28.02.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-9
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 28.02.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-9
Kuchga kirish sanasi
05.06.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-9]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-B va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2025-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344-B-9-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Sh. SOXIBNAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominant — jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs tomonidan uning nomidan tashkilotga nisbatan muayyan maqomda ish yuritish uchun tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominator — nominantga bevosita yoki bilvosita oʻz nomidan direktor yoki aksiyador sifatida harakat qilish toʻgʻrisida koʻrsatma beradigan jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlik darajasi — nobank kredit tashkilotlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida operatsiya ishtirokchilaridan birining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan solishtirish jarayonida mos kelish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻxshash holatlar — operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan qisman mos kelishi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda toʻxtatib turilgan operatsiyalarni yoxud ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarni doimiy nazorat va monitoring qilish tartibi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“231. Nobank kredit tashkilotlari axborot tizimlaridagi aniqlilik darajasini har bir xizmat yoki operatsiya toifasining tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlik darajasi operatsiya ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarining har bir elementi boʻyicha alohida belgilanishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“271. Nobank kredit tashkilotlari yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida mijozning direktori yoki taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) nominant ekanligi aniqlagan taqdirda, bu haqida va nominator toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi mazmundagi 521-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“521. Mijoz Roʻyxatga kiritilgan shaxsligi aniqlanganda, nobank kredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartib quyidagi talablarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻxshash holatlarni saralash va yakuniy qaror qabul qilish boʻyicha tartib-taomillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya ishtirokchilarining barcha mavjud maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning maʼlumotlari bilan avtomatik solishtirish jarayonini.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Telefon raqami (agar mavjud boʻlsa).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 3-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son)