28.01.2025 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda rivojlanib kelayotgan kulolchilik anʼanalarini asrab-avaylash, kulollar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, soha vakillarining nufuzini oshirish, arzon va sifatli kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va Savdo-sanoat palatasining Fargʻona viloyati Rishton tumanining “M. Topivoldiyev” MFY Toʻqimachi koʻchasidagi 20a-uyda joylashgan, Savdo-sanoat palatasiga tegishli boʻlgan binoda Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyini (keyingi oʻrinlarda — muzey) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, toʻplash va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida kulolchilik hunariga oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el muzeylari bilan koʻrgazmalar tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va kolleksiyalarining but saqlanishini taʼminlash hamda tekshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyning aholi va sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyda madaniy-maʼrifiy, targʻibot-tashviqot, ilmiy-tadqiqot ishlari saviyasini oshirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun homiylar mablagʻlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda, doimiy ravishda muzey faoliyatini takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyni zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyni malakali kadrlar bilan toʻldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishchi guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda muzey konsepsiyasini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi va Savdo-sanoat palatasiga tasdiqlash uchun kiritsin hamda muzey faoliyati bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-aprelga qadar Fargʻona viloyatining Rishton tumani “M. Topivoldiyev” MFY Toʻqimachi koʻchasidagi 20a-uyda joylashgan, Savdo-sanoat palatasiga tegishli boʻlgan binoning toifasini muzey faoliyatiga toʻliq moslashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga muzeyni tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyning moddiy-texnik bazasini (imoratlar, kommunikatsiyalar, jihozlar, muzey fondining ashyo va kolleksiyalari, boshqalar) boyitishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey fondining ashyo va kolleksiyalarini aniqlash, toʻplash va saqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyda madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyning bino va inshootlarini texnika xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq jihozlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan sohaga doir boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga amalga oshiriladigan ajratmalar hisobidan zarur mablagʻlarni ajratishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi va “Hunarmand” uyushmasi hamkorlikda Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyi hamda Rishton Xalqaro kulollar markazida “Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga kulolchilik hunarini oʻrgatishni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga muvofiq Rishton tumanida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga kulolchilik hunarini oʻrgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kulolchilik hunarini oʻrgangan shogirdlarga — mustaqil kulolchilik faoliyatini boshlash hamda zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda hunarmandchilikni, jumladan, kulolchilikni rivojlantirishga qaratilgan imtiyozlar berish, shuningdek, mavjud imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-yanvardagi 41-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

X. Bozarov

Fargʻona viloyati hokimi — ishchi guruh rahbari

2.

X. Safarov

Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari v.b.

3.

B. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

4.

R. Mirzaaxmedov

“Hunarmand” uyushmasi raisi

5.

N. Xusanov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

6.

A. Nazirov

usta-kulol (Fargʻona viloyati)

7.

Sh. Axmadjonov

“Mingboshi Ceramic” oilaviy korxonasi rahbari (Fargʻona viloyati)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 09/25/41/0079-son)