29.08.2003 yildagi 526-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FIDOKORONA XIZMATLARI UChUN” ORDENINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda) 11-moddasi “El-yurt hurmati” ordeni” degan so‘zlardan keyin “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
526-II-son

ILOVA

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta’minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoiylik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va ordenni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordenining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi hamda sakkiz qirrali yoqut rangli yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduz burchaklari orasida oq emal qoplamasi uzra taralayotgan nurlar aks etgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oralig‘i — 52 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning markazidagi doirada tilla rangdagi Humo qushi tasvirlangan. Uning ortida — markazdan yuqoriroqdagi moviy manzara bag‘rida O‘zbekiston Respublikasining oltinrang xaritasi joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvir atrofidagi oq emalli hoshiya uzra oltin rangdagi harflar bilan “FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN” so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning quyi qismida oq rangli paxta chanoqlari va tilla rangli bug‘doy boshoqlari tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orqa tomonining pastki qismida Ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orden O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FIDOKORONA XIZMATLARI UChUN” ORDENI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muallif Karimov I.A.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 140-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)