31.01.2025 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) rasmiy veb-saytlari va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona platforma) ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portalida yoʻlga qoʻyish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini taʼminlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platformaga davlat organlarining rasmiy veb-saytlarini oʻtkazish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” masʼuliyati cheklangan jamiyati Yagona platforma operatori hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Davlat organlarining Yagona platformaga oʻtkaziladigan veb-saytlari faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha sarf-xarajatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarga muvofiq davlat organlari bilan Yagona platforma operatori oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida mazkur davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlarining veb-saytlari faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Yagona platforma operatori tomonidan Yagona platformani takomillashtirish, texnik qullab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlash uchun yoʻnaltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina Yagona platformada yuritiladi. Bunda yangi tashkil etilgan davlat organlari oʻzlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda Yagona platformada yoʻlga qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat organlari rahbarlari davlat organlarining rasmiy veb-saytlari Yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 2-ilova bilan belgilangan muddatlarda oʻz rasmiy veb-saytlarining Yagona platformaga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy veb-sayt Yagona platformaga oʻtkazilganidan soʻng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yoʻnaltirsin yoki ularning faoliyatini toʻxtatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platforma operatori bilan Yagona platformaga oʻtkazilgan veb-saytlar faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmat koʻrsatishni, shuningdek, tomonlarning huquq va majburiyatlarini oʻz ichiga oluvchi shartnomani tuzish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yagona platformani har olti oyda begʻaraz asosda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazib borsin hamda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Yagona platformani takomillashtirish, texnik qoʻllab-quvvatlash va uning axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar tariflarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platformaga joylashtiriladigan maʼlumotlar turlari, joylashtirish davriyligi va boshqa talablar aks etgan roʻyxatini uch oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yagona platforma operatori bir oy muddatda Yagona platformani “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Raqamli hukumatning maʼlumotlarni qayta ishlash markazida joylashtirsin va uni axborot xavfsizligi talablari darajasida geozaxiralash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portalida yoʻlga qoʻyish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini taʼminlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasida davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarini joylashtirish, yuritish hamda ulardagi axborotning dolzarbligi va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasida joylashtirish uchun davlat organlari tomonidan axborotni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tarkibiga kirmaydigan davlat organlari mazkur Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasida rasmiy veb-saytlarini joylashtirish va yuritish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot kabineti — davlat organining rasmiy veb-saytini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun Yagona platformadagi sahifa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik yoʻriqnoma — axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni (axborot resurslarini) oʻzaro almashishni integratsiya qilish orqali maʼlumotlarni taqdim etish va qabul qilishni tartibga soluvchi texnologik hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platforma — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platforma operatori — “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona platformani yurituvchi — davlat organlarining Yagona platformada joylashgan rasmiy veb-saytlarni yuritish uchun masʼul xodimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari tegishli axborotni Yagona platformada ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiradi va yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona platformada roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yagona platformadan foydalanish va uni yuritish Yagona identifikatsiya tizimi OnelD (keyingi oʻrinlarda — YAIT) orqali, axborot almashinuvlari esa Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yagona platformani yurituvchi YAIT orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yagona platformani yurituvchi davlat organining ichki hujjatlari bilan belgilanadi. Yagona platformani yurituvchi tayinlanganda (oʻzgarganda), davlat organi ikki kun muddatda Yagona platformani yurituvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda Yagona platforma operatoriga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yagona platformani yurituvchi davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va joylashtirishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytga joylashtirish uchun tegishli maʼlumotlarni ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda Yagona platformani yurituvchiga taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yagona platformaga ulangan davlat organlariga rasmiy veb-saytlarni yuritish imkonini beruvchi yopiq boʻlim hisoblangan tashkilot kabineti hamda Yagona platformani yurituvchi uchun Yagona platforma tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yagona platformani yurituvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona platformada shakllantiriladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yagona platforma operatori davlat organlari tomonidan rasmiy veb-saytlarni yuritish jarayonlarini doimiy monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yagona platforma operatori Yagona platformani joriy etish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yagona platforma operatori doimiy ravishda Yagona platformada joylashtirilgan axborotlarning yoʻq qilinishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan choralar koʻrib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yagona platformada rasmiy veb-saytlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat organining Yagona platformada joylashtirilgan rasmiy veb-sayti Yagona platformani yurituvchi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tashkilot kabinetida Yagona platformani yurituvchi tomonidan rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish uchun qoʻshimcha xodimlarga ishlash imkoniyati yaratilishi mumkin. Bunda joylashtiriladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ishonchligi uchun masʼuliyat Yagona platformani yurituvchisi zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlarini Yagona platformada yuritish uchun tashkilot Yagona platforma operatori tomonidan ishlab chiqiladigan va foydalanuvchi kabinetida joylashtiriladigan Yagona platforma bilan ishlash boʻyicha yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat organlari oʻzlarining Yagona platformada joylashtirilgan rasmiy veb-saytlaridagi maʼlumotlarning dolzarbligini muntazam ravishda taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yagona platformada joylashtirilgan rasmiy veb-saytlar qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda yuritilishi hamda ularda joylashtirilayotgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yagona platformani yurituvchi Yagona platformada davlat organining rasmiy veb-saytini axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda yuritish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi va taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yagona platforma operatori Yagona platformaning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi davlat organlari tomonidan rasmiy veb-saytlar oʻz vaqtida yangilanib borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi hamda oʻtkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatma tayyorlaydi, ularga tegishli choralarni koʻrish boʻyicha davlat organlariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yagona platformani boshqa elektron axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yagona platformada davlat organlarining axborot tizimlari bilan axborot almashinuvi texnologik yoʻriqnoma asosida Yagona platforma operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat organlari Yagona platformaga integratsiya qilish orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlarning dolzarbligi va ishonchligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat organlari tomonidan Yagona platformada axborotni joylashtirish uchun taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yagona platformaga joylashtirilishi lozim boʻlgan axborot davlat organining axborot xizmatlari tomonidan umumlashtiriladi va Yagona platforma operatoriga taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat organlari doimiy ravishda Yagona platformadagi maʼlumotlarning dolzarbligi va yangilab borilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yagona platformaga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatda keltirilgan axborotlar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yagona platformaga joylashtirish uchun davlat organlari tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar Yagona platforma operatori tomonidan muntazam ravishda shakllantirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yagona platformaga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborot dolzarb, haqqoniy, yaxlit, aniq va mavzu bloklari boʻyicha taqsimlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yagona platformada joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotda davlat, harbiy yoki xizmat siri hisoblanadigan maʼlumotlar yoxud qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yagona platformaga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborot davlat va qoraqalpoq tillarida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, axborotlarning boshqa tillardagi mazmuni bir xil yoxud qisqartirilgan talqinlari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yagona platformaga joylashtirish uchun axborot ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yagona platformaga joylashtirilishi lozim boʻlgan axborot davlat organining tegishli tarkibiy va hududiy boʻlinmalari tomonidan tayyorlanadi hamda davlat organining axborot xizmatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davlat organi axborot xizmati oʻzining Yagona platformadagi rasmiy veb-saytiga maʼlumotlarni oʻz vaqtida joylashtirib borilishini taʼminlaydi. Bunda Hukumat doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlarni rasmiy veb-saytda joylashtirilishidan avval Bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishilgan holda, amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yagona platformada axborotni joylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarni kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat organining axborot xizmati davlat organining ichki hujjatlarida belgilangan muddatlarda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan axborotni koʻrib chiqadi, umumlashtiradi hamda davlat organi rahbari bilan kelishgan (imzolangan) holda, Yagona platforma operatoriga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yagona platforma operatori davlat organi tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtiradi va tegishliligi boʻyicha Bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bosh vazir matbuot xizmati Yagona platforma operatori tomonidan Yagona platformaga joylashtirish uchun kiritilgan axborotlarni bir ish kunida kelishib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yagona platforma operatori Bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishilgan axborotlarni Yagona platformaning tegishli boʻlimlariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yagona platforma operatori Yagona platformaning ishlashi, axborot xavfsizligining taʼminlanishi, tizimdagi shaxsga doir maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yagona platforma operatori Yagona platforma tizimining funksionalligi, xavfsizligi va dolzarbligini taʼminlash uchun ishonchli texnik yordam va muntazam yangilanishlarni amalga oshirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portalida yoʻlga qoʻyish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini taʼminlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Davlat organlari tomonidan tegishli maʼlumotlarni Yagona platformada joylashtirilgan rasmiy veb-saytlarda shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Davlat organi

1. Yagona platforma operatori bilan shartnoma imzolaydi.

5 ish kunida

2. Ichki idoraviy hujjat bilan Yagona platformani yurituvchi masʼul xodimni va rasmiy veb-saytga maʼlumotlarni joylashtirish uchun Yagona platformani yurituvchiga taqdim etadigan tegishli tarkibiy boʻlinmalarni tasdiqlaydi.

2 ish kunida

3. Yagona platformani yurituvchi Yagona identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtishini taʼminlaydi.

Doimiy

4. Yagona platformani yurituvchi masʼul xodim tasdiqlanganda yoki oʻzgarganda, Yagona platforma operatoriga namunadagi xat bilan u haqidagi maʼlumotni taqdim etadi.

1 ish kunida

2-bosqich

Yagona platforma operatori

Yagona platformani yurituvchi haqidagi maʼlumot kelib tushganidan soʻng Yagona platformada tegishli davlat organi uchun tizimga kirish imkoniyatini yaratadi.

2 ish kunida

3-bosqich

Davlat organi

Davlat organining ichki hujjat bilan tasdiqlangan masʼullar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtiradi va ularning belgilangan muddatlarda Yagona platformadagi rasmiy veb-saytga joylashtirish hamda maʼlumotlarni dolzarbligini taʼminlaydi.

Doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portalida yoʻlga qoʻyish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini taʼminlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

(tashkilotning rasmiy blankasida)

20___ y. “____” ___________ _____-son

“UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” masʼuliyati cheklangan jamiyati

Tashkilotning Davlat organlarining yagona axborot resurslari platformasida tegishli maʼlumotlarni joylashtirish uchun masʼul xodimi toʻgʻrisida maʼlumot

Tashkilot masʼul xodimi toʻgʻrisida maʼlumot

F.I.O.

Lavozimi

Boʻlinma

Xizmat telefon raqami

id.egov.uz tizimidagi login

Ushbu arizada taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Arizada taqdim etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar yuzasidan oʻz vaqtida xabar berish majburiyatni oʻz zimmamga olaman.

Tashkilot rahbari

Lavozimi

(F.I.O.) Imzo

Muhr

Masʼul xodimi

Lavozimi

(F.I.O.) Imzo

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portalida yoʻlga qoʻyish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini taʼminlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platformaga joylashtirish uchun axborotlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona platformaga davlat organlarining rasmiy veb-saytlarini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat organi

Muddat

I. Qoʻmitalar

1.

Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

Bir oy muddatda

2.

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

3.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

4.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

5.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

6.

Turizm qoʻmitasi

7.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

8.

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi

II. Agentliklar

9.

Kadastr agentligi

Ikki oy muddatda

10.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

11.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

12.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

13.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

14.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi

15.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

16.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

17.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

18.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

19.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

20.

Innovatsion rivojlanish agentligi

21.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

22.

Kinematografiya agentligi

23.

“Oʻzarxiv” agentligi

24.

Personallashtirish agentligi

25.

Mudofaa sanoati agentligi

III. Inspeksiyalar

26.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

Uch oy muddatda

27.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

28.

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

29.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

30.

Transport nazorati inspeksiyasi

IV. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

31.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman(shahar)lari hokimliklari

Uch oy muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ushbu Rejaga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga 2-ilova 4-bandining “v” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori)” 2017-yil 20-noyabrdagi 925-son qaroriga ilova 3-bandining “b” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilova 215-bandining “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)