1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha tizimli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni (keyingi oʻrinlarda — biotexnik tadbirlar) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazish maqsadi va usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlar oʻtkaziladigan hududlar hamda ularni oʻtkazish boʻyicha talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazish yakunlarini monitoring qilish va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni moliyalashtirish tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-aprelga qadar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasida yuritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar tomonidan biotexnik tadbirlarning belgilangan tartibda va muddatlarda samarali oʻtkazilishi boʻyicha profilaktika va nazorat chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 31-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — biotexnik tadbirlar) ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlar — yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va takror koʻpaytirishga, ularning yashash muhitini, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolishga, ov qilish va baliq ovlash joylari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazish obyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha, tabiiy erkin sharoitda quruqlikda hamda suvda yashaydigan yovvoyi hayvonlar (sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, baliqlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan hudud — davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, biologik (zoologik) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiiy pitomniklar, baliq xoʻjaligi zonalari, biosfera rezervatlari, ovchilik xoʻjaliklari, oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, xususiy ovchilik xoʻjaliklari va ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda ovchilar jamoat birlashmalariga biriktirilgan yer uchastkalari, davlat oʻrmon fondi uchastkalari, suv havzalarining akvatoriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar — davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, biologik (zoologik) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiiy pitomniklar, baliq xoʻjaligi zonalari, biosfera rezervatlari, ovchilik xoʻjaliklari, oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, xususiy ovchilik xoʻjaliklari va ovchilik xoʻjaligini yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ovchilar jamoat birlashmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik chiqindilar — yovvoyi hayvonlarning jasadlari, qismlari va ichki aʼzolaridan hosil boʻlgan veterinariya-sanitariya jihatidan xavfli chiqindilar va oziqa qoldiqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik qurilmalar — sunʼiy yaratilgan uyalar, inlar, himoya boshpanalari, oziqlantirish punktlari va maydonchalari, koʻchma va muqim oxurlar, lotoklar, maxsus jihozlangan suv ichiladigan joylar va sigʻimlar, qoʻshimcha mavsumiy oziqlantirish uchun dagʻal xashak, don ekinlari, kepak va boshqa shirali oziqa qoʻshimchalarini, tuz boʻlaklarini saqlashga moʻljallangan yopiq tipdagi yengil konstruksiyali binolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziqa mahsulotlari — yovvoyi hayvonlarni qoʻshimcha oziqlantirish uchun tayyorlangan yem-xashak (bir yillik va koʻp yillik oʻtlar, xashaki yovvoyi ildizmevali, kartoshkali oʻsimliklar) dagʻal xashak, don ekinlari, kepak hamda boshqa oziqa qoʻshimchalar va tuz boʻlaklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Biotexnik tadbirlar biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xususiy ovchilik xoʻjaliklari va ovchilik xoʻjaligini yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, ovchilar jamoat birlashmalarining oʻz mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish maqsadi va usullari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xoʻjaligini yuritish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar biotexnik tadbirlarni oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarning xilma-xil turlarini, tabiiy galalari va toʻdalari bir butligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, boʻlishi, yashashi va urchish joylarini, ularning koʻchib oʻtish yoʻllarini saqlab qolish va muhofaza qilish choralarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ov qilish maqsadida foydalaniladigan yovvoyi hayvonlar (ovchilik resurslari) soni tabiiy koʻpayishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ov qilish va baliq ovlash joylari mahsuldorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ov qilish joylarida ov tuzish loyihalariga asosan inson va tabiiy omillar taʼsirida muqim yashash joylaridan gʻoyib boʻlgan yovvoyi hayvon turlarini avvalgi yashagan muhitiga qaytarish va ularni yarim erkin sharoitlarda koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarning harorat keskin oʻzgarishi hamda oʻta noqulay kelgan ob-havo sharoitlar oqibatida tabiiy yashash muhitidan oʻzga muhitga tushib qolishini, ovqat izlab koʻchib yurishini hamda nobud boʻlishini oldini olish, hayot faoliyati barqarorligini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha mavsumiy oziqlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarning himoyalanishi, xilma-xil turlarini, tabiiy galalarini va toʻdalarini tabiiy sharoitlarda koʻpaytirish uchun uyalar va inlar qurishiga qulay sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish boʻyicha tegishli karantin va veterinariya, davolash-profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofatlar oqibatida falokatga uchragan yoki oʻzi uchun notabiiy sharoitga tushib qolgan yovvoyi hayvonlarni qutqarish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik va ovchilik turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Biotexnik tadbirlar quyidagi usullarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarni qoʻshimcha oziqlantirish uchun ihota va oziqabop ekinlarni, buta va oʻsimliklarni ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik qurilmalarni qurish, shu jumladan, haroratning keskin oʻzgarishi hamda oʻta noqulay kelgan ob-havo sharoitlarida yovvoyi hayvonlar toʻplanadigan joylarda vaqtincha oziqlantirish punktlarini va maydonchalarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarning mavjud tabiiy suv ichadigan joylarini tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziqa mahsulotlari zaxiralarini tayyorlash va sunʼiy oziqlantirish punktlarini va maydonchalarini tashkil etish, koʻchma oxurlarni yovvoyi hayvonlarning koʻchib oʻtish yoʻllari va koʻchib yurish ehtimoli bor joylarga qoʻyib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt, butalar va boshqa oʻsimliklarning koʻchatlarini zich ekish yoʻli bilan yovvoyi hayvonlarning himoyalanishi uchun uya, in va boshpanalar yaratish imkoniyatlarini oshirish, ular boʻladigan va yashaydigan hududlardagi dov-daraxtlarni qurigan shox-shabbalardan tozalash (butash) hamda har 2-3 yilda yoshartirish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy pitomniklar, baliq xoʻjaligi zonalari suv havzalarini suvosti oʻsimliklaridan tozalash (oʻrish), suv havzalarining kislorod rejimini taʼminlash, suv havzalaridan olingan baliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun suv havzalarini har yili baliq chavoqlari bilan baliqlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falokatga uchragan va oʻzi uchun notabiiy yoki noqulay atrof-muhit sharoitlariga tushib qolgan yovvoyi hayvonlarni qutqarish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchilar boʻlgan, uning xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazadigan hamda yovvoyi hayvonlarning tabiiy uyalarini va inlarini, biotexnik qurilmalarni buzadigan, boshqa yovvoyi hayvonlarga moʻljallangan oziqani yeb qoʻyadigan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish (tutib olish, otish) (keyingi oʻrinlarda — yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish boʻyicha tegishli karantin va veterinariya, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda biologik chiqindilarni zararsizlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biotexnik tadbirlar hududlarning tabiiy iqlim va ob-havo sharoitlarini hamda ayrim yovvoyi hayvon turlarining yashash muhitini inobatga olgan holda, boshqa usullar bilan ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va kelishish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar kelgusi yil uchun har yili 1-dekabrga qadar biotexnik tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan hududlarni belgilaydi hamda biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan usullarga koʻra, biotexnik tadbirlarni oʻtkazish obyektlari turlarining tarqalishi, populyatsiyalari holati oʻrganiladi, ularning soni va sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi, shuningdek, amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning hajmi va yoʻnalishlari, bajarish muddatlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish va davlat kadastri maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi doirasida amalga oshirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi va oʻrmon fondi yerlaridagi hayvonot dunyosi monitoringi, ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi maʼlumotlari ham inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida ixtisoslashgan va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini, tegishli mutaxassislarni hamda xalqaro ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar kelgusi yil uchun ishlab chiqilgan biotexnik tadbirlar rejasini har yili 10-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari) bilan kelishish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari besh ish kunida biotexnik tadbirlar rejasini koʻrib chiqib, kelishib beradi yoki asoslantirilgan holda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etgan taqdirda, rad etish sabablari va mazkur sabablarni bartaraf etib, biotexnik tadbirlar rejasini takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektni yozma shaklda xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Biotexnik tadbirlar rejasini kelishib berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan biotexnik tadbirlar rejasidagi maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda, shuningdek, unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik tadbirlar rejasi dastlabki koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan takroran taqdim etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar biotexnik tadbirlar rejasini kelishib berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda takroran kelishib berish uchun hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlariga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari qayta ishlangan hamda kamchiliklar bartaraf etilgan biotexnik tadbirlar rejasini olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda takroran koʻrib chiqib, kelishib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Biotexnik tadbirlar rejasini koʻrib chiqqanlik yoki takroran koʻrib chiqqanlik hamda kelishib berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Biotexnik tadbirlar rejasini qayta koʻrib chiqishda kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar tomonidan davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, biologik (zoologik) buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklarining qoʻriqlama zonalarida, tabiiy pitomniklarda, baliq xoʻjaligi zonalarida, biosfera rezervatlarining bufer zonalarida biotexnik tadbirlarni oʻtkazish rejasi zarur hollarda yerdan foydalanuvchilar, yer egalari, ijarachilari va mulkdorlar bilan kelishgan holda oʻtkazilishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar biotexnik tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda inson va hayvonlar uchun umumiy va kelib chiqish xavfi yuqori boʻlgan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Biotexnik tadbirlar oʻtkaziladigan hududlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar tomonidan biotexnik tadbirlar quyidagi hududlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xilma-xillikni saqlash, yovvoyi hayvonlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon turlarining barqaror yashashini taʼminlash, tabiiy koʻpayish sharoitlarini yaxshilash maqsadida davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, biologik (zoologik) buyurtma qoʻriqxonalarining, davlat tabiat yodgorliklarining qoʻriqlama zonalarida, tabiiy pitomniklarda, baliq xoʻjaligi zonalari, biosfera rezervatlarining bufer zonalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona, barqaror foydalanish va ov qilish joylarining mahsuldorligini oshirish, ovchilik resurslarining koʻpayishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ovchilik xoʻjaliklarining, oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklarining, xususiy ovchilik xoʻjaliklarining hududlarida va yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda ovchilar jamoat birlashmalariga biriktirilgan ov qilish va baliq ovlash joylarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan biotexnik tadbirlar davlat qoʻriqxonalarini, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini, biologik (zoologik) buyurtma qoʻriqxonalarini, tabiiy pitomniklarni, baliq xoʻjaligi zonalarini, biosfera rezervatlarini boshqarish rejalarining tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish, texnikaviy va boshqa yoʻnalishidagi tadbirlari tarkibida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, biologik (zoologik) buyurtma qoʻriqxonalarining qoʻriqlama zonalari, tabiiy pitomniklar, baliq xoʻjaligi zonalari, biosfera rezervatlarining bufer zonalari hududidagi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlarga biotexnik tadbirlarni oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatishlari mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi (ovchilik xoʻjaligi faoliyatini yuritish uchun berilgan ov qilish joylari bundan mustasno).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Zarur hollarda, biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan biotexnik tadbirlarni, shu jumladan, yovvoyi hayvonlarning sonini har yilgi hisobga olish ishlarini amalga oshirishga jamoatchilik ekologiya nazoratchilarini, ovchilar jamoat birlashmalari aʼzolarini hamda shartnoma asosida biotexnik tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan hududda istiqomat qiluvchi aholini jalb etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish davrida biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer, tuproq, atmosfera havosini, suv, oʻrmon, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarga qatʼiy rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik qurilmalarni xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan, temir yoʻllardan (yovvoyi hayvonlarning avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarni toʻsiqsiz kesib oʻtishini taʼminlaydigan, maxsus inshootlar bilan jihozlangan yerusti yoki yerosti oʻtish joylari bundan mustasno) hamda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridan 500 metrdan kam boʻlmagan masofada barpo etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish yoki ov qilish jarayonida nobud boʻlgan yovvoyi hayvonlarning tashlandiq jasadlarini, ularning qismlari va ichki aʼzolaridan hosil boʻlgan biologik chiqindilarini veterinariya talablariga asosan zararsizlantirish choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlar orasida kasallanish yoki yoppasiga oʻlim holatlari kuzatilgan taqdirda, zudlik bilan hududiy davlat veterinariya xizmati organlarini xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat veterinariya tomonidan amalga oshirilgan profilaktika tadbirlari, hayvonlar (qushlar) orasida kelib chiqqan kasallik va uning oqibatidagi oʻlim holatlari yuzasidan yillik maʼlumot taqdim etib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan, shuningdek, eskirgan biotexnik qurilmalarni buzib tashlash choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biotexnik qurilmalarning,sayyohlik va ekskursiya qatnov yoʻnalishlarining (ekosoʻqmoqlar), sayyohlarning toʻxtash va dam olish joylari, koʻrgazma maydonchalarining, atrof-muhitni muhofaza qilish va targʻib etish uchun ajratilgan maxsus maydonlarning holati oʻrganilib, ularni taʼmirlash, tiklash yoki yangilarini yaratish yoxud tugatish masalalarini hal etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yovvoyi hayvonlarni qoʻshimcha oziqlantirish mavsumi tugagandan soʻng biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar yuqumli kasalliklar oʻchoqlari paydo boʻlishining oldini olish maqsadida yovvoyi hayvonlarni oziqlantirish punktlari va maydonchalari, koʻchma va muqim oxurlar, lotoklar hamda ularning atroflari biologik chiqindilardan tozalanishini, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga koʻra majburiy ravishda zararsizlantirilishini (yuqumsizlantirilishini) taʼminlashi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish yakunlarini monitoring qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar biotexnik tadbirlar oʻtkazish yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmay, bu haqida hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organi biotexnik tadbirlarni oʻtkazish yakunlanganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan boshlab yetti ish kunidan kechiktirmay, biotexnik tadbirlarni oʻtkazgan subyektlar ishtirokida biotexnik tadbirlar natijalarini bevosita ular oʻtkazilgan hududda monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari oʻtkazilgan biotexnik tadbirlar natijalari monitoringini amalga oshirish uchun ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini, tegishli mutaxassislarni hamda ekspertlarni jalb etishi, texnik vositalardan, shu jumladan, foto va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish monitoringi natijalari ikki nusxada maʼlumotnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda maʼlumotnomaning bir nusxasi biotexnik tadbirlarni oʻtkazgan subyektga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Maʼlumotnomada biotexnik tadbirlar rejasiga koʻra biotexnik tadbirlar oʻtkazilgan hududning nomi, biotexnik tadbirlarni oʻtkazish obyektlari turlariga nisbatan rejalashtirilgan va amalda bajarilgan ishlarning hajmi va yoʻnalishlari, ijro muddatlari, biotexnik tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyilgan talablarning bajarilishi atroflicha tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari har yili 10-fevraldan kechiktirmay, biotexnik tadbirlarni oʻtkazgan subyektlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga biotexnik tadbirlarni oʻtkazish yakunlari monitoringi natijalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan hududni belgilaydi, biotexnik tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Har yili 1-dekabrga qadar
2. Biotexnik tadbirlar rejasini hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlariga taqdim etadi.
Har yili 10-yanvarga qadar
2-bosqich
Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari
Biotexnik tadbirlar rejasini koʻrib chiqib, kelishib beradi yoki asoslantirilgan holda rad etadi.
Besh ish kuni
3-bosqich
Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar
Biotexnik tadbirlar rejasini takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Oʻn besh ish kuni
4-bosqich
Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari
Biotexnik tadbirlar rejasini takroran koʻrib chiqadi.
Besh ish kuni
5-bosqich
Biotexnik tadbirlarni oʻtkazuvchi subyektlar
1. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazadi.
Belgilangan muddatlarda
2. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish yakunlangani haqida hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organini xabardor qiladi.
Biotexnik tadbirlar yakuni bilan besh ish kunida
6-bosqich
Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari
1. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazgan subyektlar ishtirokida biotexnik tadbirlar natijalarini bevosita ular oʻtkazilgan hududda monitoring qiladi.
Xabarnoma olingan kundan boshlab yetti ish kunida
2. Biotexnik tadbirlarni oʻtkazish monitoringi natijalarini maʼlumotnoma bilan ikki nusxada rasmiylashtiradi, bir nusxasini biotexnik tadbirlarni oʻtkazgan subyektga taqdim etadi.
Maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan kunda
7-bosqich
Hududiy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga biotexnik tadbirlarni oʻtkazgan subyektlar kesimida biotexnik tadbirlarni oʻtkazish yakunlari monitoringi natijalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlarni taqdim etadi.
Har yili 10-fevraldan kechiktirmay
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/31/0069-son)