24.01.2025 yildagi PQ-25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida muhandislik sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro integratsiyani yoʻlga qoʻyish, oʻqitish usul va shakllarini takomillashtirish, taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali taʼlim sifatini hamda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hudud uchun istiqbolli boʻlgan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT laboratoriyalari bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalar samaradorligini oshirish hamda tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslik sohalari boʻyicha taʼlim, ilm-fan, ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish hamda taʼlim dasturlarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi texnika yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining uslubiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha tashkilotlarida talabalarning malakaviy amaliyotini va professor-oʻqituvchilarning stajirovkasini tashkil etish, shuningdek, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi hamda unda taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalarni sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetning Ilgʻor muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda samarali faoliyatini tizimli davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/2026 oʻquv yiliga qadar Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni Universitetga shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahlil xizmatlari koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarni oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha bajargan ishlarining natijasi hamda talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha ragʻbatlantirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025/2026 oʻquv yili boshlanguniga qadar kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tanlov fanlari va mustaqil taʼlimga Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinatining takliflari asosida zamonaviy fanlarni doimiy kiritib borsin hamda talabalarning malakaviy amaliyotlari bevosita Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinatida tashkil qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitetda Taʼlim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, atrof-muhit muhandisligi, kimyo muhandisligi, elektr muhandisligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, texnologik mashinalar va jihozlar yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash salmogʻini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika muhandisligi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilarga “Muqobil va qayta tiklanuvchi energetika” kvalifikatsiyasini berishni hamda oʻquv rejasining tanlov fanlari qismiga “Atrof-muhit muhofazasi” va “Yashil energetika va ekologik komplayens” fanlari kiritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha kasbiy taʼlim dasturlarida toʻliq davlat granti asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumiga muhandislik sohalarida dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilishni ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitet faoliyati tugatilayotgan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-25-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Nukus davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish

1.

Nukus davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

3. Universitetning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Universitet

2.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazib, Universitet balansiga oʻtkazish.

1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi

2. Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish va Institut balansiga topshirish.

2025-yil aprel

3.

Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil fevral

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.

2025-yil aprel

4.

Universitetga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni jalb qilish.

1. Mutaxassis va pedagog xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Universitet

2. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchi xodimlarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

5.

Nukus shahar 1-son politexnikumini Nukus shahri Nukus-Toʻrtkoʻl avtomagistrali shohkoʻchasi, 181-uy manzilidagi bino va inshootlarga joylashtirish.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutining Nukus shahri Nukus-Toʻrtkoʻl avtomagistrali shohkoʻchasi 181-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Nukus shahar 1-son politexnikumiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.

2025-yil aprel

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

II. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

6.

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Zamonaviy malaka talablari va fan dasturlarini ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilarning takliflari hamda 300 talik roʻyxatga kirgan universitetlar dasturlarini tahlil qilish.

2025-yil aprel — may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ish beruvchilarning takliflari va 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha fanlar katalogini optimallashtirish.

2025-yil iyul

7.

Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.

1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligiga kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Yaratilgan yangi adabiyotlar mualliflarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish va adabiyotlarni chop etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

8.

Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashgʻulotlar tashkil etish.

1. Talabalarning amaliyotini hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.

2. Talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va doimiy monitoringini olib borish.

Doimiy

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

9.

Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.

2025-yil iyul

3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026-yil dekabr

10.

Universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka, malaka oshirish rejasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Universitet

2. Har yili kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va doktorantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.

2025 — 2027-yillar

11.

Oʻquv jarayoniga chet eldan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni oʻquv jarayonlariga jalb etish.

2025 — 2027-yillarda

12.

Universitet professor-oʻqituvchilarining soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.

1. Soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Professor-oʻqituvchilarning har yili kamida bir marta ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.

2025 — 2027-yillarda

13.

Universitet talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.

1. Talabalarning amaliyotlarini maqsadli tashkil etish uchun ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.

Har yili oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Talabalarning amaliyot oʻtash davrida muayyan tashkilot va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashishlariga koʻmaklashish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

14.

Universitetni nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritishga tayyorlash.

1. Universitetni nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitetning nufuzli ilmiy-texnik bazalarda oʻz profiliga ega boʻlishini taʼminlash.

2025-yil oktabr

3. Universitetni nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.

2025 — 2027-yillar davomida

III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

15.

Universitetning xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlash.

1. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijiy mamlakatlarda sohaga oid oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirok etishini taʼminlash.

2025-yildan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylik mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Universitet

2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda eʼlon qilish.

Doimiy

16.

“Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlarini oshirish.

1. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy jurnallarda maqolalar chop qilishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat darslarini oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini patentlash salmogʻini oshirish, tajribali professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan ularga zarur maslahatlar berib borish.

Doimiy

17.

Universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Universitet

2. Ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2025-yil iyul

3. Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlarini belgilash.

2025-yil sentabr

4. Taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalarni tanlov asosida saralash va oʻquv jarayonini amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida tashkil etish.

2025-yil avgust-sentabr

5. Ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil yanvar

IV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

18.

Universitetning yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshiriladigan yillik ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Universitet ish rejasini ishlab chiqish.

Har yili yanvar oyida

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ish rejasini tasdiqlash va ijroga yoʻnaltirish.

Doimiy

19.

Talabalarning ichki tartib-qoidalarga toʻliq rioya etishini taʼminlash maqsadida Nukus davlat texnika universitetning Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.

1. Universitetning Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

-

Universitet

2. Barcha bosqichdagi talabalarni Odob-axloq kodeksi bilan tanishtirish.

2025-yil may

3. Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilinishi yuzasidan Odob-axloq komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2025-yil sentabrdan

20.

Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.

Reja asosida

V. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

21.

Oliy taʼlim muassasasi kampusi va ulardagi bino-inshootlarda AKT infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Oliy taʼlim muassasasining mavjud binolarida IT infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil fevral

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish va oʻrnatish.

2025-yil may

22.

Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.

1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimini oʻrnatish va ishga tushirish.

2025-yil yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Axborot tizimiga Universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash.

2025-yil fevral-mart

23.

Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Taʼlim xizmatlari markazi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil may

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-25-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyekt nomi

Manzili

Egallagan maydoni,

(m2)

Balansda saqlovchi

1.

1-oʻquv binosi

Nukus shahri A. Dosnazarov koʻchasi 74-uy

8 022,0

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

2.

2-oʻquv binosi

Nukus shahri T. Kaipbergenov koʻchasi 26-uy

5 957,9

3.

3-oʻquv binosi

Nukus shahri A. Utepov koʻchasi 10-uy

3 519,8

4.

Moʻynoq IT markaz binosi

Moʻynoq tumani Ajiniyaz koʻchasi 123-uy

1 903,0

5.

Nukus shahar 1-son politexnikumining bino va inshootlari

Nukus shahri A. Utepov koʻchasi raqamsiz uy

5036,0

Nukus shahar 1-son politexnikumi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-25-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim tashkiloti nomi

Quvvati

1.

Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumi

960

2.

Beruniy tuman 1-son politexnikumi

600

3.

Nukus raqamli texnologiyalar texnikumi

360

4.

Nukus shahar 2-son politexnikumi

360

5.

Taxiatosh tuman politexnikumi

720

6.

Taxtakoʻpir tuman politexnikumi

660

7.

Toʻrtkoʻl tuman 3-son politexnikumi

900

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2025-y., 07/25/25/0075-son)