Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 14.05.1994 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 24.08.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oʻquv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash maqsadida va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlarini test sinovidan oʻtkazishning ijobiy tajribasini eʼtiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1994-yildan boshlab oliy oʻquv yurtlari bilan bir qatorda barcha turdagi oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga abituriyentlarni bilimlariga baho berishning test usulini qoʻllagan holda tanlash amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlar tanlash 1994-yilda 1-ilovaga muvofiq ayrim oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abituriyentlar tanlash boʻyicha Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat test markazi moliya va mulk masalalarida oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abituriyentlar tanlash boʻyicha Respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish Davlat test markazi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi har yili test sinovi natijalarini tahlil qilish asosida taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarining soni 47 nafarga koʻpayganligi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplashga qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazining direktori lavozimi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tenglashtirilsin, unga tibbiy, transport va maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8 Bir oy muddatda Davlat test markaziga test materiallari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar chiqarishga litsenziya rasmiylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Davlat test markazini turlari boʻyicha va zarur miqdordagi qogʻoz bilan davlat buyurtmasi sifatida taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat test markaziga hukumat ATSining 2 ta telefoni oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1994-yildan boshlab test sinovining istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha tanlov asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat test markaziga 1994-yildan boshlab test sinovlarini oʻtkazishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplash uchun oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlari oʻtkazganlik uchun haq belgilashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlari oʻtkazganlik uchun haq toʻlash normativlarini ishlab chiqsin hamda indeksatsiyalashni nazarda tutgan holda ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar abituriyentlar va talabalarni test sinovidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, oliy oʻquv yurtlari rektorlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari direktorlari joy ajratish, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliya vazirligi abituriyentlar tanlash boʻyicha Respublika markazi uchun nazarda tutilgan xizmat yengil avtomobillarini ijaraga olish limitini Davlat test markaziga bersin hamda test sinovlarini oʻtkazish va Davlat test markazi xarajatlari uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Bobur koʻchasi, 22a-uy. Toshkent shahar hokimi bir oy muddatda qayd etib oʻtilgan manzildagi Toshkent restoranlar tresti tomonidan ijaraga olingan binoning bir qismini Davlat test markaziga berish masalasini hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilish boʻyicha eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 1992-yil 9-apreldagi 181-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
14-maydagi 258-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilda oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga qabul test sinovlari asosida amalga oshiriladigan oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekbirlashuv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)