21.01.2025 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasining faoliyatini 2025-2026-yillarda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat siyosatini yuritish va tartibga solish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy-texnik ishlar asosida takliflar (tavsiyalar) ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligi boʻyicha normativ bazani rivojlantirish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiya va yadro xavfsizligi masalalari boʻyicha davlat dasturlari, xalqaro loyihalar hamda dasturlarni ishlab chiqishda, shuningdek, nazorat va litsenziyalash faoliyatini texnik, tahliliy hamda eksperimental qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy asoslangan xavfsizlik, modellashtirish va hisoblash tahlilini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish sohasida maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish, yaratish, shakllantirish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisiga zarurat boʻlganda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kuyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ajratiladigan davlat grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining ish haqi budjet mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy faoliyatga oid dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy tashkilotlar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini qayta taqsimlash hisobidan, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga asosan Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlish sohasidagi faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Bunda mazkur qoida Markazni litsenziya talablari va shartlarini bajarishdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bir oy muddatda “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasining ustavini (nizomini) tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni tegishli maʼmuriy binoga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-yanvardagi 27-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ilmiy kotib

Direktor

Ilmiy kengash

Direktor oʻrinbosari

Yadroviy va radioaktiv materiallarni hisobga olish, nazorat va jisman himoya qilish boʻlimi

1

Xavfsizlikni ekspertiza qilish boʻlimi

1

Radiatsiya va yadro xavfsizligi boʻlimi

1

Yadroviy qurilmalarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish boʻlimi

1

Axborot va texnologiyalar va axborot treningi boʻlimi

1

Yadro va radioaktiv materiallarni tahlil qilish laboratoriyasi

1

Neytron-fizikaviy va issiq gidravlik xususiyatlarni hisoblash laboratoriyasi

1

Bosh yuriskonsult

1

Maxsus qism va kadrlar boʻlimi

2

Ishonchlilik va sifat boʻlimi

1

Xavfsizlikni tahlil qilish va baholash boʻlimi

1

Xalqaro hamkorlik boʻyicha bosh mutaxassis

1

Buxgalteriya va iqtisodiyot boʻlimi

2

Ehtimoliy tahlil laboratoriyasi

                                                                                    1

Ichki audit xizmati xodimi

1

Devonxona

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 21 nafarni (ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlardan tashqari) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasi bajaradigan ilmiy-tadqiqot va xizmat koʻrsatish ishlarining hajmidan kelib chiqib, ilmiy-texnik loyihalarni va xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy va muhandis-texnik xodimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-yanvardagi 27-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasining faoliyatini 2025-2026-yillarda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha

1.

Markaz joylashtiriladigan binoni taʼmirlash.

1. Markaz joylashtiriladigan binoni taʼmirlash uchun nuqsonlar dalolatnomasini tuzish va tasdiqlash hamda uning asosida xarajatlar smetasini tayyorlash.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Xarajatlar smetasini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritish.

2025-yil aprel

3. Taʼmirlovchi tashkilot bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2025-2026-yillarda

2.

Markazning laboratoriyalarini jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Laboratoriyalar uchun zarur boʻladigan jihoz va uskunalar roʻyxatini tuzish hamda yetkazib beruvchilar va uskunalar narxini aniqlash.

2025-yil iyun

3.

Markazning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, shu jumladan, laboratoriyalarni jihozlash.

1. Markazning moddiy-texnik bazasini shakllantirish boʻyicha xarajatlar smetasini tayyorlash.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Xarajatlar smetasini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatga olish uchun kiritish.

2025-yil aprel

3. Markazning moddiy-texnik bazasini shakllantirish.

2025 — 2030-yillarda

4.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida AES bloki trenajyori va uning dasturiy taʼminoti tizimlarini sotib olish, shuningdek, montaj, sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2. AES bloki trenajyorini sotib olish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish.

3. Tender eʼlon qilish.

4. Tender natijalariga koʻra, AES bloki trenajyorini ishlab chiqaruvchi tender savdolarida yutib chiqqan tashkilot bilan shartnoma tuzish.

5. Shartnomani belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazish.

6. AES bloki trenajyorini montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish.

2026 — 2030-yillarda

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi

Tender savdolarida yutib chiqqan tashkilot

II. Markazni malakali kadrlar bilan taʼminlash va Ilmiy kengashni faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha

5.

Markaz boʻlimlari va laboratoriyalarini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish.

1. Markaz shtat jadvalini ishlab chiqish hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash.

2025-yil mart

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Faoliyatni yuritish hamda xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha choralarni qoʻrish.

2025-yildan boshlab

3. Mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha choralar koʻrish.

2025-2026-yillar davomida

6.

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Har bir xodimni yillik individual qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish va mazkur dastur ijrosini taʼminlash.

Doimiy

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik va boshqa xalqaro tashkilot va institutlar bilan hamkorlikda xodimlar malakasi va bilimini oshirish.

Doimiy

7.

Markazda Ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil mart

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi,

2. Ilmiy kengashni yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil qilish.

2025-2026-yillar davomida

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

III. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqish boʻyicha

8.

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqish.

1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligi talablarini belgilovchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil II chorak

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil III chorak

3. Ishlab chiqiladigan normalar va qoidalar roʻyxatini tuzish va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishish.

2025-yil III chorak

4. Normalar va qoidalarni ishlab chiqish yillik reja-jadvalini tayyorlash va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Har yili mart oyida

5. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan normalar va qoidalarni ishlab chiqish reja-jadvali ijrosini taʼminlash.

Reja-jadvalga asosan

IV. Xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

9.

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning Texnik va ilmiy qoʻllab-quvvatlash tashkilotlarining forumiga (MAGATE forumi) aʼzo boʻlish.

1. MAGATE forumiga aʼzo boʻlish boʻyicha materiallarni tayyorlash va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim qilish.

2025-yil aprel

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi,

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Markazning MAGATE forumiga aʼzo boʻlish masalasini belgilangan tartibda kelishish.

2025-yil iyun

3. MAGATE forumiga aʼzo boʻlish boʻyicha MAGATEga talabnoma yuborish.

Aʼzolik kelishilganidan soʻng bir hafta muddatda

4. MAGATE forumida ishtirok etish.

Doimiy

10.

Xorijiy davlatlarning tartibga soluvchi organlari ilmiy-texnikaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Hamkorlik boʻyicha memorandum va/yoki bitimlar loyihalarini ishlab chiqish.

2. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda kelishish.

3. Hujjat loyihasini xorijiy hamkor tomonga yuborish.

4. Hujjatni imzolash va hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishi.

2025-2026-yillar davomida

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/27/0068-son)