24.01.2025 yildagi PQ-26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda yuqori malakali hamda xalqaro talablarga mos professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish, oliy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qoplash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universitetini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universitetini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat universitetini unga Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialini qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetining boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan mutaxassislarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash tizimini ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetida talabalarga oʻqish davomida vujudga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar yuzasidan barcha zarur xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish maqsadida Registrator ofisini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari va oʻquv dasturlarini ish beruvchilarning takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqsin va oʻquv jarayoniga joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro kelishuvlar asosida respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil taʼlim va tanlov fanlarini kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida oʻquv rejalariga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovka va malaka oshirishga yuborsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonalarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fargʻona viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetining talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, taʼlim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini haq toʻlanadigan amaliyotga jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Fargʻona davlat texnika universitetiga sanoat hamkori sifatida biriktirsin hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birga Fargʻona davlat texnika universitetida yuridik shaxs maqomisiz Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabida taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalarni sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Fargʻona davlat texnika universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti va Fargʻona davlat universiteti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim tashkilotlari hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan faoliyati tugatilayotgan tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu qaror bilan faoliyati tugatilayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Sport vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti faoliyatini tashkil etish

1.

Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitetlar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Universitetlar ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Universitetlarning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi, Universitetlar

2.

Universitetlar fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.

2025-yil aprel

4. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil aprel

3.

Universitetlarni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar, Kambagʻallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil mart

3. Fargʻona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali, Fargʻona davlat universiteti va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil aprel

4.

Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Universitetlarda Registrator ofisi faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.

1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil mart

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil aprel

II. Universitetlarda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

5.

Universitetlarda taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Malaka talablari va fan dasturlarini shakllantirish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish.

2025-yil iyul

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlarining fanlar katalogini maqbullashtirish.

2025-yil avgust

6.

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yilidan

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.

2025-yil oktabr

7.

Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish.

1. Mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yili

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish.

2025/2026 oʻquv yili

3. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish.

2026/2027 oʻquv yili

8.

Nogironligi boʻlgan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun sharoit yaratish va inklyuziv taʼlim gʻoyalarini targʻib qilish.

1. Universitetlarda tahsil oluvchi nogironligi boʻlgan talabalar bilan ishlarni tizimli tashkil etish.

2. Inklyuziv taʼlimni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

9.

Universitetlarning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.

2025-yil avgust

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

2025-yil sentabr

10.

Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.

1. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil oktabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Yaratilgan yangi adabiyotlar mualliflarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish va adabiyotlarni chop etish.

2026-yil yanvar

3. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitetlarning xarajatlar smetasida muntazam mablagʻ ajratilishini nazarda tutish.

2026-yil dekabr

11.

Hamkor tashkilotlarda Universitetlarning kadrlar tayyorlovchi kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Tashkilot va korxonalarda Universitetlarning kadrlar tayyorlaydigan kafedralarining filiallarini tashkil etish.

2025-yil dekabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar,

hamkor tashkilotlar

2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitetlar tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

12.

Universitetlarning 2 tadan taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2026-yil mart

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026/2027 oʻquv yili

13.

Universitetlarda dars beradigan professor-oʻqituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish.

1. Professor-oʻqituvchilarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda qisqa muddatli stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

14.

Universitetlarda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kiruvchi xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarining ulushini oshirish.

1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va oʻqituvchilarni, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining tajribasini oʻrganish.

2025-2026-yillar

Xalqaro grantlar, Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. 2025-2026-yillar mobaynida Universitetlarga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridan har yili eng kamida 10 nafardan yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish uchun jalb qilish.

2025-2026-yillar

15.

Dunyoning yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish.

1. Universitetlar professor-oʻqituvchilari va talabalarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ikki tomonlama almashuv dasturlari asosida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini tashkil etish.

2. Universitetlar professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va tadbirlarda ishtirokini taʼminlash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro grantlar, Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

16.

Universitetlar professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.

1 Universitetlar professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Universitetlarning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Har yili kamida 10 nafardan professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

3. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

17.

Universitetlarni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi TOP-1000 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.

1. Universitetlarning xalqaro reytingini oshirish maqsadida ularning faoliyatini tahlil qilish.

2025-yil mart

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Tahlil natijalariga qarab xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar tomonidan eʼlon qilingan reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yoʻnaltirish.

2025-yil may

18.

Universitetlar talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.

1. Talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish uchun ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.

Har yili oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotini tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida kelishuv (shartnoma) asosida tizimli ravishda oʻtkazilishini taʼminlash.

3. Talabalarning amaliyotni oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashishlariga koʻmaklashish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

III. Universitetlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

19.

Universitetlar pedagog xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Pedagog xodimlar uchun “Web of Science”, “Scopus” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib borish.

2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

3. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

4. Universitetlarning ilmiy jurnallarini “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.

2025/2026 oʻquv yili

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar,

vazirligi,

Universitetlar

20.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

1. Universitetlar kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha shartnomalarni bajarishni tashkil etish.

2. Fargʻona viloyatidagi korxonalarning muammolari boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish va loyihalarni bajarish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Hududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlari

Universitetlar,

Fargʻona viloyati hokimligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

21.

Universitetlarning professor-oʻqituvchilari tomonidan “Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari salmogʻini oshirish.

1. Professor-oʻqituvchilar ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat saboqlarini oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini patentlashtirish ishlari salmogʻini oshirish, tajribali professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan ularga zarur maslahatlar berib borilishini taʼminlash.

Doimiy

22.

Universitetlarning ilm-fan sohasidagi faoliyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etilishini taʼminlash va hamkorlikni rivojlantirish.

1. Universitetlarning professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etish koʻlamini oshirish.

2. Ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fanlararo xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.

3. Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fargʻona viloyati hokimligi,

Universitetlar

23.

Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazini tashkil qilish.

1. Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish uchun “Startap” markazini tashkil qilish.

2. Talabalarning eng yaxshi innovatsion loyiha va startaplarini ragʻbatlantirish.

3. “Startap” loyihalarini moliyalashtirishga yetakchi ishlab chiqarish korxonalarini jalb etish.

2025-yil sentabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar,

homiylar mablagʻlari

Universitetlar,

Fargʻona viloyati hokimligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Qoʻqon davlat universitetida olib borilayotgan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ularning natijadorligini oshirish, ilmiy ishlanmalar transferini samarali amalga oshirish.

1. Amaliy va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolariga yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda shakllantirish.

2025-yil may

Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Qoʻqon davlat universiteti,

Fargʻona viloyati hokimligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan loyihalarga tanlov eʼlon qilish maqsadida oʻrnatilgan tartibda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun taklif (mavzu)lar berish hamda tanlovlarda ishtirok etish.

2025-2026-yillar

3. Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazini tashkil etish.

2026-yil fevral

IV. Universitetlarda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

25.

Universitetlarda “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2025-yil oktabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabr

26.

Universitetlarda besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalarini tashkil etish uchun zarur xona, jihozlar ajratish.

2025-yil oktabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabr

27.

Talabalarning ichki tartib qoidalarga toʻliq rioya etishlarini taʼminlash maqsadida Universitetlarning “Odob-axloq kodeksi”ni ishlab chiqish.

1. “Odob-ahloq kodeksi”ni ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

-

Universitetlar

2. Barcha bosqichdagi talabalarni “Odob-ahloq kodeksi” bilan tanishtirish.

3. “Odob-ahloq kodeksi”da belgilangan qoidalarga amal qilish yuzasidan Odob-ahloq komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

28.

Universitetlarda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.

1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi (Nizomi)ni ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2025-yil noyabr-dekabr

29.

Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil oktabr

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.

Reja asosida

30.

Talabalarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

1. Universitetlarda “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish hamda Universitetlarning ichki va viloyat oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi musobaqalarini oʻtkazish.

2. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalarni tashkil etish.

Har yili reja asosida

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar,

homiylar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

31.

Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.

2025-yil davomida

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.

3. Talabalar uchun filmlar namoyishini tashkil etish.

Reja asosida

V. Universitetlar faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

32.

Universitetlar kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Universitetlarning mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil mart

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish.

2025-yil iyun-iyul

3. Universitetlar serverlarini uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash.

2025-yil avgust

33.

Universitetlar faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.

1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)”ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.

2025-yil aprel

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Axborot tizimiga Universitetlarning tuzilmasi, professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash.

2025-yil iyun

34.

Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

1. Universitetlar uchun “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish (billing.edu.uz)” tizimini sozlash va alohida profil yaratish, maʼlumotlarni birlashtirish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

2025-yil aprel

35.

Universitetlarning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Universitetlarda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitetlar

2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.

2025-yil iyul

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni,

(m2)

Balansda saqlovchi

Fargʻona davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar

ROʻYXATI

1.

Bosh bino, galereya binosi, mexanika fakulteti binosi, kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti binosi, qurilish fakulteti binosi, ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti binosi, kimyo texnologiya fakulteti binosi, texnopark binosi, axborot-resurs markazi, majlislar zali, kutubxona, 1-sportzal, 2-sportzal, laboratoriya, oshxona binolari hamda yordamchi bino va inshootlar

Farona shahri Farona koʻchasi 86-uy

138 865,0

Fargʻona politexnika instituti

2.

Energetika fakulteti 2 va 3 qavatli oʻquv binolari, sportzal hamda yordamchi bino va inshootlar

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 70-uy

26 673,0

3.

Oʻquv binosi, laboratoriya binosi hamda yordamchi bino va inshootlar

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 84-uy

3788,9

4.

1-talabalar turar joyi

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/1-uy

3305,4

5.

2-talabalar turar joyi

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/2-uy

1156,2

6.

3-talabalar turar joyi

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/3-uy

1156,2

7.

4-talabalar turar joyi

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/4-uy

1156,2

8.

5-talabalar turar joyi

Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/5-uy

1156,2

9.

1-oʻquv binosi

Fargʻona shahri Mustaqillik koʻchasi 185-uy

50 458,4

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali

10.

2-oʻquv binosi

Fargʻona shahri Aeroport koʻchasi 17-uy

15 059,3

11.

Talabalar turar joyi

Fargʻona shahri S. Temur koʻchasi 69-uy

1 874,3

Qoʻqon davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar

ROʻYXATI

1.

1-oʻquv binosi hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Turon koʻchasi 30-uy

1748,6

Qoʻqon davlat pedagogika instituti

2.

3-oʻquv binosi, 1-talabalar turar joyi, 2-talabalar turar joyi, oshxona, mehmonxona, IT park hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Turon koʻchasi 23-uy

4796,6

3.

4-oʻquv binosi, sportzal hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Sarbon koʻchasi 66-uy

2139,04

4.

Sportzal, 1 qavatli oʻquv binosi hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Istiqlol 1-tor koʻchasi 26-uy

761,0

5.

5-oʻquv binosi, axborot-resurs markazi hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Qipchoqariq koʻchasi 98-uy

1338,0

6.

6-oʻquv binosi, sportzal, galereya hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Movarounnahr koʻchasi 47-uy

3829

7.

8-oʻquv binosi, sportzal hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Turon koʻchasi 5-uy

2505,0

8.

9-oʻquv binosi, 4-talabalar turar joyi hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Yangi dehqon koʻchasi 2-uy

6264

9.

3-talabalar turar joyi hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Darxon koʻchasi 18-uy

2229,0

10.

Maishiy xizmat koʻrsatish uyi

Qoʻqon shahri Turon koʻchasi 35a- uy

75,0

11.

Oʻquv binosi (4 qavatli), oʻquv binosi (axborot-resurs markazi), talabalar turar joyi, faollar zali, ustaxona, sportzal binolari hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri U. Nosir koʻchasi 4-uy

7 887,2

Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali

12.

Oʻquv binosi, talabalar turar joyi, sportzal, majlislar zali, ustaxona, oshxona binolari hamda yordamchi bino va inshootlar

Qoʻqon shahri Movarounnahr koʻchasi 2k-uy

9 345,5

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali

Fargʻona davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar

ROʻYXATI

1.

Oʻquv binosi

Fargʻona shahri Kimyogarlar koʻchasi 9-uy

23 961,0

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali

2.

Sport majmuasi

Fargʻona shahri Margʻilon koʻchasi 1-uy

44 858,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim tashkiloti nomi

Quvvati

Fargʻona davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari

ROʻYXATI

I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari

1.

Fargʻona davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi (Fargʻona politexnika instituti akademik litseyi)

450

2.

Fargʻona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali akademik litseyi)

480

II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari

3.

Beshariq tuman 1-son politexnikumi

900

4.

Buvayda tuman 2-son politexnikumi

825

5.

Dangʻara tuman 1-son politexnikumi

900

6.

Dangʻara tuman 2-son politexnikumi

650

7.

Quvasoy shahar politexnikumi

800

8.

Qoʻqon shahar 2-son politexnikumi

585

9.

Margʻilon shahar 2-son politexnikumi

900

10.

Margʻilon qurilish va kommunal xoʻjaligi texnikumi

570

11.

Oltiariq sanoat va texnologiyalar texnikumi

765

12.

Oltiariq tuman 2-son politexnikumi

1250

13.

Soʻx tuman politexnikumi

670

14.

Toshloq xizmat koʻrsatish va servis texnikumi

1000

15.

Uchkoʻprik tuman 2-son politexnikumi

615

16.

Fargʻona tuman xizmat koʻrsatish va servis texnikumi

720

17.

Fargʻona tuman 1-son politexnikumi

600

18.

Fargʻona sanoat va xizmat koʻrsatish texnikumi

1530

19.

Fargʻona shahar 1-son politexnikumi

1090

20.

Fargʻona shahar 3-son politexnikumi

735

21.

Qoʻqon raqamli texnologiyalar texnikumi

575

Qoʻqon davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari

ROʻYXATI

I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti

1.

Qoʻqon davlat universiteti akademik litseyi (Qoʻqon davlat pedagogika instituti akademik litseyi)

540

II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari

2.

Oʻzbekiston tuman sanoat va servis texnikumi

825

3.

Dangʻara tuman 3-son politexnikumi

765

4.

Qoʻqon pedagogika texnikumi

1000

5.

Qoʻqon shahar 1-son politexnikumi

400

6.

Bagʻdod agrotexnologiyalar texnikumi

1200

7.

Buvayda tuman 1-son politexnikumi

765

8.

Yozyovon tuman 1-son politexnikumi

650

9.

Qoʻshtepa tuman 1-son politexnikumi

900

10.

Rishton tuman 1-son politexnikumi

750

11.

Toshloq tuman 1-son politexnikumi

720

12.

Oʻzbekiston tuman 1-son politexnikumi

720

13.

Uchkoʻprik tuman 1-son politexnikumi

1050

14.

Fargʻona tuman 2-son politexnikumi

615

15.

Furqat tuman politexnikumi

1200

Fargʻona davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari

ROʻYXATI

I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti

1.

Fargʻona davlat universiteti akademik litseyi

720

II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari

2.

Beshariq tuman 2-son politexnikumi

720

3.

Quva tuman politexnikumi

1112

4.

Margʻilon shahar 1-son politexnikumi

600

5.

Bagʻdod tuman politexnikumi

615

6.

Yozyovon tuman 2-son politexnikumi

800

7.

Qoʻshtepa tuman 2-son politexnikumi

615

8.

Oltiariq tuman 1-son politexnikumi

790

9.

Rishton tuman 2-son politexnikumi

615

10.

Soʻx pedagogika texnikumi

330

11.

Toshloq tuman 2-son politexnikumi

900

12.

Oʻzbekiston tuman 2-son politexnikumi

600

13.

Fargʻona shahar 2-son politexnikumi

825

14.

Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikum

480

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 07/25/26/0081-son)