21.01.2025 yildagi 350-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 21.01.2025 yildagi 350-V-son
Kuchga kirish sanasi
21.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston —2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni roʻyobga chiqarish, Oʻzbekistonni Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi borasidagi islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga koʻmaklashish, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish borasidagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini tashkil etish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisidagi tavsiyalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
350-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 350-V-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Xakimov Raxim Rasuljonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, komissiya raisi

Bekmurodov Bobur Mansurovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining raisi, komissiya raisining oʻrinbosari

Sabirov Ruslan Jumanazarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Samiyeva Guzal Muxitdinovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Tilavoldiyev Nodir Xokimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 350-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) maqomini, asosiy vazifalarini, vakolatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiyaning maqsadi Oʻzbekistonni Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi borasidagi islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga koʻmaklashish, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish borasidagi ishlar boʻyicha samarali parlament nazoratini tashkil etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) vakolatlari muddatiga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikni Oʻzbekistonni Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish maqsadlariga muvofiq takomillashtirish, shuningdek ushbu sohada samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini samarali amalga oshirish yuzasidan xalqaro parlamentlararo aloqalarni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiyaning vakolatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga doir maʼlumotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat organlari va tashkilotlar bilan kelishuvga koʻra ularning vakillarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilish holatini Komissiya majlisida eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini tegishincha Qonunchilik palatasining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida eshitish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiyaning ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya Qonunchilik palatasining qaroriga asosan Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Komissiyaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning majlisida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya raisining oʻrinbosari Komissiya raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi, Komissiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya majlislari Komissiya raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Komissiya majlislari Qonunchilik palatasi Spikerining tashabbusiga koʻra ham chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya ishining tashkiliy shakli uning majlisidir. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya majlislariga koʻrib chiqilayotgan masalaga aloqador boʻlgan davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining, ilmiy muassasalarning, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, mutaxassislar, olimlar taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarida Qonunchilik palatasining Spikeri, uning oʻrinbosarlari, Komissiya taklifiga koʻra Devonning masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan muddatda Qonunchilik palatasiga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Komissiya toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qonunchilik palatasining qarori bilan kiritiladi.