1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda Oʻzbekistonda kasbiy taʼlimni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, kambagʻal va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, kasb-hunarga oʻqitish markazlarini taʼmirlash, jihozlash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Germaniya Federativ Respublikasining “Kreditanstalt fur Wiederaufbau” banki (keyingi oʻrinlarda — Germaniya Federativ Respublikasining “KfW” banki) oʻrtasida 2023-yil 8-noyabrda imzolangan “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash” grant kelishuvida 5 yil muddatda 16 mln yevro miqdorida grant ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Germaniya Federativ Respublikasi “KfW” bankining grantini 1-ilovaga muvofiq 7 ta kasbiy koʻnikmalar markazlarini qurish-montaj qilish, taʼmirlash va jihozlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniya Federativ Respublikasi “KfW” bankining “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash” loyihasiga ajratiladigan (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) grantdan maqsadli foydalanish va uni samarali amalga oshirishga masʼul ijrochi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaga kiritilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, asbob-uskunalar bilan taʼminlash xarajatlari Germaniya Federativ Respublikasi “KfW” bankining grantlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grant doirasida qolgan mablagʻlar hisobidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi kasbiy koʻnikmalar markazlarining bino va yondosh hududlarini obodonlashtirish ishlariga hamda oʻquvchilar yotoqxonalarini taʼmirlash ishlari grant hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish davrida texnika va jihozlarni xarid qilish, muassasalarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirish hamda axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish boʻyicha ishlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida moliyalashtirilishini hamda 2025-yildan boshlab zarur mablagʻlarning Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya Federativ Respublikasi “KfW” bankining granti hisobidan olib kelinadigan tovarlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun qoʻshimcha daromad soliqlari, bojxona toʻlovlari, sertifikatsiya va ruxsatnomalar bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, komission va boshqa xarajatlar boʻyicha toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining viza talabnomalariga binoan obyektlar qurilishi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
864-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 864-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Germaniya Federativ Respublikasining “KfW” bankining granti hisobidan qurilish-montaj, taʼmirlash va jihozlashga yoʻnaltiriladigan kasbiy koʻnikmalar markazlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Kasbiy koʻnikmalar markazlari nomlanishi
1.
Andijon viloyati “Asaka kasbiy koʻnikmalar markazi”
2.
Buxoro viloyati “Romitan kasbiy koʻnikmalar markazi”
3.
Samarqand viloyati “Ishtixon kasbiy koʻnikmalar markazi”
4.
Toshkent viloyati “Bekobod kasbiy koʻnikmalar markazi”
5.
Fargʻona viloyati “Oʻzbekiston tuman kasbiy koʻnikmalar markazi”
6.
Toshkent shahar “Olmazor kasbiy koʻnikmalar markazi”
7.
“Toshkent kreativ texnologiyalar markazi” davlat muassasasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniya Federativ Respublikasining “KfW” banki bilan kelishgan holda Roʻyxatda koʻrsatilmagan vazirlik tasarrufidagi kasbiy koʻnikmalar markazlariga ham ajratilgan grant mablagʻlarini qurilish-montaj, taʼmirlash va jihozlashga yoʻnaltirishi yoki Roʻyxatga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 864-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asbob-uskuna, dasturiy taʼminot va mebel jihozlari
3 420
4.
Konsultant kompaniya tomonidan kasb-hunar markazlarini taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻlik ishlar, oʻquv uslubiy jihozlar roʻyxatini shakllantirish, tender hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularni xaridini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar
2 200
5.
Amalga oshirish boʻyicha mutaxassis/taxminan 2x36 oy. *3500 yevro/oyida
250
6.
Har bir kasb-hunar markazi uchun treninglar tashkil qilish, boshqaruv salohiyatini oshirish, xodimlarni oʻqitish, amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va moslashtirish jarayonlari
2 000
7.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona bojlaridan belgilangan tartibda ozod qilish imtiyozlari koʻrinishida bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar qoʻllanilgan holda qoplab berish kuzda tutilishi maqsadga muvofiq
1 500
8.
Kutilmagan xarajatlar
1 670
JAMI
16 000
1500
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Soʻnggi qiymat koʻrsatkichlari texnika va jihozlarni xarid qilish, belgilangan manzilga yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni, obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirish hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish boʻyicha oʻtkaziladigan xarid jarayonlari natijalariga asosan aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/864/1048)