17.01.2025 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqiida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismlaridan foydalangan holda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ushbu jarayonni yanada tartibga solish, mavjud koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismlari hisobini yuritish, koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlari tomonidan uylarning yertoʻla qismlarini ijaraga berishda toʻlanadigan majburiy badal va toʻlovlarni amalga oshirish jarayoni shaffof boʻlishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarning yertoʻlalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun toʻlovlar hisobini “Mening uyim” billing tizimida yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini ijaraga berishda koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlarni ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda “UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan umumiy mol-mulk va har bir koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Soliq qoʻmitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2025-yil yakuniga qadar koʻp kvartirali uylarning umumiy mol-mulk va yertoʻla haqidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va “Mening uyim” billing tizimiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda foydalanishga berilayotgan umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi yertoʻladan foydalanuvchi bilan tuzilgan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qoʻyilishini taʼminlaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 9-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlab beriladigan ijara toʻlovlarining alohida hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritilib, ijara toʻlovlari ushbu tizim orqali yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning yertoʻlani foydalanishga olish uchun yozma murojaati, umumiy yigʻilish bayoni, faoliyat turi, ijaraga olingan maydon hamda yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Mening uyim” billing tizimiga kiritadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, tayanch va tayanch boʻlmagan devorlarni buzish, kavlash, muhandislik kommunikatsiyalarining sxemasi buzilishiga olib keladigan har qanday oʻzgartirishlarni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid boʻlmagan yengil materiallardan foydalanib, muhandislik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklab qoʻymasdan, yertoʻla ichki qismida orayopma devorlarni faqat belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari asosida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismining jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini toʻldirish uchun taʼmirlash ishlari bajarilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi yertoʻladan foydalanish uchun qoʻyiladigan talablar ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)