22.01.2025 yildagi PQ-20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoati sohada yaratilgan sharoitlar natijasida so‘nggi yetti yilda respublikaning yirik mahalliy sanoat tarmog‘iga aylandi, tarmoqda ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobarga, eksport hajmi 7 barobarga o‘sdi va geografiyasi 63 ta davlatga yetdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini sohaga keng joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektrotexnika sanoatini 2025 — 2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqda qo‘shilgan qiymat ulushini o‘rtacha 21 foizdan 30 foizga va ishlab chiqarish hajmini 58 trillion so‘mga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlash jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiya qilish hisobiga eksport hajmini 3,0 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyalarga asoslangan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni joriy etishni qo‘shimcha rag‘batlantirish orqali umumiy qiymati 4,0 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, raqamli boshqaruv tizimini joriy etish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yig‘ma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) bir oy muddatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin va amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2025-yil 1-fevraldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralga qadar bojxona bojidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma’muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va/yoki Elektron kooperatsiya portalidagi (keyingi o‘rinlarda — portallar) mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur tovarlar portallarda mavjud bo‘lmasa, tasdiqlovchi ma’lumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida elektron do‘kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, 5-ilovaga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran uch yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlari qismida foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha to‘lovlarini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining ilg‘or texnologiyalar asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish hamda soha uchun muhandis va o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash maqsadida “Eltech Lab” mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibida Ilg‘or injiniring markazini (tarkibiy bo‘linma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda ushbu markazni tashkil etish, jihozlash hamda faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun “Eltech Lab” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 milliard so‘m grant ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Savdo-sanoat palatasi va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablarini tashkil etib, soha korxonalaridan mahalliy amaliyotchi hamda ilg‘or xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ta’lim dasturini amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
injenerlik maktablarini jihozlash, saqlash va boshqa xarajatlar uchun ushbu politexnikumlarga Davlat budjetidan har yili 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
injenerlik maktablariga soha korxonalaridan amaliyotchi hamda ilg‘or xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) buyurtmasiga asosan Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda mahsulotlar tannarxini pasaytirish, sifat darajasini hamda ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini (MES, ERP, PLM va boshqa dasturlar asosida) raqamlashtirish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi, biroq 10 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan qismi Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025 — 2027-yillarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1 yilgacha) va o‘rta (5 yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilish. Bunda korxonalarning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil qilish uchun tijorat banklarini moliyaviy konsultant sifatida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “O‘zsanoatqurilishbank” ATB orqali 150 million AQSH dollari hamda boshqa tijorat banklari orqali 100 million AQSH dollari miqdorida, xorijiy valyutada kredit liniyalarini ochish;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) elektrotexnika tarmog‘ida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 25 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan kredit liniyalari taqsimotini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy bank ikki oy muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bilan bog‘liq xatarlarni xedjirlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalarni joriy valyuta operatsiyalari tarkibiga kiritish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda uch oy muddatda elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun Kompaniya mablag‘lari hisobidan yangi “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalariga tijorat banklari orqali bank marjasini hisobga olgan holda xorijiy valyutada yillik 6 foiz, milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ta’minoti sifatida amalga oshiriladigan eksport shartnomasi hamda sug‘urta polisi qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit bir korxona uchun bir kalendar yilda 10 million AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya eksportni moliyalashtirish yo‘nalishidagi mazkur yangi tartibni joriy etish uchun tijorat banklari talabnomasiga asosan resurslar ajratib borilishini ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxslarga Ohangaron tumani, Farg‘ona va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda yer uchastkasini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olib tayyor holda bino-inshootlarni qurish va elektrotexnika hamda unga yondosh bo‘lgan tarmoq korxonalariga sotish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish yoxud ijara shartlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilishga ruxsat berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bino-inshootlarni xarid qilgan yoki ijaraga olgan tadbirkorlarga “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi bilan tuziladigan investitsiya bitimiga muvofiq “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchisi maqomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qurilgan tayyor bino-inshootlarni xarid qilish uchun tadbirkorlarga o‘rnatilgan tartibda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) elektrotexnika tarmog‘i korxonalari ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlarini lizing asosida sotish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur maqsadlar uchun 2025-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-son qaroriga asosan elektrotexnika sanoati uchun ajratilishi nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 30 million AQSH dollari yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu mablag‘lar tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida milliy valyutada 5 yil muddatga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini sotish bo‘yicha lizing xizmatlarini ko‘rsatishda tijorat banklarining marjasi yillik 4 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomalari doirasida tadbirkorlik subyektlari lizing obyektining 15 foizi miqdorida avans to‘lovlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda mazkur shartlarda lizing asosida beriladigan elektrotexnika mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi chakana savdo shoxobchalarida nazorat xaridi tadbirlarini (test, ekspertizasini) amalga oshirish orqali elektrotexnika mahsulotlarining sifati va xavfsizligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hukumat komissiyasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga “O‘zeltexsanoat” uyushmasining buyurtmalariga asosan respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallarni markazlashgan holda yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniq belgilab Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Transport vazirligi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishdagi transport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida har moliya yili avvalida 6-ilovaga muvofiq yirik xalqaro logistika kompaniyalarining arzonlashtirilgan narxlarda logistika kvotalari band qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan yetakchi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda 2035-yilga qadar Elektrotexnika sanoatini, shu jumladan, uskunasozlikni, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilish va strategiyani ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2025-yilda Davlat budjeti hisobidan Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga 15 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Markaziy bank hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy ilg‘or uskunasozlik kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazgan holda hududlarda uskunasozlik loyihalarini, shu jumladan, kooperatsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda maxsus elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik va charm mahsulotlari uchun distributsiya-logistika markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishilgan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bojxona qo‘mitasi uch oy muddatda qayta ishlash mahsulotlari bilan bog‘liq bojxona operatsiyalarini sanoat kooperatsiyasi tartibida boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqib tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 2-bandida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va topshiriqlarning bajarilishini ta’minlashga Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov, Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari birdek mas’ul va javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarordagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari A. Xaydarov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

2024-yil

(joriy ko‘rsatkich)

2025-yil

2026-yil

2027-yil

1.

Ishlab chiqarish hajmi

trln so‘m

31

43

50

58

2.

Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish hajmi

ming tn

92

110

125

145

3.

Eksport

mlrd doll.

1,2

1,7

3,0

3,0

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIG‘MA PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Loyihalar soni

(dona)

shu jumladan ishga tushadigan:

Loyihalar qiymati

(ming dollar)

shu jumladan ishga tushadigan loyihalar bo‘yicha:

Ish o‘rinlari

(nafar)

shu jumladan ishga tushadigan loyihalar bo‘yicha:

Loyihaga biriktirilgan mas’ullar

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

istiqbolli loyihalar

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

istiqbolli loyihalar

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

istiqbolli

Hudud bo‘yicha

Tarmoq va tuman/shahar bo‘yicha

Jami:

192

71

63

23

35

3 927 581

655 813

672 377

745 134

1 854 257

16 167

4 658

5 130

4 665

1 714

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

8

2

3

1

2

142 700

48 500

61 800

700

31 700

455

170

185

30

70

A.T. Orinbayev

M.M. Yunusov,

Z.I. Zaytov,

R.A. Shamuratov,

S.J. Xojametov,

B.B. Madaminov

2.

Andijon viloyati

8

4

1

1

2

112 750

35 650

2 100

30 000

45 000

250

145

5

60

40

Sh.K. Abduraxmanov

M.M. Yunusov,

B.B. Yuldashov,

G.G. Abdurahmonov,

M.X. Tadjibayev

3.

Buxoro viloyati

8

2

2

2

2

196 130

42 030

41 000

74 100

39 000

553

238

65

180

70

B.K. Zaripov

M.M. Yunusov,

Q.I. Tursunov,

O.N. Kazakov,

Sh.R. Ashurov

4.

Jizzax viloyati

7

2

2

2

1

451 300

81 300

200 000

150 000

20 000

5 780

1 030

2 200

2 450

100

U.M. Mustafoyev

M.M. Yunusov,

K.A. Xolmurodov,

A.M. Abdug‘aniyev

5.

Qashqadaryo viloyati

7

4

1

1

1

52 000

22 000

5 000

10 000

15 000

310

185

50

50

25

M.B. Azimov

M.M. Yunusov,

N. Xolboyev,

F.Q. G‘ulomov

6.

Navoiy viloyati

13

2

4

1

6

812 200

35 500

37 000

2 500

737 200

785

25

115

20

625

N.T. Tursunov

M.M. Yunusov,

D.B. Ergashev,

V.Yu. Adizov

7.

Namangan viloyati

16

6

6

1

3

150 280

35 500

18 680

38 000

58 100

638

190

208

120

120

Sh.Sh. Abdurazakov

M.M. Yunusov,

S.Z. Mo‘minov,

Sh.M. Musayev,

A.A. Tadjimirzayev,

Sh.A. Qosimov,

J.Sh. Abdullayev,

J.X. Nurmatov,

D.G. Kadirov

8.

Samarqand viloyati

13

5

4

1

3

208 637

35 716

50 637

3 584

118 700

783

328

310

60

85

A.M. Boboyev

M.M. Yunusov,

G.Z. Alimova,

B.Sh. Jabborov,

S.X. Usmanov,

Sh.Sh. Raxmanov,

Sh.A. Qudratov

9.

Surxondaryo viloyati

6

2

1

1

2

92 000

11 000

1 000

10 000

70 000

190

70

10

30

80

U.B. Qosimov

M.M. Yunusov,

A.A. Allamuradov,

Sh.X. Nazarov,

A.A. Ishmurzoyev,

Q.E. Mardonov

10.

Sirdaryo viloyati

6

1

3

1

1

64 200

5 000

41 000

3 200

15 000

282

30

132

30

90

A.A. Umarov

M.M. Yunusov,

J.X. Xojimanov,

U.X. Yo‘ldoshev,

N.N. Xazratqulov,

O.U. Nosirov

11.

Toshkent viloyati

54

15

30

2

7

915 260

141 600

166 660

150 000

457 000

3 795

1 175

1 560

800

260

Z.T. Mirzayev

M.M. Yunusov

A.A. Raimov,

E.E. Rustamov,

M.A. Rashidov,

I.M. Kilichxanov,

T.A. Bobolov,

D.M. Madirimov,

S.D. Isakulov,

S.K. Ergashev,

I.R. Kasimov,

M.K. Abduraximov

12.

Farg‘ona viloyati

16

11

1

2

2

237 895

52 895

15 000

95 000

75 000

585

330

40

170

45

X.X. Bozarov

M.M. Yunusov,

V.Sh. Nazarov

Q.N. Erkaboyev

M.A. Usmonov

Z.Q. To‘rakulov

A.A. Djurabayev

Sh.N. Tojihakimov

B.O. Ibragimov

13.

Xorazm viloyati

12

6

1

4

1

154 400

11 850

4 500

121 050

17 000

512

167

60

260

25

J.R. Raximov

M.M. Yunusov,

Sh.K. Axmedov,

G‘.P. Sultanov,

T.I. Davletov,

S.M. Palvanov,

O.M. Xolboyev,

Z.A. Abrdimov

14.

Toshkent shahri

18

9

4

3

2

337 830

97 273

28 000

57 000

155 557

1 249

575

190

405

79

Sh.B. Umurzakov

M.M. Yunusov,

A.N. Sayfutdinov,

 

A.Sh. Umarxonov,

 

E.X. Shukurov,

 

B.Yu. Abubakirov,

 

N.A. Allabergenova,

 

X.I. Inoyatov,

 

B.T. Raxmankulov

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi zarur hollarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining taklifiga asosan ushbu yig‘ma parametrlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mlrd so‘m

T/r

Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari

Mahsulot nomi

2025 — 2027-yillardagi talab

shu jumladan

2025-yil

2026-yil

2027-yil

JAMI

28 416,5

8 142,7

10 038,8

10 239,4

1.

Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv nasoslari

65,7

20,6

21,5

23,6

Elektrodvigatellar

148,4

60,8

59,7

27,9

Aqlli suv o‘lchagichlar (Smart Water)

78,6

31,2

25,9

21,5

Kabel-sim mahsulotlari

6,7

2,4

2,2

2,1

Quyosh panellari

19,4

7,0

6,5

5,9

Quyosh suv isitkichlari

22,1

6,9

7,7

7,5

Kondensator qurilmalari

(Reaktiv energiya kompensatsiyasi)

22,4

6,9

7,7

7,8

Chastota boshqarish qurilmasi

(Ustroystvo chastotnogo regulirovaniya)

18,2

5,4

5,9

6,9

JAMI

381,5

141,2

137,1

103,2

2.

Energetika vazirligi

JAMI

7 521,3

1 943,5

2 611,6

2 970,6

shu jumladan

2.1

“Hududgazta’minot” AJ

Gaz taqsimlash punktlari

(telemetriya tizimiga ega bo‘lgan)

2 349,1

345,8

864,6

1 138,7

Elektron gaz hisoblagichlar

600,0

150,0

225,0

225,0

Regulatorlar

300,0

100,0

100,0

100,0

Quyosh fotoelektr stansiyalari

35,3

12,3

12,3

10,8

Bir konturli va ikki konturli qozonlar

3,5

1,0

1,0

1,5

JAMI

3 287,9

609,1

1 202,9

1 476,0

2.2

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Elegazli o‘chirgichlar

 (Elegazoviy viklyuchatel)

4,6

1,2

1,3

2,1

Ajratkichlar

(Razyedinitel)

1,9

0,3

0,5

1,1

Transformator shkaflari

22,8

6,0

6,1

10,7

Kabel mahsulotlari

45,4

12,9

14,2

18,3

Sim mahsulotlari

2,8

0,8

0,9

1,1

Metall tayanchlar (220 kV)

53,3

15,2

17,8

20,3

Yuqori kuchlanishli izolyatorlar

34,6

10,0

11,2

13,4

Avtotransformatorlar

51,2

8,7

17,0

25,5

Kondensatorlar

3,4

0,9

0,9

1,5

JAMI

220,0

56,0

69,9

94,0

2.3

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Usti ochiq simlar (AS markali)

43,1

13,7

14,3

15,1

Kabellar

113,5

36,0

37,8

39,7

Aloqa kabellari (SIP)

750,6

238,1

250,0

262,5

Transformator punktlari

1 289,0

408,9

429,3

450,8

Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)

131,7

41,8

43,9

46,1

Elektr ajratkichlar

(Rubilnik)

1 102,0

349,6

367,0

385,4

Avtomatik elektr o‘chirgichlar

(Avtomat viklyuchatel)

208,7

66,2

69,5

73,0

Vakuum o‘chirgichlar

123,2

39,1

41,0

43,1

Izolyatorlar

48,2

15,3

16,1

16,9

JAMI

3 810,0

1 208,6

1 268,9

1 332,4

2.4

“O‘zbekneftgaz” AJ

Emallangan sim

1,6

0,4

0,5

0,7

Yoritish uskunalari

12,6

4,0

4,2

4,4

UPS, batareya, akkumulyatorlar

8,8

2,5

2,9

3,4

Kabel mahsulotlari

77,3

25,2

25,6

26,5

Quyosh fotoelektr stansiyasi, suv isitkich uskunasi

34,0

10,5

11,5

12,0

Chastotali tartibga solish qurilmasi

(Ustroystvo chastotnogo regulirovaniya)

16,5

4,8

5,5

6,2

Nasos va elektrodvigatellar

10,4

3,7

4,2

2,5

Transformatorlar

28,8

9,2

9,5

10,1

Dizel generatorlari

3,3

1,0

1,1

1,2

O‘lchov-nazorat asboblari

3,1

1,0

1,0

1,1

JAMI

192,0

62,3

66,0

68,1

2.5

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

Nasoslar

9,1

6,3

2,9

Elektrodvigatellar

2,2

1,2

1,0

JAMI

11,3

7,5

3,9

3.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Ko‘mir va gazda ishlovchi isitish qozonlari

120,0

28,0

44,0

48,0

Liftlar

560,7

185,3

186,7

188,7

Individual issiqlik punktlari (IIP)

194,5

50,7

64,5

79,3

Taqsimlash shitlari

(Shiti raspredelitelnie)

2,4

0,6

0,8

0,9

Alyumindan profil va aksessuarlar

14,9

4,1

4,9

5,9

PVXdan profil va aksessuarlar

166,9

45,4

55,0

66,5

Devor uchun sendvich-panellar

44,9

12,2

14,8

17,9

LED lampalar

26,7

7,3

8,8

10,6

Quyosh fotoelektr stansiyalari

123,5

33,5

40,7

49,2

Quyosh suv isitkichlari

8,9

2,4

2,9

3,5

Elektr hisoblagichlar

8,2

2,2

2,7

3,3

Elektron suv hisoblagichlar

6,4

1,7

2,1

2,6

JAMI

1 278,0

373,6

427,9

476,5

4.

“O‘zavtosanoat” AJ

Avtomobillar uchun jgut simlari (180 turdagi)

3 868,0

1 280,0

1 292,0

1 296,0

Avtomobil generatorlari

(Damas va Kobalt, Jentra generatorlari)

569,0

189,0

190,0

190,0

Avtomobil yoritish tizimlari

2 299,0

747,0

765,0

787,0

Avtomobillar uchun simlar

556,0

178,0

186,0

192,0

Avtomobil oynasini ko‘taruvchi modullar

(Moduli steklopodyemnikov)

556,0

175,0

186,0

195,0

Spidometrlar

395,0

127,0

132,0

136,0

Akkumulyator batareyalar

(konveyer va ikkilamchi bozor)

1 089,0

355,0

364,0

370,0

Yoqilg‘i nasoslari (Kobalt)

162,3

54,1

54,1

54,1

Yangi modellar generatorlari va kompressorlari

(Oniks va Treker avtomobillari generatorlari, Kobalt avtomobili kompressori)

362,4

177,4

185,0

Elektr va gibrid avtomobillarning jgut simlari

227,5

97,5

130,0

Elektr va gibrid avtomobillarning yoritish tizimlari

39,0

6,5

32,5

JAMI

10 123,2

3 105,1

3 450,5

3 567,6

5.

“O‘zsuvta’minot” AJ

Iste’molchilar uchun aqlli suv o‘lchagichlar

(Smart Water)

280,9

23,4

117,0

140,5

Suv inshootlari va tarmoqlari uchun masofadan ma’lumot uzatuvchi suv o‘lchagichlar

586,5

307,5

279,0

Transformator

28,9

7,9

9,3

11,7

Kabel mahsulotlari

2,9

1,3

0,8

0,7

Quyosh panellari

4,2

2,0

1,1

1,1

JAMI

903,3

34,6

435,7

433,0

6.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

3 483,5

1 179,9

1 295,5

1 008,1

shu jumladan

6.1

“Olmaliq KMK” AJ

Elektrodvigatellar

58,7

18,6

19,6

20,5

Har xil turdagi elektr kabellar

76,3

24,2

25,4

26,7

Transformatorlar va transformator podstansiyalari

97,4

56,4

20,0

21,0

Yoritish moslamalari

14,2

4,5

4,7

5,0

Chastota o‘zgartirgichlar

59,9

19,0

20,0

20,9

Izolyatorlar

8,4

2,7

2,8

2,9

Elektr cho‘tkalar

8,1

2,6

2,7

2,8

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari (YAKNO)

3,3

1,0

1,1

1,2

Ventilyatorlar

37,8

12,0

12,6

13,2

Nasoslar

52,6

16,7

17,5

18,4

Elektrodvigatelsiz nasos

(SNSK 300-480 bez elektrodvigatelya)

6,4

2,1

2,1

2,1

JAMI

423,1

159,8

128,5

134,8

6.2

“Navoiy KMK” AJ

Har xil turdagi izolyatorlar

1

0,3

0,4

0,4

Kabel va sim mahsulotlari

171,5

55,5

57,2

58,9

Mahkamlash bo‘g‘inlari

(kabellar uchun muftalar)

1,6

0,5

0,5

0,6

Kuchlanish va o‘lchov transformatorlari

2,9

0,9

1,0

1,0

Elektrotexnik qurilmalar

(podstansiyalar, taqsimlash punktlari, chastota o‘zgartirgichlar va boshqalar)

774,3

246,6

258,9

268,8

Elektromontaj mahsulotlari

(rozetkalar, o‘chirgichlar (viklyuchatel), vilkalar va boshqalar)

1,9

0,6

0,6

0,7

Yoritish uskunalari

(lampalar, svetilniklar,shaxtyorlar yoritgichlari)

8,0

2,6

2,7

2,8

Elektrodvigatellar

(sinxron, asinxron dvigatellar)

309,1

100,0

103,0

106,1

Boshqaruv shkaflari, avtomatlashtirish mahsulotlari

92,7

30,0

30,9

31,8

Nasoslar

92,7

30,0

30,9

31,8

Kompyuterlar va AKT butlovchi qismlari

5,6

1,7

1,9

2,1

Maishiy texnika

15,5

5,0

5,2

5,3

JAMI

477,0

473,7

493,2

 

510,1

6.3

“Navoiyuran” davlat korxonasi

Usti ochiq simlar (AS markali)

17,7

5,3

6,0

6,4

Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)

207,7

63,8

70,2

73,7

Kabel ulagichlar (nakonechnik)

1,8

0,6

0,6

0,6

Avtomatik elektr o‘chirgichlar
(Avtomat viklyuchatel)

14,4

4,6

4,8

5,0

Izolyatorlar

2,6

0,8

0,9

0,9

TEN (elektr isitkichlar)

1,3

0,4

0,4

0,5

Ajratkichlar (Razyedinitel)

1,8

0,6

0,6

0,6

Elektr ajratkichlar (Rubilnik)

2,7

0,9

0,9

0,9

Boshqaruv shkaflari

(Shkaf upravleniya s UCHR 0,4)

32,8

10,4

10,9

11,5

Kuchlanish transformatorlari

2,6

0,8

0,9

0,9

Yoritgichlar (Svetilnik)

11,7

3,7

3,9

4,1

Svetodiod lampalar

1,5

0,5

0,5

0,5

Transformator punktlari (KTPN)

322,2

92,6

107,0

122,6

Kondensator qurilmalari

(6 kV kuchlanishli)

76,2

23,3

25,7

27,2

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari

(YAKNO)

45,4

14,0

15,5

15,9

Kuch transformatorlari (35/6 kV kuchlanishli)

141,5

37,0

48,5

56,0

Vakuum o‘chirgichlar (6 — 10 kuchlanishli)

17,5

2,2

7,0

8,3

Elektr magnit o‘tkazgichlar

33,8

10,7

11,2

11,8

O‘rash uchun simlar (provod obmotochniy)

4,6

1,5

1,5

1,6

Elektrodvigatellar

55,7

18,9

22,8

14,0

Nasoslar

581,5

250,7

330,8

JAMI

1 577,2

543,3

670,7

363,2

6.4

“O‘zmetkombinat” AJ

Nasoslar

0,7

0,4

0,4

Elektr dvigatellar

5,6

3

3

JAMI

6,4

3,1

3,3

7.

Davlat ulushi bor tijorat banklari

Terminal

998,5

333,4

332,5

332,5

Plastik kartalar

666,7

259,9

203,4

203,4

Bankomat

3 060,3

771,5

1 144,4

1 144,4

JAMI

4 725,5

1 364,8

1 680,4

1 680,4

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Identifikatsiya uchun mo‘ljallangan mikroprotsessor modullari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefon, planshet va ularning butlovchi qismlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kompyuter, noutbuklar va ularning butlovchi qismlari hamda avtomatlashtirilgan depozit mashinalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosib chiqarish, skanerlash, nusxa ko‘chirish va uzatish qurilmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektron axborot tashuvchi vositalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektronika yo‘nalishidagi mahsulotlar (yarimo‘tkazgich, mikrosxema, elektron chip, quyosh panellari uchun yacheyka va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tibbiyot uskunalari (MRT, rentgen, portativ tashxis uskunasi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Robot va robototexnika uskunalari, uchuvchisiz uchish qurilmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mis xomashyosidan qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar (misdan folga, egiluvchan plata, elektromobil zaryadlash uskunalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Texnologik asbob-uskunalar (uskunasozlik) va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uskunalar uchun qoliplar (press forma).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Elektromobillar, quyosh va shamol elektrostansiyalari uchun batareyalar va invertorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika sanoati korxonalariga ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda arzonlashtirilgan narxlarda logistika kvotalarini band qilish parametrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat nomi

Shahar nomi

Konteyner soni

(dona)

Vagon soni

(dona)

Jami

3 751

181

1.

Xitoy

Guanchjou

497

2.

Guandun

109

3.

Jiaksing

80

4.

Lyanyungan

55

5.

Nanchan

70

6.

Ningbo

718

7.

Suchjou

250

8.

Urumchi

500

9.

Foshan

261

10.

Xefey

340

11.

Xuayjou

60

12.

Chjetszyan

100

13.

Chjunshan

12

14.

Shanxay

314

15.

Shenchjou

60

16.

Shenchjen

132

17.

Koreya

Pusan

110

18.

Vyetnam

Xoshimin

15

19.

Malayziya

Klang

25

20.

Rossiya

Magnitogorsk

105

21.

Chelyabinsk oblasti

14

22.

Yekaterinburg

62

23.

BAA

Jabal Ali

3

24.

Turkiya

Kayseri

40

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida “3920” pozitsiyasidan keyin quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

392049

pliti, listi, plenka i polosi ili lenti, prochiye, neporistie i nearmirovannie, nesloistie, bez podlojki i ne soyedinennie analogichnim sposobom s drugimi materialami, iz polimerov vinilxlorida, prochiye (soderjashiye meneye 6 mas.% plastifikatorov)

3

3920108900

Prochiye pliti, listi, plenka i polosi ili lenti, tolshinoy boleye 0,125 mm

0

3920621901

Plenka iz polietilentereftalata tolshinoy ne boleye 0,35 mm

0

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“agar new.cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxi boshqa elektron portallarda ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxidan yuqori bo‘lsa, davlat buyurtmachilariga boshqa elektron portallarda ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1 va 2-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “2025-yil 1-martga qadar” so‘zlari “2025-yil 31-dekabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan sinov laboratoriyasini jihozlash uchun xarid qilingan tovarlar va asbob-uskunalar “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Eltech-Lab” MCHJga bepul o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq tovarlar va asbob-uskunalarni “Eltech-Lab” MCHJga bepul berish soliq solish obyekti hisoblanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/20/0064-son; 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)