ILOVA
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | 32 |
A | B | V | G | D | |||||||||||||||||||||||||||
“20____ y. “____” _______ _____-son | |
(ariza sanasi va raqami) | |
O‘zbekiston Respublikasi | |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi | |
Bojxona qo‘mitasi | |
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish haqida | |
ARIZA | |
________________________________________________________________ | |
| |
______________________________________________________________ | |
| |
bojxona masalalari bo‘yicha operator | xavfsizlik masalalari bo‘yicha operator | bojxona masalalari bo‘yicha operator va xavfsizlik masalalari bo‘yicha operator | bojxona va xavfsizlik masalalarida operator |
T/r | Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun mezonlar | Mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha ma’lumotlar |
1. | Yuridik shaxs tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot. | yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami ko‘rsatiladi. |
2. | Yuridik shaxs rahbarining F.I.O. | pasport ma’lumotlari va STIR ko‘rsatiladi. |
3. | Yuridik shaxs bosh buxgalteri F.I.O. | pasport ma’lumotlari va STIR ko‘rsatiladi. |
4. | Yuridik shaxsning vakolatli shaxsi F.I.O. (ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirig‘i bo‘yicha harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslar ko‘rsatiladi). | pasport ma’lumotlari va STIR ko‘rsatiladi. |
5. | Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan bir yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganlik holatlari ikki va undan ortiq marotaba mavjud bo‘lmasligi. | javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki holatlar mavjud bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi ko‘rsatiladi. |
6. | Bojxona organlariga murojaat qilingunga qadar so‘nggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud emasligi. | javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki holatlar mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi ko‘rsatiladi. |
7. | Bojxona to‘lovlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan, ular bo‘yicha jarima va penyalar to‘lash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi. | ariza berilgan sanada qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki qarzdorlik bo‘lgan holatlarda, uning summasi va turi ko‘rsatiladi. |
8. | Tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi, bunda: | bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi; bojxona brokeri hamda tovarlarni import/eksport qiluvchilar uchun — bojxona organlariga taqdim etilgan, dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona rasmiylashtiruvi sanasi; bojxona tashuvchilari uchun — yuridik shaxs bojxona tashuvchilari reyestriga kiritilgan sana ko‘rsatiladi. |
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (har yili tovarlarni faktura qiymati kamida 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam bo‘lmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari taqdim etilishi lozim); | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan uch yil mobaynida (yillar kesimida): import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar bo‘yicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalaridagi faktura qiymati mln AQSH dollarida; import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar bo‘yicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada. | |
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi bo‘yicha yillik qiymati 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 10,0 mln kg miqdorida tovarlar saqlovi amalga oshirilishi lozim); | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan uch yil mobaynida (yillar kesimida): bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi bo‘yicha yillik qiymati mln AQSH dollarida; saqlangan tovarlar miqdori mln kgda. | |
bojxona tashuvchisi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (har yili 200 tadan kam bo‘lmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirilishi lozim); | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan uch yil mobaynida (yillar kesimida) amalga oshirilgan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini soni. | |
tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati yilda kamida 2 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va so‘nggi o‘n ikki oy mobaynida kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan bo‘lishi yoki to‘langan bojxona to‘lovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan bo‘lishi lozim). | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan bir yil mobaynida: import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati mln AQSH dollarida; import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada; to‘langan bojxona to‘lovlarining summasi mlrd so‘mda ko‘rsatiladi. | |
9. | Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga mo‘ljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning bir qismi) egalikda bo‘lishi. | xavfsizlik masalalari bo‘yicha guvohnoma uchun — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga mo‘ljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega bo‘lganligi ko‘rsatiladi. |
10. | Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oxirgi 12 oy davomida har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi. | ariza berilgan sanada muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki qarzdorlik bo‘lgan holatlarda, uning summasi ko‘rsatiladi. |
_____________________________________
| _______________________
|