27.11.2024 yildagi 790-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq raqamli texnologiyalar sohasida, shu jumladan, ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — aloqa markazlari) faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni nazorat qilish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari tashkil etildi. Biroq, keyingi yillarda ushbu aloqa markazlari sonining yanada oshishi bu borada tizimli nazorat faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash zarurligini taqozo qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, ushbu markazlar faoliyati raqamli nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi) tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy etishda haqqoniy raqamlar, ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarga erishish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining holati, operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini real vaqt rejimida tizimli monitoring qilib borish imkonini beruvchi “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyati “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilinadi hamda baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining axborot tizimlari “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi bilan bosqichma-bosqich o‘zaro integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa markazlarining texnik faoliyatini “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilish va baholash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestrini yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 10-dekabrga qadar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestrini shakllantirsin hamda uning muntazam ravishda yuritilishini ta’minlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab har yili ikki marotaba (15-fevralga va 15-avgustga qadar) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlarini xatlovdan o‘tkazish choralarini ko‘rib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada samarali tashkil qilish maqsadida aloqa markazlari faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-oktabrga qadar aloqa markazlari faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq o‘zlarining (shu jumladan, autsorsing asosida tashkil etilgan) aloqa markazlari faoliyatiga tegishli dasturiy va texnik qurilmalarni joriy qilgan holda, aloqa markazlari axborot tizimlari “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi bilan to‘liq integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash uchun integratsiya jarayonida zarur bo‘lgan texnik ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa markazlarini zarur miqdorda operatorlar bilan ta’minlash yoki autsorsing xizmatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
790-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 790-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarida aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa markazi — jismoniy va yuridik shaxslarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish va ularga javob berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda buning uchun zarur tashkiliy, texnik va boshqa resurslarga ega bo‘lgan tashkilot yoki bo‘linma (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa markazlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa markaziga kelib tushgan chaqiruv — aloqa markaziga kelib tushgan va navbatga qayd etilgan yoki aloqa markazi operatori bilan darhol bog‘lana olgan chaqiruv, interaktiv ovozli menyu orqali javob olingan chaqiruv bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestri (Reyestr) — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yuritiladigan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat — aloqa markazi texnik faoliyatining samaradorligini qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida qonunchilikka muvofiq o‘rgangan holda monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik faoliyatni nazorat qilish va baholash — aloqa markazining axborot tizimini tayyorlik koeffitsiyenti, foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan o‘rtacha ulanish vaqti va bog‘lanish uchun urinishlar soni hamda texnik-tashkiliy holatini monitoring qilish va baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan xizmat ko‘rsatilgan chaqiruv — foydalanuvchi tomonidan aloqa markazi operatori yoki tegishli bo‘linma mutaxassisining javobi olingan chaqiruv.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi) tomonidan elektron shaklda yuritiladi va har yili 1-martga va 1-sentabrga qadar yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reyestr asosida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyati nazorat qilinadi hamda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Aloqa markazining texnik faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Reyestrga kiritilgan aloqa markazlarining texnik faoliyati “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aloqa markazlarining texnik faoliyati har chorak davomida o‘tkaziladigan monitoring asosida nazorat qilinadi. Bunda monitoring natijalari “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha umumlashtirilib, tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tahlil natijasiga ko‘ra “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar aloqa markazlarining texnik faoliyati mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga jismoniy va yuridik shaxslarning aloqa markazlari texnik faoliyatidan noroziligi bo‘yicha murojaatlari kelib tushgan taqdirda, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga ularning faoliyatida vujudga kelgan kamchilik yuzasidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi yoki gibrid pochta orqali kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilagan holda yozma xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va natijasi bo‘yicha “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga ma’lumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga belgilangan tartib buzilishi holatlarini va sabablarini bartaraf etish muddatini ko‘rsatgan holda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Aloqa markazining texnik faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Aloqa markazlarining texnik faoliyati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema va 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilinadi hamda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mezonlar bo‘yicha hisoblash natijalarining yig‘indisidan kelib chiqib, aloqa markazlarining texnik faoliyati quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 balldan 100 ballgacha — “a’lo” baho (“yashil” toifa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 balldan 70 ballgacha — “yaxshi” baho (“sariq” toifa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54 ballgacha — “qoniqarsiz” baho (“qizil” toifa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalariga ko‘ra quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “yashil” toifadagi aloqa markazlari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aloqa markazlarining texnik faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi (baholash natijasi maksimal bo‘lgan aloqa markazlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarga muvofiq aloqa markazlarining texnik faoliyatini yanada yaxshilash choralari ko‘riladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “sariq” toifadagi aloqa markazlari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aloqa markazlarining texnik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tavsiyalari asosida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda aloqa markazlarining texnik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshirilishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “qizil” toifadagi aloqa markazlari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aloqa markazlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘rganish ishlari o‘tkaziladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tavsiyalari asosida inspeksiya bilan birgalikda aloqa markazlari texnik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshirilishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosi ular tomonidan ta’minlanmagan taqdirda, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga ularni bartaraf etish muddatlari belgilangan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rsatma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatma respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan ijrosi ta’minlanmagan taqdirda, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining ko‘rsatmalari hamda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan, o‘z vaqtida yoki to‘liq yoxud belgilangan muddatlarda bajarmagan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining mansabdor shaxslarga nisbatan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Foydalanuvchilarning aloqa markazi operatori bilan ulanish vaqti aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash mezonlaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga mazkur aloqa markazlarida operatorlar sonini oshirish bo‘yicha taqdimnoma kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari o‘z aloqa markazlarining texnik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan rejalashtirilgan profilaktika tadbirlari bo‘yicha “O‘zkomnazorat” inspeksiyasini va jamoatchilikni kamida uch ish kunidan oldin sabablarini ko‘rsatgan holda rasman xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy sahifalari hamda “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari yuzasidan har chorak yakunidan keyin oyning 20-sanasiga qadar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga baholash natijalarini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan aloqa markazlarining texnik-tashkiliy holati bo‘yicha “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligiga tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomni qo‘llashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

O‘zkomnazorat inspeksiyasi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aloqa markazlarini xatlovdan o‘tkazadi.

Har yili 15-fevralga va 15-avgustga qadar

2-bosqich

O‘zkomnazorat inspeksiyasi

Reyestrni shakllantiradi va muntazam ravishda dolzarbligini ta’minlaydi.

Har yili 1-martga va 1-sentabrga qadar

3-bosqich

O‘zkomnazorat inspeksiyasi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qiladi.

Har chorakda

4-bosqich

O‘zkomnazorat inspeksiyasi

Aloqa markazlarining texnik faoliyatini  baholaydi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar

5-bosqich

O‘zkomnazorat inspeksiyasi

Baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy sahifalari hamda “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali e’lon qiladi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

6-bosqich

O‘zkomnazorat inspeksiyasi

Aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi baholash natijalarini kiritadi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatlari) texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Baholash mezonlari

Ballar

Izoh

1.

Aloqa markazidan (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmati) (keyingi o‘rinlarda — aloqa markazi) foydalanish.

15

Aloqa markazidan foydalanish (D) hisobot davrida kelib tushgan chaqiruvlarning umumiy soniga nisbatan xizmat ko‘rsatilgan foydalanuvchi chaqiruvlarining foiziga ko‘ra aniqlanadi. Bunda:

No — aloqa markazi tomonidan har chorak davomida xizmat ko‘rsatilgan chaqiruvlar soni;

N — hisobot davrida kelib tushgan, shu jumladan, ishonch telefonlari, aloqa markaziga kelib tushgan chaqiruvlar soni, IVR (interaktiv ovozli menyu) orqali javob olganlar bundan mustasno.

Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, aloqa markazidan foydalanish darajasi quyidagicha baholanadi:

100 foizdan 85 foizgacha — 15 ball;

84 foizdan 70 foizgacha — 10 ball;

69 foizdan 55 foizgacha — 5 ball;

54 foiz va undan past bo‘lsa — 0 ball.

2.

Aloqa markazi operatorining foydalanuvchi bilan so‘zlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qo‘shib hisoblaganda, o‘rtacha so‘zlashish davomiyligi.

10

Operatorning foydalanuvchi bilan so‘zlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qo‘shib hisoblaganda, o‘rtacha so‘zlashish davomiyligi vaqti (T) hisobot davrida aloqa markazi barcha operatorlari so‘zlashuvi umumiy davomiyligining ushbu davr uchun xizmat ko‘rsatilgan chaqiruvlar soniga nisbatiga ko‘ra aniqlanadi va Tnorma — 360 sekunddan ortiq bo‘lmagan normalangan qiymat bilan taqqoslanadi. Bunda:

ΣTdavom — hisobot davrida chaqiruvlarni liniyada kutish rejimida ushlab turish vaqti (hold)ni qo‘shib hisoblaganda, aloqa markazi barcha operatorlari so‘zlashuvining umumiy davomiyligi;

N — hisobot davrida xizmat ko‘rsatilgan chaqiruvlar soni;

Tnorma — 360 soniyadan ortiq bo‘lmagan normalangan qiymat.

Aloqa markazi operatorining foydalanuvchi bilan so‘zlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qo‘shib hisoblaganda, o‘rtacha so‘zlashish davomiyligi darajasi quyidagicha baholanadi:

360 soniyadan ko‘p bo‘lmaganda — 10 ball;

360 soniyadan ko‘p bo‘lganda — 0 ball.

3.

Aloqa markazi axborot tizimining tayyorlik koeffitsiyenti.

15

Aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining tayyorlik koeffitsiyenti (Kt) hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining umumiy vaqtidan jami bekor turib qolgan vaqti ayirmasining umumiy ish vaqtiga nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.

Umumiy vaqt — bu tahlil qilinayotgan davr (har chorak) uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi ish holatida bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt (rejadagi uzilishlar bundan mustasno). Bunda:

Tumumiy — hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi ish holatida bo‘lishi kerak bo‘lgan umumiy vaqt;

Tb — hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining jami bekor turib qolgan (ishdan chiqqan) vaqti.

Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining tayyorlik koeffitsiyenti darajasi quyidagicha baholanadi:

100 foizdan 99 foizgacha — 15 ball;

98 foizdan 70 foizgacha — 10 ball;

69 foizdan 55 foizgacha — 5 ball;

54 foiz va undan past bo‘lsa — 0 ball.

4.

Foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan o‘rtacha ulanish vaqti.

15

Foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan o‘rtacha ulanish vaqti T aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi (serveri)ning chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish statistikasi asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. Bunda:

 — hisobot davri uchun foydalanuvchilarning ularni chaqiruvlarini navbatga qayd etishdan boshlab, aloqa markazi operatori bilan ulanishgacha bo‘lgan umumiy kutish vaqti yig‘indisi;

Nulanish — hisobot davri uchun aloqa markazi operatorlari javob bergan barcha chaqiruvlarning umumiy soni;

k — aloqa markazi operatori tomonidan xizmat ko‘rsatilgan barcha foydalanuvchi murojaatlarining umumiy soni, miqdoriy jihatdan bu qiymat Nulanish ga teng.

Ushbu ko‘rsatkich operatorlarning foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish va yangi chaqiruvlarga javob berishda tezkorlik darajasini ko‘rsatadi.

Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan o‘rtacha ulanish vaqti quyidagicha baholanadi:

180 sekundda — 15 ball;

181 — 210 soniyagacha — 10 ball;

211 — 240 soniyagacha — 5 ball;

241 — 300 soniyagacha — 3 ball;

301 — 360 soniyagacha — 1 ball;

360 soniyadan oshsa — 0 ball.

5.

Operator bilan bog‘lanish uchun urinishlar soni.

15

Birinchi qo‘ng‘iroqda muvaffaqiyatli bog‘lanishlar soni jami qo‘ng‘iroqlar sonining 86 — 100 foizini tashkil etganda — 15 ball;

ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli bog‘lanishlar soni jami qo‘ng‘iroqlar sonining 71 — 85 foizini tashkil etganda — 10 ball;

uchinchi urinishda muvaffaqiyatli bog‘lanishlar soni jami qo‘ng‘iroqlar sonining 55 — 70 foizini tashkil etganda — 5 ball;

to‘rt va undan ortiq urinishda muvaffaqiyatli bog‘lanishlar soni jami qo‘ng‘iroqlar sonining 0 — 54 foizini tashkil etganda — 0 ball.

6.

Aloqa markazining ish tartibi.

10

Tunu-kun, 24/7 rejimida ishlasa — 10 ball;

boshqa rejimlarda — 5 ball.

7.

Aloqa markazi texnik faoliyati yuzasidan asosli e’tiroz va shikoyatlar mavjud emasligi.

10

Hisobot davrida aloqa markazi texnik faoliyati yuzasidan asosli e’tiroz va shikoyatlar ko‘rsatkichi (S) jami shikoyatlar sonining umumiy qo‘ng‘iroqlar soniga nisbatan foizi bilan aniqlanadi. Bunda:

Sh — hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlar soni;

N — hisobot davrida kelib tushgan, shu jumladan ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatiga kelib tushgan chaqiruvlar soni, IVR orqali javob olganlar bundan mustasno.

S = 0 bo‘lsa — 10 ball;

0 ≤ S < 0,5 bo‘lganda — 8 ball;

0,5 ≤ S < 1 bo‘lganda — 6 ball;

1  ≤ S < 1,5 bo‘lganda — 4 ball;

1,5 ≤ S < 2 bo‘lganda — 2 ball;

2 ≤ S bo‘lganda — 0 ball.

8.

Aloqa markazlarining texnik-tashkiliy holati

10

10 ball quyidagicha hisoblanadi:

hududlardan qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini yaratilganligi — 2 ball;

so‘rovlarni boshqa idoraviy aloqa markazlariga yo‘naltirish imkoniyati mavjudligi — 3 ball;

foydalanuvchilarga onlayn-konsultatsiyalar va tegishli tushuntirishlar berish — 5 ball.

Jami

100

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/790/0983-son)