O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika o‘quv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash maqsadida va oliy o‘quv yurtlari abituriyentlarini test sinovidan o‘tkazishning ijobiy tajribasini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda barcha turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga abituriyentlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlar tanlash 1994-yilda 1-ilovaga muvofiq ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
4. Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat test markazi moliya va mulk masalalarida oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish Davlat test markazi zimmasiga yuklansin.
Xalq ta’limi vazirligi har yili test sinovi natijalarini tahlil qilish asosida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarining soni 47 nafarga ko‘payganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha mablag‘ ajratsin.
Davlat test markazining direktori lavozimi maqomi bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilsin, unga tibbiy, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
8 Bir oy muddatda Davlat test markaziga test materiallari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chiqarishga litsenziya rasmiylashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Davlat test markazini turlari bo‘yicha va zarur miqdordagi qog‘oz bilan davlat buyurtmasi sifatida ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat test markaziga hukumat ATSining 2 ta telefoni o‘rnatilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi 1994-yildan boshlab test sinovining istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin.
11. Davlat test markaziga 1994-yildan boshlab test sinovlarini o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplash uchun oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari o‘tkazganlik uchun haq belgilashga ruxsat berilsin.
Davlat test markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari o‘tkazganlik uchun haq to‘lash normativlarini ishlab chiqsin hamda indeksatsiyalashni nazarda tutgan holda ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar abituriyentlar va talabalarni test sinovidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari direktorlari joy ajratish, maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar.
13. Moliya vazirligi abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi uchun nazarda tutilgan xizmat yengil avtomobillarini ijaraga olish limitini Davlat test markaziga bersin hamda test sinovlarini o‘tkazish va Davlat test markazi xarajatlari uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
14. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 22a-uy. Toshkent shahar hokimi bir oy muddatda qayd etib o‘tilgan manzildagi Toshkent restoranlar tresti tomonidan ijaraga olingan binoning bir qismini Davlat test markaziga berish masalasini hal etsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 1992-yil 9-apreldagi 181-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-may,
258-son
1994-yilda o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qabul test sinovlari asosida amalga oshiriladigan o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar
RO‘YXATI
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Moliya vazirligi
Adliya vazirligi
Markaziy bank
O‘zbekbirlashuv
Ijtimoiy ta’minot vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)