16.01.2025 yildagi PF-6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini kengaytirish, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2025 — 2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4,0 milliard AQSH dollariga, 2026-yilda 5,0 milliard AQSH dollariga va 2027-yilda 7,0 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQSH va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini 500 million AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali jami eksportda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ulushini 70 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ip-kalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida 5,0 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, toʻqimachilik tarmogʻida qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ip-kalava va matoning eksport yigʻimidan (bojidan) tushadigan mablagʻlar toʻliq miqdorda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamgʻarmaning ip-kalava va matoning eksport yigʻimidan tushadigan mablagʻlarining 2025-yilda 15 million AQSH dollari (2026-yildan boshlab kamida 80 foizi) hamda ishlab chiqarish uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 15 million AQSH dollar gazlama, mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) doirasida asbob-uskunalar xarid qilishni kreditlash uchun xorijiy valyutada tijorat banklariga yoʻnaltiriladi, shuningdek, zarur hollarda, Savdo-sanoat palatasi yoki “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Loyihalarda taʼsischi (ishtirokchi) sifatida qatnashish uchun foydalanilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar tadbirkorlik subyektlari buyurtmasiga asosan asbob-uskuna qiymatining 15 foizi miqdorida boʻnak (avans) toʻlovlarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) 7 yil muddatgacha ajratiladi. Bunda asbob-uskuna qiymatining qolgan qismiga tadbirkorlik subyekti tomonidan tijorat banklari orqali mablagʻ jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi yoki “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Loyihalarni amalga oshirish uchun ochilgan maxsus maqsadli korxonaning (SPV) ustav kapitaliga 25 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda ulushdor boʻlib kiradi va 5 yil muddat ichida ulushni baholangan qiymatda sotgan holda Jamgʻarmaga qarzni xorijiy valyutada qaytaradi. Bunda Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK ijobiy xulosasi talab etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan korxonalarga xalqaro (“GOTS”, “OEKO-TEX”, “BCI”, “BSCI”, “Organic Cotton”, “SEDEX” va shu kabi) sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun beriladigan moliyaviy yordam miqdori doirasida mazkur sertifikatlarni olish talablariga javob berish uchun amalga oshirilgan boshqa xarajatlar ham qoplab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Savdo-sanoat palatasi mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro “marketpleys”larda targʻib qilish, joylashtirish va reklama qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida tarmoq korxonalari xodimlariga “marketpleys”lar bilan ishlashni oʻrgatish, ularning dastlabki mahsulotlarini “marketpleys”larda joylashtirishda koʻmaklashish, mahalliy brendlarni yaratish va ilgari surish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish uchun Kompaniya tomonidan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan 2 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Namangan viloyatida 30 gektar yer maydonida maxsus huquqiy, soliq, bojxona, valyuta rejimlari oʻrnatiladigan, chuqur qayta ishlangan tayyor kiyim-kechaklar va uy tekstili mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan toʻqimachilik maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — Sanoat zonasi) tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Sanoat zonasida bojxona postini tashkil qilish, tovarlarni erkin muomalaga chiqaradigan korxonalar uchun soliq imtiyozlarini noteng qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik nazarda tutilsin hamda ishlab chiqarish binolarini xorijiy davlatlar (Xitoy, Koreya, Turkiya) tajribasi asosida koʻp qavatli (2-3 qavat) qilib qurish inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo-sanoat palatasining Kompaniya huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav fondi 10 milliard soʻm boʻlgan faktoring tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — Faktoring tashkiloti) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Kompaniyaga uning buyurtmasiga asosan 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Kompaniya tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shartlarda faktoring va lizing xizmatlari hamda toʻqimachilik sanoati korxonalariga xomashyo xarid qilish va sotish boʻyicha savdo operatsiyalari uchun moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan mazkur mablagʻlarni samarali boshqarish uchun Kompaniya huzurida alohida yuridik shaxslar tashkil etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev Savdo-sanoat palatasi takliflariga koʻra ikki oy muddatda moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish tartibi va aniq shartlarini, shuningdek, moliyaviy xizmatlarning turlari boʻyicha mablagʻlar taqsimotini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Savdo-sanoat palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarning keng joriy qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring tashkiloti faoliyatiga faktoring xizmatlariga oid yuqori bilim va kasbiy mahoratlarga ega mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choraklik reja-grafiklar asosida korxonalarning faktoring xizmatlaridan xabardorligini oshirish va faktoringning afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonining 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan paxta ip-kalavasi eksporti yigʻimi boʻyicha qarzdorliklar undirilib, mazkur mablagʻlar hisobidan qarzdorlik shakllangan yilda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarni amalga oshirgan eksporti hajmiga mutanosib ravishda subsidiyalashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi PF-6-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish shartlari va miqdorlari Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmoniga 3-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 000 tagacha ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan iborat boʻlganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib chiqiladigan har bir kilogramm paxta ip-kalavasi (TIF TN kodlari 5205-5207, boʻyalgan ip-kalava bundan mustasno) uchun yigʻim uning eksport shartnomasiga asosan invoysda (hisob-fakturada) koʻrsatilgan narxidan (faktura qiymatidan) 2 foiz miqdorda, biroq 0,05 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda oʻrnatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato (TIF TN kodlari 6001 — 6004 va 6006, boʻyalgan trikotaj mato bundan mustasno) uchun yigʻim uning eksport shartnomasiga asosan invoysda (hisob-fakturada) koʻrsatilgan narxidan (faktura qiymatidan) 1 foiz miqdorda oʻrnatilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning 1-pozitsiyasi “Mazmuni” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 000 tagacha ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan iborat boʻlganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)