Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2026 24.02.2025 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-sonli “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ctatistika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) statistika maʼlumotlarini toʻplash, qayta ishlash hamda umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bogʻliq faoliyat sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim jarayonlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning tuzilmasi va uning ustavi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Institutga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistika sohasida malaka oshirish, qayta tayyorlash va mustaqil taʼlim olish orqali kadrlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirib borish tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish hamda ularni monitoring qilish uchun elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda masofaviy va boshqa taʼlim shakllarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida har 2 yilda kamida bir marta Institutda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning maʼmuriy maʼlumotlarini yuritish, xalqaro tavsiyalarga muvofiq statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish, kuzatuvlarni amalga oshirish, statistika maʼlumotlarini tayyorlash va ularni eʼlon qilish hamda Ochiq maʼlumotlar portali bilan ishlashga masʼul boʻlinmalar xodimlari har 2 yilda kamida bir marta shartnoma asosida Institutning malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika hisobotlarini topshiruvchilar, shu jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika boʻyicha savodxonligini va statistika hisobotlarini toʻldirish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida Institutda shartnoma asosida qisqa muddatli sayyor kurslar tashkil etib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribaga asosan statistika sohasida kadrlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz rivojlantirish tizimini takomillashtirib borish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Institut huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi Ekspertlar kengashi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktori va uning oʻrinbosarlari Milliy statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktori va uning oʻrinbosarlari hamda asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilariga davlat oliy taʼlim tashkilotlarining rahbarlari va tegishli xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi, bunda bir nafar professor-oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning boshqa xodimlariga Milliy statistika qoʻmitasi xodimlariga belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari, shu jumladan, statistika organlari xodimlariga toʻlanadigan koʻp yillik xizmatlari uchun har oylik ustamalar miqdorlari tatbiq etiladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim jarayoniga oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari hamda statistika sohasidagi mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Statistika agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning tuzilmasi va ustavini, shuningdek, Institut faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarining (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) umumiy cheklangan soni 28 nafar etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar soni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari sonidan kelib chiqib, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni esa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normativ asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut huzurida doimiy faoliyat yuritadigan va Statistika agentligi, rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilar, turdosh oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali vakillaridan iborat Ekspertlar kengashining tarkibini va nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tarkibidagi kafedralar va boʻlimlar faoliyatini qayta koʻrib chiqsin va ularni taʼlimning zamonaviy uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga, ilmiy-tadqiqot ishlari va tegishli faoliyat yoʻnalishi boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi vakillaridan iborat tarkibda komissiya tashkil qilib, Institutning barcha xodimlarini, shu jumladan, rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Institut bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimning statistika faoliyati bilan shugʻullanadigan xodimlarini bosqichma-bosqich statistika uslubiyoti va amaliyoti, milliy statistika tizimining xalqaro uslubiyotlarga mosligi hamda uni takomillashtirish boʻyicha tegishli tayyorgarlikdan oʻtkazish va natijasi boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovidan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish va monitoring qilish orqali taʼlim sifatini oshirish maqsadida elektron platformani ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda oʻqitiladigan malaka oshirish kurslarining toʻliq qayta koʻrib chiqib, shuningdek xalqaro tajribani inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga moslashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta koʻrib chiqilgan malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ilgʻor xorijiy, shu jumladan, Koreya Respublikasi Statistika trening instituti tajribasini inobatga olgan holda toʻliq qayta ishlab chiqilishini, oʻquv jarayoniga soha yoʻnalishi boʻyicha ilgʻor oliy taʼlim tashkilotlaridan amaliyotchi olimlar hamda sohaning malakali mutaxassislari keng jalb etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistika uslubiyoti va amaliyotini xalqaro tajriba va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan Statistika tadqiqotlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda statistika tadqiqotlari mavzularini milliy statistika tizimini rivojlantirish, mamlakatning tegishli ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlarini yaxshilash hamda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy va innovatsion tadqiqot yoʻnalishlariga ajratilishiga, tadqiqot ishlarini bajarishda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida milliy statistika uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish toʻgʻrisida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga ustuvor eʼtibor qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Statistik tadqiqotlar institutining statistika yoʻnalishida ilmiy faoliyatni amalga oshirish tajribasini oʻrgangan holda, ilmiy-tadqiqotlarni (fundamental, amaliy va innovatsion) hamkorlikda amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Milliy statistika qoʻmitasi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, uning natijalarini baholash va ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli yosh mutaxassis xodimlar tarkibidan kadrlar zaxirasi shakllantiriladi va ular uchun mos ravishda Statistika agentligi markaziy apparatida hamda chet ellarda xorijiy grantlar hamda tizimdagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan stajirovkalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning faoliyat sohasi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakasini muntazam oshirib borish maqsadida tarmoqlar hamda hududlar statistikasi metodikasi va amaliyoti hamda xalqaro standartlar boʻyicha har chorakda vebinar shaklida amaliy trening va mahorat darslari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, milliy hamda xalqaro statistika uslubiyoti va amaliyoti boʻyicha ilmiy va amaliy seminarlar hamda davra suhbatlari muntazam ravishda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotga joriy etiladigan elektron platformada tizim xodimlarining mustaqil taʼlim olishlari uchun statistika sohasi va raqamlashtirish boʻyicha elektron kurslar joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika tizimi xodimlarining mahalliy va xalqaro taʼlim muassasalari tomonidan statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot boʻyicha joriy etilgan elektron kurslarda ishtirok etishlari yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Statistika” yoʻnalishidagi qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga beriladigan diplomning tavsifi va shakli 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Statistika” yoʻnalishidagi malaka oshirish kursi tinglovchilariga beriladigan sertifikatning tavsifi va shakli 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, rasmiy statistika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarida taʼlim olganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar (diplom, sertifikat) blankalari Institutning buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni (diplom, sertifikat) elektron shaklda berish amaliyotini joriy etish maqsadida identifikatsiya raqami va QR-kod (matrik shtrixli kod) hamda himoya elementlarini nazarda tutuvchi “Elektron repozitoriy” tizimi va dasturiy taʼminoti joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Milliy statistika qoʻmitasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Institut oʻquv binosining majlislar zali va yotoqxona binosini (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) rekonstruksiya qilish hamda jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qoʻmitasi Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Institut faoliyatini samarali tashkil etish

1.

Milliy statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining (keyingi oʻrinlarda Institut) oʻquv va ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish, innovatsion muhitni yaratish orqali raqobatbardoshligi oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Institutning taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025 yil mart

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Institut Ustavini qayta ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, yangi tuzilmaga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni va lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025 yil mart

3. Institut kafedralari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini malakali professor-oʻqituvchilar, yetarli tajribaga ega boʻlgan ilmiy va boshqa xodimlar bilan toʻldirish.

2025-yil mart

4. Oʻquv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish, ilmiy tadqiqot va maʼlumotlarni tahlil qilish uchun innovatsion muhitni yaratish, statistika va AKT sohasida olimlar va amaliyotchilar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish hamda Institutning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Jahon bankining “Oʻzbekiston statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Raqamli statistika” ilmiy — amaliy laboratoriyasini tashkil etish.

5. “Raqamli statistika” ilmiy-amaliy laboratoriyasi uchun yetarli maydonga ega boʻlgan xona ajratish, tegishli tartibda jihozlash uchun zarur boʻlgan mebel, koʻrgazmali materiallar va texnik vositalar va dasturiy taʼminot bilan taʼminlash.

2025-yil mart

2.

Institutning oʻquv va ilmiy tadqiqot, shu jumladan fundamental statistik tadqiqotlarini amalga oshirish yoʻnalishidagi faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribaga asosan qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil taʼlim olish orqali statistika sohasida kadrlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz rivojlantirish tizimini takomillashtirib borish, shuningdek, fundamental statistika tadqiqotlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Institut huzurida oʻz ishini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan va doimiy faoliyat yurituvchi Ekspertlar kengashini tuzish.

2025-yil aprel

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Institut huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Ekspertlar kengashining tarkibini (Milliy statistika qoʻmitasi, Institut, turdosh oliy taʼlim va ilmiy — tadqiqot muassasalarining tajribali vakillaridan iborat) va uning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil aprel

II. Tizim xodimlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan takomillashtirish

3.

“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun va Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari talablariga muvofiq Milliy statistika qoʻmitasi tizimida xodimlarning malaka oshirish, qayta tayyorlash va mustaqil taʼlim olish asosida oʻz kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil taʼlim olishni oʻz ichiga oluvchi tizim xodimlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish tizimini joriy etish.

2025-yil mart

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Tizim xodimlarining mustaqil taʼlim olish orqali oʻz kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish natijalarini baholash va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

2025-yil aprel

3. Oʻquv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish va monitoring qilish imkoniyatini yaratish maqsadida maxsus elektron platformani ishlab chiqish va ishga tushirish.

2025-yil aprel

4. Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy, shu jumladan, elektron formatdagi oʻquv materiallarini yaratish.

Doimiy

5. Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlari uchun jahon ilmiy-texnik maʼlumotlarning elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

2025-yil aprel

4.

Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va mustaqil taʼlim olishi boʻyicha mavjud normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

1. “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” va “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish (qayta koʻrib chiqish) va tasdiqlash:

Rasmiy statistika sohasida kadrlarning kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini uzluksiz ravishda oshirib borish tartibi toʻgʻrisida nizom;

Rasmiy statistika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisida nizom;

Milliy statistika qoʻmitasi tizimida qayta tayyorlash oʻquv kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida nizom;

Rasmiy statistika sohasida kadrlarni masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi;

Rasmiy statistika sohasida mustaqil taʼlim olgan kadrlar va malaka oshirish kurslari bitiruvchilarining bilimini baholash tartibi.

2025-yil may

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilarining oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ish turlari hajmini hisoblash qoidalarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2025-yil aprel

III. Institutning kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, statistika boʻyicha savodxonligini oshirish yuzasidan faoliyatini takomillashtirish

5.

Milliy statistika qoʻmitasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqish va “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” va “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlar va yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari talablari asosida takomillashtirish.

1. Tizim xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida zamonaviy oʻqitish uslublari va taʼlim vositalari, jumladan, virtual modellar, interfaol texnologiyalar yordamida sifatli taʼlimni tashkil etish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va xorij, ayniqsa, Koreya tajribasi asosida kelgusida yangidan tashkil etiladigan kurslar boʻyicha taklif tayyorlash.

2025-yil may

3. Tarmoqlar statistikasi uslubiyoti va amaliyoti hamda AKT yoʻnalishi boʻyicha amaldagi malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data)ni qayta ishlash va tahlil qilish, raqamli texnologiyalarga (bulutli hisoblash, sunʼiy intellekt, blokcheyn, buyumlar Internet, mobil, virtual rekallik) doir mavzularni kiritish va tinglovchilarga oʻrgatish.

2025-yildan boshlab

4. Tizim xodimlariga STATA amaliy-dasturiy paketidan foydalanishni oʻrgatish maqsadida alohida maxsus oʻquv kursini tashkil etish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtish uchun tajribali mutaxassis jalb etish.

2025-yildan boshlab

5. Tizim xodimlarining raqamli iqtisodiyot texnologiyalari boʻyicha malakasini oshirish maqsadida “Raqamli iqtisodiyotda katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data) va sunʼiy intellekt” oʻquv kursini tashkil etish.

2025-yildan, doimiy

6. Institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida amaliyotga doir darslarni oʻtkazishga, Milliy statistika qoʻmitasi tarmoq boshqarmalarining ilmiy darajali (yoki magistr darajasiga ega) va katta tajribaga ega boʻlgan rahbar va yetuk mutaxassis xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etish.

Doimiy

6.

Qayta koʻrib chiqilgan va yangidan tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni sifatli tayyorlash va ularning elektron bazasini shakllantirish.

1. Qayta koʻrib chiqilgan va 2025-yildan boshlab yangidan tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari boʻyicha:

oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ilgʻor xorij tajribasini ham inobatga olgan holda toʻliq qayta ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

oʻquv-uslubiy materiallar (oʻquv mavzulari boʻyicha maʼruza matnlari va taqdimot materiallari, adabiyotlar, amaliy topshiriqlar, test savollari)ni sifatli tayyorlash, ularning elektron bazasini shakllantirish va tinglovchilar tomonidan mustaqil tanishishlarini taʼminlash maqsadida institut saytiga joylashtirish.

2025-yil aprel

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut

2. Qayta tayyorlash va tegishli malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash.

Doimiy

7.

Tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining samaradorligi hamda statistika amaliyoti bilan bogʻliqligini taʼminlash orqali taʼlim sifatini yaxshilash.

1. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasi hujjatlari asosida Institut faoliyatini ichki baholashdan oʻtkazish va natijalari boʻyicha Institutda taʼlim jarayoni sifatini hamda samaradorligini oshirib borish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.

2025-yil may,

yil davomida

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Institutda tashkil etiladigan oʻquv kurslarining sifati va samarasini oshirish hamda statistika amaliyoti bilan bogʻliqligini taʼminlash maqsadida professor-oʻqituvchilarning Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatida ham amaliy stajirovka oʻtashlarini joriy etish.

Alohida reja asosida

3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarining alohida amaliyot mashgʻulotlarini Milliy statistika qoʻmitasining tegishli tarmoq statistika boshqarmalarida hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati statistika boshqarmalarida tashkil etishni yoʻlga qoʻyish.

Oʻquv kursi davomida

4. Tarmoq statistikasi uslubiyoti va amaliyoti boʻyicha tashkil etiladigan malaka oshirish oʻquv kurslarining alohida mashgʻulotlarini tegishli korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishish orqali tashkil etishni yoʻlga qoʻyish.

Oʻquv kursi davomida

8.

Tizim xodimlarini tegishli tayyorgarlikdan oʻtkazish va natijasi boʻyicha test sinovi topshirishlarini tashkil etish.

1. Agentlik bilan birgalikda tegishli tayyorgarlikdan oʻtadigan va natijasi boʻyicha test sinovini topshiradigan xodimlar roʻyxatini aniqlashtirish, bosqichma-bosqich oʻqitish reja-grafigini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut

2. Xodimlarni tegishli tayyorgarlikdan oʻtkazish boʻyicha tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarining oʻquv materiallarini ishlab chiqish, tasdiqlash va tizim xodimlariga yetkazish.

2025-yil mart

3. Aniqlangan roʻyxat va tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq oʻquv dasturi boʻyicha tizim xodimlarini bosqichma-bosqich statistika metodologiyasi va amaliyoti, milliy statistika tizimining xalqaro standartlarga mosligi hamda uni takomillashtirish va rivojlantirish masalalariga doir tegishli tayyorgarlikdan oʻtkazish va natijasi boʻyicha test sinovini topshirishlarini tashkil etish.

2025-yil aprel

9.

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari, respondentlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika sohasidagi kasbiy mahoratini oshirish.

1. Institutda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalarining idoraviy statistikani yuritish, kuzatuvlar oʻtkazish hamda Ochiq maʼlumotlar portali bilan ishlashga masʼul xodimlarining har ikki yilda bir marta sohaga oid malakasini oshirish uchun shartnoma asosida “Statistika asoslari” (36 soatlik) oʻquv kursini tashkil etish, oʻquv kursining oʻquv rejasi va dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yildan dastur va reja-grafikka asosan

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Milliy statistika tizimiga kiruvchi rasmiy statistikani tayyorlovchilar, maʼmuriy statistikani yetkazib beruvchilarning noiqtisodiy oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlari uchun Institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida shartnoma asosida ishtirok etishlariga uchun sharoit yaratish.

2025-yildan, dastur asosida

3. Statistika hisobotlarini topshiruvchilar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika boʻyicha savodxonligini va hisobotlarni toʻldirish boʻyicha koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida:

Institut tomonidan statistika yoʻnalishida shartnoma asosida qisqa muddatli (20 soatlik) sayyor oʻquv kurslarini tashkil etish;

sayyor oʻquv kurslarini oʻtkazish boʻyicha reja-grafikni tuzish;

oʻquv kursining oʻquv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tasdiqlangan reja-grafikka va oʻquv dasturiga asosan shartnoma asosida xodimlarni oʻqitishni (shu jumladan, masofadan oʻqitish shaklida) tashkil etish va oʻtkazish.

2025-yilda va doimiy, alohida reja-grafik asosida

IV. Institutning statistik tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish

10.

Milliy statistika metodologiyasi va amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasi buyurtmasi asosida statistika tadqiqotlari va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ishlarini takomillashtirish.

1. Milliy statistika uslubiyoti va amaliyotini xalqaro tajriba va tavsiyalarga muvofiq, shu jumladan, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning koʻrsatkichlarini yaxshilash, milliy BRMlari indikatorlarining metodologiyasini takomillashtirish maqsadida, Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil aprel

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Statistik tadqiqotlar dasturiga kiritilgan tadqiqot ishlarini bajarishda xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalarni mukammal oʻrganib chiqish va ular asosida milliy statistika metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot ishini bajarish davomida

3. Statistika sohasida sifatli ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida soha yoʻnalishi boʻyicha mahalliy va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan memorandumlar imzolash va doimiy samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil va kelgusida doimiy

4. Statistika metodologiyasi va amaliyotini xalqaro standartlarga toʻliq moslashtirishdagi mavjud muammoli masalalar boʻyicha statistika tadqiqotlarini sifatli amalga oshirish, milliy statistika amaliyotiga ilgʻor xalqaro tajribalar hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etish, bu jarayonga ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi yetuk olimlar va soha mutaxassislarini keng jalb etish.

Dastur asosida

5. Koreya Respublikasining Statistik tadqiqotlar institutining statistika yoʻnalishida ilmiy faoliyatni amalga oshirish tajribasini oʻrganish va hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarni (fundamental, amaliy, innovatsion) amalga oshirish mexanizmini yaratish.

2025-yil davomida

11.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari hamda korxonalar va tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha shartnoma asosida amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlarini kengaytirish.

1. Institut Ustaviga muvofiq, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, korxonalar va tashkilotlar bilan tegishli sohaning muammoli masalalari boʻyicha har yili ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va axborot-tahliliy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2025-yildan boshlab doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Shartnoma asosidagi buyurtmalar boʻyicha olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarini, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni, zarur hollarda hamkor oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini va xalqaro tashkilotlar soha mutaxassislarini keng jalb etish.

Ilmiy-tadqiqot ishini bajarishda

3. Shartnoma asosida bajariladigan alohida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishga oʻtish.

2025-yildan boshlab

12.

Institutda ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini va ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini oshirish.

1. Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarining Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion hamda startap tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etishini taʼminlash va ragʻbatlantirish orqali ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish.

2025-yildan boshlab doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishidagi samarali faoliyatini baholash va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish orqali Institutda ilmiy faoliyatni boshqarish va uning samaradorligi va natijadorligini oshirish.

2025-yil aprel

3. Milliy statistika metodologiyasi va amaliyotining xalqaro tavsiyalarga mosligi, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data) boʻyicha dolzarb mavzularda maqolalar, monografiya va ilmiy risolalar chop etish, doktorlik dissertatsiyasi ishlarini bajarish va natijalarini tizim amaliyotiga joriy qilish.

2025-yildan boshlab doimiy

4. Institutning xalqaro ilmiy nashrlar bazalariga (Web of Science, Springer Nature, EBSCO va boshqalar) ulanishiga va professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlarlarning ulardan faol foydalanishlariga koʻmaklashish.

2025-yildan boshlab doimiy

5. Institutda har yili statistika, iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarga doir dolzarb muammolarga bagʻishlangan respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish.

Har yili

13.

Oʻzbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlarini yaxshilash, BRMlari global indikatorlari asosida tegishli milliy indikatorlarni takomillashtirish va koʻrsatkichlar metodologiyasini ishlab chiqish hamda bu jarayonda ilmiy salohiyat va amaliy faoliyat uygʻunligini taʼminlash.

1. Vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnomaga muvofiq ularning rasmiy statistikani tayyorlash, maʼmuriy maʼlumotlar bilan ishlash va Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilinadigan maʼlumotlarni shakllantirish boʻyicha uslubiyatlarini baholash va xalqaro tavsiyalarga muvofiq takomillashtirish loyihalarini ishlab chiqish.

2025-yildan boshlab, har yili

Milliy statistika qoʻmitasi, Institut,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Milliy BRM indikatorlari uchun masʼul davlat organlari bilan birgalikda tegishli indikatorlar boʻyicha mavjud metodologiyani, shuningdek, maʼlumotlarni yigʻish uchun maxsus kuzatuvlar oʻtkazish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha alohida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil etish.

2025-yildan boshlab, har yili

3. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar hamda milliy BRM indikatorlari boʻyicha statistika sohasiga tegishli dolzarb muammolarni oʻrganishga doir ilmiy-tadqiqot ishlari uchun belgilangan tartibda davlat buyurtmasini shakllantirish va har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tanlov eʼlon qilib borish.

Har yili

V. Institut huzuridagi Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti faoliyatining samaradorligini oshirish

14.

Institut huzuridagi Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy kengashlar va dissertatsiyalar himoyalari tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish.

1. Institut huzuridagi 08.00.06 — “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 — “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatining samaradorligini oshirish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ilm-fan va amaliyotning integratsiyasiga erishish, milliy va xalqaro statistika metodologiyasi va amaliyotiga doir mavjud muammoli mavzularda ilmiy ishlarni bajarish va natijalarini amaliyotga joriy qilish.

Ilmiy ishlar natijasi boʻyicha

3. Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikda tahsil olayotgan ilmiy izlanuvchilar ilmiy faoliyati va dissertatsiya ishlari himoyasi boʻyicha muntazam monitoring yuritish orqali 2024-yilda va kelgusida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim samaradorligini oshirish.

Doimiy

4. Doktorlik dissertatsiyalari mavzularini statistika metodologiyasi va amaliyoti, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni statistik va iqtisodiy tahlil qilish, ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektga doir dolzarb mavzularda shakllantirish.

Doimiy

15.

Institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari, shuningdek, ilmiy izlanuvchilarga samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish.

1. Institutda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur sharoitlarni (jihozlangan xona, internetga ulangan kompyuter, printer va boshqalar) yaratib berish, shuningdek, aloqador oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari laboratoriyalaridan foydalanishda amaliy yordam koʻrsatish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari, shuningdek, ilmiy izlanuvchilarda xalqaro ilmiy nashrlar bazalaridan erkin foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ularga tadqiqot doirasida yuqori iqtibosli ilmiy nashrlarni kuzatib borish, nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy-tadqiqot natijalarini chop etish, tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha xalqaro darajadagi taniqli olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan bevosita tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida Jahon bankining “Oʻzbekiston statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Xalqaro ilmiy nashrlar elektron kutubxonasi”ni tashkil etish.

2025-yil mart

3. “Xalqaro ilmiy nashrlar elektron kutubxonasi” uchun xona ajratish, tegishli moddiy-texnika qimmatliklari bilan jihozlash, Internet tezligini oshirish, dasturiy taʼminot bilan taʼminlash.

2025-yil mart

VI. Institutning mahalliy va xalqaro hamkorligini kengaytirish

16.

Institutning faoliyat yoʻnalishi boʻyicha mahalliy va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

1. Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, statistika metodologiyasi va amaliyotining dolzarb masalalarida statistik tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha Institut faoliyatini takomillashtirish maqsadida:

ilgʻor mahalliy va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish;

tuzilgan hamkorlik shartnomalari doirasida hamkor muassasalar oʻrtasida samarali tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish va shu asosida institut faoliyatini takomillashtirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Koreya statistika boshqarmasining Statistika trening instituti va Statistik tadqiqotlar instituti bilan imzolangan uch tomonlama hamkorlik memorandumiga muvofiq Koreya tajribasi asosida:

Institut faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, amaliyotga joriy etishning aniq choralarini belgilash;

oʻquv dasturlarini yangilash, oʻquv jarayonlariga xorijiy ilmiy pedagoglarni (shu jumladan, videokonferensaloqa orqali) jalb qilish;

oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida onlayn malaka oshirish kurslari uchun elektron platforma yaratish va ishga tushirish;

qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

Hamkorlik memorandumi doirasida

3. Oʻzaro hamkorlik shartnomalari doirasida:

Institutda xorijiy hamkorlar uchun malaka oshirish va stajirovka imkoniyatlarini taklif etish, xorijdan doktoranturada oʻqish, mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat koʻrsatish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, malaka oshirish, stajirovkadan oʻtish mexanizmini yaratish;

xorijiy va mahalliy hamkor oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yangi oʻquv adabiyotlarini tayyorlash va mavjud resurslardan foydalanish borasida hamkorlikni kuchaytirish;

malaka oshirish, stajirovka oʻtash, maxsus kurslarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

xalqaro konferensiya, ilmiy-amaliy seminar, vebinar va davra suhbatlarini tashkil etish, ilmiy konferensiyalar toʻplamlarini indeksatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartlarni oʻrganib chiqish;

mavjud oʻquv, ilmiy, uslubiy resurslardan foydalanish.

Doimiy

4. Institut faoliyatini rivojlantirish va budjetdan tashqari mablagʻlar tushumini koʻpaytirish maqsadida:

xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar bilan ham hamkorlikni kuchaytirish va shu orqali grant va begʻaraz yordam koʻrinishidagi mablagʻlarni jalb qilish;

professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va doktorantlarning xorijiy grantlar tanlovlarida ishtirok etishini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

VII. Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yoʻnalishida

17.

Institut va uning huzuridagi mehmonxona turidagi yotoqxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash.

1. Institut oʻquv binosining majlislar zali va yotoqxona binosini kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2025-yil davomida

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Institut faoliyatini transformatsiya qilish jarayonida uning tegishli moddiy-texnik vositalar (kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, mebel va boshqalar) bilan jihozlanganlik holatini xatlovdan oʻtkazish va qoʻshimcha talab etiladigan texnik vositalar va jihozlar boʻyicha aniq roʻyxatni shakllantirish.

2025-yil davomida

3. Institut Axborot-resurs markazini Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan tegishli ravishda jihozlash, Milliy kutubxona, oliy taʼlim muassasalari ARMlari elektron bazasiga ulash, shuningdek, kitoblar, adabiyotlar, gazeta va jurnallar, statistika toʻplamlari bilan taʼminlash.

Doimiy

4. Institut auditoriyalarini zarur mebellar, oʻquv-laboratoriya uskunalari, videokonferensaloqa qurilmalari, proyektor va boshqa inventarlar, shuningdek, koʻrgazma materiallar (soha boʻyicha qonun, Prezident farmonlari, qarorlari, hukumat qarorlari, Milliy statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom, mamlakat makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va xalqaro reytinglardagi oʻrni va boshqalar) bilan jihozlash.

2025-yil davomida

5. Institutda tarmoq statistikasi uslubiyoti va amaliyoti boʻyicha malaka oshirish kurslarining amaliyot boʻyicha mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun maxsus auditoriya tashkil etish, uni talab asosida jihozlash (statistika hisobotlari shakllari, ularni toʻldirish boʻyicha koʻrsatmalar, uslubiy qoʻllanmalar, eStat-4 dasturining ishlash sxemasi, statistika byulletenlari va toʻplamlar aks etgan stendlar va boshqalar).

2025-yil davomida

VIII. Tizim xodimlarini kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish

18.

Tizim xodimlarining kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishning boshqa shakllari sifatida amaliy va ilmiy seminarlar, vebinarlar, trening va mahorat darslari, davra suhbatlari hamda amaliy faoliyatga doir test sinovlarini tashkil etishni yoʻlga qoʻyish.

1. Xodimlarning faoliyat sohasi boʻyicha kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini muntazam rivojlantirib borish maqsadida tarmoqlar va hududlar statistikasi uslubiyoti va amaliyoti hamda xalqaro standartlar boʻyicha har chorakda vebinar shaklida mashgʻulotlar tashkil etish, natijalari boʻyicha amaliy faoliyatga doir test sinovlarini oʻtkazish.

2025-yil fevraldan boshlab

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Tizim xodimlarining kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish maqsadida Milliy statistika qoʻmitasining tarmoq boshqarmalari va hamkor muassasalar bilan birgalikda Institutda milliy statistika metodologiyasi va amaliyoti, tarmoqlar statistikasi, xalqaro statistika, statistika amaliyotiga raqamli texnologiyalarni qoʻllash, zamonaviy dasturiy paketlardan foydalanish masalalari boʻyicha ilmiy va amaliy seminarlar, trening va mahorat darslari, davra suhbatlarini (anʼanaviy, masofaviy va sayyor shakllarda) tashkil etish.

2025 yil mart va kelgusida doimiy, reja asosida

3. Tashkil etiladigan ilmiy va amaliy seminarlar, trening va mahorat darslari, davra suhbatlari samarasini oshirish maqsadida Milliy statistika qoʻmitasining tarmoq statistika boshqarmalari rahbar va yetuk mutaxassislarini, soha boʻyicha taniqli olimlar va amaliyotchilarni taklif etish.

Tadbir dasturi asosida

19.

Institutda korrupsiya va uni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, tizim xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish.

1. Institutda korrupsiyaning oldini olish maqsadida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va aniqlangan xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni belgilash va amalga oshirish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut

2. Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida, alohida malaka oshirish kurslari oʻquv rejasi va dasturiga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi qonunchilik va chora-tadbirlarga doir dars soatlarini kiritish.

2025-yildan boshlab

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Statistika” yoʻnalishidagi qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash haqida diplom muqovasi tomonlari 148x210 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan toʻq yashil rang sunʼiy charmdan tayyorlangan koʻrinishga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning yuz tomoni yuqori qismida tilla rangda, lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI” soʻzlari, pastroqda bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, “KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTI” hamda “DIPLOM” soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash haqida diplom muqovasi ichki qismi qalin, tomonlari 145x200 mm oʻlchamda oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash haqida diplomning ichki qismi chap tomonida chetidan 5 mm chekingan holda, eni 22 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 20 mm boʻlgan Davlat gerbi tasviri joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplomning ichki qismi chap tomonida yuqorida lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. “DIPLOM” soʻzidan pastroqda QT ikki lotin harfi va olti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam toʻq pushti rangda bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, diplom blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosib chiqarishning ikki usuli — asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqshli rastr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash xaqida diplomning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomning muqovasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomning ichki tomoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Statistika” yoʻnalishidagi malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikatning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish haqida malaka sertifikati muqovasi tomonlari 148x210 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan toʻq koʻk rang sunʼiy charmdan tayyorlangan koʻrinishga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning yuz tomoni yuqori qismida tilla rangda, lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI” soʻzlari pastroqda bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, “KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTI” hamda “SERTIFIKAT” soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat muqovasi ichki qismi qalin, tomonlari 145x200 mm oʻlchamda oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikatning ichki qismi chap tomonida chetidan 5 mm chekingan holda, eni 22 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 20 mm boʻlgan Davlat gerbi tasviri joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikatning ichki qismi chap tomonida yuqorida lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. “SERTIFIKAT” soʻzidan pastroqda MS ikki lotin harfi va olti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam toʻq pushti rangda bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, malaka sertifikati blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosib chiqarishning ikki usuli — asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqshli rastr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish haqidagi sertifikatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatning muqovasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatning ichki tomoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat statistika ishlari dasturi doirasida davlat statistika organlari” soʻzlari “Statistika dasturi doirasida statistika organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkinchi xatboshidagi “Davlat statistika qoʻmitasining” soʻzlari “Statistika agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)