1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun mas’ullar |
I. Buxoro davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish | |||||
1. | Buxoro davlat texnika universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. 2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2025-yil fevral | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Universitet |
2. | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini xatlovdan o‘tkazib, Universitetga berish. | 1. Asosiy aktivlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish. 2. Ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan o‘tkazish va Universitetga berish. | 2025-yil fevral-mart | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi |
3. | Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish. | 1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil mart | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur bo‘lgan kafedralar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | ||||
3. Kafedralarni zarur o‘quv-uslubiy va me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash. | 2025-yil aprel | ||||
4. Kafedralar professor-o‘qituvchilari tarkibini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil aprel | ||||
4. | Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan to‘ldirish. | 1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish. | 2025-yil mart | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Universitet |
2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. | 2025-yil mart | ||||
3. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan bo‘shatiladigan professor-o‘qituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. | 2025-yil aprel | ||||
II. Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy etish | |||||
5. | Ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini joriy etish. | 1. Malaka talablari va fan dasturlarini shakllantirish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish. | 2025-yil iyul | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari fanlar katalogini maqbullashtirish. | 2025-yil avgust | ||||
6. | Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish. | 1. Mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish. | 2025/2026 o‘quv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish. | 2025/2026 o‘quv yili | ||||
3. Mustaqil ta’lim jarayonini talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish. | 2026/2027 o‘quv yili | ||||
4. O‘quv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish. | 2026/2027 o‘quv yili | ||||
7. | Universitetning professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. | 1. Nufuzli ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish. | 2025-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Elektron ma’lumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil sentabr | ||||
8. | O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish. | 1. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun professor-o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish asoslarini belgilash. | 2025-yil oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablag‘ ajratish. | 2025-yil noyabr | ||||
3. Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida tahririyat-nashriyot bo‘limi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan ta’minlash. | 2026-yil dekabr | ||||
9. | Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish. | 1. Tashkilot va korxonalarda Universitet mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet, hamkor tashkilotlar |
2. Kafedralar filiallarida mashg‘ulotlar o‘tkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi to‘lash tartibini joriy etish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | ||||
10. | Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-500 talik ro‘yxatdan o‘rin olgan oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish. | 1. Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-500 talik ro‘yxatdan o‘rin olgan oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. | 2025-yil noyabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan tegishli ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi va shartnomalarni rasmiylashtirish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida muhandislik sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | ||||
11. | Universitetda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatga kiruvchi xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish. |
2. Universitet o‘quv jarayonlariga yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili eng kamida 10 nafar yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish. | 2025 — 2027-yillar | Xalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
12. | Dunyoning yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish. |
| 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Xalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
13. | Muhandislik sohalariga oid 2 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 1. Ichki va tashqi ta’lim sifatini ta’minlashda xorijiy tajribalarni o‘rganish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzish. | 2026-yil mart | ||||
3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni ta’minlash bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim talablariga moslashtirish. | 2026-yil iyun | ||||
4. Xalqaro ta’lim talablariga moslashtirilgan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 2026/2027 o‘quv yili | ||||
14. | Universitetda muhandislik fanlaridan dars beradigan professor-o‘qituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish. | 1. Professor-o‘qituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovka o‘tashini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
2. Respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashlarini tashkil etish. | reja-grafik asosida | ||||
15. | Universitetda ta’lim sifati va samaradorligini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish maqsadida professor-o‘qituvchilarni xorijda tajriba orttirish uchun yuborish. | 1. Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish. | 2025-2026-yillarda | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. O‘zaro hamkorlik shartnomalari asosida xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga Universitet professor-o‘qituvchilarini tajriba orttirish uchun yuborish. | 2026-2027-yillarda | ||||
16. | Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi TOP-1000 talik oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tizimli va samarali ishlarni olib borish. | 1. Universitet xalqaro reytingini oshirish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish. | 2025-yil fevral | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Tahlil natijalariga qarab xalqaro e’tirof etilgan agentliklar tomonidan e’lon qilingan reytinglarda ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yo‘naltirish. | 2025-yil may | ||||
17. | Universitet talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. | 1. Talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish. | Har yili oktabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
2. Tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar amaliyotlarini muayyan tashkilot va korxonalarida kelishuv asosida tizimli tashkil etish. 3. Talabalarning, amaliyot o‘tash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ish joylashishlariga ko‘maklashish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | ||||
18. | Universitet tizimidagi akademik litseyning ma’nan eskirgan o‘quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan o‘tkazish hamda yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. | 1. Akademik litseyning ma’nan eskirgan o‘quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Universitet tizimidagi akademik litseyni yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. | 2026/2027 o‘quv yiliga qadar | ||||
19. | Universitet tizimida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida respublika neft-gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish. | 1. Ilg‘or muhandislik maktabi moddiy-texnika bazasini (o‘quv hamda ishlab chiqarish laboratoriyalari) shakllantirish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, hamkor ishlab chiqarish korxonalari mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish agentligi grantlari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
2. Talabalar ichidan tanlov asosida neft-gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotchi muhandis-texnologlarni tayyorlash. 3. Ilg‘or muhandislik maktabi talabalari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor ilmiy innovatsion loyihalarni bajarishni tashkil etish. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | ||||
20. | Ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida mahallalardagi ishsiz hamda imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni jalb qilish orqali xotin-qizlar uchun IT markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. IT markaz nizomi va markaz faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Universitet |
2. Markaz o‘quvchilari uchun malakali dasturchilar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish choralarini ko‘rish. | 2025-yil iyun | ||||
3. Xotin-qizlarning IT sohasi bo‘yicha eng yaxshi startap loyihalarini moliyalashtirib borish. | 2025-yil avgust | ||||
21. | Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish. | “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” AJ, “Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi”, “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish. Bunda biriktirilgan sanoat hamkorlari Universitetga: ilmiy loyihalar uchun mablag‘ ajratishini; kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmalar sonini belgilashini; moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun moliyaviy ko‘mak summasi ajratishini ta’minlash. | 2025-yildan boshlab doimiy | Universitetga biriktirilgan sanoat hamkorlari mablag‘lari | Buxoro viloyati hokimligi, Universitetga biriktirilgan hamkor korxona va tashkilotlar |
III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash | |||||
22. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini tizimli tashkil etish. | 1. Ehtiyoj yuqori bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. 2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli doktoranturaga o‘qishga yuborish. | 2025-yil may | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
23. | Universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish. | 1. Universitetning ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan yashil iqtisod, ekologik muammolar, inklyuzivlik, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, raqamlashtirish sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishda Davlat budjeti va xalqaro grantlar mablag‘larini keng jalb qilish. | 2025-yil aprel | Davlat budjeti, grant va xalqaro grant mablag‘lari | Universitet, Buxoro viloyati hokimligi, hamkor korxona va tashkilotlar |
2. Innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion korxona tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
24. | Universitet tadqiqotchilari uchun ilmiy stajirovkalarni tashkil etish orqali ilmiy ishlar ko‘lamini oshirish. | 1. Universitet yosh olimlari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarining respublika va xorijiy davlatlar yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish. 2. Buxoro viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tash bo‘yicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Universitet, Innovatsion rivojlanish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi |
25. | Universitetning ilm-fan sohasidagi faoliyatini xalqaro miqyosda e’tirof etish va hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Universitetning professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarini xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etish ko‘lamini oshirish. 2. Ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fanlararo xalqaro konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish. 3. Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Universitet |
26. | Buxoro shahri, “Bukhara City” zamonaviy turarjoy va biznes markazi majmuasi hududidagi 1,8 ga maydondan iborat 49-lotning 1,0 ga yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan “Inno” innovatsion o‘quv ishlab-chiqarish texnopark faoliyatini Buxoro davlat texnika universiteti hududida tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | - | Buxoro viloyati hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Universitet | |
IV. Universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish | |||||
27. | Universitetda besh muhim tashabbus doirasida to‘garaklar va sport seksiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Besh muhim tashabbus doirasida to‘garaklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona, jihozlar ajratish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Besh muhim tashabbus doirasida to‘garaklar va sport seksiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil aprel | ||||
28. | Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish. | 1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish tartibini (nizomi) ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada o‘tkazish. | 2025-yil may | ||||
29. | Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uyg‘otish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish. | 1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida o‘z jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish. 3. Talabalarga filmlar namoyishini tashkil etish. | reja asosida | ||||
V. Universitet moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | |||||
30. | Universitetda “Fizik-kimyoviy tahlillar”, “Neft-gaz, oziq ovqat va kimyo sanoat muammolari” hamda “Yashil energetika, energoaudit” va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini o‘zida biriktirgan markazlashgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash. | 1. Laboratoriya loyihasini ishlab chiqish, smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil aprel | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Laboratoriya jihozlari, asbob va uskunalari ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil may | ||||
3. Markazlashgan laboratoriya tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil oktabr | ||||
31. | Universitetning bino va inshootlarini kapital ta’mirlash. | 1. Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish. Bunda Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq Universitet kampusini bosqichma-bosqich inklyuziv va “yashil kampus”ga aylantirishni nazarda tutish. | 2025-yil sentabr | ||||
VI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish | |||||
32. | Oliy ta’lim tashkiloti kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish. | 1. Oliy ta’lim tashkilotining mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Universitet |
2. Xatlov natijalariga ko‘ra talab etiladigan IT qurilmalarni xarid qilish. | 2025-yil iyun-iyul | ||||
3. Oliy ta’lim tashkilotining barcha binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash. | 2025-yil avgust | ||||
4. Oliy ta’lim tashkilotidagi serverlarni uzluksiz zaxira elektr manbai bilan ta’minlash. | 2025-yil sentabr | ||||
33. | Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash. | 1. “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ni o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Axborot tizimiga Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilishini ta’minlash hamda oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli ma’lumotlarni birlashtirish. | 2025-yil iyun | ||||
34. | Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 1. “Oliy ta’lim tizimida to‘lov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish (billing.edu.uz)” tizimini sozlash va alohida profil yaratish, oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli ma’lumotlarni birlashtirish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil aprel | ||||
35. | Talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida “Registrator ofisi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Registrator ofisi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Registrator ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil aprel | ||||
36. | Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish. | 1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan o‘tkazish hamda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan resurslar ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
2. Ro‘yxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish. | 2025-yil aprel | ||||
2-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Manzili | Egallagan maydoni, (m2) | Balansda saqlovchi |
1. | 1-o‘quv-laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 13 476,1 | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti |
2. | 2-o‘quv-laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 14 354,8 | |
3. | 3-o‘quv-laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 6 647,4 | |
4. | 4-o‘quv binosi | Buxoro shahri Navoiy shoh ko‘chasi 12 a-uy | 2 646,3 | |
5. | 1-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Navoiy shoh ko‘chasi 12-uy | 6 037,8 | |
6. | 2-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Navoiy shoh ko‘chasi 12 a-uy | 2 418,1 | |
7. | 3-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Navoiy shoh ko‘chasi 12 b-uy | 6 626,5 | |
8. | Sport zal | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 1 071,8 | |
9. | Laboratoriya binosi | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 257,9 | |
10. | Trenajyor zali | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 174,5 | |
11. | Avtogaraj | Buxoro shahri A. Boboqulov ko‘chasi 10-uy | 2 541,7 | |
12. | Oshxona (2-o‘quv-laboratoriya binosi hududida) | Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev ko‘chasi 15-uy | 74,0 | |
13. | Xizmat uyi | Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 3-uy | 444,5 | |
14. | Hojatxona (1-talabalar turarjoyi hududida) | Buxoro shahri Navoiy shoh ko‘chasi 12-uy | 178,5 | |
15. | Bosh o‘quv binosi | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 1 438,2 | Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti |
16. | 2-o‘quv binosi | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 3 504,8 | |
17. | ARM va laboratoriya | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 2 967,5 | |
18. | 1-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 789,2 | |
19. | 2-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 789,2 | |
20. | 3-talabalar turarjoyi | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 1 069,3 | |
21. | Texnopark | Buxoro shahri Gazli shoh ko‘chasi 32-uy | 3 520,4 | |
22. | O‘quv-amaliyot poligoni | Romitan tumani “Qoqishtuvon” MFY | 24 500,0 |
3-ILOVA
T/r | Ta’lim tashkiloti nomi | Quvvati |
I. O‘rta maxsus ta’lim tashkiloti | ||
1. | Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyi (Buxoro muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi) | 825 |
II. Kasbiy ta’lim tashkilotlari | ||
2. | Buxoro tuman politexnikumi | 720 |
3. | Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi | 900 |
4. | Vobkent sanoat va transport texnikumi | 780 |
5. | G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumi | 600 |
6. | G‘ijduvon tuman 1-son politexnikumi | 720 |
7. | G‘ijduvon tuman 2-son politexnikumi | 900 |
8. | G‘ijduvon tuman 3-son politexnikumi | 645 |
9. | Jondor tuman politexnikumi | 900 |
10. | Jondor agrotexnologiyalar texnikumi | 645 |
11. | Kogon shahar politexnikumi | 720 |
12. | Qorako‘l tuman 1-son politexnikumi | 555 |
13. | Qorako‘l tuman 2-son politexnikumi | 615 |
14. | Qorovulbozor tuman politexnikumi | 600 |
15. | Olot tuman politexnikumi | 810 |
16. | Peshku tuman 1-son politexnikumi | 900 |
17. | Peshku tuman 2-son politexnikumi | 615 |
18. | Romitan tuman 1-son politexnikumi | 720 |
19. | Romitan tuman 2-son politexnikumi | 795 |