ILOVA
TEXNIK REGLAMENT
ILOVA
SXEMASI
Bosqichlari | Subyekt | Tadbir nomi | Muddati | |||
1-bosqich | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Texnik reglamentni organik va organik-mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchilarga, sinov laboratoriyasi va vakolatli organga yetkazadi. | Besh kun muddatda | |||
2-bosqich | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ | 1. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini shakllantiradi va xatlovdan oʻtkazadi. | Bir oy muddatda | |||
2. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning Texnik reglament talablariga rioya qilishni taʼminlaydigan standartlar roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi. | Oʻn besh kun muddatda | |||||
3. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni sinash va oʻlchash usullari Texnik reglamentning talablarini qoʻllash va bajarish hamda texnik jihatdan tartibga solish obyektlarining muvofiqligini baholash uchun zarur sinash va oʻlchash qoidalari va usullari, jumladan, namunalarni olish qoidalarini oʻz ichiga olgan standartlar roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi. | Oʻn kun muddatda | |||||
3-bosqich | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi boʻyicha sinovlardan oʻtkazish uchun sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qamrovini kengaytirish boʻyicha choralar koʻradi. | Olti oy muddatda | |||
4-bosqich | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ | Texnik reglamentni qoʻllash maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida jamoatchilik, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlaydi. | Rejaga muvofiq | |||
5-bosqich | Davlat nazorati organlari | Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlaydi. | Oʻrnatilgan tartibda | |||
6-bosqich | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ | Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi hamda tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritib boradi. | Har chorakda | |||
”. |