ILOVA
“ | |
Litsenziya talablari va shartlari: | a) litsenziat tomonidan axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish; |
b) litsenziyalanadigan faoliyatning arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi texnik va metodik hujjatlarning, shu jumladan, ichki nizomlar, yoʻriqnomalar, metodikalarning mavjud boʻlishi; | |
v) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari hisoblanadigan kriptografik algoritmlarni yoxud axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi vakolatli organ tomonidan tavsiya qilinadigan standartlarni qoʻllash; | |
g) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni, ularning texnik va texnik-iqtisodiy tavsifnomalarini, litsenziyaga muvofiq amalga oshirilgan tadbirlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar soni va sifatini aks ettiruvchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish; | |
d) davlat siriga tegishli deb topilgan maʼlumotlarni, himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni, amaliy faoliyati davomida ishonilgan tijorat sirlarini oshkor qilmaslik;* | |
e) litsenziya talabgorining doimiy shtatida axborotni himoya qilish sohasi boʻyicha bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi, shuningdek, talab qilinadigan mutaxassislar boʻlmagan taqdirda, ayrim ish turlarini bajarish uchun mutaxassislarni (litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda) jalb etish boʻyicha tegishli shartnomaning mavjud boʻlishi;* | |
j) mutaxassislar uchun huquqlarni, funksional vazifalarni va himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlar bilan ishlash uchun zarur rejim boʻyicha talablarni belgilovchi ichki qoidalarning mavjudligi; | |
z) ishlab chiqilayotgan va ishlab chiqarilayotgan axborotning kriptografik himoya vositalarida turli darajalardagi protokollarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, axborotning kriptografik himoya vositalari maʼlumotlarini, shuningdek, ular negizida qurilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini umumiy foydalaniladigan tarmoqqa va tizimga kiritish imkonini beruvchi texnik va texnologik yechimlarini qoʻllanish; | |
i) litsenziyalanayotgan faoliyatning arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlari (realizatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari) va barcha zarur ishlarni amalga oshirish uchun axborotni texnik himoya qilish sohasidagi normativ hujjatlar va standartlar talablariga muvofiq boʻlgan axborotlashtirish binolari va (yoki) obyektlarining mavjud boʻlishi; | |
k) normativ hujjatlar talablariga muvofiq ish yuritishni (davlat sirlariga tegishli maʼlumotlar bilan ishlaganda — maxfiy ish yuritish, konfidensial maʼlumotlar bilan ishlaganda — umumiy ish yuritish) va obyektning ichki rejimini amalga oshirish; | |
l) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan texnik oʻlchash va nazorat qilish vositalarining, instrumentlar va priborlarning mavjud boʻlishi. | |
”. |