maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________________________________”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 10/25/2000-11/0231-son)