Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.03.03-21 “Armotsement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 303]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. SHNQ 2.03.03-21 “Armotsement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 13-maydagi 01/2-21-sonli buyrugʻi (hisob raqami 404, 02.06.2026-y.) tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 25-oktabrdagi 97-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.03-96 “Oʻzaklangan sement konstruksiyalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchi yoʻqotgan deb topilsin:
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-sentabr,
01/2-65-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-avgust
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 28-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 16-avgust