20.01.2025 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni, “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori hamda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ekologik markirovkalashning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq butun hayotiy davr boʻyicha (I tip) “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini (keyingi oʻrinlarda — ekologik markirovkalash tizimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ekologiya vazirligi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin hamda unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish hujjatlarini, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimi qoidalari, ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan oʻtkazish, xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish hamda ekologik markirovka belgisini qoʻllash tartiblarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik jihatdan afzal, shu jumladan, resurslarni tejovchi, kam chiqitli va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy taʼsiri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekologiya vazirligi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ekologik markirovkalash tizimining operatori etib belgilansin hamda unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik markirovkalash organlarini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash standartlarini amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarga berilgan ekologik markirovkalash sertifikatining haqiqiyligi va amal qilish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlash hamda ochiqligini taʼminlash maqsadida ushbu sertifikatlar reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organlari manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ekologik markirovka belgisidan toʻgʻri foydalanilishini ommalashtirish hamda uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish tashkilotlari, uyushmalar va ishchi guruhlarda ekologik markirovkalash tizimini taqdimot qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organlari mutaxassislari malakasini oshirish va ularning xalqaro ekologik sertifikatlashtirish hamda standartlashtirish tashkilotlarida tajriba almashishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekologik markirovka belgisi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologik markirovkalash organi ekologik markirovkalash tizimining operatori bilan tuziladigan shartnoma asosida avtorizatsiyadan oʻtkaziladi. Bunda ekologik markirovkalash organining quyidagi talablarga javob berishi baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organining markirovkalash jarayonlari ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organining sertifikatlashtirish faoliyatiga oid ichki tartib va qoidalari Ekologik markirovkalash tizimi qoidalari hamda ekologik markirovka belgisini qoʻllash qoidalariga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ish joyi ushbu yuridik shaxsda hisoblangan tegishli mutaxassislar ISO 14024 xalqaro standarti boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ekologik markirovkalash sertifikatisiz mahsulotlarning nomi, qadogʻi, kuzatuv hujjatlari va reklamasida hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning nomida ekologik markirovka belgisidan foydalanish yoki bunday mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sertifikatlashtirish ishlari ixtiyoriy ravishda tadbirkorlik subyektlarining murojaatiga muvofiq ekologik markirovkalash organi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ekologik markirovka belgisidan mahsulotning nomi, qadogʻi, kuzatuv hujjatlari, shuningdek, uni reklama qilishda foydalanish, mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan tegishli mahsulotlar uchun ekologik markirovkalash sertifikati olingandan keyin Ekologik markirovkalash tizimi operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, ekologik markirovkalash tizimi quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq mahsulotning butun hayotiy davrini koʻrib chiqishga asoslangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik jihatdan afzal mahsulotni, yaʼni ishlab chiqarish, foydalanish, isteʼmol qilish, transportda tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda bir turdagi mahsulot guruhi doirasida oʻxshashiga nisbatan atrof-muhitga ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq kam taʼsir koʻrsatuvchi mahsulotni ajratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalariga rioya etiladigan mahsulotlarni ekologik markirovkalashni koʻzda tutishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovka belgisini qoʻllash qoidalarini koʻzda tutishi hamda mazkur qoidalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha manfaatdor tomonlar uchun ekologik markirovkalash tizimining asosiy elementlari, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimida sertifikatlashtirish ishlari oʻtkaziladigan standartlar va sertifikatlashtirish jarayonlari, shuningdek, ekologik markirovka belgisini qoʻllash qoidalarining shaffofligi hamda tushunarliligini taʼminlashi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, bir turdagi mahsulot guruhi uchun ekologik markirovkalash standartlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablardan tashqari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq oʻlchanadigan sifat va miqdoriy ekologik afzallik mezonlari hamda ularni tekshirish uslublariga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir turdagi mahsulotlarning maʼlum bir guruhiga oid mahsulot hayotiy davrining asosiy bosqichlariga qoʻyiladigan talablarni, shu jumladan, ishlab chiqarish, foydalanish, isteʼmol qilish, transportda tashish, saqlash va utilizatsiya qilishni qamrab olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash sertifikatiga ega va ega boʻlmagan mahsulotlar oʻrtasida oʻlchanadigan koʻrsatkichlar farqni aks ettirishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologik markirovkalash sohasidagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash tizimi qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovka belgisini qoʻllash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalashni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik markirovkalash sertifikatiga ega boʻlgan mahsulotlarning ustuvorligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovka belgisidan ekologik markirovkalash sertifikatisiz foydalanganlik uchun javobgarlikni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Ekologiya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ekologik markirovkalash tartibotlari, talablari va ekologik markirovkalash standartlarini keng targʻib qilish uchun tematik davriy dasturlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-martdagi 175-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20 yanvardagi 20-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik markirovka belgisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik markirovka belgisining umumiy tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ekologik markirovka belgisi — oq fonda toʻq yashil rangdagi “yeso” va och yashil rangdagi “uz” soʻzlaridan iborat boʻlib, ular och yashil rangdagi toʻrtburchak shakl ichida joylashtirilgan. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yeso” soʻzida yashillik ramzi sifatida toʻq yashil rangdagi barg tasviri tushirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yeso” soʻzi “Ekologiya” soʻzini, “uz” soʻzi esa Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtburchak shakli ekologik markirovka tizimi aniq talab va chegaralarni belgilaydigan standartlarga asoslanganligini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot yoki xizmatlar xususiyatlaridan kelib chiqib ekologik markirovka belgisi oq-qora yoxud monoxrom ranglarda tasvirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monoxrom koʻrinishidagi ekologik markirovkalash belgisi faqat toʻq yashil yoki och yashil rangda boʻlishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 20-son qaroriga
2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-martdagi 175-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilova “1-bosqich” pozitsiyasining “Masʼul ijrochilar” ustuni “Oʻzbekekspertiza” AJ” soʻzlaridan keyin “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 20-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-maydagi 435-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 632-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/20/0054-son; 02.03.2026-y., 09/26/85/0186-son; 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)