18.02.2025 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi ariza va unga ilova qilinadigan maʼlumotlarni davlat xaridlari maxsus axborot portalida ochiq eʼlon qilish, majburiy jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish hamda mazkur ariza boʻyicha jamoatchilik vakillari tomonidan fikr-mulohaza qoldirish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari (qanoatlantirish va rad etish asoslari) davlat xaridlari maxsus axborot portalida ochiq eʼlon qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM va zaruratga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan xulosalar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga taqdim etiladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish yuzasidan yakuniy xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan ariza beruvchiga taqdim etiladi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning faoliyati doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona yetkazib beruvchilar reyestrini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnoma jarayonlari maxsus axborot portali orqali elektron shaklda tuzilishini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 197 — 205-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Maʼmuriy reglament davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda – davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari maxsus axborot portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirish, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-sayt (maxsus elektron platforma).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga yagona yetkazib beruvchi sifatida kirish haqida ariza bilan murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan shaxs, shu jumladan, davlat buyurtmachilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — vakolatli organ tomonidan Portalda yuritiladigan axborot resursi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP hamda vakolatli organ hamda vazirlik va idoralar oʻrtasida axborot almashinuvi idoralararo elektron tizimlar orqali bir ish soati mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xaridlarida Reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Maʼmuriy reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa — talabgor mustaqil ravishda ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun oʻzining vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatni (shaxsni tasdiqlovchi hujjat va (yoki) ishonchnoma) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi tomonidan talabgordan ushbu band va ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron raqamli imzo, barmoq izi va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan shaxsning nomidan taqdim etilganda, arizaga ishonchnoma yoki uning nomidan harakat qilish vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun talabgor hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan shaxs nomidan ariza taqdim etish huquqiga ega boʻlgan shaxs javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Arizada koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar vakolatli organ hamda ushbu Maʼmuriy reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan idoralar tomonidan Elektron hukumat tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali mustaqil olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish boʻyicha vakolatli organga hamda ushbu Maʼmuriy reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan idoralarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP orqali murojaat etilganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga hamda ushbu Maʼmuriy reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan idoralarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kun ichida Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy reglamentning 18-bandida belgilangan hollarda arizani bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi mumkin, bu haqida talabgorga Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgorning Reyestrga kiritish haqidagi arizasi va unga ilova qilingan maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida Portalga majburiy jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarida yagona yetkazib beruvchi sifatida belgilangan subyektlar tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinadigan maʼlumotlar, shuningdek, tarqatilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlar bundan mustasno. Foydalaniladigan axborotning ochiqlanishi ariza beruvchi va (yoki) bunday axborotni bergan yoki unga bevosita aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarqatilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlar talabgor tomonidan vakolatli organga bevosita taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor arizasi va unga ilova qilingan maʼlumotlar Portalga joylashtirilgan kundan boshlab jamoatchilik vakillari uch ish kuni davomida ariza va unda koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻyicha oʻz fikr va eʼtirozlarini qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ jamoatchilik vakillari tomonidan qoldirilgan fikr va eʼtirozlarni asosli deb topgan hollarda, talabgor arizasini koʻrib chiqish davomida inobatga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat yakunlanganidan soʻng jamoatchilik vakillari tomonidan qoldirilgan fikr va eʼtirozlar inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Talabgor tomonidan ushbu Maʼmuriy reglamentda nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ularda notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, vakolatli organ talabgorga kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat (imkoniyat) beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha arizani koʻrib chiqish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat ichida kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, vakolatli organ arizani qabul qilishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgor arizasi ushbu Maʼmuriy reglament talablarida nazarda tutilgan maʼlumotlar bilan toʻliq taqdim etilganda, vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan YIDXP orqali koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali kelib tushgan ariza boʻyicha Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK besh ish kuni davomida oʻzlarining axborot bazalaridagi va (yoki) ochiq manbalardagi maʼlumotlardan foydalangan holda, talabgorni yagona yetkazib beruvchi sifatida Reyestrga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilishi lozim boʻlgan xulosaning namunaviy shakli vakolatli organ hamda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgor va uning arizasida koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha xulosalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan — tabiiy monopoliya subyektlari, shuningdek, bozorda muqobillari boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrida mavjudligi, bozorda muqobillari boʻlmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) ekanligi, Reyestrga kiritishning sogʻlom raqobat muhitiga taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan — muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar, sifat menejmenti tizimlari, attestatsiyadan oʻtkazilgan sifat boʻyicha ekspert-auditorlarning, davlat sinovlaridan oʻtgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchash vositalarining davlat reyestriga kiritilganligi hamda mavjud muqobillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan — bozorda muqobillari boʻlmagan texnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) hisoblanishi, muqobili mavjud yoki mavjud emasligi va boshqa muhim maʼlumotlar oʻrganib chiqilgan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar arizada koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida ochiq manbalardan maʼlumotlar olish imkoniyati boʻlmaganda yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiyatlarini taʼriflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud boʻlmagan hollarda, vakolatli organ bozorda ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muqobili mavjudligini aniqlash uchun ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida, ushbu Maʼmuriy reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan idoralardan tashqari boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga YIDXP orqali arizani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari vakolatli organ tomonidan yuborilgan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida oʻzlarining axborot bazalaridagi va (yoki) ochiq manbalardagi maʼlumotlardan foydalangan holda, arizada koʻrsatilgan tovarning (ishning, xizmatning) bozorda muqobili mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi xulosasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Arizani koʻrib chiqish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining xulosalari talab etilgan hollarda, arizani koʻrib chiqish muddati ariza tushgan kundan boshlab bir oy muddatdan oshmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan xulosalar hamda arizani koʻrib chiqish davomida toʻplangan boshqa maʼlumotlar asosida arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organ quyidagi hollarda arizani qanoatlantiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 72-moddasi talablariga muvofiq boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Maʼmuriy reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan idoralarning arizani qanoatlantirish haqidagi xulosalari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan tovarning (ishning, xizmatning) bozorda muqobili mavjud emasligi haqidagi xulosalarga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ quyidagi hollarda arizani qanoatlantirishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 72-moddasi talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovada koʻrsatilgan shakldagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarda notoʻgʻri, yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan ushbu Maʼmuriy reglamentning 16-bandida belgilangan muddatda hujjatlar taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza uni beruvchining nomidan harakat qilish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Maʼmuriy reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan idoralarning arizani rad etish haqidagi xulosalari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan tovarning (ishning, xizmatning) muqobillari mavjudligi haqidagi xulosalariga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar ariza qanoatlantirilsa, bu haqida talabgorga ushbu Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosa talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda — Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda — talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning arizasi qanoatlantirilganda, real vaqt rejimida Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakolatli organ tomonidan arizani qanoatlantirish rad etilganda, rad etishning aniq sabablari va qonunchilik hujjatlari koʻrsatilgan holda, ushbu Maʼmuriy reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnoma talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda — Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda — talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat xizmatlari markazi davlat xizmatining natijasini ariza kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, talabgorning soʻroviga koʻra unga davlat xizmatining natijasi elektron yoki qogʻoz shaklida berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlar hamda Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari (tarqatilishi cheklangan axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlar bundan mustasno, foydalaniladigan axborotning ochiqlanishi ariza beruvchi va (yoki) bunday axborotni bergan yoki unga bevosita aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan belgilanadi) Portalda ochiq eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga Reyestrda mavjud yagona yetkazib beruvchi haqida quyidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda yuboriladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrda mavjud yagona yetkazib beruvchining tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrda mavjud yagona yetkazib beruvchining faoliyat turi va nomi oʻzgarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Reyestr vakolatli organ tomonidan ushbu Maʼmuriy reglamentga 5-ilovaga muvofiq Portalda elektron shaklda shakllantiriladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritilgan shaxslar quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliya subyektining Tabiiy monopoliya subyektlari davlat reyestridan chiqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning xoʻjalik yurituvchi subyektni Reyestrdan chiqarish haqidagi xabarnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining oʻz vakolat doirasida faqat ushbu organlar yoki ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan ishlar bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning xoʻjalik yurituvchi subyektni bankrot deb topish haqidagi qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har moliya yili yakuniga koʻra vakolatli organ tomonidan Reyestrdagi roʻyxatni qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektning tugatilganligi yoki faoliyat turi oʻzgarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari ushbu Maʼmuriy reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani elektron shaklda hududiy adliya organiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Arizani toʻldirib, vakolatli organga hamda tegishli idoralarga yuboradi.

1. Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan arizani avtomatik tarzda vakolatli organga hamda tegishli idoralarga yuboradi.

2. Avtomatik ravishda

3-bosqich

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda tegishli idoralar

Talabgor arizasi ushbu Maʼmuriy reglament talablarida nazarda tutilgan maʼlumotlar bilan toʻliq taqdim etilganda tegishli organlar tomonidan YIDXP orqali koʻrib chiqiladi.

Ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida

4-bosqich

Raqobat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali kelib tushgan ariza boʻyicha idoralar oʻzlarining axborot bazalaridagi va (yoki) ochiq manbalardagi maʼlumotlardan foydalangan holda talabgorni yagona yetkazib beruvchi sifatida Reyestrga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosa taqdim etadi.

Besh ish kuni mobaynida

5-bosqich

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(zaruratga koʻra)

Agar arizada koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida ochiq manbalardan maʼlumotlar olish imkoniyati boʻlmaganda yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiyatlarini taʼriflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud boʻlmagan hollarda, vakolatli organ bozorda ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muqobili mavjudligini aniqlash uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga YIDXP orqali arizani yuboradi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida

6-bosqich

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari

Ariza boʻyicha oʻzlarining axborot bazalaridagi va (yoki) ochiq manbalardagi maʼlumotlardan foydalangan holda, unda koʻrsatilgan tovarning (ishning, xizmatning) bozorda muqobili mavjud yoki mavjud emasligi haqida YIDXP orqali xulosa taqdim etadi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida

7-bosqich

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

Arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan yakuniy xulosa yoki xabarnoma tayyorlaydi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kunida

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosa yoki xabarnomani ariza beruvchiga taqdim etadi.

Kelib tushgan boshlab 10 daqiqa ichida

9-bosqich

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

Talabgorning arizasi qanoatlantirilganda, uni Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritadi.

Real vaqt rejimida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Arizachi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

Izoh

1.

Ariza beruvchi:

yuridik shaxs — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va kelib chiqqan davlati;

jismoniy shaxs — nomi.

2.

Yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR/JSHSHIR)

Jismoniy shaxs uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

3.

Tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etilganligi (mavjud boʻlsa, kim tomonidan berilgan, sanasi, raqami, qaysi tovar (ish, xizmat) bilan kiritilgan)

4.

Tovar (ish, xizmat)lar nomi

5.

Oʻnta raqamdan iborat tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi (TIF TN kodi) (mavjud boʻlsa)

6.

Tovarning (ishning, xizmatning) yagona milliy klassifikator kodi:

7.

Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (MXIK) kodi (mavjud boʻlsa)

8.

Bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarining spetsifikatsiyasi, texnik va farmakologik xususiyatlari

9.

Tovar (ish, xizmat) oʻlchov birligi

10.

Bir oʻlchov birligi uchun tovarning (ishning, xizmatning) limit narxi

11.

Yetkazib beriladigan yoki ishlab chiqariladigan tovarning yillik hajmi (ishlab chiqarish quvvati)

12.

Madaniy qimmatliklarning tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyati (mavjud boʻlsa, kim tomonidan berilgan, sanasi, raqami, qaysi tovar (ish, xizmat) boʻyicha berilgan)

13.

*Asoslar: (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa)

14.

*Haqiqiy amal qilish muddati (agar mavjud boʻlsa, asoslovchi hujjatlar boʻyicha)

15.

Rahbarining familiyasi va ismi

16.

Oxirgi benefitsiarlari haqidagi maʼlumotlar (muassislari)

17.

Telefon raqami

18.

Elektron pochta manzili

Ilovalar (*arizaga koʻrsatilgan maʼlumotlar haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi):

1. ________________________________

2. ________________________________

________________________________

________________________________

(lavozimi, F.I.O)

(imzo

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritilganlik toʻgʻrisida

XULOSA

Reyestrga kiritilgan sana (kun, oy, yil):

Talabgorning nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli:

STIR (JSHSHIR):

Reyestrga kiritilgan tovar (ish, xizmat) nomi:

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikator kodi:

Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura (TIF TN) kodi (mavjud boʻlsa):

Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (MXIK) kodi (mavjud boʻlsa):

Pochta manzili:

_____________________________________

_____________________________________

________________________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O.)

QR-kod

Vakolatli organning nomi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish rad etilganlik toʻgʻrisida

XABARNOMA

_______________________________________________________________________________qonunchilik

hujjatlarida ____________________________________________________________________________

(vakolatli organ nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20____ yil “_____________________” dagi

__________________________________________________ (yil, kun, oy)

_______________________________-son arizangizni koʻrib chiqib,

___________________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

(Reyestrga kiritish)

Rad etish asoslari:

1.

2.

...

_________________________________

_____________________________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O.)

QR-kod

Vakolatli organning nomi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yuridik yoki jismoniy shaxs nomi

STIR/JSHSHIR

Tovar (ish, xizmat) nomi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikator kodi

Reyestrga kiritilgan sana

*Asos

Reyestrdan chiqarilgan sana

(chiqarilgan boʻlsa)

*Asos

1.

2.

3.

4.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. *Talabgorni Reyestrga kiritish va chiqarish asoslari koʻrsatiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)