1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistika kuzatuvlarini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmatini ko‘rsatish monitoringini yuritish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilar bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika nashrlarining keng doiradagi foydalanuvchilarga yetkazilishini ta’minlash maqsadida rasmiy statistikani tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etgan holda, nashrlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari jalb etilishini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-aprelga qadar norasmiy sektor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarni sinov tariqasida autsorsing mexanizmlari asosida tashkil etish natijalari bo‘yicha Statistika kengashiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati soha ishtirokchilariga keng tushuntirilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-fevraldagi 116-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini (keyingi o‘rinlarda — statistika kuzatuvchilari) autsorsing asosida jalb etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing — rasmiy statistika sohasidagi ayrim statistika kuzatuvlarini amalga oshirish faoliyatini shartnoma asosida statistika kuzatuvchisigao‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — rasmiy statistikani tayyorlovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv uslubiyoti— statistika kuzatuvini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan usullar, qoidalar va prinsiplar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistikani tayyorlovchilar — milliy statistika tizimining bir qismi bo‘lgan, statistika ma’lumotlarini rasmiy statistika sohasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlaydigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvlari — rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika uslubiyotlaridan foydalangan holda, statistika maqsadlarida amalga oshiriladigan hamda respondentlarning individual va boshqa ma’lumotlarini birlamchi to‘plash jarayonlari statistika kuzatuvlari, statistika hisoboti va tanlanma statistika kuzatuvi bo‘lishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisi — rasmiy statistikani tayyorlovchilarga shartnoma asosida autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi konsalting kompaniyasi, oliy ta’lim muassasasiyoki ilmiy-tadqiqot instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — ushbu Nizomga muvofiq rasmiy statistikani tayyorlovchilarga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan statistika kuzatuvchisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Buyurtmachi tomonidan statistika kuzatuvchisi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tanlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Rasmiy statistikani tayyorlovchilar Statistika dasturi doirasida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlarining, shuningdek, Statistika dasturiga kiritilmagan statistika kuzatuvlarining (ro‘yxatga olish, bir martalik hisobga olish, tanlanma so‘rovlar) to‘liq yoki bir qismini autsorsing shartlari asosida amalga oshirishlari mumkin (statistika hisobotlari va statistika hisobotlarini taqdim etishning onlayn tizimidan (yeStat) foydalangan holda amalga oshiriladigan tanlanma statistika kuzatuvlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Statistika kuzatuvlarini amalga oshirish uchun statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish ishlari rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ravishda aniqlanadi va tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Autsorsing asosida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari respublika bo‘yicha yalpi yoki ma’lum bir hudud, tarmoq, soha va yo‘nalishlar bo‘yicha tanlanma usulda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorsing asosida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari ko‘lami rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ravishda belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlari rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tasdiqlanadigan statistika kuzatuvlari shakllari asosida amalga oshiriladi (zarur hollarda, statistika kuzatuvchisi kuzatuv shakli blankasi bilan o‘zaro kelishilgan shartnoma asosida ta’minlanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlarida respondentlar va uy xo‘jaliklari ixtiyoriy asosda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Autsorsing xizmatlariga haq to‘lash miqdorlari buyurtmachi tomonidan tegishli statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy va boshqa xarajatlar) summasidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida statistika kuzatuvchisi tomonidan statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun to‘lanadigan haq miqdori ushbu statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun buyurtmachi tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sarflanadigan barcha xarajatlardan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, autsorsing xizmatlariga narx belgilash va shartnoma tuzish jarayonlari davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida amalga oshirishni rejalashtirayotgan talabgorlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq qarzi mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qarorni ushbu qaror qabul qilingan kunda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar taklif O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va xarid hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lsa, u xarid komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dastlabki elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki ish kuni ichida talabgorlar tomonidan natijalar bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida xarid komissiyasining tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan g‘olib deb topilgan talabgor o‘rtasida shartnoma tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtmachi tomonidan xarid komissiyasiga taqdim etilgan e’tirozlar yuzasidan muhokama natijalari to‘g‘risidagi axborot asosida xarid komissiyasi tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va bayonnoma imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Statistika kuzatuvchisini tanlash natijalari asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab buyurtmachi va talabgor o‘rtasida o‘n ish kundan kechiktirmasdan shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnoma statistika kuzatuvini amalga oshirish davriyligidan kelib chiqqan holda va ushbu kuzatuvni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Statistika kuzatuvchisini tanlash natijalariga ko‘ra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Statistika kuzatuvchisini tanlash natijalariga ko‘ra tuzilgan shartnomaga muvofiq statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ning 15 foizi oldindan o‘tkazib beriladi, qolgan 85 foizi haqiqatda kuzatuvni amalga oshirish natijasi buyurtmachiga taqdim qilingandan keyingi oyning 10-sanasiga qadar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Statistika kuzatuvchisini hamda buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Statistika kuzatuvchisi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan belgilangan tartib, ya’ni kuzatuvlarni amalga oshirish uslubiyoti, maqsadi, vazifalari va qoidalari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachidan statistika kuzatuvi amalga oshiriladigan hudud, kuzatuvga jalb etiladigan respondentlar soni va ro‘yxati hamda kuzatuvni yakunlash muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar tannarxining o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistika kuzatuvchisi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini amalga oshirish uslubiyoti, maqsadi, vazifalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish (statistika kuzatuvlarini amalga oshirish usullari buyurtmachi tomonidan respublika bo‘yicha yalpi yoki ma’lum bir hudud, tarmoq, soha va yo‘nalishlar bo‘yicha tanlanma usulda o‘tkazilishi belgilanishi mumkin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatida yetarli ish tajribasiga va ko‘nikmaga ega xodimlar bo‘lishi (eng kamida 1 ta iqtisodiy, statistika yoki sotsiologiya mutaxassisligiga ega oliy ma’lumotli hamda kamida 3 yil ish stajiga ega xodim bo‘lishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisi xodimlarini statistika kuzatuvini amalga oshirish tartibi va tamoyillari, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, tashkiliy hamda uslubiy asoslari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi uchun har ikki yilda Milliy statistika qo‘mitasining huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirish;
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini tashkil etish va amalga oshirishda, buyurtmachi tomonidan statistika kuzatuvi amalga oshirilishi belgilangan hudud, kuzatuvga jalb etiladigan respondentlar soni to‘liq qamrab olinishini ta’minlash hamda kuzatuvni yakunlash muddatiga qat’iy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini amalga oshirishda mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini belgilangan tartibda va muddatlarda sifatli tashkil etish hamda amalga oshirish, kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni buyurtmachiga belgilangan muddatda taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, sifatsiz yoki belgilangan talablarga javob bermagan hollarda, buyurtmachi tomonidan qaytarilgan ma’lumotlarni zudlik bilan bartaraf etish va tuzatish kiritilgan ma’lumotlarni buyurtmachiga qayta taqdim etish (muddat buyurtmachi bilan kelishgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini amalga oshirish davrida yoki kuzatuv tugagandan keyin ham belgilangan tartibda axborot maxfiyligiga (birlamchi ma’lumotlarning, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor etilmasligiga) qat’iy rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni ta’minlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistika kuzatuvchiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Autsorsingga topshirilgan statistika kuzatuvlarining statistika kuzatuvchisi tomonidan boshqa statistika kuzatuvchisiga berilishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvlari autsorsing shartlari asosida tashkil etilishini mustaqil belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchilari tanlovini o‘tkazish va maqbul nomzodlarni tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchilari tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda autsorsing shartlariga qat’iy rioya etilishi holatini o‘rganib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvini amalga oshirayotgan statistika kuzatuvchisidan kuzatuvning sifati va samaradorligini yuqori darajada bo‘lishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisining faoliyatiga aralashmagan holda, statistika kuzatuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan statistika kuzatuvi sifatining kuzatuv o‘tkazish uslubiyotiga muvofiqligini monitoring qilish va tanlanma asosida mustaqil o‘rganish (tekshirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisidan statistika kuzatuvini belgilangan tartibda va muddatlarda tashkil etish hamda amalga oshirishni, kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchilari tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, sifatsiz yoki belgilangan talablarga javob bermagan hollarda, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ma’lumotlarni statistika kuzatuvchisiga qaytarish va undan kamchiliklarni bartaraf etishni talab etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisi tomonidan statistika kuzatuvini amalga oshirish davrida yoki kuzatuv tugagandan keyin ham belgilangan tartibda axborot maxfiyligiga rioya etishini va ularning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlashni talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing shartlari asosida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqish, kuzatuvlar hajmini va kuzatish muddatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisini statistika kuzatuvini amalga oshirish tartiblari, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, tashkiliy va uslubiy asoslari bilan tanishtirish bo‘yicha o‘qitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisini elektron qurilma (planshet) orqali amalga oshiriladigan statistika kuzatuvi shakli bo‘yicha dasturiy mahsulot bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisini statistika kuzatuvi amalga oshiriladigan hudud, kuzatuvga jalb etiladigan respondentlar soni va ro‘yxati hamda kuzatuvni yakunlash muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda kuzatuvni amalga oshirish uslubiyoti bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda to‘lovni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan statistika kuzatuvlariga jalb etiladigan respondentlar ro‘yxatini tuzishda zarur hollarda (kuzatuvda ishtirok etishdan bosh tortish, manzilda bo‘lmaslik va boshqalar) ularni almashtirish imkonini beruvchi qo‘shimcha zaxira ro‘yxat ham shakllantirilishi ko‘zda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Autsorsing xizmatlarini tashkil etishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha buyurtmachi va statistika kuzatuvchisi mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya tarkibi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga statistika sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan kamida uch nafar mutaxassis kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritadi, jumladan, statistika kuzatuvi amalga oshirilgan respondentlar o‘rtasida tanlov asosida so‘rovnomalar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va statistika kuzatuvchisiga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika kuzatuvchisining faoliyatiga aralashmagan holda, statistika kuzatuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan statistika kuzatuvi sifatining kuzatuv o‘tkazish uslubiyotiga muvofiqligini monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Buyurtmachi kuzatuv natijalari bo‘yicha statistika kuzatuvchisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish maqsadida foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Autsorsing o‘tkazish davomida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi
1. Toq sonli va kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.
2. Xarid komissiyasining har bir a’zosiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
3. Statistika kuzatuvchisini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Buyurtmachi
Xarid hujjatlari, shartnoma va statistika kuzatuvchisini tanlash haqidagi e’lonning matnini ishlab chiqib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etadi.
Statistika kuzatuvchisini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni davomida
3-bosqich
Xarid komissiyasi
Xarid hujjatlari, shartnoma va statistika kuzatuvchisini tanlash haqidagi e’lonning matnini ko‘rib chiqadi va kelishilgan hujjatlarni buyurtmachiga yuboradi.
Uch ish kuni davomida
4-bosqich
Buyurtmachi
1. Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
2. Xarid hujjatlari, shuningdek, statistika kuzatuvchisini tanlash haqidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
1. Bir ish kuni ichida
2. Talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin
5-bosqich
Talabgor
Elektron taklifni o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
E’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Taklif etilayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini, biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
2. Taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda talabgorning taklifini rad etadi.
3. Taklif talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qarorni talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar
Qaror qabul qilingan kunda
7-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tanlash to‘g‘risidagi taklifning miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi.
2. Takliflarni ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari bo‘yicha dastlabki elektron bayonnomani shakllantiradi.
Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda
Avtomatik tarzda
8-bosqich
Xarid komissiyasi a’zolari
Dastlabki elektron bayonnomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda
9-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.
2. Elektron bayonnoma muhokamasini o‘tkazadi.
Avtomatik tarzda
Ikki ish kuni ichida
10-bosqich
Xarid komissiyasi
Talabgorlardan tanlov o‘tkazish natijalari bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu haqda tegishli elektron bayonnoma rasmiylashtiradi.
Ikki ish kuni ichida
11-bosqich
Buyurtmachi
G‘olib deb topilgan talabgor bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.
O‘n ish kuni ichida
12-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.
Avtomatik tarzda
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/116/0206-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)