29.11.2024 yildagi O‘RQ-1008-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda jamoat va davlat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tayotgan shaxslar uchun belgilanadigan cheklovlarning qonun bilan tartibga solinishini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligini va xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida tarbiyaviy ishlar natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 10, 797-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 8, 823-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 43-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 431-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431-modda. Prokuratura organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) prokuratura organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;

o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;

qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;

chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;

o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;

xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;

prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik prokuratura organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-502-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 82-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 958, 964-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 13-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bojxona organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-modda. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik bojxona organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi qismlari tegishincha o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 491-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 9, 905-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-modda oltinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlari daxlsizligini va hududiy yaxlitligini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hamda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat tuzumini so‘nggi nafasimgacha himoya qilishga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 261-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261-modda. Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmat davomida sodir bo‘lgan muayyan hodisa, qonunchilik hujjatlari yoki harbiy xizmat (ijro) intizomining buzilishi holatlari yuzasidan haqiqatni, harbiy xizmatchining hodisaga aloqadorligi va aybdorlik masalasini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi vazirliklar va idoralarning ichki idoraviy hujjatlari bilan tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etmaganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi mazmundagi VII1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII1. Harbiy xizmatdagi cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
451-modda. Harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchilar quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta harbiy qismda (aynan bitta boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasi) birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirishga, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik harbiy xizmatchilarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
452-modda. Nomzodni rad etish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan, shuningdek, boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agarda shaxs harbiy xizmatga majbur bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bu holatlarda fuqaro nomzodini qayta ko‘rib chiqish tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) agar fuqaro muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli bo‘shatilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki belgilangan maxsus talablarga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro qonunchilik hujjatlarida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar va maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi, bunda ushbu cheklovlarga rioya etishga rozi bo‘lmaganda fuqaroga harbiy xizmatga chaqirish (kirish) rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
453-modda. Muddatli harbiy xizmat harbiy hizmatchilarini kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) harbiy xizmatchini keyingi saralash tadbirlariga taqdim etish maqsadga muvofiq emasligi haqida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
454-modda. Harbiy xizmatchilar bilan kontrakt tuzish imkoniyatini inkor etuvchi holatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish kontrakti quyidagi harbiy xizmatchilar bilan tuzilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning chegara yoshidan o‘tgan, shu jumladan xizmat muddatini uzaytirishni hisobga olgan holatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etgan o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyati uchun ilgari hukm qilingan holatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ninchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi — o‘n oltinchi qismlari tegishincha o‘ninchi — o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 301-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ichki ishlar organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik ichki ishlar organi xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda, № 11, 923, 924-moddalar; 2024-yil, № 9, 958, 964-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 171-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171-modda. Milliy gvardiya organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) Milliy gvardiya organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik Milliy gvardiya xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19-modda. Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Quyidagi fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilinishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti yoki avf etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar muqaddam sudlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki Milliy gvardiyaning maxsus talablariga javob bermagan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyunda qabul qilingan “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-778-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 573-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 19-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmasligi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘iga qo‘riqlanayotgan obyekt hamda hududga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi bo‘linmalarga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) kiritmasligi, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n uchinchi xatboshisi o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning maxsus talablariga javob bermasa”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hamda Mudofaa vazirligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi boshqa davlat organlari ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda qonunosti hujjatlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq masalalarga oid normalar belgilanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-1008-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)