07.02.2025 yildagi PQ-43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk shoir va mutafakkir, xalqparvar davlat arbobi Mir Alisher Navoiyning bebaho merosi el-yurtimiz ma’naviy hayoti va dunyo adabiyoti rivojida alohida muhim o‘rin tutadi. Ul zotning muborak siymosi umrini Vatan va xalq saodati uchun baxsh etishni hayot maslagi deb biladigan fidoyi shaxslarni tarbiyalashda barcha davrlar uchun yuksak ideal namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda ulug‘ ajdodimizning hayoti va ijodini o‘rganish va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi, jumladan, xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi, shoir asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish va nashr etish ishlari davom ettirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk gumanist, adolat va ezgulik kuychisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot homiysi Alisher Navoiyning umumbashariy ahamiyatga ega o‘lmas merosini yanada teran tadqiq etish, xalqimiz va jahon ahlini bu ulkan boylikdan har tomonlama bahramand etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Navoiy viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb nomlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi)ning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy merosini o‘rganish ishlarini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tilida nashr etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy siymosi tasvirlangan, uning shaxsi, ilmiy-ma’rifiy merosi, davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali axborot vositalarini tayyorlash, mediamahsulotlar va audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi elchixonalari, o‘zbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati, insonparvarlik g‘oyalarini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar hamda davra suhbatlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur jarayonda vazirlik va idoralar, ilmiy va ijodiy, ma’rifiy muassasalar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, chora-tadbirlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro grantlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishini tashkil etish, mablag‘larning taqsimlanishi va sarflanishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Alisher Navoiyning benazir ijodiy merosini keng ommalashtirish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida samarali amalga oshirilishini tashkil etsin, bu borada idoralararo hamkorlikni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlangani munosabati bilan Navoiy viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil 8-9-fevral kunlari buyuk bobomiz tavalludining 584 yilligi munosabati bilan mahalliy va xorijiy olimlar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik ishtirokida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq holda so‘lim bog‘ va xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniy meros agentligi bilan birgalikda Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Alisher Navoiyning haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalarni o‘rnatish hamda memorial muzey tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yili alohida reja asosida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlab ijodiy kechalar, tanlovlar, kitoblar nashri va taqdimoti hamda ilmiy-adabiy anjumanlar o‘tkazsin. Ushbu tadbirlarga talabalar, yosh ijodkorlar va iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish, ularni munosib rag‘batlantirish orqali “Navoiy viloyati tajribasi”ni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Navoiy davlat universitetida 2025-yil 10 — 15-oktabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilishini ta’minlasin. Bunda xalqaro konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi tomonidan teng ulushlarda qoplanishi belgilab qo‘yilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari”ni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, u yashagan davrning ma’rifiy-adabiy muhiti, shoirning ustoz va zamondoshlari, izdoshlari haqida hikoya qiluvchi asarlarni qayta nashr etib, oliy ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy qo‘lyozmalarining ko‘rgazmalari hamda asarlarining taqdimotlarini o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksionerlik jamiyatining Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy kinofilmni moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya agentligi 2026-yil yakuniga qadar navoiyshunos olimlar, yetuk ssenariychi va rejissyorlar, aktyorlar va soha mutaxassislari ishtirokida ushbu badiiy filmni yaratish, uning tantanali premyerasini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashqi ishlar vazirligi Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida reja asosida Turkiy davlatlar tashkilotining Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Alisher Navoiy hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon adabiyoti va tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, shuningdek, korxona, tashkilotlar va mehnat jamoalarida keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy media birlashmasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan budjet mablag‘lari, ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-43-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-43-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

X.M. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

3.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

4.

O.Q. Abduraxmanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

5.

N.T. Tursunov

Navoiy viloyati hokimi

6.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

7.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

8.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

9.

A.A. Xadjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

10.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

11.

Sh.T. Rizayev

Kinematografiya agentligi direktori v.b.

12.

O.A. Hasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

13.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

14.

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

15.

A.A. Jo‘raboyev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

16.

A. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

17.

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

18.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi

19.

Sh.S. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik

20.

O.D. Davlatov

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori, navoiyshunos

21.

N.M. Mahmudov

Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professor

22.

J.S. Eshonqulov

Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori, professor

23.

N.A. Jabborov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, navoiyshunos

24.

M. Xoshimxonov

Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, navoiyshunos

25.

N.J. Xolbo‘tayev

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, Respublika komissiyasi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-43-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiyning benazir ijodiy merosini keng ommalashtirish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amaliy chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ul vazirlik va idoralar

1.

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi hamda adabiy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.

1. Simpozium tashkil etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari,

xalqaro grantlar

Navoiy viloyati hokimligi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi

2. Simpozium materiallarini tayyorlash.

2025-yil fevral

3. Xalqaro simpozium hamda adabiy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.

2025-yil fevral

2.

Alisher Navoiy asarlarining 100 jildlik ommabop nashrini chop etish.

1. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini belgilangan tartibda kiritish.

2025-yil may

Davlat budjeti mablag‘lari

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Original matn va sodda tildagi izohlar bilan 100 jildlik nashrni tayyorlash.

2025 — 2027-yillar

3. Nashrning elektron va audio shaklini tayyorlash.

2026-2027-yillar

3.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq holda so‘lim bog‘ va xiyobonlar, yashil hududlarni tashkil etish.

1. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq holda so‘lim bog‘ va xiyobonlar, yashil hududlarni tashkil etish loyiha rejasi va smetasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Ijrochilarning mablag‘lari

Navoiy viloyati hokimligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

2. Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanida bog‘lar, xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

4.

Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy kinofilm ishlab chiqish.

1. Kinofilm loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

2025-yil mart

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ mablag‘lari

Kinematografiya agentligi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

Navoiy viloyati hokimligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi

2. Kinofilm ssenariysini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

3. Kinofilmning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

4. Kinofilmni ishlab chiqarish va Navoiy shahrida uning taqdimotini o‘tkazish.

2027-yil 9-fevral

5.

Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish.

1. Asarlar ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida,

xalqaro grantlar

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Navoiy davlat universiteti

2. Malakali tarjimonlar guruhini shakllantirish va asarlarni xorijiy tillarga o‘girish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2025-yil may

3. Tarjimalarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyul

4. Asarlarni tarjima qilish, nashrdan chiqarish va ularning taqdimotlarini o‘tkazish.

2025 — 2027-yillar

6.

Navoiy asarlari asosida milliy va zamonaviy musiqa asarlarini yaratish.

1. Navoiy asarlari asosida “Nazm va navo” maqom kechalarini o‘tkazish hamda uni ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib etish.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Madaniyat vazirligi,

Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Fanlar akademiyasi

2. Navoiy ijodi asosida milliy va zamonaviy musiqa asarlari yaratish.

2025-yil sentabr

3. Mazkur musiqa asarlari asosida audio albomlar tayyorlash.

2025-yil noyabr

7.

Alisher Navoiy asarlari qahramonlarini aks ettiruvchi animatsion mahsulotlar yaratish.

1. Alisher Navoiy asarlari qahramonlari siymosi aks ettirilgan animatsion mahsulotlar loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil may

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida,

homiylik xayriyalari

Kinematografiya agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Yozuvchilar uyushmasi

2. Animatsion mahsulotlarni yaratish xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

3. Animatsion mahsulotlar taqdimotini o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2025 — 2027-yillar

8.

Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Alisher Navoiy haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalarni o‘rnatish.

1. Alisher Navoiy haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalar loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida,

mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Navoiy viloyati hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Badiiy akademiya,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Madaniy meros agentligi

2. Ushbu loyihalar asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil may

3. Alisher Navoiy haykali va “Xamsa” dostonlari mavzusidagi ramziy darvozalarni o‘rnatish.

2025 — 2030-yillar

9.

Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Alisher Navoiy memorial muzeyini tashkil etish.

1. Alisher Navoiy memorial muzeyi loyihasi va ekspozitsiya konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida,

mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Navoiy viloyati hokimligi,

Madaniy meros agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi

2. Ushbu loyihalar asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil may

3. Alisher Navoiy memorial muzeyini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhini shakllantirish va eksponatlar yig‘ish, muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025 — 2027-yillar

10.

Navoiy davlat universiteti huzurida Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.

1. Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazining konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Navoiy davlat universiteti mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi

2. Ushbu konsepsiya asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil may

3. Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2026-2027-yillar

11.

Alisher Navoiy merosini o‘rganish ishlarini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish.

1. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirish.

2025-yildan boshlab

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Yozuvchilar uyushmasi

2. Davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

3. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining natijalarini e’lon qilish.

Ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida

12.

Respublika va xorijda Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.

1. Ilmiy ekspeditsiyalar yo‘nalishi va a’zolari ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil mart

Davlat budjeti mablag‘lari,

xalqaro grantlar

Fanlar akademiyasi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan respublika va xorijda ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish rejasini tasdiqlash.

2025-yil aprel, kelgusida navbatdagi rejani tasdiqlash zaruratidan kelib chiqib

3. Respublika va xorijdagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

4. Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq shaharlarga ilmiy ekspeditsiya tashkil qilish.

2025-yildan boshlab har yili reja asosida

13.

Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyani tashkil etish.

1. Xalqaro ilmiy konferensiya dasturini ishlab chiqish.

2025-yil may

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida,

ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

Navoiy davlat universiteti

2. Xalqaro ilmiy konferensiya uchun materiallar to‘plash, nashrga tayyorlash va ushbu loyihalar asosida xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

3. Xalqaro ilmiy konferensiyani tashkil etish.

2025-yil 10 — 15-oktabr

14.

Alisher Navoiyning asarlari asosida spektakllar yaratish, respublika teatrlarida hamda chekka hududlarda ko‘chma teatr tomoshalarini tashkil etish.

1. Alisher Navoiy asarlari asosida spektakllar yaratish.

2025-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Madaniyat vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Alisher Navoiyning asarlari asosida respublika teatrlarida va chekka hududlarda ko‘chma teatr tomoshalarini tashkil etish.

2026-2027-yillarda reja asosida

15.

Navoiy asarlari asosida graffiti va mozaikalar yaratish.

1. Navoiy shahrida yangi qurilayotgan uylar, korxona va tashkilotlar manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil mart

Buyurtmachi tashkilot mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Navoiy viloyati hokimligi,

Badiiy akademiya,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi

2. Alisher Navoiy asarlari asosida graffiti va mozaikalar yaratish ishlarini bajarish uchun ijodkorlar bilan shartnoma imzolash.

2025-yil aprel

3. Alisher Navoiy asarlaridan olingan iqtiboslar (hikmatli so‘zlar), shuningdek, Navoiy asarlari qahramonlari asosida eskiz loyihalarini yaratish.

2025-yil iyun

4. Ro‘yxat asosida ijodkorlar tomonidan yaratilgan eskiz loyihalarini shahar dizayniga joriy etish.

2025 — 2027-yillar

16.

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

1. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi faoliyatiga korxona va tashkilotlarning ixtiyoriylik asosida homiyliklarini qo‘llab-quvvatlash.

2. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondining Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishdagi faoliyatiga har jihatdan ko‘maklashish.

2025-yil apreldan boshlab muntazam ravishda

Homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

“Navoiyazot” AJ,

Savdo-sanoat palatasi,

“Milliy bank” AJ va boshqa korxonalar

17.

Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, tanlovlar, kitoblar taqdimoti hamda ilmiy-ma’rifiy anjumanlar o‘tkazish bo‘yicha “Navoiy viloyati tajribasi”ni yaratish.

1. Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, tanlovlar, kitoblar taqdimotlari hamda ilmiy-ma’rifiy anjumanlar o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2025-yil may

Ijrochilarning mablag‘lari

Navoiy viloyati hokimligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Fanlar akademiyasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Reja-jadval asosida tadbirlar o‘tkazish, ularga navoiyshunos va adiblar, yosh ijodkorlar, ijod maktablarining o‘qituvchi va iqtidorli o‘quvchilarini jalb etish.

Alohida reja-jadval asosida

18.

“Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovini hamda ta’lim muassasalari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari”ni tashkil etish.

1. “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi nizomini ishlab chiqish.

2025-yil may

Ijrochilarning mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Respublika tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish.

3. Ta’lim muassasalari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari”ni tashkil etish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab alohida reja asosida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2025-y., 07/25/43/0120-son)