ILOVA
ILOVA
Bosqichlar | Subyekt | Chora-tadbirlar | Muddat | |||
1-bosqich | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | Platformaga “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimini integratsiya qiladi hamda talabalar va oliy ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni kiritib boradi. | O‘quv yili yakuni bo‘yicha 3 oy muddatda | |||
2-bosqich | Soliq qo‘mitasi | 1. Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus elektron platformasiga (platforma) iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bo‘lgan aholi soni (iqtisodiy faoliyat turlari va hududlar kesimida) to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritadi. | Har yili 1-martga qadar | |||
2. Platformaga davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining o‘qishni tamomlagandan so‘ng rasman bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (faoliyat turlari kesimida) kiritadi. | Har yili 10-martga qadar | |||||
3-bosqich | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | Mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi. | Har yil 15-martga qadar | |||
4-bosqich | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | Yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish hisobiga kelgusi yillarda yuzaga kelishi kutilayotgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritadi. | Har yili 1-martga qadar | |||
5-bosqich | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Ish beruvchilarning o‘z tizimlarida hamda tegishli hududda kelgusi yillarda yuzaga kelishi kutilayotgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha ma’lumotlarni platformaga kiritadi. | Har yil 15-martga qadar |