01.02.2025 yildagi 57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish faoliyatini hamda “Halol” belgisi bilan tamgʻalangan mahsulot va xizmatlardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish sohasini tartibda solish toʻgʻrisida kuyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda hamda ularga nisbatan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va rasmiy xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan standartlarga ustuvorlik huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-maydan mazkur qaror hamda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamgʻalashga ruxsat etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) olti oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimidagi davlat muassasasida tashkil qilinadigan mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organini xalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb qilgan holda akkreditatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini oshirsin hamda ular uchun treninglar va seminarlar oʻtkazilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” belgisi shakli hamda oʻlchamini belgilaydigan standart loyihani ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashabbus koʻrsatgan tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organini tashkil etishda koʻmaklashib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-fevraldagi 57-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom mahsulot va xizmatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan “Halol” talablariga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — mahsulot yoki xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishga talabgor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — mahsulot va xizmatlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va elektron reyestrni yuritish axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya komissiyasi — sertifikatlashtirish organi tomonidan amalga oshirilgan baholashdan hamda chiqarilgan qarorlaridan norozi boʻlgan ariza beruvchining shikoyatlarini koʻrib chiqish maqsadida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida tashkil qilinadigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish — ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki koʻrsatilayotgan xizmatning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati — ishlab chiqarilgan mahsulot yoki koʻrsatilayotgan xizmatning “Halol” talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish organi — mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun xalqaro tashkilotlardan akkreditatsiyadan oʻtgan organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” talablari — Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlashtirish) mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish uchun ariza shakliga muvofiq sertifikatlashtirish organiga elektron tarzda ariza yoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sertifikatlashtirish uchun taqdim qilinadigan arizada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi hamda hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahsulot uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan va ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda asos boʻlgan hujjatlarning nusxalari (texnologik yoʻriqnomalar, toʻldiruvchi hujjatlar, retseptlar va (yoki) mahsulot tarkibi haqida maʼlumot hamda boshqa hujjatlar nusxalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotdan foydalanish (ishlatish, qoʻllash) toʻgʻrisidagi hujjat (yoʻriqnoma, qoʻllanma, reglament, tavsiyalar) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorliq (oʻrov-idish) nusxalari yoki maketlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarga qoʻshiladigan barcha qoʻshimchalar va ingridiyentlar, shuningdek, tashqaridan olinayotgan barcha qoʻshimchalarning tavsifi yoki “Halol” talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar xavfsizligi va halol talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sinov bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning doimiy muvofiqligini nazorat qilish uchun akkreditatsiyadan utgan sinov laboratoriyasining akkreditatsiya guvohnomasi yoki akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi bilan tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchida mahsulotlarni barqaror ishlab chiqarishni taʼminlovchi joriy etilgan menejment tizimiga (ISO 9001, ISO 22000) ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining faoliyatiga oid jarayonlar hamda unga taʼsir etishi mumkin boʻlgan xavflar, shuningdek, barcha jarayonlarga bogʻliq inson va texnik resurslar tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchida faoliyat yuritadigan xodimlarning mahsulotni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish boʻyicha bilimi va koʻnikmalari toʻgʻrisida maʼlumot nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmatlar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchida koʻrsatilayotgan xizmatlarning doimiy xavfsizligini taʼminlovchi joriy etilgan menejment tizimiga (ISO 9001, ISO 22000) ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchida faoliyat yuritadigan xodimlarning xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish boʻyicha bilimi va koʻnikmalari toʻgʻrisida maʼlumot nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining faoliyatiga oid jarayonlar hamda unga bogʻliq inson va texnik resurslar tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” talablariga muvofiq koʻrsatilayotgan xizmatlarga taʼsir etishi mumkin boʻlgan xavflarning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan, mahsulot yoki xizmatning “Halol” talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻzda tutilmagan hujjatlar yoki maʼlumotlarni ariza beruvchidan soʻrashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sertifikatlashtirish organi ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish organi arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bir ish kunida arizani qabul qilish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ariza beruvchini qaror qabul qilingan kunning oʻzida bevosita yoki axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza tegishli shaklga muvofiq rasmiylashtirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi ushbu Nizomning 5-bandida belgilangan hujjatlar va maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza yoki arizaga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning soxtaligi yoki notoʻgʻriligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza boʻyicha qarorni boshqa sabablar yoki maqsadga koʻra muvofiq emas deb qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sertifikatlashtirish organi arizani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda ariza ariza beruvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng sertifikatlashtirish uchun qayta ariza berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sertifikatlashtirish organi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ariza boʻyicha qaror qabul qilingandan soʻng bir ish kunida sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga shartnomaga asosan haq toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplami ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) shartnomaga asosan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng sertifikatlashtirish organi tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ekspertiza natijalaridan qatʼi nazar, shartnomaga asosan amalga oshirilgan toʻlov ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza yakuni bilan uning natijalari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar toʻplamida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, bir ish kuni mobaynida sertifikatlashtirish organi bu haqda ariza beruvchini ularni bartaraf etish uchun bevosita xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilmagan taqdirda, sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish ishlarini toʻxtatib turadi. Bunda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tuzatish choralari uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilganligi haqida maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar sertifikatlashtirish organiga taqdim etilmaganda, sertifikatlashtirish ishlari tugatiladi. Bunda ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan tartibda hujjatlarni shakllantirib, qayta ariza yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda yoki ekspertizada aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilganligi haqida maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar ariza beruvchi tomonidan sertifikatlashtirish organiga taqdim etilganda, mahsulot ishlab chiqariladigan yoki xizmat koʻrsatiladigan obyekt joylashgan joyiga chiqqan holda, mahsulot yoki xizmatlarning “Halol” talablariga muvofiqligi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ekspertiza natijalarining yakuni boʻyicha sertifikatlashtirish organi uch ish kunida belgilangan tartibda ekspertiza xulosani rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Joyiga chiqqan holda mahsulot yoki xizmatlarning “Halol” talablariga muvofiqligini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.Joyiga chiqqan holda mahsulot yoki xizmatlarning “Halol” talablariga muvofiqligini baholash (keyingi oʻrinlarda — baholash) uchun tuzilgan shartnoma boʻyicha ariza beruvchi tomonidan haq toʻlangandan soʻng sertifikatlashtirish organi tomonidan baholash ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijalaridan qatʼi nazar shartnomaga asosan amalga oshirilgan toʻlov ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Baholash ishlari sertifikatlashtirish organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) ishlab chiqqan va tasdiqlagan baholash dasturiga muvofiq ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish manzilida (joyida) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizada keltirilgan mahsulot yoki xizmat turi boʻyicha ariza beruvchining bir necha filiallari mavjud boʻlsa, baholash ishlari ariza beruvchining barcha filiallarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Baholash natijalari yakuni bilan bir ish kunida ixtiyoriy shaklda ikki nusxada sertifikatlashtirish organining sifat boʻyicha qoʻllanma hujjatida belgilangan tartibda hisobot tuziladi, uning bir nusxasi ariza beruvchiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi sertifikatlashtirish organiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash hisoboti sertifikatlashtirish organi vakillari va ariza beruvchi tomonidan imzolanadi, ariza beruvchi baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, oʻz fikrini hisobotda bildirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Baholash ishlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda va “Halol” talablarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Baholash davomida ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yoki qoʻllanilayotgan mahsulot tarkibiga shubha paydo boʻlganda, mazkur mahsulotdan ariza beruvchi ishtirokida namunalar tanlab olinadi va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda hamda “Halol” talablarida belgilangan talablar boʻyicha sinovlardan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻtkazilgan sinovlarning natijalari tuziladigan hisobotda bayon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisobot baholash hamda sinov natijalari olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida tuziladi hamda sertifikatlashtirish organi vakillari, shuningdek, ariza beruvchi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish hamda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sertifikatlashtirish organi besh ish kunida baholash boʻyicha hisobot va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, ekspertiza xulosasi hamda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar toʻplami) shakllantiradi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sertifikatlashtirish organi tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, sertifikatlashtirish organi va ariza beruvchi oʻrtasida muvofiqlik sertifikatini qoʻllash hamda “Halol” muvofiqlik belgisidan foydalanish toʻgʻrisida kelishuv tuziladi hamda uch ish kuni davomida mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi “Halol” muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilib, reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi va ariza beruvchiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” muvofiqlik sertifikatini qoʻllash hamda “Halol” muvofiqlik belgisidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuvda quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish organi va muvofiqlik sertifikati egasi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu jumladan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” muvofiqlik sertifikatidan hamda “Halol” muvofiqlik belgisidan foydalanish talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Muvofiqlik sertifikati uch yil muddatga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Halol” muvofiqlik sertifikatini qoʻllash hamda “Halol” muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqining, muvofiqlik sertifikatining egasi tomonidan boshqa yuridik shaxsga berilishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davriy baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davriy baholash ishlari muvofiqlik sertifikatini qoʻllash hamda “Halol” muvofiqlik belgisidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv asosida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash sxemasiga muvofiq joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi davriy baholash ishlari muvofiqlik sertifikati reyestrda roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oydan kechikmay amalga oshiriladi. Keyingi davriy baholash ishlari esa har yili sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlangan davriy baholash reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi davriy baholash oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn ikki oydan kechikmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Muvofiqlik sertifikati egasining faoliyati muvofiqlik sertifikati reyestrda roʻyxatga olingan sanadan keyin olti oydan kechikmay rejadan tashqari davriy baholanadi. Keyingi rejadan tashqari davriy baholash ishlari har yili rejali oʻtkazilgan davriy baholash vaqtidan boshlab olti oydan kechikmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mahsulot yoki xizmatlar yuzasidan isteʼmolchilar tomonidan asoslangan yozma shikoyatlar sertifikatlashtirish organiga kelib tushganda, muvofiqlik sertifikati egasining faoliyati rejadan tashqari davriy baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Muvofiqlik sertifikati egasining ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda faoliyati rejali yoki rejadan tashqari davriy baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. “Halol” muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tasdiqlash, toʻxtatib turish, tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Halol” muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tasdiqlash, toʻxtatib turish yoki tugatish sertifikatlashtirish organi qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagi hollarda muvofiqlik sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati egasining rasmiy murojaatiga asosan oʻttiz kun muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgunga qadar. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishi sertifikatlashtirish organini ogohlantirmagan holda oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi, uskunalar yoki mahsulotning tarkibiy qismi hisoblangan mahsulotlarning tarkibi yoki yetkazib beruvchi yuridik shaxs oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun mahsulotlarning tarkibi yoki yetkazib beruvchi yuridik shaxs oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quyidagi hollarda muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati egasining rasmiy murojaatiga asosan yoki tashkilot faoliyati tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklar toʻqson kun davomida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” talablari muvofiqlik sertifikati egasi tomonidan qoʻpol ravishda buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi tasdiqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sertifikatlashtirish organi tomonidan “Halol” muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tasdiqlash, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanadi, toʻxtatib turiladi yoki tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmasdan, muvofiqlik sertifikati egasiga bevosita yetkaziladi hamda reyestrdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Muvofiqlik sertifikatining egasi muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilib olgan kundan boshlab, muvofiqlik sertifikatini qoʻllash hamda “Halol” belgisidan foydalanishni toʻxtatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Muvofiqlik sertifikatining egasi muvofiqlik sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan yoki tugatilgan taqdirda, “Halol” belgisi asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot yoki xizmatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi har qanday eʼlonlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni shakllantirish va saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Sertifikatlashtirish organi rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati haqidagi maʼlumotlarni reyestrga kiritgandan soʻng sertifikatlashtirish organi va muvofiqlik sertifikatining egasi mahsulot yoki xizmatning “Halol” talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlar toʻplamini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Muvofiqlik sertifikati va uni rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar toʻplamlari muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagan kundan boshlab kamida uch yil davomida sertifikatlashtirish organida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Muvofiqlik sertifikati hujjatlar toʻplamlari sud va huquqni muhofaza qilish hamda nazorat organlariga ularning qonunchilikka muvofiq talabiga binoan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Axborot taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sertifikatlashtirish organi rasmiylashtirilgan, tasdiqlangan, amal qilishi toʻxtatilgan va tugatilgan sertifikatlarni, shuningdek, sertifikat berish rad etilgan holatlar hisobini yuritadi hamda ular toʻgʻrisidagi axborotni har oyda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish organi manfaatdor tashkilotlarni oʻz faoliyati hamda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Agentlik quyidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Halol” muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotlar va xizmatlar reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilishi toʻxtatilgan va tugatilgan “Halol” muvofiqlik sertifikatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ariza beruvchi yoki muvofiqlik sertifikatining egasi ariza natijalari boʻyicha sertifikatlashtirish organining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilganda, qaror qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida Agentlikka yozma shaklda daʼvo arizasini kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish organining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kundan ortiq muddatda kiritilgan daʼvo arizasi koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Apellyatsiya komissiyasi har bir daʼvo arizasini koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Agentlik rahbari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari daʼvo arizasi olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Apellyatsiya komissiyasi, daʼvo arizasini kirituvchining arizasi boʻyicha hujjatlar ekspertizasida, baholashda boʻlmagan Agentlikning kamida besh vakilidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Agentlik daʼvo arizasini kiritgan ariza beruvchini va baholovchi mutaxassislarni daʼvo arizasi koʻrib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Daʼvo arizasini kiritgan ariza beruvchi va baholovchi mutaxassislar daʼvo arizasini koʻrib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Apellyatsiya komissiyasi kiritilgan daʼvo arizasini koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchiga yozma ravishda maʼlum qiladi. Daʼvo arizasini koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Koʻrib chiqilgan apellyatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish organi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo arizasini qanoatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Sertifikatlashtirish organining oʻz qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo arizasi ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daʼvo arizasida keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, sertifikatlashtirish organi tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Sertifikatlashtirish organi ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani daʼvo arizasi kiritgan ariza beruvchiga yozma shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Aynan bir masala boʻyicha daʼvo arizasini takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ariza beruvchi Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Sertifikatlashtirish organi berilgan va bekor qilingan, amal qilishi toʻxtatib turilgan hamda tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Sertifikatlashtirish organi oʻz faoliyati davomida olingan hujjatlar va maʼlumotlarni yoki ariza beruvchi toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish uchun hujjatlar toʻplamini shakllantiradi.

Sertifikatlashtirish organiga hujjatlar toʻplamini ilova qilgan holda, mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish uchun ariza beradi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqadi.

Uch ish kunida

Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha arizani qabul qilish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Sertifikatlashtirish organi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ariza boʻyicha qaror qabul qilingandan soʻng sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.

Bir ish kunida

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini ekspertizadan oʻtkazadi.

Oʻn besh ish kunida

Ekspertiza yakuni bilan uning natijalari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar toʻplamida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, bu haqda ariza beruvchini ularni bartaraf etish uchun bevosita xabardor qiladi.

Bir ish kunida

Ekspertiza natijalarining yakuni bilan sifat boʻyicha qoʻllanma hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Baholash ishlarini sertifikatlashtirish organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) ishlab chiqqan va tasdiqlagan baholash dasturiga muvofiq ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish manzilida (joyida) amalga oshiradi.

Baholash dasturiga muvofiq

Baholash natijalari yakuni bilan ixtiyoriy shaklda ikki nusxada sertifikatlashtirish organining sifat boʻyicha qoʻllanma hujjatida belgilangan tartibda hisobot tuzadi va rasmiylashtiradi.

Bir ish kunida

5-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Sertifikatlashtirish organi baholash boʻyicha hisobot va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, ekspertiza xulosasi hamda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini shakllantiradi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Besh ish kunida

6-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Sertifikatlashtirish organi ijobiy qaror qabul qilinganda, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.

Muvofiqlik sertifikatini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazib, ariza beruvchiga taqdim qiladi.

Uch ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sertifikatlashtirish organi rahbariga

Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish uchun

ARIZA

_______________________________________________________________________________________da

(“Halol” sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar)

belgilangan talablarga muvofiqlikka

_______________________________________________________________________________________ni

(tashkiliy tuzilma joylashgan joyi koʻrsatilgan holda soʻralgan sohaning nomi)

“Halol” talablari boʻyicha mahsulotlarni (xizmatlar) sertifikatlashtirishni soʻrayman.

Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi

(jismoniy shaxs uchun toʻliq F.I.O.):

Qisqartirilgan nomi:

Yuqori turuvchi, jumladan, tarkibiga yuridik shaxs kiradigan tashkilotning nomi:

Pochta manzili:

Telefon:

Elektron pochta manzili:

STIR (jismoniy shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqami):

IFUT:

Bank rekvizitlari:

Bank nomi:

Bank hisob raqami:

Xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO:

Shtat birliklarining umumiy soni:

Shu jumladan

Boshqaruv xodimlari:

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar:

texnik xodimlar:

Sertifikatlashtirish uchun masʼul shaxsning F.I.O. lavozimi, bogʻlanish uchun maʼlumotlari:

“Halol” talablari boʻyicha mahsulotlar (xizmatlar) toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar

“Halol” talablarini ishlab chiqish va joriy qilish sanasi:

Sertifikatlashtirish tatbiq etiladigan mahsulotlar (xizmatlar):

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki koʻrsatiladigan xizmatlarga tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning nomi:

Avval oʻtkazilgan “Halol” sertifikatlashtirish toʻgʻrisida maʼlumotlar

“Halol” sertifikatlashtirish boʻyicha organ nomi:

“Halol” sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar:

Muvofiqlik sertifikatining blank raqami va roʻyxatga olish raqami:

Muvofiqlik sertifikatini berish sanasi:

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish sanasi:

Ariza beruvchi

_______________________________

__________

(imzo) __________ (F.I.O.) ___

(sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI

(sertifikatlashtirish organining nomi va manzili, davlat reyestridagi raqami)

“HALOL” MUVOFIQLIK SERTIFIKATI

(muvofiqlik belgisi)

Sertifikatlashtirish tizimi reyestrida quyidagi

raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi

berilgan sana:

amal qilish muddati:

“Halol” muvofiqlik sertifikati

(muvofiqlik sertifikati egasi)

manzili:

qoʻshimcha maʼlumot:

(normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar) belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi

va quyidagi sohalarda tatbiq etiladi:

Sertifikatlashtirish organi

___________________________

rahbari

QR-kod

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Davriy baholash rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq

2-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Muvofiqlik sertifikati egasining faoliyatini birinchi davriy baholaydi.

Reyestrda roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oydan kechikmay

Muvofiqlik sertifikati egasining faoliyatini rejadan tashqari davriy baholaydi.

Reyestrda roʻyxatga olingan sanadan keyin olti oydan kechikmay

Davriy baholash natijalari yakuni bilan sertifikatlashtirish organining sifat boʻyicha qoʻllanma hujjatida belgilangan tartibda hisobot tuzadi.

Uch ish kunida

Hisobot va unga ilova qilinadigan hujjatlarni sertifikatlashtirish organiga taqdim qiladi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Sertifikatlashtirish organi

Hujjatlar toʻplamini shakllantiradi va kengashga taqdim qiladi.

Besh ish kunida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/57/0100-son)