20.01.2025 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni, “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ekologik markirovkalashning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya qo‘mitasi) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 85-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 09/26/85/0186-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq butun hayotiy davr bo‘yicha (I tip) “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini (keyingi o‘rinlarda — ekologik markirovkalash tizimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ekologiya qo‘mitasi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin hamda unga quyidagi vazifalar yuklansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 85-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 09/26/85/0186-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish hujjatlarini, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimi qoidalari, ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish hamda ekologik markirovka belgisini qo‘llash tartiblarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik jihatdan afzal, shu jumladan, resurslarni tejovchi, kam chiqitli va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ekologik markirovkalash tizimining operatori etib belgilansin hamda unga quyidagi vazifalar yuklansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 85-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 09/26/85/0186-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik markirovkalash organlarini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash standartlarini amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarga berilgan ekologik markirovkalash sertifikatining haqiqiyligi va amal qilish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash hamda ochiqligini ta’minlash maqsadida ushbu sertifikatlar reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organlari manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ekologik markirovka belgisidan to‘g‘ri foydalanilishini ommalashtirish hamda uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish tashkilotlari, uyushmalar va ishchi guruhlarda ekologik markirovkalash tizimini taqdimot qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organlari mutaxassislari malakasini oshirish va ularning xalqaro ekologik sertifikatlashtirish hamda standartlashtirish tashkilotlarida tajriba almashishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekologik markirovka belgisi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologik markirovkalash organi ekologik markirovkalash tizimining operatori bilan tuziladigan shartnoma asosida avtorizatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda ekologik markirovkalash organining quyidagi talablarga javob berishi baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organining markirovkalash jarayonlari ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organining sertifikatlashtirish faoliyatiga oid ichki tartib va qoidalari Ekologik markirovkalash tizimi qoidalari hamda ekologik markirovka belgisini qo‘llash qoidalariga muvofiq bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ish joyi ushbu yuridik shaxsda hisoblangan tegishli mutaxassislar ISO 14024 xalqaro standarti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ekologik markirovkalash sertifikatisiz mahsulotlarning nomi, qadog‘i, kuzatuv hujjatlari va reklamasida hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning nomida ekologik markirovka belgisidan foydalanish yoki bunday mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sertifikatlashtirish ishlari ixtiyoriy ravishda tadbirkorlik subyektlarining murojaatiga muvofiq ekologik markirovkalash organi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ekologik markirovka belgisidan mahsulotning nomi, qadog‘i, kuzatuv hujjatlari, shuningdek, uni reklama qilishda foydalanish, mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan tegishli mahsulotlar uchun ekologik markirovkalash sertifikati olingandan keyin Ekologik markirovkalash tizimi operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, ekologik markirovkalash tizimi quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq mahsulotning butun hayotiy davrini ko‘rib chiqishga asoslangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik jihatdan afzal mahsulotni, ya’ni ishlab chiqarish, foydalanish, iste’mol qilish, transportda tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda bir turdagi mahsulot guruhi doirasida o‘xshashiga nisbatan atrof-muhitga ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq kam ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotni ajratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalariga rioya etiladigan mahsulotlarni ekologik markirovkalashni ko‘zda tutishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovka belgisini qo‘llash qoidalarini ko‘zda tutishi hamda mazkur qoidalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha manfaatdor tomonlar uchun ekologik markirovkalash tizimining asosiy elementlari, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimida sertifikatlashtirish ishlari o‘tkaziladigan standartlar va sertifikatlashtirish jarayonlari, shuningdek, ekologik markirovka belgisini qo‘llash qoidalarining shaffofligi hamda tushunarliligini ta’minlashi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki, bir turdagi mahsulot guruhi uchun ekologik markirovkalash standartlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablardan tashqari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq o‘lchanadigan sifat va miqdoriy ekologik afzallik mezonlari hamda ularni tekshirish uslublariga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir turdagi mahsulotlarning ma’lum bir guruhiga oid mahsulot hayotiy davrining asosiy bosqichlariga qo‘yiladigan talablarni, shu jumladan, ishlab chiqarish, foydalanish, iste’mol qilish, transportda tashish, saqlash va utilizatsiya qilishni qamrab olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash sertifikatiga ega va ega bo‘lmagan mahsulotlar o‘rtasida o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar farqni aks ettirishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekologiya qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 85-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 09/26/85/0186-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologik markirovkalash sohasidagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash tizimi qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan o‘tkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovka belgisini qo‘llash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovkalashni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik markirovkalash sertifikatiga ega bo‘lgan mahsulotlarning ustuvorligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik markirovka belgisidan ekologik markirovkalash sertifikatisiz foydalanganlik uchun javobgarlikni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Ekologiya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ekologik markirovkalash tartibotlari, talablari va ekologik markirovkalash standartlarini keng targ‘ib qilish uchun tematik davriy dasturlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-martdagi 175-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 20-son qaroriga
1-ILOVA

Ekologik markirovka belgisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik markirovka belgisining umumiy tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ekologik markirovka belgisi — oq fonda to‘q yashil rangdagi “YASHIL BELGI” so‘zlaridan hamda to‘q yashil va och yashil ranglardagi ikkita barg tasviridan iborat bo‘lib, ular to‘q yashil rangdagi to‘rtburchak shakl ichida joylashtirilgan. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barglar tasviri “YASHIL BELGI” so‘zlarining yuqori qismiga joylashtirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YASHIL BELGI” so‘zlari ekologik markirovkalash tizimini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtburchak shakli ekologik markirovkalash tizimi aniq talab va chegaralarni belgilaydigan standartlarga asoslanganligini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot yoki xizmatlar xususiyatlaridan kelib chiqib ekologik markirovka belgisi oq-qora yoxud monoxrom ranglarda tasvirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monoxrom ko‘rinishidagi ekologik markirovkalash belgisi faqat to‘q yashil yoki och yashil rangda bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 20-son qaroriga
2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-martdagi 175-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilova “1-bosqich” pozitsiyasining “Mas’ul ijrochilar” ustuni “O‘zbekekspertiza” AJ” so‘zlaridan keyin “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 20-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 27-maydagi 435-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 632-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/20/0054-son; 02.03.2026-y., 09/26/85/0186-son; 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)