ILOVA
ILOVA
I. Davlat teatrlari va teatr-studiyalari boʻyicha | ||
Artist-vokalchi (yakkaxon xonanda), balet artisti, orkestr artisti, xor artisti, drama artisti lavozimlari uchun | ||
toifasiz artist | — | madaniyat va sanʼat yoʻnalishida oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, lekin kasbiy mahoratga ega artist xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | madaniyat va sanʼat yoʻnalishida oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, teatr yoki madaniyat sohasida mehnat stajiga ega boʻlmagan artist xodim; |
birinchi toifali artist | — | madaniyat va sanʼat yoʻnalishida oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol, professional sifatli hamda salmoqli rollar ijro etgan, doimiy ravishda oʻz mahoratini oshirib kelgan hamda teatr sohasida kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan artist xodim; |
oliy toifali artist | — | madaniyat va sanʼat yoʻnalishida oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol, professional sifatli hamda salmoqli rollar ijro etgan, doimiy ravishda oʻz mahoratini oshirib kelgan, “ustoz-shogird” anʼanalari asosida shogird tayyorlagan hamda teatr sohasida kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan artist xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | madaniyat va sanʼat yoʻnalishida oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol, professional sifatli hamda salmoqli rollar ijro etgan, doimiy ravishda oʻz mahoratini oshirib kelgan, “ustoz-shogird” anʼanalari asosida shogird tayyorlagan, taʼlim muassasalarida mahorat darslari oʻtgan hamda teatr sohasida kamida 10 yil mehnat stajiga ega boʻlgan artist xodim. |
II. Davlat sirki boʻyicha | ||
a) Illyuziya artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | oʻz janrining texnikasini talab darajasida egallagan, tryuklarni badiiy saviyada ijro eta oladigan, umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | illyuziya janridagi guruhli chiqishlarda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi aktyorlik koʻnikmalariga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
birinchi toifali artist | — | illyuziya janridagi guruhli chiqishlarda murakkab tryuklar va tryukli kombinatsiyalarni bajarish boʻyicha tajribaga, shuningdek, yakkaxon chiqishlarda ishtirok eta oladigan, oʻrta maxsus maʼlumotga hamda oʻz faoliyati boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | illyuziya janrida yuqori professional va aktyorlik mahoratiga, jismlarni manipulyatsiya qilish koʻnikmalariga hamda attraksionli yirik tomoshalarda yetakchi ijrochilardan biri sifatida ishtirok etgan, murakkab tryuklar va kombinatsiyalar namoyish etuvchi, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda oʻz faoliyati boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | illyuziya janrida yuqori professional va aktyorlik mahoratiga, eng yuqori murakkablikdagi turli tryuklar va kombinatsiyalarni yuksak badiiy saviyada bajara oladigan, solist sifatida ishtirok etadigan oʻz janrida yirik mualliflik repertuariga, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, shuningdek oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga hamda oʻz faoliyati boʻyicha kamida 7 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
b) Jonglyor artisti lavozimi uchun | ||
ikkinchi toifali artist | — | janrning guruhli chiqishlarida qatnashish imkonini beruvchi aktyorlik mahoratiga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
birinchi toifali artist | — | janrdagi guruhli chiqishlarda, zarur hollarda yakkaxon tartibda murakkab tryuklar va kombinatsiyalarni ijro etish tajribasiga, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | janrda professional koʻnikmalari va aktyorlik mahoratiga, yuksak badiiy saviyadagi murakkab tryuklar va kombinatsiyalarni namoyish etuvchi, yakkaxon ijrochi sifatida yirik mualliflik repertuariga, shuningdek, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga, mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
v) Orkestr artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | oʻzining mutaxassisligidagi musiqa cholgʻusida ijro eta olish koʻnikmasi va zarur musiqiy (notani oʻqiy olish) tayyorgarlikka hamda oʻzining yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | oʻzining yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, ijrochilik sanʼati sohasida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
birinchi toifali artist | — | musiqiy ijro va madaniyatning yuqori darajali texnikaga, shuningdek, notani sahifadan oʻqiy oladigan, orkestr partiyalarini tezkor oʻqiy oladigan hamda bir uslubdagi erkin improvizatsiya qobiliyati shakllangan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, orkestrda 3 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | mukammal musiqiy ijro imkoniyatiga, orkestr partiyalarini yuqori saviyada oʻqish mahoratiga, shuningdek, “ustoz-shogird” anʼanalari asosida shogird tayyorlagan, taʼlim muassasalarida mahorat darslarini oʻtgan, turli uslub va tempda erkin ravishda improvizatsiya qila olish qobiliyatiga ega boʻlgan hamda oʻzining yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega, orkestrda 5 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
g) Masxarabozlik artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | sirk chiqishlarida oddiy tryuklarni bajara olish uchun zarur artistik qobiliyatga, shuningdek, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | havaskorlik sirkida orttirgan tajribasiga va sirk dasturlaridagi “gilam artisti”, buffonada masxarabozi, musiqiy ekssentrik, satirik obrazlarini ijro etish imkoniyatiga, aktyorlik koʻnikmalarga, shuningdek, oʻzining yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, ijrochilik sanʼati sohasida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
birinchi toifali artist | — | janrda professional koʻnikmalari va aktyorlik mahoratiga, yuksak badiiy saviyadagi obrazlarini ijro etish imkoniyatiga, shuningdek, oʻz janrida yakkaxon ijrochi sifatida tomoshalar koʻrsata oladigan, ushbu yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda oʻz faoliyati boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | oʻz yoʻnalishida professional koʻnikmalari |
yetakchi sahna ustasi | — | oʻz yoʻnalishi sanʼatini egallaganlik layoqatini namoyon etgan, sirk sanʼatining bir qator janrlarini professional darajada egallagan, oʻz janrida yangi chiqishlarini tayyorlab, unda solist sifatida ishtirok etadigan, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, mutaxassisligi boʻyicha kamida 7 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
d) Ot janri artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | artistlik qobiliyatiga va ot oʻrgatish boʻyicha koʻnikmalarga ega, oʻrgatilgan otlar bilan tomoshalarda ishtirok eta oladigan, oddiy tryuklar tayyorlash boʻyicha repetitsiyalar oʻtkazishni biladigan, shuningdek, oʻrta maxsus maʼlumotga ega xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | maxsus tayyorlangan, oʻrgatilgan hayvonlar ishtirokidagi repetitsiyalar va guruhli sahna koʻrinishlarida yoki tajribali hayvon oʻrgatuvchi boshqaruvidagi yangi, tayyorgarlik koʻrmagan hayvonlar ishtirokidagi repetitsiyalarda qatnashgan, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga yoki umumiy oʻrta maʼlumotga hamda 1 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
birinchi toifali artist | — | maxsus tayyorlangan, oʻrgatilgan hayvonlar bilan ishlaydigan, ularni professional darajada boshqarish va namoyish etish boʻyicha professional va aktyorlik mahoratiga hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga va mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | dressura janrida oʻziga xos ijodiy uslubga, murakkab va antiqa tryuklarni yuqori darajada namoyish etish va hayvonlarning turli tryuklarni bajarishga moyilligini aniqlash layoqatiga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, oʻta murakkab va xavfli tryuklarda oʻzi asosiy ijrochi yoki solist sifatida ishtirok eta oladigan, yorqin artistlik isteʼdodiga, hayvonlarni oʻrgatish janrida yuqori professional va aktyorlik mahoratiga, oʻta murakkab attraksionlarni yaratish layoqatiga, shuningdek, yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 7 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
e) Sport akrobati artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | sport akrobatikasi janri xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ijodiy pasportda qayd etilgan oddiy tryuklarni qoniqarli ijro etish hamda shu yoʻnalishdagi tomoshalarda ishtirok eta oladigan darajada akrobatika sanʼatida faoliyat yurita olish boʻyicha mahoratga hamda oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | sport akrobatikasi janri boʻyicha jismoniy tayyorgarlikka (master yoki masterlikka nomzod), oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki umumiy oʻrta maʼlumotga, shuningdek, oʻzi shugʻullanayotgan sport turi hamda sport-akrobatika janrida havaskorlik sirkida 1 yildan ortiq ishlagan xodim; |
birinchi toifali artist | — | sport-akrobatikasi janridagi guruhli chiqishlarda murakkab tryuklar va tryukli kombinatsiyalarni bajarish qobiliyatiga, shuningdek, yakkaxon chiqishlarda ishtirok etgan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | oʻz sohasida yuqori badiiy saviyadagi sahna koʻrinishlarida yoki attraksionlarda sport-akrobatika janriga oid oʻta murakkab tryuklarni yuksak darajada bajarish boʻyicha oʻziga xos ijodiy uslubga hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | solist sifatida ishtirok etadigan oʻz janrida yirik chiqishlarni va oʻta murakkab attraksionlarni tayyorlaydigan, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, yorqin artistlik isteʼdodiga, oʻta yuqori murakkablikdagi turli tryuklar va kombinatsiyalarni erkin bajarish boʻyicha qobiliyatga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 7 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
j) Ekvilibr artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | aktyorlik va sahnada harakatlanish mahoratiga, oddiy tryuklar va kombinatsiyalarni bajara olishi layoqatiga, shuningdek, oʻrta maxsus maʼlumotga va jismoniy tayyorgarlikka ega xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | oʻz janri boʻyicha jismoniy tayyorgarlikka (master yoki masterlikka nomzod), oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki umumiy oʻrta maʼlumotga, shuningdek, oʻzi shugʻullanayotgan sport turi hamda ekvilibr janrida havaskorlik sirkida 1 yildan ortiq ishlagan xodim; |
birinchi toifali artist | — | ekvilibr janridagi guruhli chiqishlarda murakkab tryuklar va kombinatsiyalarni bajarish qobiliyatiga, shuningdek, yakkaxon chiqishlarda ishtirok etgan, yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda oʻz faoliyati boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | oʻz sohasida yuqori badiiy saviyadagi va original sahna koʻrinishlarida yoki ekvilibr janriga oid attraksionlarda oʻta murakkab tryuklarni yuksak saviyada bajarish boʻyicha oʻziga xos ijodiy uslubga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | oʻz janrida yirik chiqishlar va oʻta murakkab attraksionlar tayyorlagan hamda oʻzi asosiy ishtirokchi, solist sifatida ishtirok etadigan, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, yorqin artistlik isteʼdodiga, oʻta yuqori murakkablikdagi turli tryuklar va kombinatsiyalarni erkin bajarish boʻyicha qobiliyatga, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, mutaxassisligi boʻyicha kamida 7 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
z) Havo gimnasti artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | plastika va boshqa taʼsirchan ifoda vositalariga, gimnastika va akrobatika boʻyicha tegishli tayyorgarlikka (boshlovchi artist), shuningdek, oʻrta maxsus maʼlumotga yoki gimnastika boʻyicha jismoniy tayyorgarlikka hamda umumiy oʻrta maʼlumotga ega xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | oʻzi shugʻullanayotgan sport turi boʻyicha jismoniy tayyorgarlikka (sport masteri yoki masterlikka nomzod), oʻrta maxsus maʼlumotga yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan hamda mazkur sport turi boʻyicha havo gimnastikasi janrida havaskorlik sirkida 1 yildan ortiq ishlagan xodim; |
birinchi toifali artist | — | guruhli chiqishlardagi murakkab tryuklar va kombinatsiyalarni ijro etish boʻyicha ijodiy koʻrsatkichlarga, havo gimnastikasi janriga oid yakkaxon chiqishlarda ishtirok etish layoqatiga, shuningdek, oʻz yoʻnalishida oʻrta maxsus maʼlumotga hamda oʻz sohasida kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | oʻz ampluasida yuqori va original sahna koʻrinishlarida yoki havo gimnastikasi janriga oid attraksionlarda oʻta murakkab tryuklarni yuksak saviyada bajarish boʻyicha oʻziga xos ijodiy uslubga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | oʻz sohasida yirik chiqishlarda asosiy ishtirokchi, solist sifatida qatnashadigan, oʻta murakkab attraksionlarni tayyorlaydigan, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, yorqin artistlik isteʼdodga, oʻta yuqori murakkablikdagi turli tryuklarni erkin bajarish boʻyicha qobiliyatga, shuningdek, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 7 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
i) Hayvon oʻrgatuvchi artist lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | artistlik qobiliyatiga va hayvon oʻrgatish boʻyicha koʻnikmalarga, oddiy tryuklar tayyorlash boʻyicha repetitsiyalar oʻtkazish layoqatiga, shuningdek, umumiy oʻrta maʼlumotga ega xodim (bu toifa yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi artistlarga berilmaydi); |
ikkinchi toifali artist | — | 3 yil davomida maxsus tayyorlangan, oʻrgatilgan hayvonlar ishtirokidagi repetitsiyalar hamda guruhli sahna koʻrinishlari va tajribali hayvon oʻrgatuvchi boshqaruvidagi yangi hayvonlar ishtirokidagi repetitsiyalarda qatnashgan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega (yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi boʻlsa hayvonlarni parvarishlovchi ishchilar bajaradigan hayvon oʻrgatuvchi assistenti sifatida kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan) xodim; |
birinchi toifali artist | — | maxsus tayyorlangan, oʻrgatilgan hayvonlar bilan ishlash, ularni professional darajada boshqarish va namoyish etish boʻyicha professional va aktyorlik mahoratiga, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, oʻz sohasida kamida 3 yil (yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi boʻlsa ikkinchi toifali artist lavozimida kamida 2 yil) mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | hayvon oʻrgatish janrida murakkab va antiqa tryuklarni namoyish etadigan, hayvonlarda turli tryuklarni oʻrganishga layoqatini aniqlash boʻyicha yuqori darajadagi oʻziga xos ijodiy uslubi shakllangan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, oʻz sohasida kamida 5 yil (yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi boʻlsa birinchi toifali artist lavozimida kamida 3 yil) mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
yetakchi sahna ustasi | — | yorqin artistlik isteʼdodini, hayvon oʻrgatish janrida yuqori professional va aktyorlik mahoratini namoyish etgan, yirik chiqishlari va oʻzi asosiy ishtirokchi, solist sifatida ishtirok etgan, oʻz janrida oʻta murakkab attraksionlarni tayyorlagan, tomoshabinlar va sirk jamoatchiligining eʼtiboriga tushgan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, oʻz sohasida kamida 7 yil (yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi boʻlsa oliy toifali artist lavozimida kamida 5 yil) mehnat stajiga ega boʻlgan xodim; |
k) Balet artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | zarur raqs texnikasi va koʻnikmalarga ega, shuningdek, guruhli sahna koʻrinishlarda ishtirok etgan hamda umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | havaskor xoreografiya jamoalarida ishlash tajribasi boʻlgan yoki oʻzi shugʻullanayotgan sport turi boʻyicha razryadga ega boʻlgan hamda oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
birinchi toifali artist | — | professional mahoratga, pantomima, guruhli chiqish va xoreografiya sahnalarida ishtirok etayotganda uning raqs va sportga layoqati, koʻrinishi va bu tomoshalarda asosiy vazifalarni bajara olish qobiliyatiga, shuningdek, havaskor xoreografiya jamoalarida ishlash tajribasiga yoki oʻzi shugʻullanayotgan sport turi boʻyicha razryadga hamda oʻz faoliyati boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga hamda oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodim; |
oliy toifali artist | — | yuqori professional mahoratga, pantomima, balet intermediyalari, paradlardagi oʻta muhim sahnalarni ijro etishda raqs va sportga layoqatiga, oʻta murakkab guruhli chiqishlarda va xoreografiya sahnalarida yetakchi ijrochi sifatida ishtirok etish qobiliyatiga, oʻz sohasi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga, xoreografiya jamoalarida ishlash tajribasiga yoki oʻzi shugʻullanayotgan sport turi boʻyicha razryadga, shuningdek, oʻz faoliyati boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji ega boʻlgan xodim. |
III. Davlat konsert-tomosha muassasalari boʻyicha | ||
a) Artist-xonanda, artist-vokalchi (yakkaxon xonanda), artist-sozanda va artist-maqomchi lavozimlari uchun | ||
toifasiz artist | — | maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan, isteʼdodli va iqtidorli ijodiy xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | jamoaning joriy repertuarini tegishliligi boʻyicha badiiy saviyada ijro eta olishi, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga, sohada kamida 1 yil mehnat stajiga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
birinchi toifali artist | — | jamoaning joriy repertuarini tegishliligi boʻyicha yuqori badiiy saviyada ijro eta olishi, yakkaxon ijrodagi professional mahoratga, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga, shuningdek, ikkinchi toifali artist malaka toifasida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
oliy toifali artist | — | jamoaning joriy repertuarini tegishliligi boʻyicha yuqori badiiy saviyada ijro eta olishi, yuksak professional mahorati, ustoz-shogird anʼanalari asosida shogird tayyorlaganligi, yakkaxon ijrochi sifatida respublika tanlovlarida sovrindor boʻlganligi, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy maʼlumotga, shuningdek, birinchi toifali artist malaka toifasida kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
b) Orkestr artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | mutaxassisligidagi musiqa cholgʻusida nota orqali ijro eta olish bilim koʻnikmasi, shuningdek, oʻzining yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega ijodiy xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | mutaxassisligidagi musiqa cholgʻusida nota orqali ijro eta olish bilim koʻnikmasi, orkestr repertuaridagi asarlarni yuqori saviyada ijro etishi, yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga, shuningdek, ijrochilik sanʼati sohasida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega ijodiy xodim; |
birinchi toifali artist | — | ijroning yuqori darajali texnikasi, orkestr partiyalarini tezkor oʻqiy olish bilim koʻnikmasi, yakkaxon ijrodagi professional mahorati, yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega, orkestrda ikkinchi toifali artist malaka toifasida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega ijodiy xodim; |
oliy toifali artist | — | jamoaning joriy repertuarini tegishliligi boʻyicha yuqori badiiy saviyada ijro eta olishi, orkestr partiyalarini yuqori saviyada oʻqish mahorati, ustoz-shogird anʼanalari asosida shogird tayyorlaganligi, yakkaxon ijrochi sifatida respublika tanlovlarida sovrindor boʻlganligi, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy maʼlumotga, shuningdek, birinchi toifali artist malaka toifasida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
v) Balet artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | raqs sanʼatiga monand tashqi koʻrinishiga ega boʻlgan, sahnaviy, musiqiy va raqs ijro etish koʻnikmasi hamda jamoaviy va yakka tartibdagi dastlabki raqs uslublarini biladigan, oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumot talab etilmaydigan ijodiy xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | raqs sanʼatiga monand tashqi koʻrinishiga ega, milliy mumtoz va klassik raqslarni, jamoaviy va yakka tartibdagi raqs uslublarini biladigan, ijrochilik sanʼati sohasida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga hamda xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
birinchi toifali artist | — | raqs sanʼatiga monand tashqi koʻrinishiga ega, milliy mumtoz va klassik raqslarni, jamoaviy va yakka tartibdagi raqs uslublarini biladigan hamda yuqori saviyada ijro etadigan, xoreografik madaniyatning badiiy plastik texnikasini professional oʻzlashtirganligi, ijrochilik sanʼati sohasida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga hamda xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
oliy toifali artist | — | raqs sanʼatiga monand tashqi koʻrinishiga ega, milliy mumtoz va klassik raqslarni, jamoaviy va yakka tartibdagi raqs uslublarini biladigan hamda yuqori saviyada ijro etadigan, yuqori professional ijrochiligi, erkin improvizatsiya, yuksak raqs texnikasiga ega, repertuardagi barcha yetakchi partiyalarni ijro eta olishi, ijrochilik sanʼati sohasida 3 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga hamda xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
g) Xor artisti lavozimi uchun | ||
toifasiz artist | — | nota partiyalarni oʻqiy olish qobiliyatini oʻzlashtirganligi, vokal-xor uslublaridan foydalana olishi, madaniyat, sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy musiqiy maʼlumotga ega boʻlgan ijodiy xodim; |
ikkinchi toifali artist | — | har tomonlama yuksak professional koʻnikmalarga egaligi, nota partiyalarni oʻqiy olish qobiliyatini oʻzlashtirganligi, vokal-xor uslublaridan foydalana olishi, madaniyat, sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga shuningdek, sohada xor artisti sifatida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega ijodiy xodim; |
birinchi toifali artist | — | har tomonlama yuksak professional koʻnikmalarga ega, vokal-xor uslublaridan foydalana oladigan, nota partiyalarni oʻqiy olish qobiliyatini oʻzlashtirganligi, madaniyat, sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga shuningdek, ikkinchi toifali xor artisti sifatida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega ijodiy xodim; |
oliy toifali artist | — | har tomonlama yuksak professional koʻnikmalarga ega, nota partiyalarni oʻqiy olish qobiliyatini oʻzlashtirganligi, yangi asarlar ustida muntazam izlanishlar olib borishi, muhim birinchi va yetakchi partiyalarni ijro etishi, ijrodagi yuqori kasbiy salohiyat, yuqori sahna mahorati, toʻliq diapazonli, yorqin, chiroyli tembrli ovoz, yuqori professional mahorat, madaniyat, sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga shuningdek, birinchi toifali xor artisti sifatida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega ijodiy xodim. |