30.04.1999 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi boʻyicha baʼzi masalalarni muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli qaroriga quyidagicha qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan qarorning birinchi bandi quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash chogʻida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi sudlarga uqtirilsin va ular zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 396-moddasi talabidan kelib chiqib, har bir jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasining toʻgʻri tanlanganligini aniqlash majburiyati yuklatilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 249-moddasida belgilangan garov, yaʼni pul mablagʻi yoki qimmatbaho buyumlarni tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirilishi asosida ehtiyot chorasini tanlash ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni jamiyatdan ajratmagan holda unga yuklatilgan majburiyatlarga rioya qilishini taʼminlovchi samarali usul ekanligi dastlabki tergov organlari va sudlarga tushuntirilsin. Shunga koʻra, ishlarning tergov qilishini va sudda koʻrilishi chogʻida tergov organi va sud ayblanuvchi (sudlanuvchi), ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki huquqiy shaxslarga ularning garovga qoʻyish huquqlarini tushuntirishga majburdir”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi U. MINGBOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. MUXAMMADIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son