27.12.2024 yildagi 890-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Toshkent shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash obyektlaridan samarali foydalanish hamda aholiga zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 24-iyuldagi 446-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning bino va inshootlarida Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi (keyingi o‘rinlarda — Bolalar shifoxonasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zangiota-2” shifoxonasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasining bino va inshootlarida 1 000 o‘ringa mo‘ljallangan quvvat mavjud ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-oktabrdan Toshkent shahrida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (keyingi o‘rinlarda — kafolatlangan paket) doirasidagi tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Bolalar shifoxonasi negizida 700 o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasini (keyingi o‘rinlarda — Shifoxona) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qo‘shimcha tashkil etiladigan 100 ta o‘rin Toshkent shahar davlat tibbiyot muassasalari shifo o‘rinlarini maqbullashtirish hisobidan va 100 ta o‘rin pulli xizmat ko‘rsatish hisobidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Shifoxonaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va katta yoshdagi aholi o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan kasalliklarning asosiy yo‘nalishlari (xirurgiya, pediatriya, lor, terapiya, kardiologiya, nevrologiya, pulmonologiya, endokrinologiya va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali diagnostika, davolash va profilaktika tibbiy yordami ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari joriy etilishini metodik ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot sohasidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari, klinikalar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlar va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, mazkur xizmatlarni eksport qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Shifoxona faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli tibbiy xizmat ko‘rsatishdan olinadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shifoxonaga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik va mahalliy mutaxassislarni boshqaruvchi, maslahatchi (konsultant), tibbiyot xodimi sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, lavozim maoshi hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Shifoxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda mustaqil belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifoxona o‘rinlari sonini ehtiyojdan kelib chiqib, o‘zgartirish va bo‘limlardagi shifo o‘rinlari sonini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifoxonaning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shifoxonaning jihozlash tabelini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda Shifoxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan jihozlar hamda tibbiy texnika bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Shifoxonani saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur mablag‘lar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Shifoxona Bolalar shifoxonasining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi uch oy muddatda Shifoxonaning bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish orqali uni tegishli tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 24-iyuldagi 446-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
890-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/890/1080-son)