1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Yoshlarning kreativ qobiliyati, ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash | |||||
“Ibrat farzandlari” platformasi orqali qoʻshimcha 100 ming nafar yoshlarning xorijiy tillarni onlayn oʻrganishini tashkil etish. | 1. Mazkur loyihani yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish. 2. Yoshlarni platforma orqali xorijiy tillarni oʻrganishi uchun keng jalb etish. | 2025-yil davomida | - | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
“Ustoz” loyihasi orqali 18,5 ming nafar yoshlarni zamonaviy kasblar va aniq fanlarga oʻqitish. | 1. Mazkur loyihani yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish. 2. Yoshlarni platforma orqali zamonaviy kasblar va aniq fanlarni oʻrganishi uchun keng jalb etish. | 2025-yil davomida | - | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
Shaxmatga qiziquvchi 50 ming nafar yoshlarni “UzChess” loyihasi doirasida qamrab olish. | 1. Loyihaning yoshlar oʻrtasida targʻibotini tashkil etish. 2. Shaxmatga qiziquvchi yoshlarni loyiha doirasida tashkil etilgan mashgʻulotlarda ishtirokini taʼminlash. | 2025-yil davomida | - | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
50 ming nafar yoshlarni intellektual oʻyinlarga jalb qilish orqali ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish. | 1. Reja asosida intellektual oʻyinlar boʻyicha tanlov va loyihalarni muntazam tashkil etib borish. 2. Oʻtkaziladigan intellektual oʻyinlarda yoshlar qamrovini kengaytirish. | 2025-yil davomida | Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
Buxoro viloyati yoshlarining volontyorlik va liderlik loyihalari orqali iqtidorini roʻyobga chiqarish choralarini koʻrish. | 1. Volontyorlik va liderlik loyihalari rejasini ishlab chiqish. 2. Yoshlarni volontyorlik loyihalari orqali qamrab olish. 3. Volontyorlik loyihalarini yuqori saviyada amalga oshirish | 2025-yil davomida | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
Buxoro shahar va Qorakoʻl tuman tibbiyot texnikumida tashkil etilgan nemis tili oʻquv kurslarini viloyatning boshqa tuman (shahar)larida tashkil qilish choralarini koʻrish. | 1. Nemis tiliga qiziquvchi yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Nemis tili oʻquv kursini tashkil qilish yuzasidan manzilli dastur ishlab chiqish. 3. Dastur bajarilishini doimiy nazorat qilib borish. | 2025-yil dekabr | Masʼul ijrochilar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
4. Har chorakda dastur bajarilishi yuzasidan hisobot berish. | Har chorakda | ||||
Viloyatda yoshlarni shaxmatga qiziqtirish maqsadida “Grossmeyster va yoshlar” uchrashuvi hamda respublika ochiq turnirini tashkil qilish. | 1. Respublika boʻyicha xalqaro grossmeysterlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Masʼul ijrochilar mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi | |
3. Uchrashuv hamda turnirlarni yuqori saviyada tashkil qilish. | 2025-yil may | ||||
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan 100 nafar yosh mutaxassislarni xorijning yetakchi klinikalarida tibbiyotning muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish. | 1. Tuman va shaharlar kesimida yosh tibbiyot xodimlari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Roʻyxatni yoʻnalishlar kesimida biriktirish va Sogʻliqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2025-yil may | ||||
3. 2024-yilda 25 nafar, 2025-yilda 75 nafar yosh, iqtidorli shifokorlarni xorijiy davlatlarning yetakchi klinikalarida oʻqitish. | 2025-2026-yillar davomida | ||||
II. Yoshlar bandligiga koʻmaklashishning zamonaviy usullarini joriy etish, xorijiy til va zamonaviy kasblarni oʻrgatish, ilm-fan sohasida yosh kadrlarni tayyorlash tizimining uzviyligini taʼminlash | |||||
Taʼlim tashkilotlarini bitirib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan 21 860 nafar yoshlar bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Bandlik dasturlarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Ishlab chiqilgan dasturlarni xalq deputatlari mahalliy va viloyat Kengashlarida koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun kiritish. 3. Dastur ijrosi holati yuzasidan hisobot kiritib borish. | Har chorakda | ||||
Mahallalardagi 1 301 nafar ishsiz yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish. | 1. Zamonaviy kasb-hunar oʻrganishga qiziqishi boʻlgan ishsiz yoshlar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar bilan ishsiz yoshlarni muntazam tanishtirib borish. 3. Yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish. | Alohida reja asosida | ||||
Mahallabay oʻrganishlar natijasida aniqlangan 829 nafar ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga kredit ajratilishida koʻmaklashish. | 1. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish. | 2025-yil aprel — iyun | Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari | Savdo-sanoat palatasi (kelishuv asosida), Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank, tijorat banklari | |
2. Tadbirkorlikka oʻqigan yoshlarga kredit ajratilishida koʻmaklashish. | Reja asosida | ||||
3 790 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash chorasini koʻrish. | 1. Ishsiz yoshlar bilan ishlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish. | 2025-yil | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha vakant lavozimlar va boʻsh ish oʻrinlari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash va muammolarini hal etish boʻyicha “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoring yuritish. | Alohida reja asosida | ||||
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” va “Agro marafon” motivatsion treninglarini tashkil etish hamda yirik tadbirkorlik subyektlariga “Biznes sayohatlar” uyushtirish. | 1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2025-yil aprel | Masʼul ijrochilar mablagʻlari | “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi (kelishuv asosida), Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi (kelishuv asosida), Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |
2. Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar bilan hamkorlik oʻrnatish. 3. Hududlarda treninglar tashkil qilish va tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar uyushtirish. | Alohida reja asosida | ||||
Ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida hududlarda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish. | 1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2025-yil davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Yarmarkalar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 3. Yarmarkalarni barcha tuman (shahar)larda tashkil etish. | Alohida reja asosida | ||||
1 022 nafar ishsiz va bitiruvchi yoshlarga mehnat qurollari va asbob-uskunalar uchun subsidiya ajratish hamda ularning doimiy bandligini taʼminlash choralarini koʻrish. | 1. Subsidiya asosida mehnat qurollari va asbob-uskunalar olish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur ijrosi yuzasidan Ishchi guruhga hisobot kiritish. | 2025-yil davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Xorijga ishlash yoki oʻqish uchun ketgan 15 146 nafar yoshlarning xorijdagi sharoiti va ijtimoiy muhitini oʻrganib, monitoring qilib borish maqsadida tegishliligi boʻyicha sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish tartibini yoʻlga qoʻyish. | 1. Ishchi guruh tuzish. 2. Uchrashuvlar oʻtkazish grafigini ishlab chiqish. 3. Uchrashuvlarni doimiy tashkil etib borish. 4. Har chorakda dastur bajarilishi yuzasidan hisobot kiritish. | 2025-2026-yillar davomida | - | Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Xorijdan qaytgan 3 974 nafar yoshlarni sektor rahbarlariga biriktirish hamda ularni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish choralarini koʻrish. | 1. Xorijdagi yoshlar haqida maʼlumotlarni shakllantirish. 2. Xorijdan qaytgan 3 974 nafar yoshlar sektor rahbarlariga biriktirish. 3. Roʻyxat asosida yoshlarni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-2026-yillar davomida | - | Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Buxoro viloyatida 2 100 nafar yoshlarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish, ularning yuqori daromadli sohalarda ishlashlari uchun sharoit yaratish. | 1. Oʻquvchi yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish orqali xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT-bozorga tayyorlash. 2. Ularning zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrganish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplash choralarini koʻrish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Buxoro viloyatida zamonaviy kasb oʻrganish istagida boʻlgan 600 nafar yoshlarni oʻqitish va ularning oʻqish xarajatlarini qoplab berish. | 1. Zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganish istagini bildirgan yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini tashkil qilish. 2. Zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganish istagi bor yoshlar roʻyxatini shakllantirish va ularga koʻmaklashish. 3. 600 nafar yoshlarni “Kelajak kasblari” loyihasi orqali zamonaviy kasblarga oʻqitish. 4. Zamonaviy kasblarga oʻqitilayotgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratish. | 2025-yil davomida | “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Hududdagi oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar bilan hamkorlik oʻrnatgan holda talabalarda biznes koʻnikmalarni shakllantirish. | 1. Respublikada faoliyat yurituvchi yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar bilan oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | 2025-yil mart | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi (kelishuv asosida), Markaziy bank | |
2. Oʻtkaziladigan uchrashuvlar natijasida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan yoshlarga kreditlar ajratish va oʻz faoliyatini boshlashga koʻmaklashish. | 2025-yil aprel | ||||
Hududlarda malaka toifasi va kasb-hunarga ega boʻlmagan yoshlarni kasbiy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va xorijiy tillarni oʻrgatish orqali ularning Germaniya davlatiga ishga borishiga koʻmaklashish. | 1. Kasb-hunar oʻrganib, Germaniya davlatida ishlash istagini bildirgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (kelishuv asosida), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
2. Taʼlim tashkilotlarida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
3. Oʻquv kursi yakuniga koʻra xorijiy tilni bilish sertifikatini olish chorasini koʻrish. | 2025-yil avgust | ||||
4. Germaniya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda dasturni tamomlagan yoshlarni aniq ish joyiga yoʻnaltirish chorasini koʻrish. | 2025-yil davomida | ||||
III. Iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning tashabbus va gʻoyalarini ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish | |||||
Yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirishni yanada jadallashtirish. | 1. Yoshlar tomonidan ilmiy asoslangan ilmiy texnik kengashdan xulosa olingan loyihalarning birlamchi prototipi va sanoat namunasini ishlab chiqish uchun tanlovlar eʼlon qilish. | 2025-yil aprel | Innovatsion rivojlanish agentligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
2. Qonunchilikka muvofiq gʻoliblarni aniqlash va grantlar hisobidan ishlab chiqilgan prototip va mahsulotning turkum ishlab chiqarilishini moliyalashtirish uchun investor topishga koʻmaklashish. | 2025-yil may — dekabr | ||||
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarni dasturchilikka yoʻnaltirish boʻyicha “Guest teachers” loyihasini Buxoro viloyatida joriy qilish. | 1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Mahalliy dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilarni aniqlash va maktablar bilan hamkorlik oʻrnatish. 3.Oʻquv dasturlariga integratsiyalashgan mavzu-taqvim rejalari va mavzular roʻyxatini ishlab chiqish. 4. Mehmon maʼruzachilar tashrifi va seminarlarni tashkil qilish. | 2025-2026 oʻquv yilida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi, “IT-park” direksiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | |
IV. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish | |||||
Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tuman (shahar)lardagi axborot kutubxona markazlarini zamonaviy adabiyotlar bilan taʼminlash. | 1. Tuman (shahar)lardagi axborot — kutubxona markazlaridagi kitoblarni xatlovdan oʻtkazish va ehtiyojlarini aniqlash. 2. Ehtiyojdan kelib chiqib, zarur badiiy va ilmiy-maʼrifiy kitoblar roʻyxatini shakllantirish. 3. Axborot — kutubxona markazlarini zamonaviy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-yil dekabr | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Yoshlar oyligi doirasida “Besh tashabbus isteʼdodlari karvoni” loyihasini yoʻlga qoʻyish. | 1. Uchrashuvlar oʻtkazish grafigini ishlab chiqish. 2. Uchrashuvlarda “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila” va “Mutolaa” loyihasi, “Yoshlar ovozi” festivali va boshqa tanlov va musobaqa gʻoliblari roʻyxatini shakllantirish va ishtirokini taʼminlash. 3. Uchrashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati mahalliy budjeti va Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichlarini Romitan tumanida tashkil etish. | 1. Ishchi guruh tuzish va loyiha konsepsiyasini tasdiqlash hamda tadbir oʻtadigan oyni belgilash. | 2025-yil davomida | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi, “Zakovat” intellektual klubi (kelishuvga asosan) | |
2. Intellektual oʻyinning viloyat bosqichlari gʻoliblari roʻyxatini shakllantirish. 3. Intellektual oʻyinning Respublika bosqichini yuqori saviyada tashkil etish. | 2025-yil dekabr | ||||
Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 1. Yil davomida yoshlarni harbiy — vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yigʻinini tashkil etish. 3. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini tarzda taʼlim tashkilotlari mahallalarda doimiy tashkil etib borish. | 2025-yil davomida | Tashkilotchilar mablagʻlari hisobidan | Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi | |
Targʻibot ishlari natijasida sport-taʼlim tashkilotlarida muntazam shugʻullanuvchi yoshlar sonini 20 foizga oshirish (75 ming nafarga yetkazish). | 1. Targʻibot tadbirlari reja-grafigini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | - | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumtaʼlim maktablari, kasbiy taʼlim tashkilotlari kollej hamda akademik litseylarda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish. 3. Xalqaro va respublika sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga jalb qilish orqali milliy terma jamoa zaxirasini kengaytirish. | 2025-yil davomida | ||||
V. Yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish uchun viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish | |||||
Gʻijduvon tumanida zamonaviy “Yoshlar markazi” binosini qurib, foydalanishga topshirish. | 1. Gʻijduvon tumanida yoshlar markazini qurish uchun tuman markazidan yoshlar qatnovi uchun qulay boʻlgan hududdan yer maydoni ajratish. | 2025-yil aprel | Buxoro viloyati mahalliy budjeti va Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari (teng ulushlarda) | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
2. Yoshlar markazi loyihasi va smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil may | ||||
3. Yoshlar markazini binosini qurib, foydalanishga topshirish. | 2025-2026-yillar davomida | ||||
Olot tumanidagi “Muxtor” mahallasida zamonaviy loyiha asosida ixcham kutubxonani qurib, foydalanishga topshirish. | 1. “Muxtor” mahallasi hududidagi umumtaʼlim maktabidan yer maydoni ajratish. | 2025-yil aprel | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
2. Zamonaviy kutubxona loyihasi va smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil may | ||||
3. Zamonaviy kutubxona binosini qurib, foydalanishga topshirish. | 2025-2026-yillar davomida | ||||
Kogon tumanida zamonaviy “Yoshlar markazi” binosini qurib, foydalanishga topshirish. | 1. Kogon tumanida yoshlar markazini qurish uchun tuman markazidan yoshlar qatnovi uchun qulay boʻlgan hududdan yer maydoni ajratish. | 2024-yil mart | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
2. Yoshlar markazi loyihasi va smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil aprel | ||||
3. Yoshlar markazini binosini qurib, foydalanishga topshirish. | 2025-yil dekabr | ||||
Jondor tumani markazida sobiq dehqon bozori hududida yoshlar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy “Yoshlar markazi” va infratuzilma obyektlarini barpo etish. | 1. Jondor tumanida “Yoshlar markazi” va infratuzilma obyektlarini qurish uchun tuman markazidagi sobiq dehqon bozoridan belgilangan tartibga muvofiq yer maydoni ajratish choralarini koʻrish. | 2025-yil aprel | Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat koʻrsatish istagida boʻlgan tashabbuskorlar mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
2. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
3. Belgilangan tartibga muvofiq tender oʻtkazish hamda davlat xususiy sherikchilik asosida bitim tuzish. | 2025-yil iyun | ||||
4. “Yoshlar markazi” va infratuzilma obyektlarini barpo etish hamda foydalanishga topshirish. | 2025-yil dekabr | ||||
Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahar maʼmuriyati Buxoro yoshlariga taqdim etgan “Mobilniy kvontorium” avtotransportidan foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, zarur shtat birliklari va avtomashinani saqlash xarajatlari uchun mablagʻ ajratish. | 1. Avtotransportni saqlash va undan foydalanish boʻyicha normativga asosan Yoshlar ishlari agentligi budjetiga belgilangan tartibda mablagʻ ajratish. | 2025-yil mart | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Yoshlarni zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalariga sayyor oʻqitish uchun belgilangan tartibda haydovchi va 2 ta mutaxassis shtat birliklarini ajratish choralarini koʻrish. | 2025-yil aprel | ||||
Qorakoʻl tumanidagi “Qorakoʻl” mahallasida yoshlar uchun zamonaviy futbol maydonchasini qurib foydalanishga topshirish. | 1. Futbol maydonchasini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil aprel | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Futbol maydonchasini qurib, foydalanishga topshirish. | 2025-yil dekabr | ||||
Viloyat yoshlar markazi binosining birinchi va ikkinchi qavatlarini Toshkent shahridagi Kreativ park namunasi asosida qayta jihozlash va taʼmirlash. | 1. Viloyat yoshlar markazini binosining birinchi va ikkinchi qavatlarini Toshkent shahridagi Kreativ park namunasi asosida qayta loyihalashtirish. | 2025-yil aprel | Yoshlar ishlari agentligi va Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari (teng ulushlarda) | Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
2. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil may | ||||
3. Taʼmirlash va jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
Mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida viloyat boʻyicha jami 86 ta taʼmirtalab sport maydonlarini toʻliq taʼmirlash. | 1. Taʼmirtalab maydonchalar holatini oʻrganish va xarajatlar smetasini ishlab chiqish. 2. Zamonaviy talablardan kelib chiqib, taʼmirlash ishlarini tashkil qilish. 3. Taʼmirlangan sport maydonchalarida sport musobaqalarini tashkil qilish. | 2025-2026-yillar davomida | Balansda saqlovchining mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi | |
Sport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan, shuningdek, olis va chekka hududlarda joylashgan jami 21 ta mahallalarda namunaviy sport maydonchalarini barpo etish. | 1. Viloyatning 13 ta tuman va shaharlaridagi 21 ta mahallalarda sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalar manzilli roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Sport vazirligi | |
2. Namunaviy tipdagi sport maydonchalarini qurish boʻyicha yer maydoni ajratish toʻgʻrisida viloyat hokimi qarorini tayyorlash. | 2025-yil aprel | ||||
3. Qurilishi yakunlangan sport maydonchalarini fuqarolar foydalanishlari uchun mahalla fuqarolar yigʻiniga berish. | 2025-2026-yillar davomida | ||||
VI. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish | |||||
Yoshlarni vatanparvarlik va tarixiy obidalarga muhabbat ruhida tarbiyalash, tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Buxoro viloyatida “Yoshlar turizm ziyorati” loyihasini tashkil qilish. | 1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
2. Yoshlar uchun qulay va qiziqarli turizm ziyorati dasturlarini ishlab chiqish. 3. Dastur va reja asosida imtiyozli sayohatlar tashkil qilish. | 2025-yil davomida | ||||
Gid-ekskursavodlik yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlarni professional gid-ekskursovodlarga ustoz-shogird anʼanasi asosida biriktirish choralarini koʻrish. | 1. Gid-ekskursavodlik yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar va faoliyat olib borayotgan gid-ekskursovodlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Bitiruvchilarni oʻz mutaxassisligi boʻyicha yuqori imkoniyat va salohiyatga ega boʻlgan professional gid-ekskursovodlarga biriktirish. | 2025-yil davomida | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligi | |
Yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan video va maxsus targʻibot materiallarini yaratish. | 1. Ijodiy guruh tuzish, video va maxsus targʻibot materiallari konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ichki ishlar vazirligi | |
2. Video va maxsus targʻibot materiallarini yaratish. | 2025-yil may | ||||
3. Targʻibot materiallarini barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarga yetkazish. | 2025-yil sentabr | ||||
Oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlariga “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish. | 1. Yuqori sinf oʻquvchilari roʻyxatini shakllantirish. 2. Harbiy qismlar tomonidan ochiq eshiklar kuni toʻgʻrisida eʼlonlar berish. 3. Oʻquvchilarning belgilangan tartibda xavfsizligini taʼminlash hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish. | Doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi | |
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Barcha hududlarda monitoring oʻtkazish. | 2025-yil mart | Masʼul ijrochilar mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi | |
3. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish. 4. Tahlil asosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarini koʻrish. | 2025-2026-yillar davomida | ||||
“Qoʻqon tajribasi” asosida joylarda masʼul xodimlar hamkorligida yoshlar oʻrtasida sodir etilishi ehtimoli yuqori boʻlgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish. | 1. Masʼul tashkilot va idoralar tarkibida ishchi guruh shakllantirish. 2. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 3. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Masʼul ijrochilar mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi | |
Huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan hamda muammolari “Yoʻl xaritalari”ga kiritilgan 6 933 nafar yoshlarning muammolarini hal etish choralarini koʻrish. | 1. Yoshlarning aniqlangan muammolarini hal etish. 2. Mazkur yoshlarning turli loyiha va tadbirlardagi ishtirokini taʼminlash. 3. Yoshlarning oilaviy sharoitini oʻrganish va ijtimoiy hayotga moslashuviga koʻmaklashish. | 2025-yil iyul | Masʼul ijrochilar mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bosh prokuratura | |
Talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish maqsadida oliy taʼlim tashkilotlarida sayyor sud majlislarini tashkil etish. | 1. Sayyor sudlarni tashkil etish yuzasidan reja-jadval ishlab chiqish. | Reja asosida | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy sud (kelishuv asosida) | |
2. Oliy taʼlim tashkilotlarida sud jarayonlarini oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratib berish. | Doimiy | ||||
3. Sayyor sud majlislariga jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil boʻlgan yoshlarni jalb etish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
VII. Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻmaklashish | |||||
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 7 805 nafar yoshlarni turli yoʻnalishlarda qoʻllab-quvvatlash. | 1. Turli yoʻnalishlarda muammosi aniqlangan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ushbu yoshlarni belgilangan tartibda “Yoshlar daftari”ga kiritish. 3. “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali ushbu yoshlarning muammolarini hal etish choralarini koʻrish. 4. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlarning “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoringini yuritish. | 2025-yil davomida | “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish maqsadida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻlar ajratib borish. | 1. “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida mavjud mablagʻlar va daftardagi yoshlar uchun kerakli boʻlgan mablagʻlar hisob-kitobini tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan hisob-kitoblar asosida mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlash. 3. Ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflanishini nazorat qilish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, tuman (shahar) hokimligi | |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 550 nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka, jumladan, zamonaviy kasb, IT va xorijiy tillarga oʻqitish hamda doimiy bandligini taʼminlash choralarini koʻrish. | 1. Kasb-hunar, tadbirkorlik, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganish istagidagi yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ushbu yoshlarni “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb oʻrgatish maskanlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrganishini taʼminlash. 3. Kasb-hunarlarga oʻrgatilgan yoshlarning doimiy bandligini taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-yil davomida | “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 255 nafar yoshlarni mamlakatdagi va xorijdagi tibbiyot tashkilotlarida davolash choralarini koʻrish. | 1. Sogʻligʻida muammosi bor, bemor yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Davolanishga ehtiyoji boʻlgan yoshlarni mamlakatimiz va xorijda davolatish choralarini koʻrish. 3. Davolanishga ehtiyoji boʻlgan yoshlarning muammolarini hal etish boʻyicha “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoring yuritish. | 2025-yil davomida | “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 284 nafar iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish. | 1. Ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlarida oʻqish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ushbu yoshlarni belgilangan tartibda “Yoshlar daftari”ga kiritish. 3. Ushbu yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlarida oʻqish xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali qoplab berish. 4. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlarning “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoringini yuritish. | 2025-yil davomida | “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlar, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni aniqlash hamda ularni qiziqishlaridan kelib chiqib, taʼlim muassasalarida tashkil etilgan turli sport va kasb toʻgaraklariga jalb etish. | 1. Taʼlim tashkilotlari rahbarlari tomonidan biriktirilgan masʼullar orqali “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchilarni sportning shaxmat, shashka va badminton turlariga qiziqtirish hamda ularni munosib taqdirlash. 2. Oʻquvchilarni kasb yoʻnalishidan kelib chiqib, avtoslesar va chilangarlik yoʻnalishida iqtidorini oshirish orqali ularni qoʻshimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratish. | 2025-yil davomida | Taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi | |
VIII. Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, davlat koʻmagiga muhtoj, alohida ishlash talab etiladigan (“ogʻir”) toifadagi yoshlar bilan ishlash | |||||
Alohida ishlash talab etiladigan (“ogʻir”) toifadagi 95 nafar yoshlar kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganish muammosini hal qilish. | 1. Xatlov jarayonida aniqlangan kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganish istagidagi yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganish istagidagi yoshlar bilan ishlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish. 3. Kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganish istagidagi yoshlarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, oʻzlari istagan yoʻnalishda bepul taʼlim olishlari uchun shart-sharoit yaratish choralarini koʻrish. 4. Kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganish istagidagi yoshlarning muammolarini hal etish boʻyicha “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoring yuritish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati shahar (tuman) mahalliy budjeti mablagʻlari, ijrochi tashkilot va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Buxoro viloyati hokimligi, masʼul idora va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) hokimliklari | |
Alohida ishlash talab etiladigan (“ogʻir”) toifadagi 350 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash bilan bogʻliq muammolarni hal etish. | 1. Xatlov jarayonida aniqlangan bandligi taʼminlanmagan, ishsiz yoshlarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Ishsiz yoshlar bilan ishlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish. 3. Yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha vakant lavozimlar va boʻsh ish oʻrinlari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 4. Ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash va ularning muammolarini hal etish boʻyicha “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoring yuritish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati shahar (tuman) mahalliy budjeti mablagʻlari, ijrochi tashkilot va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Buxoro viloyati hokimligi, masʼul idora va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) hokimligi | |
Alohida ishlash talab etiladigan (“ogʻir”) toifadagi 75 nafar davolanish bilan bogʻliq muammosi boʻlgan yoshlarga yordam koʻrsatish. | 1. Xatlov jarayonida aniqlangan sogʻligʻida muammosi bor bemor yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Davolanishga ehtiyoji boʻlgan yoshlar bilan ishlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish. 3. Davolanishga ehtiyoji boʻlgan yoshlarni mamlakatda va xorijda davolatish choralarini koʻrish. 4. Davolanishga ehtiyoji boʻlgan yoshlarning muammolarini hal etish boʻyicha “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoring yuritish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati shahar (tuman) mahalliy budjeti mablagʻlari, ijrochi tashkilot va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Buxoro viloyati hokimligi, masʼul idora va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) hokimligi | |
Alohida ishlash talab etiladigan (“ogʻir”) toifadagi 754 nafar yoshlarning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish choralarini koʻrish. | 1. Xatlov jarayonida turli yoʻnalishlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolari aniqlangan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud yoshlarga ularning muammosidan kelib chiqib masʼul biriktirish. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud yoshlar bilan ishlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud yoshlarning muammolarini hal etish boʻyicha “tuman (shahar)-sektor-mahalla” kesimida monitoring yuritish. | 2025-yil davomida | Buxoro viloyati shahar (tuman) mahalliy budjeti mablagʻlari, ijrochi tashkilot va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Buxoro viloyati hokimligi, masʼul tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) hokimligi | |
2-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Obyekt joylashgan manzil | Qurilish turi | Obyektning dastlabki hisob-kitob qiymati (mln soʻm)* | Moliyalashtirish manbalari | Amalga oshirish muddati |
1. | Buxoro shahar “Yoshlar innovatsiya” markazi | Buxoro shahar “Amir Temur” MFY | Kapital taʼmirlash | 2 500 | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari | 2025-yil dekabr |
2. | “Yoshlar markazi” binosi | Gʻijduvon tumani “A. Gʻijduvony” MFY | Yangi qurilish | 5 600 | Buxoro viloyati mahalliy budjeti va Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari (teng ulushlarda) | 2025-yil dekabr |
3. | Zamonaviy futbol maydonchasi | Qorakoʻl tumani “Qorakoʻl” MFY | Yangi qurilish | 500 | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | 2025-yil dekabr |
4. | Zamonaviy kutubxona binosi | Olot tumani “Muxtor” MFY | Yangi qurilish | 650 | Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari | 2025-yil dekabr |
5. | “Yoshlar markazi” binosi | Buxoro shahar “A. Donish” MFY | Rekonstruksiya | 1 000 | Buxoro viloyati mahalliy budjeti va Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari (teng ulushlarda) | 2025-yil dekabr |
6. | “Yoshlar markazi” binosi va infratuzilma obyektlari | Jondor tumani “Zarafshon” MFY | Yangi qurilish | 1 000* | Buxoro viloyati mahalliy budjeti | 2025-yil dekabr |
7. | “Yoshlar markazi” binosi | Kogon tumani “Niyozhoji” MFY | Yangi qurilish | 3 600 | Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari | 2025-yil dekabr |
Jami: | 14 850 | |||||
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi faoliyati samaradorligini oshirish | |||||
1. | Gʻijduvon tumanidagi “Sharq” MFY hududida yangi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini tashkil etish. | 1. Gʻijduvon tumani “Pozagari” MFYdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini uning yer maydoni tuman markazidan uzoqdaligini inobatga olingan holda tugatish choralarini koʻrish. 2. Qulay joylashuvga ega boʻlgan “Sharq” MFY hududida yangi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini tashkil etilishini taʼminlash. | 2025-yil aprel | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. | “Surxondaryo viloyati tajribasi” asosida Gʻijduvon tumanidagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar loyihalarini joylashtirish. | 1. Surxondaryo viloyati tajribasi asosida Gʻijduvon tumanidagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar loyihalarini joylashtirish choralarini koʻrish. 2. Sanoat ipotekasi tamoyili asosida moliyalashtirishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | - | Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
II. Yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan daromad topishiga koʻmaklashish | |||||
3. | Tumanda barcha yer maydonlari ajratib berilgan yoshlar tomonidan mazkur yerlarda yetishtirilgan mahsulotlarni tajriba sifatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼminotchilariga realizatsiya qilishda hamkorlik oʻrnatishga koʻmaklashish. | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mahsulotlarni yetkazib beruvchi tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 2. Yoshlar tomonidan ekilgan mahsulotlarni dastlab tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda maktablarga yetkazish boʻyicha hamkorlik oʻrnatishga koʻmaklashish. | Doimiy | - | Gʻijduvon tumani hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
4. | Yer maydonlari ajratilgan yoshlar uchun “Mahsulot olish sirlari” mavzusida amaliy seminar tashkil qilish. | 1. Seminar oʻtish maqsadida viloyat doirasida yuqori tajriba va malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni, shu jumladan, klasterlardan jalb qilish. 2. Seminarlarni yuqori saviyada tashkil etish. | 2025-yil aprel | - | “Agrobank” ATB (kelishuvga asosan), Gʻijduvon tumani hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
III. Yoshlar bandligini taʼminlash va migratsiyadagi yoshlar bilan manzilli ishlash | |||||
5. | Gʻijduvon tajribasi asosida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab 11-sinf oʻquvchilari qiziqishidan kelib chiqib, tajriba-sinov tariqasida darsdan tashqari toʻgaraklarda kamida bitta kasbga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. 11-sinf oʻquvchilarining qiziqishlari boʻyicha roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
2. Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, bitiruvchi yoshlarning amaliyotini tashkil qilish. | 2025-yil may | ||||
6. | Gʻijduvon tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni dasturlash yoʻnalishida oʻqitish choralarini koʻrish. | 1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Yuqori malakali 14 nafar dasturchi mutaxassislarni saralab olish hamda maktablarda ular tomonidan dasturlashga oʻrgatish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqib, seminar va amaliy darslarni tashkil qilish. | 2025-2026 oʻquv yilida | Buxoro viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari va qoʻshimcha mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
7. | Oliy va professional taʼlim bilan qamrab olinmagan bitiruvchilariga kasb-hunar oʻrgatish va ularni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish. | 1. Taʼlim bilan qamrab olinmagan ishsiz yoshlar roʻyxatini tuzish. 2. Bitiruvchilarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarni oʻrgatish. | 2025-yil aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
3. Bitiruvchilarning munosib ish topishlariga koʻmaklashish. | 2025-yil davomida | ||||
8. | 883 nafar ishsiz va 2 532 nafar bitiruvchi yoshlar bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish. | 1. Mahalla-sektor-tuman-viloyat kesimida bandlik dasturlarini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
2. Ishlab chiqilgan dasturlarni xalq deputatlari mahalliy va viloyat Kengashlarida muhokama qilish uchun kiritish. 3. Dastur bajarilishini doimiy nazorat qilib borish. | Har chorakda | ||||
4. Har chorakda dastur ijrosi yuzasidan hisobot berish. | Har oyda | ||||
9. | 173 nafar ishsiz va 1 090 nafar bitiruvchi yoshlarni doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish choralarini koʻrish. | 1. Doimiy ishga joylashadigan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur bajarilishi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
10. | 121 nafar ishsiz va 111 nafar bitiruvchi yoshlarni kasb-hunarlar oʻrganish. | 1. Kasb-hunarlarga oʻqish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur ijrosi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | Masʼul ijrochi tashkilotlar mablagʻlari hisobidan | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
11. | 87 nafar ishsiz va 76 nafar bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish. | 1. Tadbirkorlikka oʻqish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur ijrosi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | Masʼul ijrochi tashkilotlar mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank |
12. | 152 nafar ishsiz va 230 nafar bitiruvchi yoshlarga zamonaviy kasblarni oʻrgatish. | 1. Zamonaviy kasblarni oʻrganish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur bajarilishi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
13. | 74 nafar ishsiz va 93 nafar bitiruvchi yoshlarga mehnat qurollari va asbob-uskunalarni subsidiya asosida ajratish. | 1. Subsidiya asosida mehnat qurollari va asbob-uskunalar olish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur ijrosi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Gʻijduvon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
14. | 101 nafar ishsiz va 289 nafar bitiruvchi yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydoni ajratish. | 1. Dehqonchilik qilish uchun yer maydoni olish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur bajarilishi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | Belgilangan tartib asosida | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
15. | 92 nafar ishsiz va 76 nafar bitiruvchi yoshlarni hududlarda yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga joylashtirish. | 1. Hududlarda yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga joylashish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Belgilangan tartibda munosib ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Har chorakda dastur ijrosi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | Qonunchilikda koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Gʻijduvon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
16. | 12 526 nafar yoshlarni oʻzini oʻzi band qilish orqali rasmiy bandlikka oʻtkazish choralarini koʻrish. | 1. Oʻzini oʻzi band qilish istagida boʻlgan yoshlarni ijtimoiy, sanoat, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish. 2. 1 583 nafar yoshlarni axborot-kommunikatsiya yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish. 3. 3 425 nafar yoshlarni maishiy xizmatlar yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish. | 2025-yil davomida | Belgilangan tartib asosida | Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
17. | Tumandagi xorijga ishlash yoki oʻqish uchun ketgan yoshlarning xorijiy davlatdagi mavjud sharoit va ijtimoiy muhitini oʻrganib, monitoring qilib borish maqsadida tegishliligi boʻyicha sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etib borish. | 1. Uchrashuvlar oʻtkazish grafigini ishlab chiqish. 2. Uchrashuvlarni doimiy tashkil etib borish. 3. Har chorakda dastur bajarilishi yuzasidan hisobot berish. | 2025-yil davomida | - | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Gʻijduvon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
18. | Gʻijduvon tumanida xorijdan qaytgan yoshlarni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish choralarini koʻrish. | 1. Xorijdan qaytgan va ishlash istagida boʻlgan yoshlar haqida maʼlumotlarni shakllantirish. 2. Roʻyxat asosida yoshlarni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-yil davomida | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
19. | Migratsiyadagi 455 nafar yoshlar ota-onalari bilan sektor rahbarlari uchrashuvlarini oʻtkazish. | 1. Xorijiy migratsiyadagi yoshlar ota-onalari bilan uchrashuvlar oʻtkazish grafigini ishlab chiqish. 2. Uchrashuvlarni doimiy tashkil etib borish. | 2025-yil reja-asosida | - | Gʻijduvon tumani hokimligi, sektor rahbarlari |
20. | Tumandagi korxona va tashkilotlar inson resurslari boʻlinmalari bilan birgalikda (ixtiyoriy asosda) ishga joylashmoqchi boʻlgan yoshlarning amaliyot oʻtash tizimini joriy qilish va sohani oʻzlashtirgan yoshlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish. | 1. Tumandagi xususiy korxona va tashkilotlarning (ixtiyoriy asosda) inson resurslari boʻlinmalari bilan hamkorlik oʻrnatish. | 2025-yil aprel | - | Gʻijduvon tumani hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Ishsiz yoshlar roʻyxatini shakllantirish. | Doimiy | ||||
3. Korxona va tashkilotlarda ishsiz yoshlarni amaliyotini tashkil qilish va sohani oʻzlashtirgan yoshlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish | Reja-grafik asosida | ||||
21. | Gʻijduvon tumani turizm salohiyatini inobatga olib, taom yetkazib berish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish orqali yoshlar bandligini taʼminlash. | 1. Aholi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish. 2. “Uzum Tezkor”, “Yandex Eats” hamda “Express 24” kabi yetkazib berish xizmatlari bilan kelishuvlarni amalga oshirish. 3. Zamonaviy yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
4. Yetkazib berish xizmati tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlaridan kelib chiqib, kuryerlik faoliyati uchun velosiped, uniforma va taom tashish termosumkalarning bir qismi uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish. | 2025-yil davomida | ||||
22. | Xorijga mehnat migratsiyasiga chiqish istagida boʻlgan yoshlarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish va ularning tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga borishiga koʻmaklashish. | 1. Xorijga mehnat migratsiyasiga chiqish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish va masʼul tashkilotlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, uchrashuv davomida ish beruvchi xorijiy davlatlardagi boʻsh ish oʻrinlari va oylik maoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligi toʻgʻrisida maʼlumot berish. | 2025-yil aprel | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
2. Xorijga ketish istagida boʻlgan yoshlarga “Ibrat farzandlari”, e-kasb.uz va” Ustoz AI” elektron platformalari orqali xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarga oʻqitish. | 2025-yil may | ||||
3. Xorijiy til va zamonaviy kasblarni egallagan yoshlarni belgilangan tartibda tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish choralarini koʻrish. | Doimiy | ||||
IV. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish | |||||
23. | Kibersport turlari boʻyicha “Yoshlar kubogi” turnirini oʻtkazish. | 1. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish. 3. Turnirni mahalla, mahallalararo sektor va sektorlararo tuman bosqichlari asosida oʻtkazish. | 2025-yil may | Hududiy va tuman “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, IT-park direksiyasi |
24. | Gʻijduvon shahrida joylashgan Xoja Abdulholiq Gʻijduvoniy ziyoratgohida allomaning hayoti haqida batafsil maʼlumotlar bazasini yaratish. | 1. Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi tarixchi (dinshunos) professor va olimlar hamda diniy tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil aprel | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gʻijduvon tumani hokimligi, Madaniy meros agentligi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
2. Xoja Abdulholiq Gʻijduvoniy hayoti haqida batafsil maʼlumotlar, badiiy va islomiy-tarixiy adabiyotlarni toʻplash, yagona va batafsil material holatiga keltirish. 3. Toʻplangan materiallar asosida kitobiy jamlanma va video roliklar tayyorlash. | Doimiy | ||||
25. | Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdod va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Yoshlar sayilgohi”da yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish. | 1. “Yoshlar sayilgohi”da tashkil etiladigan tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2. Sayilgoh yoʻlaklarini badiiy rassomchilik va kulolchilik mahsulotlari namunalari bilan bezatish. 3. Musiqaga qiziquvchi yoshlar uchun musiqiy asboblar (skripka, tor, doira, gitara) pavilyonlarini tashkil etish. 4. Yoshlarning boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazish uchun turli madaniy va raqs kechalarini tashkil etish. 5. Sanʼatga qiziquvchi havaskor yoshlar oʻrtasida “Karaoke shou” koʻngilochar dasturlarini oʻtkazish. | 2025-yil davomida | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti va tuman Madaniyat boʻlimi mablagʻlari hamda homiylik mablagʻlari | Gʻijduvon tumani hokimligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
26. | Aholi va yoshlarning boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazishini tashkil etish hamda ularni zararli xurujlardan himoya qilish maqsadida Gʻijduvon tumanidagi 14 ta mahallalarning bir-biriga yaqin masofalarda (har 3-4 ta mahalla markazida 1 tadan) kamida 4 ta koʻngilochar maskanlar tashkil etish. | 1. Gʻijduvon shahridagi mahallalar kesimida yoshlarning istak va xohishlarini oʻrganish maqsadida soʻrovnomalar oʻtkazish. 2. Soʻrovnoma natijalari boʻyicha tegishli mahallalarda koʻngilochar obyektlarni qurish yuzasidan hokimlikka takliflar kiritish. 3. Tadbirkorlik va biznes qilishga imkoniyati mavjud yosh tadbirkorlar uchun koʻngilochar maskan qurish boʻyicha tanlovlar eʼlon qilish. 4. Tanlov natijalariga koʻra mazkur hududlarda belgilangan tartibda koʻngilochar maskanlar tashkil etish choralarini koʻrish. | 2025-yil davomida | - | Gʻijduvon tumani hokimligi, Madaniyat vazirligi |
27. | Yoshlarda vatanparvarlik va faxrlanish tuygʻusini shakllantirish maqsadida tuman markazidagi “Yurt bayrogʻi” maydoni favvorasi atrofida yoshlar oʻrtasida shaxmat va shashka musobaqalarini tashkil etish. | 1. Musobaqani tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish. 2. Nizom talablari asosida aholiga va yoshlarga tanlov haqida eʼlon qilish. 3. Tadbir oʻtkazish sanasi va muddatini belgilash. 4. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. 5. Tadbir ishtirokchilarini munosib ragʻbatlantirish. | 2025-yil aprel | Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
28. | “Gʻijduvon yoshlar madaniyat haftaligi” tanlovini oʻtkazish. Bunda yetishib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy va madaniy jihatdan tarbiyalash, ulardagi isteʼdodni erta aniqlash, madaniyat va sanʼatga qiziquvchi havaskor yoshlar qatlam vakillari doirasini shakllantirib borish. | 1. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish nizom ishlab chiqish. 2. Nizom talablari asosida yoshlar uchun har bir yoʻnalish hamda yosh toifalari kesimida eʼlonlar berish. 3. Tanlovni oʻtkazish muddatini belgilash, tanlov ishtirokchilarini mahallalar kesimida roʻyxatini shakllantirish. 4. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. 5. Tadbir ishtirokchilarini munosib ragʻbatlantirish. 6. Tanlovda gʻolib boʻlgan isteʼdodlardan iborat tumanning “Oltin madaniy fondi”ni yaratish va ularga imkoniyatlar yaratib berish. | 2025-yil davomida | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti mablagʻlari | Gʻijduvon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi |
29. | Tuman yoshlari oʻrtasida ommalashgan oʻyinlar boʻyicha koʻp bosqichli (mahalla-sektor-tuman) kibersport musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Musobaqani tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish. 2. Nizom talablari asosida mahallalar kesimida yoshlar oʻrtasida eʼlon berish. 3. Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar roʻyxatini tuzish. 4. Tadbirni koʻp bosqichli tarzda oʻtkazish grafiki asosida yuqori saviyada oʻtkazib borish, gʻoliblarni munosib taqdirlash va keyingi bosqichga yoʻnaltirish. 5. Ishtirokchilarning xohish va istaklari hamda rejalari xususida maʼlumotlar toʻplab borish. | 2025-yil davomida | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti mablagʻlari | Gʻijduvon tumani hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
30. | Kulolchilik, duradgorlik va ipakka ishlov berish boʻyicha shakllangan maktablar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va yoshlarni ushbu sohalarga keng jalb etish maqsadida “Tuman hokimi sovrini” tanlovini oʻtkazish. Bunda eng koʻp yoshlarni oʻz sohasiga jalb etgan, eng koʻp shogirdlar tayyorlagan soha maktablariga 300 mln soʻmgacha mablagʻ ajratilishini tashkil etish. | 1. Tuman hokimi sovrinini tashkil etish toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish. 2. Nizom talablari asosida mahallalardagi oilaviy kasb-hunar maktablariga va yoshlarga eʼlon berish. 3. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar roʻyxatini tuzish va hunar maktablariga yoʻnaltirish. 4. Tanlov natijasi boʻyicha gʻoliblarga moliyaviy mablagʻlarni oʻtkazib berish. 5. Tadbir jarayonlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | 2025-yil davomida | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti mablagʻlari | Gʻijduvon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
31. | Gʻijduvon tumanida keng ommalashgan payvandchilik (temir darvoza yasash) va duradgorlik (mebel va uning jihozlarini yasash) kasblari boʻyicha faoliyat yuritayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yilning eng mohir kasb egasi” tanlovini tashkil etish. | 1. Tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish. 2. Tanlov asosida mahallalardagi yoshlarga eʼlon berish. 3. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar roʻyxatini tuzish. 4. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish, gʻoliblarni munosib taqdirlash va tuman hokimi sertifikatini topshirish. 5. Tadbir jarayonlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | 2025-yil davomida | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti mablagʻlari | Gʻijduvon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi |
32. | Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida jinoyatchilik koʻrsatkichi oshgan mahallalar yoshlarining viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalari (koloniyalar)ga sayohatlarini tashkil etish. | 1. Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan mahallalar roʻyxatni shakllantirish. 2. Mahallalarda jinoyatchilik, bezorilik va huquqbuzarlikka moyilligi boʻlgan yoshlar va oʻsmirlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Jazoni ijro etish muassasalariga sayohat tashkil etish grafigini belgilash. 4. Tegishli tadbirlarni amalga oshirish. 5. Amalga oshirilgan ishlar natijasida yoshlar psixologiyasi va ularning jamiyatdagi yurish-turishidagi oʻzgarishlarni tahlil qilish. | 2025-yil davomida | - | Gʻijduvon tumani hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
33. | Tumanda asosiy fanlardan (fizika, matematika, kimyo va biologiya) fanlari kesimida 7 — 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Viloyat hokimi kubogi” fan olimpiadasini oʻtkazish. | 1. “Tuman hokimi kubogi” olimpiadasi nizomini ishlab chiqish. 2. Oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablari, xususiy maktablar oʻquvchilari oʻrtasida asosiy fanlar va sinflar kesimida “Hokim kubogi” fan olimpiadalarini oʻtkazish. | 2025-yil noyabr | Buxoro viloyati hamda tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlari | Buxoro viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Gʻijduvon tumani hokimligi |
34. | Taʼlim tashkilotlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish. | Oʻquv yili davomida maktablar faoliyatini tizimli monitoring qilish. | 2025-2026 oʻquv yili davomida | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
35. | Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sportga jalb qilish maqsadida mahallalarda sport maydonchalarini qurish. | 1. Sport maydonchasi mavjud boʻlmagan mahallalar roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxat asosida shakllantirilgan mahallalar yoshlarining qiziqishini oʻrganish uchun soʻrovnoma oʻtkazish. 3. Soʻrovnoma asosida sport obyektlarini qurish. | 2025-2026-yillar davomida | Gʻijduvon tumani mahalliy budjeti mablagʻlari | Gʻijduvon tumani hokimligi, Sport vazirligi |
4-ILOVA
1. | K.K. Kuranbayev | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Ishchi guruh rahbari (kelishuv asosida) |
2. | B.K. Zaripov | — | Buxoro viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
3. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
4. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
5. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
6. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
7. | P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
8. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
9. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
10. | J.T. Joʻrayev | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida) |
11. | B.A. Odilov | — | Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi |