24.01.2025 yildagi PQ-23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, muhandislik, yengil sanoat sohalari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoniga ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini uyg‘unlashtirish orqali ishlab chiqarish, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasini shakllantirish hamda uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi texnika yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya va amaliyot uyg‘unligini samarali tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilg‘or muhandislik maktabida ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilg‘or muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishi, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitetga yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik mutaxassislarni va yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchisi bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet boshqaruv kadrlari lavozimlarini oliy ta’lim tashkilotlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish chorasini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlasin hamda o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun professor-o‘qituvchilar, jumladan, xorijdan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tayanch doktorantlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ta’lim va tanlov fanlarini zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining takliflari asosida o‘quv rejalariga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2026/2027 o‘quv yiliga qadar Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Universitet talabalarini amaliyot o‘tash uchun hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, ta’lim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati institutining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-23-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish

1.

Namangan davlat texnika universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2025-yil mart

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Universitet

2.

Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil fevral

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur bo‘lgan kafedralar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Kafedralarni zarur o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash.

4. Kafedralarning professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil mart

3.

Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan to‘ldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2025-yil mart

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi,

Universitet

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil mart

3. Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutining ishdan bo‘shatiladigan ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2025-yil aprel

4.

Talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Registrator ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Registrator ofisi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Registrator ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil aprel

II. Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy etish

5.

O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.

1. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun professor-o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish asoslarini belgilash.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarini, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablag‘ ajratish.

2026-yil yanvardan

3. Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini o‘quv adabiyotlari yangi avlodi bilan ta’minlash maqsadida tahririyat-nashriyot bo‘limi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan ta’minlash.

2026-yil dekabr

6.

Universitetda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatga kiruvchi nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. O‘quv va ilmiy jarayonga xorijiy professor-o‘qituvchilarni, shuningdek, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining tajribasini o‘rganish.

2. 2025-2026-yillar mobaynida Universitetga yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni ma’ruzalar o‘qish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

xalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

7.

Hamkor tashkilot va korxonalarda kadrlar tayyorlovchi mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha hamkor tashkilot va korxonalarda mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet,

hamkor tashkilot va korxonalar

2. Mutaxassislik kafedralarining filiallarida mashg‘ulotlar olib borgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi to‘lashni joriy etish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

8.

Universitetning texnika sohasiga oid 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

1. Ta’lim sifatini ta’minlashda xorijiy tajribalarni o‘rganish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2025-yil iyun

3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim talablariga moslashtirish.

2025-yil iyun

4. Xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirilgan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2026-yil avgust

9.

Universitet professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.

1. Universitet professor-o‘qituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va ilmiy-amaliy stajirovka o‘tash rejasini ishlab chiqish.

2025-yil may

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Har yili kamida 10 nafar professor-o‘qituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

3. Professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

10.

Universitet o‘quv jarayonlariga xorijdan professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari va grant mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. O‘zaro hamkorlik asosida xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayonlariga jalb etish.

2025 — 2027-yillarda

11.

Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritishga tayyorlash.

1. Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritish bo‘yicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitetning nufuzli ilmiy-texnik bazalarda o‘z profiliga ega bo‘lishini ta’minlash.

2025-yil mart

3. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Universitet profilini ochish.

2025-yil dekabr

4. Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.

2025 — 2027-yillarda har olti oyda

12.

Universitet tasarrufidagi akademik litseylarda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish choralarini ko‘rish.

1. Akademik litsey uchun ikki yillik tizimga moslashtirilib, chuqurlashtirilgan fanlardan yaratilgan darslik va adabiyotlarni aprobatsiyadan o‘tkazish va chop etishga tayyorlash.

2025-yil iyun

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Aprobatsiyadan o‘tgan va nashr qilishga tayyorlangan darsliklarni chop etish.

2025-yil avgust

3. Universitet tasarrufidagi akademik litsey o‘quv dasturlarini xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida takomillashtirish.

2025/2026 o‘quv yiliga qadar

13.

Universitet tasarrufidagi akademik litseyning ma’nan eskirgan o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan o‘tkazish va yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

1. Akademik litseyning ma’nan eskirgan o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan o‘tkazish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitet tasarrufidagi akademik litseyni yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

2025/2026 o‘quv yiliga qadar

III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash

14.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tizimli tashkil etish.

1. Universitetning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tizimli tashkil etish uchun ehtiyojlar yuqori bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2025-yil noyabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga doktoranturaga o‘qishga yuborish.

2026-yil noyabr

15.

Universitet tadqiqotchilarining ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar ko‘lamini oshirish.

1. Universitet ilmiy-texnik, muhandis xodimlari va tadqiqotchilarini respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.

2. Namangan viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida tadqiqotchilarning stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.

2025-yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Namangan viloyati hokimligi

16.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

1. Namangan viloyati Yoshlar texnoparki bilan hamkorlikda innovatsion ishlanmalarni yaratish va ularning samaradorligini oshirish.

2. Universitet kafedralaridagi ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar ko‘lamini kengaytirish va xo‘jalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.

3. Tarmoq korxonalarining muammolari bo‘yicha mavzular bazasini shakllantirish.

4. Tarmoq korxonalarining buyurtmalariga muvofiq shartnomalar tuzish va loyihalarni bajarish.

2026-yil may

Hududdagi tarmoq korxonalarining mablag‘lari

Universitet,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

17.

Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.

1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

2026-yil may

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

IV. Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

18.

Universitetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan 2025-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Universitet ish rejasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ish rejani tasdiqlash va ijroga yo‘naltirish.

2025-yil mart

19.

Universitetda talabalar teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Talabalar teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Talabalar teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil may

20.

Talabalarning ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya etishini ta’minlash maqsadida Namangan davlat texnika universitetining odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.

1. Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

-

Universitet

2. Barcha bosqichdagi talabalarni Odob-axloq kodeksi bilan tanishtirish.

2025-yil may

3. Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilinishi yuzasidan Odob-axloq komissiyasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.

2025-yil sentabrdan

21.

Xalq e’tirofi va el ardog‘idagi san’atkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

1. Xalq e’tirofi va el ardog‘idagi san’atkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va ijodiy kechalar o‘tkazish ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.

reja asosida

V. Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

22.

Universitetning bino va inshootlarini joriy ta’mirlash.

1. Bino va inshootlarni joriy ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil iyul

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlarni joriy ta’mirlash.

2025-yil avgust

23.

Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlashni 2026-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish.

1. Universitetning bino va inshootlarini ta’mirtalabligi bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish.

2025-yil avgust

Respublika budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi,

Universitet

2. Xatlov natijasida ta’mirtalab deb topilgan bino va inshootlarni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taklif kiritish.

2025-yil oktabr

24.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish.

1. Manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish rejasini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Belgilangan rejaga asosan manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish.

2025-yil mart

VI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

25.

Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Universitetning mavjud binolarida IT infratuzilmasi holatini xatlovdan o‘tkazish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xatlov natijalariga ko‘ra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish.

2025-yil iyun-iyul

3. Universitetning barcha binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash.

2025-yil avgust

4. Universitetdagi serverlarni uzluksiz zaxira elektr ta’minoti manbai bilan ta’minlash.

2025-yil sentabr

26.

Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash.

1. Universitetda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimini o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish.

2025-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Axborot tizimiga Universitetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilishini ta’minlash hamda ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotlarni birlashtirish.

2025-yil iyun

27.

Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

1. Universitet uchun “Oliy ta’lim tizimida to‘lov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish” (billing.edu.uz) axborot tizimini o‘rnatish, sozlash va alohida profil yaratish, tegishli ma’lumotlarni birlashtirish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

2025-yil aprel

28.

Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan o‘tkazish hamda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan resurslar ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ro‘yxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.

2025-yil may

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni, (m2)

Balansda saqlovchi

1.

1, 2, 3-o‘quv bino-inshootlari

Namangan shahri Yangi Namangan tumani I. Karimov ko‘chasi 12-uy

110600,0

Namangan muhandislik-qurilish instituti

2.

600 o‘rinli talabalar turar joyi bino va inshootlari

Namangan shahri Yangi Namangan tumani I. Karimov ko‘chasi 27-uy

14600,0

3.

Ustaxona va ombor binosi

Namangan shahri Davlatobod tumani M. Murodov ko‘chasi 101-uy

2878,0

4.

4-o‘quv binosi

Namangan shahri Yangi Namangan tumani Anorzor ko‘chasi 1-uy

9573,0

5.

5-o‘quv binosi

Namangan shahri Yangi Namangan tumani 8-mart ko‘chasi 6-A-uy

37900,0

6.

7-o‘quv binosi

Uychi tumani Yorqo‘rg‘on qishlog‘i Navoiy ko‘chasi 1-uy

21300,0

7.

7-o‘quv binosi ochiq sport maydoni

Uychi tumani Yorqo‘rg‘on qishlog‘i Navoiy ko‘chasi 1-uy

8600,0

8.

1, 2, 3, 4, 5, 6-o‘quv binolari, 1-TTJ binosi va oshxona, faollar zali, sport zal, yordamchi o‘quv bino-inshootlar

Namangan shahri Davlatobod tumani Kosonsoy ko‘chasi 7-uy

39655,4

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

9.

360 o‘rinli 2-TTJ binosi va inshootlari

Namangan shahri Davlatobod tumani I. Karimov ko‘chasi 1-uy

7806,3

10.

7-o‘quv binosi

Namangan shahri Davlatobod tumani Sportchilar ko‘chasi 1-uy

4630,9

11.

8, 9, 10-o‘quv binolari

Namangan shahri Davlatobod tumani Sportchilar ko‘chasi 1-uy

16648,9

12.

11-o‘quv binosi

Namangan shahri Davlatobod tumani Mustaqillik ko‘chasi 6-A-uy

9715,0

13.

1, 2, 3-o‘quv binosi, sport zal va yordamchi bino-inshootlar

Namangan shahri Davlatobod tumani Janubiy aylanma yo‘li ko‘chasi 17-uy

2435,1

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan o‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ta’lim tashkiloti nomi

Quvvati

I. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari

1.

Namangan davlat texnika universitetining 1-son akademik litseyi (Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi)

820

2.

Namangan davlat texnika universitetining 2-son akademik litseyi (Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi)

600

II. Kasbiy ta’lim tashkilotlari

1.

Kosonsoy tuman 1-son politexnikumi

810

2.

Kosonsoy tuman 2-son politexnikumi

900

3.

Kosonsoy tuman 3-son politexnikumi

555

4.

Mingbuloq yengil sanoat texnikumi

540

5.

Mingbuloq agrotexnologiyalar texnikumi

720

6.

Mingbuloq tuman 1-son politexnikumi

1530

7.

Mingbuloq tuman 2-son politexnikumi

585

8.

Namangan tuman 2-son politexnikumi

1050

9.

Namangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi

765

10.

Namangan xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi

1260

11.

Namangan shahar 1-son politexnikumi

540

12.

Namangan shahar 2-son politexnikumi

900

13.

Norin tuman 1-son politexnikumi

1050

14.

Norin tuman 2-son politexnikumi

720

15.

Pop tuman 1-son politexnikumi

1050

16.

Pop tuman 2-son politexnikumi

750

17.

Pop tuman 3-son politexnikumi

870

18.

To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi

585

19.

To‘raqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumi

540

20.

To‘raqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi

1050

21.

Uychi tuman 1-son politexnikumi

1530

22.

Uychi tuman 2-son politexnikumi

750

23.

Namangan sanoat va texnologiyalar texnikumi

1050

24.

Uchqo‘rg‘on sanoat va texnologiyalar texnikumi

840

25.

Uchqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi

960

26.

Uchqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumi

900

27.

Chortoq tuman 1-son politexnikumi

900

28.

Chortoq tuman 2-son politexnikumi

600

29.

Chust tuman 1-son politexnikumi

900

30.

Chust tuman 2-son politexnikumi

1080

31.

Yangiqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi

750

32.

Yangiqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumi

615

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2025-y., 07/25/23/0071-son)