12.02.2025 yildagi 83-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq 2025-yil yakuniga qadar respublikadagi kambagʻal oilalarning 3 — 7 yoshli bolalarini maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda 3 — 7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻyin maydonchalari va tayyorlov guruhlarini stol-stullar bilan jihozlash boʻyicha koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kambagʻal oilalar kam boʻlgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olis va chekka (tuman va shaharlar markazida joylashmagan) mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining toʻlov qobiliyati past (kambagʻal oilalar nisbatan koʻp boʻlgan) hamda demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha muassasalarining boʻsh binolarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Jahon banki tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2025-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 3-ilovasida belgilangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻyin maydonchalari va tayyorlov guruhlarini stol-stul bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga olib kelish hamda uylariga olib borib qoʻyish uchun bitta avtobus xarid qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi 83-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Moliyaviy manbasi

Masʼul

1.

Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari doirasida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, mavjud taʼmirtalablarni rekonstruksiya qilish.

Bunda 2025-yilda 14 tani yangi qurish, 83 tani rekonstruksiya qilish.

2025-2026-yillar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga qoʻshimcha bola oʻrinlarini yaratish boʻyicha yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish.

Har yili sentabr

3. Yangi 2 000 ta nodavlat, jumladan, xususiy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan mahallalarda:

chekka va olis mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;

boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-2026-yillarda

2.

6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olish.

1. 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ishlarini davom ettirish.

Bunda:

qisqa muddatli va toʻliq kunlik tayyorlov guruhlarini;

toʻliq koeffitsiyentda ishlamayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boʻsh xonalarida bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarini tashkil qilish.

2. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish.

2025-2026-yillar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

3.

Aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kambagʻal oilalar kam boʻlgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

1. Mahalliy hokimliklar tomonidan aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan mahallalarni tanlab olish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2025-2026-yillar davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oʻz mablagʻlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash.

har yili yanvar

3. Tadbirkorlar tomonidan “Maktabgacha taʼlimni boshqarish” axborot tizimida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun taqdim etilgan elektron arizalar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimlarini tuzish.

Doimiy

4.

Aholining toʻlov qobiliyati past (kambagʻal oilalar nisbatan koʻp boʻlgan) va demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

1. Aholining toʻlov qobiliyati past boʻlgan va demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalar reyestrini shakllantirish.

2. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish tashabbusini bildirgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.

3. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish uchun resurs taʼminotini belgilash.

4. Resurs mablagʻlari shakllangandan soʻng belgilangan tartibda davlat va xususiy sherik oʻrtasida bitim imzolash.

5. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish chorasini koʻrish.

2025-2026-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Respublikaning chekka va olis mahallalarida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

1. Respublikaning chekka va olis mahallalarini aniqlash va ularning reyestrini shakllantirish.

2. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish.

3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan oʻrnatilgan tartibda bitimlarni imzolash.

4. Maktabgacha taʼlimning afzalliklari boʻyicha ota-onalar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish va bolalarni qamrab olish.

2025-2026-yillar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Boʻsh turgan ijtimoiy soha muassasalarining binolarida qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish.

1. Boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlari va ulardagi boʻsh turgan xonalarning holatini aniqlash.

2. Boʻsh turgan obyektlar joylashgan mahallalardagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar roʻyxatini shakllantirish.

3. Boʻsh turgan xonalarni taʼmirlash va bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan holda jihozlash.

4. Qisqa muddatli guruhlar faoliyatini yuritish uchun malakali pedagoglarni ishga jalb qilish va ularning faoliyatini moliyalashtirish.

5. Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qamrab olish.

2025-2026-yillar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi 83-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda 3 — 7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadigan bolalar soni

2025-yil

2026-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

130 901

136 791

Andijon viloyati

256 807

268 363

Buxoro viloyati

138 650

144 889

Jizzax viloyati

109 512

114 440

Qashqadaryo viloyati

211 221

220 726

Navoiy viloyati

76 758

80 213

Namangan viloyati

217 993

227 803

Samarqand viloyati

281 270

293 927

Surxondaryo viloyati

190 041

198 592

Sirdaryo viloyati

66 154

69 131

Toshkent viloyati

174 873

182 743

Fargʻona viloyati

296 727

310 079

Xorazm viloyati

136 114

142 240

Toshkent shahri

171 302

179 010

JAMI:

2 458 322

2 568 946

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi 83-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyin maydonchalari va tayyorlov guruhlarini stol-stullar bilan jihozlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Oʻyin maydonchalari

Tayyorlov guruhlari uchun stol-stul

MTT soni

Oʻyin maydonchalari soni

MTT soni

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

479

475

396

2.

Andijon viloyati

552

610

-

3.

Buxoro viloyati

506

489

433

4.

Jizzax viloyati

243

259

151

5.

Navoiy viloyati

225

223

204

6.

Namangan viloyati

620

674

-

7.

Qashqadaryo viloyati

479

468

315

8.

Samarqand viloyati

765

763

695

9.

Sirdaryo viloyati

203

209

120

10.

Surxondaryo viloyati

469

466

315

11.

Toshkent viloyati

568

572

-

12.

Fargʻona viloyati

917

981

-

13.

Xorazm viloyati

368

367

340

14.

Toshkent shahri

489

587

-

JAMI:

6 883

7 143

2 969