03.12.2024 yildagi КҚ-9-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qarori, 03.12.2024 yildagi КҚ-9-V-son
Kuchga kirish sanasi
03.12.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Senatning harakatlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Senatning harakatlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Senatning harakatlar dasturining ijro etilishini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-9-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi KQ-9-V-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Senatning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HARAKATLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshirish shakli (mexanizmi)

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. QONUNCHILIK FAOLIYATI YOʻNALISHIDA

1.

Senat qoʻmitalarining qonunchilik takliflarini ishlab chiqish faoliyatini muvofiqlashtirish.

1. Senat qoʻmitalarining qonunchilik takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tashkil etish.

2. Komissiya tarkibi, nizomi, ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil dekabr

Yuridik boshqarma,

Senat qoʻmitalari

3. Senat qoʻmitalarining takliflarini Komissiya tomonidan koʻrib chiqish, shuningdek qonunchilik muammolarini oʻrganish, asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Senat qoʻmitalariga taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

har chorakda kamida bir marotaba

2.

Qonunchilik takliflarini ishlab chiqish hamda Qonunchilik palatasiga kiritish faoliyati samaradorligini oshirish.

1. Senat qoʻmitalari faoliyati yoʻnalishlarida (iqtisodiyot, jinoyatchilikning oldini olish, sunʼiy intellekt va b.) dolzarb boʻlgan masalalarni masʼul idoralar hamda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda oʻrganish, sohaga oid tegishli qonunchilikni xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil fevral

Senat qoʻmitalari,

Yuridik boshqarma

2. Oʻrganish va xatlov natijalariga koʻra, mazkur sohalarda takomillashtirilishi zarur boʻlgan qonunlarni aniqlash va takliflar tayyorlash.

2025-yil mart

3. Takliflarni qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritish.

2025-yil aprel

3.

Senat qoʻmitalaridagi eshituv instituti asoslarini qonun darajasida mustahkamlash.

1. Senat faoliyatida eshituv bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba va xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida oʻrganish.

2025-yil may

Yuridik boshqarma,

Senat qoʻmitalari

2. Senat qoʻmitalaridagi eshituv institutini tartib-taomillarini belgilab beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

3. Maromiga yetkazilgan qonun loyihasini qonunchilik taklifi sifatida Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlash.

2025-yil iyul

4.

Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

1. Masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat Dastur ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruhi tuzish va Senat Kengashi tomonidan Dasturni tasdiqlash.

2024-yil dekabr

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Yoshlar parlamenti,

Bola huquqlari boʻyicha vakil

2. Ishchi guruh tomonidan bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik jinoyatlari eng koʻp sodir etilgan hududlardagi tegishli davlat organlarining faoliyati oʻrganiladi.

2025-yil fevral

3. Oʻrganish yakunlari boʻyicha bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik jinoyatlarini oldini olish va bu borada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

2025-yil mart

4. Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik jinoyatlari eng koʻp sodir etilgan hududlardagi davlat organlarining birinchi rahbarlari axborotlarini Senat yalpi majlisida eshitish.

2025-yil aprel

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarni saylash tizimini takomillashtirish.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarni saylash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarning faoliyati bilan tanishish va baho berish, ular haqida xulosa bildirish amaliyotini joriy qilish nazarda tutiladi.

2025-yil mart

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Yuridik boshqarma

6.

Sudyalarning maqomi va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asosini takomillashtirish.

1. Sudyalar va sud hamjamiyatlari organlari faoliyati, sud tizimini moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarini oʻrganib chiqish, bu boradagi xalqaro tajribalarni tahlil qilish.

2025-yil mart

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Yuridik boshqarma,

Sudyalar Oliy Kengashi

2. “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi qonunlarga sud tizimini moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratishda sudyalar hamjamiyati ishtiroki kafolatlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

II. NAZORAT-TAHLIL YOʻNALISHIDA

7.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha “qizil” hududlarni parlament nazoratiga olish.

1. Parlament nazorati doirasida oʻtkaziladigan oʻrganishlarda “qizil” hududlarga alohida eʼtibor qaratish, ayniqsa dasturlar ijrosini mahallalar kesimida chuqur tahlil qilish.

2025-yil yanvar

Senat qoʻmitalari,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Axborot xizmati

2. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “qizil” hududlarni joylarga chiqqan holda oʻrganish.

2025-yil fevral

3. Oʻrganish yakunlari asosida “qizil” hududlar holatini yaxshilashga qaratilgan “Yoʻl xarita”larini ishlab chiqish va ular ijrosini nazorat qilish.

2025-yil mart

4. “Qizil” hududlar rahbarlari axborotlarini Senat qoʻmitalari majlisida eshitish va muhokama qilish.

2025-yil iyun

5. “Qizil” hududlarda amalga oshirilgan ishlar natijalarini Senat Kengashi majlisida muhokama qilish.

2025-yil sentabr

8.

Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida Senat nazoratini kuchaytirish.

1. Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish masalasini Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlari misolida hududlarga chiqqan holda mahallabay oʻrganish va natijasi yuzasidan tahliliy maʼlumot tayyorlash (Navoiy va Toshkent viloyatlari 2025-yil oktabr oyida).

2025-yil mart — oktabr

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan oʻrganish boʻyicha mahalliy Kengashlar va Senatning qoʻshma majlislarini tashkil etish, ularda tegishli davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish (Navoiy va Toshkent viloyatlari 2025-yil oktabr oyida).

2025-yil may — oktabr

9.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini taʼminlash yoʻnalishida koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar holatini oʻrganish va parlament nazorati taʼsirchanligini oshirish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini taʼminlash yoʻnalishida koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar holatini Fargʻona viloyati misolida joylarga chiqqan holda oʻrganish.

2025-yil fevral

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

2. Oʻrganishlar natijasidan kelib chiqib, imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv sharoitda toʻsiqsiz muhit va imkoniyat yaratish, shuningdek, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil mart

3. Oʻrganish natijalarini Senat Kengashida muhokama qilish.

2025-yil aprel

10.

Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan Senat nazoratini kuchaytirish.

1. Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimidagi mavjud muammolarni Sirdaryo viloyati misolida oʻrganish va natijasi boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2025-yil mart

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Sirdaryo viloyati boʻyicha ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimidagi oʻrganilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va uni viloyat mahalliy Kengashida tasdiqlash.

2025-yil aprel

3. Oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan viloyat mahalliy Kengashi va Senat bilan birgalikda qoʻshma majlis oʻtkazish, unda hududiy davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish.

2025-yil may

4. Sirdaryo viloyati boʻyicha ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini oʻrganishda aniqlangan muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan masʼul davlat organlari birinchi rahbarlarining axborotlarini Senat Kengashida eshitish.

2025-yil avgust

11.

Shahar va shaharchalarning, qishloq aholi punktlari infratuzilmasini rivojlantirish va qurilishlarni tartibga solinishi ustidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish.

1. Shahar va shaharchalarning, qishloq aholi punktlari bosh rejasini ishlab chiqish hamda qurilishlarni amalga oshirishda shaharsozlik qoida va talablariga rioya qilinishi yuzasidan ishlarni joylarga chiqqan holda oʻrganish.

2025-yil may

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Oʻrganish natijalari yuzasidan bosh rejani ishlab chiqish ahvoli boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish.

2025-yil iyun

3. Parlament soʻroviga javobni tegishli davlat organlari rahbarlari ishtirokida Senat yalpi majlisida koʻrib chiqish.

2025-yil iyul

12.

Sifatsiz yoʻl qurishni oldini olish borasida parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Xorazm viloyatida mahalliy yoʻllarning ahvolini Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi va boshqa masʼul vazirlik va idoralar hamda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tahlil qilish.

2025-yil yanvar

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, masʼul vazirlik va idora rahbarlarining axborotlarini mahalliy Kengashlar bilan Senatning qoʻshma majlislarida eshitish.

2025-yil fevral

3. Xorazm viloyatida aniqlangan sifatsiz qurilgan yoʻllarni taʼmirlash va sifatsiz yoʻllar qurishni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi va boshqa masʼul vazirlik va idoralar birinchi rahbarlarining axborotini Senat Kengashida eshitish.

2025-yil mart

13.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Andijon viloyati misolida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat idoralari va tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda oʻrganish va tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2025-yil fevral

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Kengashlari

2. Andijon viloyati misolida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat idoralari va tashkilotlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va viloyatni “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2025-yil mart

3. Chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha viloyat mahalliy Kengashi bilan Senatning qoʻshma majlisini oʻtkazish, unga fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokini taʼminlash.

2025-yil aprel

4. Chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni Andijon viloyatidagi davlat organlari rahbarlarining axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida eshitish.

2025-yil may

5. Andijon viloyatini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ommalashtirish choralarini koʻrish, natijasi boʻyicha Axborot xati tayyorlash.

2025-yil iyul

14.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini oshirishda parlament nazorati samaradorligini oshirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash boʻyicha “Ochiqlik indeksi” maʼlumotlarini tahlil qilish.

2024-yil dekabr

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

davlat organlari va tashkilotlar

2. Tahlil natijalariga koʻra, “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatini joylarga chiqqan holda oʻrganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil yanvar

3. “Chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida eshitish.

2025-yil avgust

15.

Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, toʻgʻrilik va halol mehnat tushunchalarini singdirishda Senat ishtirokini kengaytirish.

1. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhi tuzish, Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni Senat Kengashi tomonidan tasdiqlash.

2025-yil yanvar

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari,

Axborot xizmati

2. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha davlat organlarining birinchi rahbarlari axborotlarini Senat Kengashida eshitish.

Dasturda belgilangan muddatlarga muvofiq

16.

Jinoyatchilik boʻyicha “qizil” toifadagi hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Jinoyatchilik boʻyicha “qizil” toifadagi hududlarda vaziyatni oʻrganish va takliflar ishlab chiqish boʻyicha Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralarning xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish.

2025-yil yanvar

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

mahalliy Kengashlar

2. Ishchi guruh tomonidan Jizzax (oʻgʻrilik) va Navoiy (firibgarlik) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (giyohvandlik) ayrim jinoyatlarning oshish tendensiyasini chuqur tahlil qilgan holda ushbu hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish borasida mahalliy Kengashlar bilan birgalikda “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil fevral

3. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish va hududlarni namunali “yashil” toifaga oʻtkazish boʻyicha masʼul davlat organlari hamda mahalliy Kengashlar bilan tegishli choralarni koʻrish.

belgilangan muddatlarga muvofiq

4. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha masʼul davlat organlarining axborotlarini Senat Kengashida eshitish, yakuni boʻyicha Axborot xati tayyorlash.

2025-yil sentabr

17.

Zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda senatorlarning ishtirokini oshirish.

1. Surxondaryo viloyatida zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini mahalliy Kengashlar bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tahlil qilish.

2025-yil may

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

mahalliy Kengashlar

2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib masʼul vazirlik va idora rahbarlarining axborotlarini Senat qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil iyun

III. MAHALLIY KENGASHLARGA OʻZ FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA KOʻMAKLASHISH YOʻNALISHIDA

18.

Mahalliy Kengashlar tomonidan qarorlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlash boʻyicha yagona tartib ishlab chiqish.

1. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan qaror loyihalari ishlab chiqish boʻyicha milliy qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2024-yil dekabr

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2. Mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uslubiyoti loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

3. Loyihani Senat Kengashi muhokamasiga kiritish va tasdiqlash.

2025-yil fevral

19.

Qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy Kengashlarni keng jalb etish, qonunlarda hududiy va umumdavlat manfaatlari uygʻun boʻlishiga erishish.

1. Senat tomonidan hududlarga yuborilgan qonunlarning mahalliy Kengashlar tegishli doimiy komissiyalari majlislarida muhokama qilib borilishini, bunda “mahalla yettiligi” jalb qilinishini taʼminlash choralarini koʻrish.

Qonun kelib tushgandan keyin olti kun ichida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

mahalliy Kengashlar, Senat qoʻmitalari,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2. Qonun yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari takliflarini Senatning tegishli qoʻmitasiga yetkazish.

Qonun kelib tushgandan keyin 7 kun muddatda

3. Senat qoʻmitalarining qonun muhokamasiga bagʻishlangan majlislarida mahalliy Kengashlar tegishli doimiy komissiyalari aʼzolari ishtirokini taʼminlab borish. Bunda:

a) qonunni kelgusida amaliyotda qoʻllashda tegishli mahalliy hokimlik yoki kengashning imkoniyat va resursi yetarli ekanligi toʻgʻrisida mahalliy Kengashlarning xulosasini olish va bu haqda Senat qoʻmitalarining xulosasida koʻrsatib oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga mahalliy Kengashlar xulosasini olish va bu haqda Senat qoʻmitalarining xulosasida koʻrsatib oʻtilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish.

2025-yil mart

4. Mahalliy Kengashlarning nazorat-tahlil faoliyati natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda ularni Senatga kiritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

doimiy

5. Qonunning kelgusida huquqni qoʻllash amaliyotida toʻlaqonli ishlashi boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan Senat takliflarini Hukumatga kiritish amaliyotini joriy qilish, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga tegishli qoʻshimchalar kiritish.

2025-yil mart

20.

Hokimlarning ayrim vakolatlarini mahalliy Kengashlarga oʻtkazish choralarini koʻrish.

1. Oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan vakolatlarga doir qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2025-yil fevral

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Yuridik boshqarma

2. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonunchilik takliflarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

3. Qonunchilik takliflarini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish.

2025-yil may

21.

Kengash soʻrovi va Kengash tekshiruvi mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish.

1. Mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash soʻrovini yuborish va Kengash tekshiruvini oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Senat Kengashi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral-mart

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

2. Senat Kengashi qarori loyihasini Senat Kengashi muhokamasiga kiritish.

2025-yil aprel

3. Mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash soʻrovini yuborish, Kengash tekshiruvini oʻtkazish tartibi yuzasidan mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etish.

2025-yil may

4. Kengash soʻrovi va Kengash tekshiruvi natijalarini mahalliy nashrlarda eʼlon qilish orqali jamoatchilikka yetkazish amaliyotini joriy etish.

2025-yil maydan boshlab

22.

Mahalliy Kengashlarning qarorlari qonunchilikka muvofiq boʻlishi, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha samarali tizim yaratish.

1. Mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari yuriskonsultlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, Senat devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tomonidan qonunchilik normalariga muvofiqligini koʻrib chiqishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

2. Mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish hamda qonunchilik normalariga muvofiqligini koʻrib chiqishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil fevral oyidan boshlab

3. Mahalliy Kengashlarning barcha qarorlarini “E-Kengash” elektron tizimida eʼlon qilib borilishini taʼminlash.

2025-yil yanvar

4. Mahalliy Kengashlarning “E-Kengash” elektron tizimiga joylashtirib borilayotgan qarorlarining qonunchilikka muvofiqligi boʻyicha monitoringni amalga oshirish.

har oyda

5. Monitoring natijasida aniqlangan qonunchilik normalariga mos kelmaydigan normalarni qonunchilikka muvofiqlashtirish choralarini koʻrish

har oyda

6. Mahalliy Kengashlarning qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlarini Senat yoki uning Kengashi majlislarida bekor qilib borish.

zaruratga koʻra

23.

Hokimlarning hududni rivojlantirish boʻyicha taqdim etilgan dasturlaridagi vazifalar ijrosi boʻyicha deputatlik nazoratini amalga oshirish.

1. Hokimlarning hududlarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarini manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida viloyat Kengashi deputatlarini tuman (shahar)larga, tuman (shahar) Kengashlari deputatlarini mahallalarga loyihalar boʻyicha manzilli biriktirish.

2025-yil yanvar

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar

2. Hududlarni rivojlantirish boʻyicha dasturlar ijrosini mahalliy Kengash sessiyalarida tanqidiy muhokama qilib borish.

har chorakda

3. Bajarilishi ortda qolayotgan loyihalar, aniqlangan muammolarni “Mahalla — Kengash — Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik tizimi asosida hal etish choralarini koʻrib borish.

doimiy ravishda

24.

Tuman va shaharlarning oʻzida qoldiriladigan soliqlarning maqsadli ishlatilishini tashkil etish va samarali nazoratini yuritish.

1. Mahalliy Kengashlar tomonidan hududlarning oʻzida qoldirilgan soliqlarning tushumi hamda mahalliy budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish.

yangi tartib joriy etilgandan 6 oy oʻtib

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan Toshkent va Namangan viloyatiga joylarga chiqqan holda tizimli oʻrganishlar olib borilishini tashkil etish.

alohida reja asosida

3. Oʻrganish natijalarini mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilish, tegishli masʼullarning hisobotini eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrib borish.

har chorakda

4. Mahalliy Kengashlarda soliqlar tushumi hamda mahalliy budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini oʻrganishda mustaqil moliyaviy maslahatchilarni (autsorsing xizmati) jalb qilishning huquqiy asoslarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

alohida reja asosida

25.

Vazirlik va idora rahbarlarining hisobotini hududlarda mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikda eshitish amaliyotini kengaytirish.

1. Senat qoʻmitalari kesimida ularning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyatida oʻrganishlar oʻtkazish hamda natijalarini Senatning tegishli qoʻmitasi va mahalliy Kengashlar qoʻshma majlislarida tanqidiy muhokama qilib borish.

2. Qoʻshma majlislarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil avgust

Senat qoʻmitalari,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

vazirlik va idoralar, mahalliy Kengashlar

26.

Roʻyxatdan oʻtmagan holda qurilish boshlash holatlarining oldini olish va bartaraf etishda mahalliy Kengashda yangicha ishni tashkil etish.

1. Buxoro viloyatida joylarga chiqqan holda roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish ishlari amalga oshirilayotgan holatlarni oʻrganish, bartaraf etish va bu borada mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyati samaradorligini oshirish tizimini ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyish. Bunda:

mahalliy Kengashlar huzurida deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi davlat organlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish hamda uning aniq vazifalarini belgilash;

mahalliy Kengash, “mahalla yettiligi” va prokuratura organlari oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish;

ishchi guruh tomonidan alohida jadval asosida oʻrganishlarni amalga oshirish va natijalarini mahalliy Kengashga kiritib borishni nazarda tutish.

2025-yil mart

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy Kengashlar

2. Buxoro viloyati mahalliy Kengash sessiyasida joylarda roʻyxatdan oʻtmagan holda qurilish ishlarini amalga oshirish holatlarini oʻrganish natijalarini muhokama qilish va bartaraf etish choralarini belgilash.

2025-yil iyul

3. Amalga oshirilgan ijobiy tajribani respublika boʻyicha ommalashtirish choralarini koʻrish.

2025-yil avgust

27.

Mahalliy Kengash sessiyalarida ijro organi rahbarlarining axborotlarini eshitish, ularning faoliyatiga baho berish, yuqori turuvchi tashkilotlariga taqdimnoma kiritish amaliyotini kengaytirish.

1. Mahalliy Kengashlar sessiyalarida ijro etuvchi hokimiyat organlarining hisobot va axborotlarini eshitishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Yuridik boshqarma

2. Faoliyatida kamchilik aniqlangan ijro etuvchi hokimiyat organi mansabdor shaxsiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan taʼsir choralari, shu jumladan, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berish, yuqori turuvchi organga taqdimnoma kiritishning huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha qonunchilik hujjati loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

3. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritish.

2025-yil mart

28.

Mahalliy Kengash deputatlarning oʻz okrugidagi aholi muammolari boʻyicha “mahalla yettiligi” va Senat bilan hamkorlikda ishlashini yoʻlga qoʻyish.

1. Senat Kengashi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mahalladagi muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlash uchun mahalliy Kengashlar deputatlarini mahallalarga biriktirish;

mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish sxemasini tasdiqlash;

mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan respublika darajasidagi muammoli masalalarni hal etishga koʻmaklashish uchun ularni Senatga taqdim etish sxemasini tasdiqlashni nazarda tutish.

2025-yil yanvar

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar

2. Mahalliy Kengashlari sessiyalarida deputatlar va “mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib, masʼullarning faoliyatiga baho berib borish.

har chorak yakuni boʻyicha

29.

Tuman va shahar Kengashlariga hokimlar raislik qilmasligi boʻyicha islohotga tayyorgarlik koʻrish.

1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda tuman (shahar) hokimini, mahalliy Kengash raisini lavozimga tasdiqlash va ozod etish tartib-taomillarini belgilash.

2025-yil noyabr

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raisini saylash, shuningdek hokimlarni tasdiqlash boʻyicha namunaviy hujjatlar loyihalarini, sessiyalarni oʻtkazish tartib-taomillari boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, belgilangan minimal talablar asosida bino (xizmat xonalari) ajratilishi va uning jihozlanishini taʼminlash.

2025-yil dekabrgacha

30.

Mahalliy Kengashlarning eng yaxshi tajribalarini ommalashtirish, namunali Kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, “Eng namunali mahalliy Kengash (tuman, viloyat)”, “Eng faol mahalliy Kengash (tuman, viloyat) deputati” kabi tanlovlarni oʻtkazish.

1. Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻqorgʻi Kengesi,

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

2. Tavsiyalar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 tadan tuman (shahar) Kengashi faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart

3. Namunali mahalliy Kengashlar tajribalarini boshqa hududlarda tatbiq qilish yuzasidan uslubiy-amaliy seminarlar tashkil etish.

2025-yil aprel-may

4. Mahalliy Kengashlarning eng yaxshi tajribalarini boshqa hududlarda ham ommalashtirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil davomida alohida reja asosida

5. “Eng namunali mahalliy Kengash (tuman, viloyat)” va “Eng faol mahalliy Kengash (tuman, viloyat) deputati” tanlovini oʻtkazish boʻyicha nizom ishlab chiqish, unda baholash mezonlari, tanlov oʻtkazish muddatlarini belgilash.

2025-yil may

6. “Eng namunali mahalliy Kengash (tuman, viloyat)” va “Eng faol mahalliy Kengash (tuman, viloyat) deputati” tanlovini oʻtkazish.

Nizomda belgilangan muddatda

31.

Mahalliy Kengash deputatlarining malakasini oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari hamda kotibiyat mudirlari uchun Senatda oʻquvlar tashkil etish.

2024-yil dekabr

Senat qoʻmitalari,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

2. Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda barcha deputatlar uchun videokonferensaloqa shaklida oʻquvlar oʻtkazish.

2024-yil dekabr

3. Senat qoʻmitalari tomonidan mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari uchun doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha oʻquvlar tashkil etish.

2025-yil yanvar

4. Mahalliy Kengash doimiy komissiyalari aʼzolarini hamda kotibiyat xodimlarining quyidagi amaliyot oʻtash tartibini yoʻlga qoʻyish:

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari aʼzolarining Senat qoʻmitalarida;

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengash kotibiyatlari xodimlarining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazida;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalari aʼzolari va kotibiyat xodimlarining viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida.

2025-yil yanvar

32.

Mahalliy Kengashlar tomonidan matbuot anjumanlari oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyish.

1. Mahalliy Kengash faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari uchun tahliliy axborot tayyorlash va matbuot anjumanlarini tashkil etish boʻyicha tavsiya ishlab chiqish hamda joylarga yetkazib berish.

2025-yil yanvar

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Mahalliy Kengashlar,

Axborot xizmati

2. Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumanlarini tashkil qilish.

3. Mahalliy Kengash faoliyati yuzasidan tahliliy axborotlarni veb-saytlarga joylashtirib borish.

4. Mahalliy Kengashlarga matbuot anjumanlarini tashkil etishga uslubiy jihatdan koʻmaklashish.

har yarim yilda bir marta

33.

Mahalliy Kengashlarning mahalliy budjet loyihasini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda faol ishtirokini taʼminlash.

1. Mahalliy budjetlarni shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqlanishi yuzasidan mahalliy Kengashlarga uslubiy koʻmak koʻrsatish.

2. Mahalliy budjetlarni qoʻshimcha daromadlarini aniqlash va uni maqsadli xarajatlarga yoʻnaltirish borasida mahalliy Kengashlarga koʻmaklashish.

3. Tashabbusli budjet jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda nazorat qilish borasida hamkorlik qilish.

doimiy ravishda

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

IV. XALQARO ALOQALAR YOʻNALISHIDA

34.

Parlamentlararo Ittifoqning (PI) 150-yubiley Assambleyasini yuqori darajada tashkil etish.

1. Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning (PI) 150-yubiley Assambleyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:

tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash;

davlat organlari vazifalarini belgilash;

chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2. Kun tartibiga muvofiq zarur materiallarni tayyorlash.

3. Tadbir tabrik soʻzi loyihasini tayyorlash

4. Ikki tomonlama oʻtkaziladigan uchrashuvlarda Qoʻmita aʼzolari va senatorlarning faol ishtirok etishlarini taʼminlash.

2025-yil yanvar — mart

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi,

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

5. Tadbir doirasida parlamentlararo hamkorlik tuzilmalari aʼzolarining xorijiy hamkor tomon bilan oʻzaro ishchi muloqotlarini tashkil etish.

6. Tadbirni keng yoritish choralarini koʻrish, ushbu jarayonga xorijiy davlatlarning yetakchi ommaviy axborot vositalarini jalb qilish.

2025-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Tashqi ishlar vazirligi

35.

Xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan tuzilgan parlamentlararo tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish.

1. Oliy Majlis palatalarining xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish, bunda:

hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

“Yoʻl xaritalari” ijro mexanizmlari ustidan nazorat tadbirlarini nazarda tutish.

2025-yil yanvar-fevral

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi

2. Parlamentlararo hamkorlik tuzilmalarining yangi tarkibini shakllantirish.

2025-yil fevral

3. Parlamentlararo komissiyalar (doʻstlik guruhlari) imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida uchrashuv, qoʻshma majlislarni tashkil etish hamda ularni oʻtkazishga koʻmaklashish.

doimiy

36.

Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashda Senatning nazorat-tahliliy faoliyatini kuchaytirish choralarini koʻrish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash toʻgʻrisidagi milliy maʼruza loyihasini tayyorlash.

2025-yil yanvar

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

2. Milliy maʼruzani Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashida koʻrib chiqish.

2025-yil fevral

3. Milliy maʼruzani Senat qoʻmitalari va yalpi majlisda koʻrib chiqish.

2025-yil mart

37.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan nufuzli xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar minbarlaridan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini mahalliy va xorijiy ekspertlarga hamda keng jamoatchilikka yetkazish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan nufuzli xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar minbarlaridan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirish:

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi,

Axborot xizmati,

Senat qoʻmitalari,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi

Senatning rasmiy veb-saytining bosh sahifasida Oʻzbekiston Respublikasining tashabbuslariga bagʻishlangan alohida boʻlim ochish;

2025-yil fevral

tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha senatorlar va ekspertlar ishtirokida turli media tadbirlarni tashkil etish (press-klub, podkast, videorolik, intervyu va b.).

doimiy

2. Senat aʼzolari va mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi tashabbuslarining mazmun-mohiyati yuzasidan ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini olib borish.

doimiy

38.

Oliy darajadagi tashriflar yakuni boʻyicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan muhim hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan ikki tomonlama parlament nazoratini amalga oshirish.

1. Oliy darajadagi tashriflar yakuni boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2. Parlamentlararo tuzilmalar uchrashuvida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalardan iborat kun tartibini shakllantirish.

3. Uchrashuvni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbir yakuni boʻyicha OAV orqali keng jamoatchilikni xabardor qilish.

doimiy

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Parlamentlararo tuzilmalar

39.

“Oʻzbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti: munosib mehnat sharoitlarini taʼminlashda xalqaro standartlarning oʻrni va ahamiyati” mavzusidagi davra suhbatini oʻtkazish.

1. Oʻzbekistonni Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy kengashiga aʼzo boʻlganligi, shuningdek ushbu tashkilot bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari haqida maʼlumotlar yigʻish.

2. Davra suhbati ishtirokchilarini Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan Konvensiya va Bayonnomalarning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinganligi va parlament tomonidan ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilish.

3. Tadbirga sohadagi masʼul vazirlik va idoralar vakillarini hamda mutaxassis va ekspertlarni taklif qilish.

4. Davra suhbatini oʻtkazish va tadbir natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2025-yil iyun

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: zaruratga qarab, ushbu Harakatlar dasturiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.