22.11.2024 yildagi PQ-402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish, skrining jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy skrining usullarini amaliyotga keng joriy etish, ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda mutaxassislarning bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2025 — 2030-yillarda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30 — 65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 30 — 50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda manfiy natija aniqlanganda ular 10 yildan so‘ng qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi, musbat natija aniqlangan ayollar qo‘shimcha tekshiruvga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saratonoldi holatlar aniqlangan ayollar ambulator davolash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallariga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 — 65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi. Bunda ko‘krak bezi tekshiruvi 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarda ultratovush diagnostikasi usulida, 45 — 65 yoshdagi ayollarda mammografiya orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga sog‘liqni saqlash tizimida maqbullashtiriladigan shtat birliklari hisobidan quyidagi shtat birliklari kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etilsin hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amalga oshiriladigan ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrining natijalari ushbu markazning yagona riding tizimiga integratsiya qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari Kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash bo‘yicha tibbiy jihozlar, uskunalar va sarflov materiallari xaridi majburiy tartibda Kengash bilan kelishiladi va taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Kengash tomonidan tibbiy jihozlar, uskunalar va sarflov materiallarini muassasalar kesimida ratsional taqsimlash maqsadida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashga aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan (bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, yo‘g‘on ichak, oshqozon, prostata bezi va o‘pka) saraton kasalliklarini erta aniqlashda o‘tkaziladigan laborator va instrumental diagnostik tekshiruvlar bilan qamrab olinadigan aholi yoshini moliyalashtirish manbalari asosida mustaqil belgilash vakolati beriladi.
(4-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saraton kasalliklarini nazorat qilishga qaratilgan loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — loyihalar) muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar doirasida faqat sinovdan o‘tgan testlar, farmatsevtika mahsulotlari hamda vaksinalar, dalillarga asoslangan diagnostika va davolash usullari qo‘llanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturga oid xaridlarni amalga oshirishda, mablag‘lar va tibbiy uskunalarni taqsimlashda, qaror qabul qilishda Kengash a’zolarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat salomatligi etikasiga asoslanib qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan (bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, yo‘g‘on ichak, oshqozon, prostata bezi va o‘pka) saraton kasalliklarini erta aniqlashda o‘tkaziladigan laborator va instrumental diagnostik tekshiruvlar bilan qamrab olinadigan aholi yoshini sog‘liqni saqlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish hamda aniq moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologiya sohasining amaldagi holatini tahlil qilish, sohani rivojlantirish yo‘nalishlari va eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilash hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni moliyalashtirish, infratuzilma va tartibga solish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, tizimli masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish maqsadida choraklik yig‘ilishlar o‘tkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning amalga oshirilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi yuzasidan har yili tahliliy hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning natijasi haqidagi ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilishini ta’minlash.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kengash ayollarning bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bilan qamrovini kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini muntazam jalb qilib borish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Dastur Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar Dasturni monitoring qilish, tibbiyot muassasalari va tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini har olti oyda bir marta baholash va rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin hamda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar xaridini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningini o‘tkazishda ko‘rsatiladigan xizmatlarning xarid narxlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan bemorlarni davolash uchun 2025-yilda qo‘shimcha mablag‘lar talab etilganda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu xarajatlarni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish bo‘yicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining tekshiruvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ginekolog mutaxassislarni bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik ordinatura va magistraturaning ginekologiya va onkologiya mutaxassisliklari, shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv dasturlariga bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashga o‘qitish bo‘yicha modullar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2025-yil 1-mayga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimini joriy etsin hamda skrining registri yuritilishini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimini (mobil ilova va boshqalar) joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 2025-yil 1-mayga qadar ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olib, skrining algoritmlarini nazarda tutgan holda saratonoldi kasalliklari, bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash, tashxislash va davolash bo‘yicha milliy klinik bayonnomalarni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tibbiy uskunalar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkonazorat xonalarini zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Strategik islohotlar agentligi 2025 — 2030-yillar davomida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi monitoringini va Dastur samaradorligini baholashni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash hamda nazoratini amalga oshirish uchun zarur tibbiy jihozlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda joylarda “mahalla yettiligi”ga ayollar va ularning oila a’zolari orasida onkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash, davolash hamda oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini o‘tkazishni tashkil qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli maqsadli guruhlar (o‘smirlar, katta yoshli ayollar, erkaklar) uchun xavfli o‘sma kasalliklari va ularning xavf omillari, profilaktikasi, erta aniqlash va davolashning muhimligi to‘g‘risida televideniye, radio, internet va bosma ommaviy axborot vositalari orqali keng ko‘lamli axborot kampaniyalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda keng formatli tashqi reklama obyektlariga maxsus bannerlarni o‘rnatish va aholi gavjum joylarda roliklarni tizimli namoyish qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-402-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2030-yillarda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturini amalga oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarda barcha ishtirokchilar harakatini muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilish.

1. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha loyihalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning har chorak yakunlari bo‘yicha tahlillarini olib borish.

3. Kengash yig‘ilishi qaroriga muvofiq mas’ullarga topshiriqlar berish va ijrosini nazorat qilib borish.

2025 yil

yanvar

 —

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

xalqaro va nodavlat tashkilotlar

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini skrining, profilaktika, diagnostika qilish, davolash, kuzatish va reabilitatsiya qilishda yagona yondashuv asosida tibbiy yordam ko‘rsatishning uzluksizligini ta’minlash.

1. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha qo‘llanma (klinik protokollarni) ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

2. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi, diagnostikasi, davolash va keyinchalik kuzatish tartibini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

kasallik bosqichi va tarqalganlik darajasidan kelib chiqib aniqlangan bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini davolash sxemalarini ishlab chiqish;

jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarni kuzatish, reabilitatsiya qilish va palliativ parvarishlash sxemalarini ishlab chiqish.

3. Diagnostika jarayonlarining sifat nazorati standartlarini ishlab chiqish.

2024-yil

yakuniga qadar

2025-yil

may

 —

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

xalqaro va nodavlat tashkilotlar (kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini profilaktika, skrining, diagnostika qilish va davolashda ishtirok etuvchi tibbiyot muassasalarini standartlarga muvofiq jihozlash.

1. Tibbiyot muassasalari va ulardagi mavjud tibbiy jihozlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Bachadon bo‘yni saratonini skrining qilish va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashda ishtirok etuvchi tibbiyot muassasalarini (birlamchi bo‘g‘in va ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish muassasalarini) jihozlashga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqish.

3. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashda ishtirok etuvchi tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlash.

2025-yil

iyun

 —

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Strategik islohotlar agentligi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi tizimini tatbiq etish.

1. Birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining onkologik kasalliklar to‘g‘risidagi hushyorligini oshirish, ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklar rivojlanishi xavfi omillarini erta aniqlash choralarini ko‘rish.

2. O‘smir qizlar o‘rtasida odam papillomasi virusiga (keyingi o‘rinlarda  —  OPV) qarshi emlashning yosh chegaralarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangilangan tavsiyalariga asosan qayta ko‘rib chiqish hamda Milliy profilaktik emlash kalendarini qayta tasdiqlash.

3. OPV (jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklar, jumladan, OIV infeksiyasi) yuqishi xavfini kamaytirish maqsadida yoshi va milliy urf-odatlarni hisobga olgan holda o‘g‘il bolalar va qizlarning reproduktiv tarbiyasi bo‘yicha dasturlar (alohida ota-onalar va maktab o‘qituvchilari uchun) ishlab chiqish.

4. Barcha ayollar bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni belgilari paydo bo‘lganda zudlik bilan ginekolog ko‘rigidan o‘tish zarurligini keng targ‘ib qilish.

5. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlari uchun bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonining birlamchi profilaktikasi masalalari bo‘yicha treninglar va seminarlar tashkil etish, shu jumladan, motivatsion maslahat berish va ayollar bilan o‘zaro hamkorlik usullarini o‘rgatish.

6. Akusher-ginekolog va reproduktologlar tomonidan ayollarga gormonal dorilarni buyurishning qat’iy mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil
1-yanvar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Sanepidqo‘m,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash tizimini tatbiq etish.

1. Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida 30 — 50 yoshdagi ayollarning elektron bazasini (ro‘yxatini) shakllantirish, ushbu ayollarni rejali ko‘rikdan o‘tishga taklif qilish tizimini yaratish.

2. Har yili 30, 40 va 50 yoshdagi ayollarda OPVni aniqlash orqali bachadon bo‘yni saratoniga skrining qilish, ularni suyuqlik sitologiyasi usuli yordamida triajlash.

Bunda OPV testi musbat ayollarni triajlash natijasida o‘zgarishlar topilganda kolposkopiya usulida tekshirishni tashkil qilish.

2025-yildan boshlab

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash tizimini tatbiq etish.

1. Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida 30 — 65 yoshdagi ayollarning elektron ma’lumotlar bazasini (ro‘yxatini) shakllantirish, ushbu ayollarni rejali ko‘rikdan o‘tishga taklif qilish tizimini yaratish.

2. Har 2 yilda bir marta 30 — 65 yoshdagi ayollarni ko‘krak bezi saratoniga skriningdan o‘tkazish.

Bunda 30 — 65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralash hamda 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar ko‘krak bezini ultratovush tekshiruvi usulida, 45 — 65 yoshdagi ayollar mammografiya orqali ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2025-yildan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini diagnostika qilish sifatini nazorat qilish amaliyotini joriy etish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Mammografiya tasvirini o‘qish markazi (yagona riding markazi)ni tashkil etish hamda uni mammografik skriningni boshqarish va sifatini nazorat qilish axborot tizimida (screening.mammo.uz) tuman (shahar) tibbiyot muassasalarining mammografik kabinetlari bilan integratsiya qilish.

Bunda keyingi 5 yil ichida Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi ehtiyojlarini ta’minlash uchun tasvirlarni arxivlash va aloqa tizimi (PACS) va yetarli server sig‘imini ta’minlash.

2. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan erta diagnostika qilish maqsadida o‘tkazilayotgan mammografiya tekshiruvlarini Yagona riding markaziga ulash sharti bilan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali moliyalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Bunda mammografiya tekshiruvlari xarajatlarini qoplash narxlari (tariflar) belgilanishini ta’minlash.

3. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida referens-laboratoriya tashkil etish.

Bunda OPV testlari sifatini monitoring qilish va patologik sitologik surtmalarni markazlashtirilgan tarzda o‘qishni yo‘lga qo‘yish. Yagona laboratoriya va hududiy filiallarning axborot tizimlarini bachadon bo‘yni saratoni skrining axborot tizimi platformasi bilan integratsiya qilish.

4. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Yagona riding markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi referens laboratoriya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Yagona riding markaziga 8 ta shtat birligi ajratish.

6. Mammografiya bajarish standartlariga amal qilish va ayollarga muolaja zararini kamaytirish maqsadida:

tasvirga olish uchun sifat nazorati protokolini yaratish;

rentgen laborantlar va radiologlar uchun kundalik va haftalik sifat nazorati testlari bo‘yicha o‘qishni tashkil etish;

texnik nosozlik sababli qayta mammografiyalar ko‘rsatkichini har bir mammografiya kabinetlari kesimida muntazam nazorat qilish;

PGMI (joylashishni aniqlash va sifat) va BIRADS (radiologlar hisoboti) vositalaridan foydalangan holda mammografiya tasvirlarini keng qamrovli baholashdan o‘tkazish. Bunda, intervalli saraton kasalliklariga alohida e’tibor qaratish;

har bir radiolog tomonidan o‘qilgan tasvirlar bo‘yicha yozuvlarni saqlash va radiologlarning ish yukini maqbullashtirish;

axborot tizimida birinchi o‘qishni amalga oshirgan radiologlarga ikkinchi va uchinchi o‘qish xulosalari bilan tanishishga ruxsat berish hamda kasallik aniqlangan (BIRADS 0/4/5) bemorlar muhokamasida ishtirokini ta’minlash;

axborot tizimida ultratovush va biopsiya natijalarini, mammolog ko‘rigi va yakuniy tashxisni qayd etishni ta’minlash.

2025-yildan boshlab

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ko‘krak bezi saratonining diagnostikasi sifatini nazorat qilish tizimini joriy etish.

1. Ko‘krak bezi saratonining yakuniy tashxisini multidissiplinar tibbiy jamoa ishtirokidagi konsilium xulosasiga asosan qo‘yilishini ta’minlash.

2. Aniq lokalizatsiya va davolashni rejalashtirishga yordam berish uchun paypaslanmaydigan va ultratovush bilan ko‘rinmaydigan o‘smalarni (ignali/ignasiz) markerlashni rivojlantirish.

Sifatni nazorat qilish jarayonini kuchaytirish, mammografik tasvirlarning ishonchliligi va aniqligini ta’minlash uchun mavjud sinov obyektlaridan (ko‘krak bezining patologiyasini to‘g‘ri taqlid qiluvchi Plexiglas fantomi) foydalanish.

3. Ko‘krak bezi saratonining diagnostikasi va bosqichini aniqlash uchun radiologik xizmatlardan jumladan, ultratovush, magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi va pozitron-emission tomografiyasidan foydalanish.

4. Barcha ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarning patolomorfologik hisobotiga pTNM bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yiliga kamida bir marta pTNM natijalari tahlilini o‘tkazish.

5. Barcha ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarning tasnifiga 0-bosqichni kiritish.

2025-yildan boshlab

 —

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini davolash sifatini nazorat qilish amaliyotini joriy qilish.

1. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini davolash protokollarini ilmiy asoslangan ma’lumotlarga mos yangilash.

2. Joriy milliy onkologiya dori vositalari ro‘yxatini uning JSST muhim onkologiya dorilari ro‘yxatiga mos kelishini ta’minlash uchun qayta ko‘rib chiqish hamda eng asosiy ehtiyojlar to‘liq qoplanishini ta’minlash uchun ularni ustuvor guruhlar bo‘yicha tasniflash.

3. Onkologiya dorilarini tayyorlash, aralashtirish, qayta tayyorlash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining klinik farmakologlarini o‘qitish.

4. Tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari tomonidan dori, sarflash materiallari va tibbiyot asbob-uskunalari bilan xavfsiz ishlash talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Radioterapiya uskunalari bilan ta’minotni qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bosqichlarda rejalashtirish uchun radioterapiyaga bo‘lgan taxminiy va real ehtiyojni baholash.

6. Chiziqli tezlatkichlardan foydalanish samaradorligini oshirish.

7. Radioterapevt onkologlarning multidissiplinar jamoa konsiliumi va yig‘ilishlarida ishtirok etishini ta’minlash.

8. Ko‘krak bezini saqlab qolish maqsadida jarrohlik yoki boshqa standart davo turlari bilan birga radioterapiyadan foydalanishni nazarda tutish.

9. Bemorlarni, xodimlarni va atrof-muhitni himoya qilish uchun jarrohlik bo‘limlarida onkologik dori-darmonlarni tayyorlash va bemorlarga qo‘llashni man qilish.

10. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari amaliyotiga limfa tugunlari biopsiyasini (SLNB) joriy etish.

11. Davlat budjetidan bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini davolash uchun ajratilayotgan mablag‘lar ma’lumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimi ma’lumotlari asosida maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash.

12. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini davolash muolajalari katalogini yaratish.

13. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni kasalligini davolashning aniq qiymatini hisoblash.

2025-yildan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga chalingan yoki uni o‘tkazgan ayollarga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

1. NNT bilan hamkorlikda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga chalingan yoki uni o‘tkazgan ayollarga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishni tashkil etish.

2. Reproduktiv tizim onkologik kasalliklariga chalingan ayollarni emotsional va psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tibbiyot xodimlarini ixtisoslashtirilgan tarzda o‘qitish.

3. Zaruratga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollarga keys-menejment orqali ijtimoiy va psixologik xizmatlar ko‘rsatish.

4. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislari tomonidan palliativ tibbiy xizmatga muhtoj bemorlarga uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish.

2025 — 2026 yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Skrining tekshiruvi, bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini dastlabki bosqichlarida aniqlash va davolash masalalari bo‘yicha aholining xabardorlik darajasini oshirish.

1. Aholi uchun axborot va targ‘ibot kampaniyasining rejasi, jadvali, kontenti va kanallarini ishlab chiqish.

2. Turli maqsadli guruhlar (o‘smirlar, katta yoshli ayollar, erkaklar) uchun bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonining xavf omillari (tamaki chekish va alkogol ichimlik iste’mol qilish), profilaktikasi, erta aniqlash va davolashning muhimligi to‘g‘risida o‘quv materiallari, shu jumladan, broshyuralar, bukletlar, onlayn resurslar va boshqalarni ishlab chiqish.

3. Televideniye, radio, internet va bosma ommaviy axborot vositalari orqali keng ko‘lamli axborot kampaniyalarini tashkil etish.

4. Bemorlar hamjamiyatini yaratish, axborot tarqatish va tadbirlar o‘tkazishga ko‘maklashish uchun mahalliy jamoalar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

5. Saratonga chalingan bemorlar yoki ularning yaqinlari qaror qabul qilishi uchun ma’lumot olishlari mumkin bo‘lgan bepul onlayn ma’lumotnoma xizmatini yaratish.

6. Saratonga chalingan ayollar uchun davolanishning turli usullaridan o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlash va davolanishdan voz kechmaslik uchun davolash xizmatlari bo‘ylab harakatlanishga yordam beradigan navigatorni ishlab chiqish.

Bunda hamshiralar yoki ko‘ngillilar (ayniqsa, saraton kasalligidan omon qolganlar) navigator sifatida o‘qitilishi mumkin.

7. Aholi orasida quyidagi maqsadlarda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish:

maqsadli guruhdagi ayollar skriningdan o‘tganligi va ularning ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini baholash;

aholining xabardorlik darajasini baholash;

axborot kampaniyalarining samaradorligini baholash.

2025 — 2030 yillar

Koreya Respublikasining
KOFIH jamg‘armasi mablag‘lari
(kelishuv asosida)

hamda
boshqa xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish sohasida yangilangan protokollar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash.

Oilaviy shifokorlar, ginekologlar, patronaj doya va hamshiralarni saratonning ilk belgilari, alomatlari bo‘yicha ayollarni xabardor qilish, belgilar aniqlanganda yo‘naltirish va kuzatish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Trening markazini tashkil etish.

Bunda bachadon bo‘yni saratoni skriningi, diagnostikasi, saratonoldi kasalliklarini davolash va ko‘krak bezi saratoni klinik palpatsiyasi bo‘yicha ginekologlar uchun bir yillik o‘quv kursini tashkil etish.

Barcha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning onkonazorat xonalari ginekologlarini bir yillik kursda o‘qitish va sertifikatlash.

3. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida birlamchi bo‘g‘in mutaxassislari (oilaviy shifokorlar, doyalar, ginekologlar, sitologlar, OPV tahlilini amalga oshiruvchi shifokor-laborantlar) uchun bachadon bo‘yni saratoni skrining algoritmi, OPV aniqlangan va sitologik surtma anomal bo‘lgan ayollarni kolposkopiya tekshiruvidan o‘tkazish va saratonoldi kasalliklarni davolash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv markazlarini tashkil etish.

4. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni diagnostikasi va uni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.

Jumladan, poliklinikalardagi ultratovush shifokorlarini ko‘krak bezini ultratovush tekshiruvi bo‘yicha o‘qitish.

5. Hududlarda gistologiya xizmatini mustahkamlash.

6. Quyidagi tibbiy ta’lim muassasalarida oila tibbiyoti, ginekologiya, onkologiya, suyuqlik sitologiyasi, virusologiya, kolposkopiya, patomorfologiya (biopsiya), hamshiralik ishi yo‘nalishlarida o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash:

barcha oliy tibbiy ta’lim muassasalari;

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari;

Respublika o‘rta tibbiyot v farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish markazi.

Ushbu ta’lim muassasalarida ginekologlar uchun kolposkopiya va ko‘krak bezlarining klinik palpatsiyasi, sitologlar uchun suyuqlik sitologiyasi, virusologlar uchun OPV diagnostikasi, onkologlar uchun bachadon bo‘yni saratonini davolash, doyalar uchun surtma olish bo‘yicha kurslarini tashkil etish.

2025-yildan boshlab

Koreya Respublikasining
KOFIH jamg‘armasi mablag‘lari
(kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish va diagnostika qilishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish.

1. Yagona riding markazining mammografiya bo‘yicha ekspertlar guruhi tomonidan birinchi o‘qish va nazorat tartibida (ikkinchi) o‘qish uchun sun’iy intellekt tizimidan foydalangan holda (screening.mammo.uz) axborot tizimida skrining mammogrammalarini gibrid o‘qishni tashkil etish.

2. Yagona riding markazning mammografiya bo‘yicha ekspertlarga (screening.mammo.uz) tizimida o‘qilgan har bir mammogramma uchun hamda referens laboratoriyada har bir o‘qilgan suyuqlik sitologiyasi uchun shifokor-sitologlarga ishbay haq to‘lash mexanizmini joriy etish.

2025-yil
yanvar

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro standartlarga muvofiq bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

1. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturida qatnashuvchi tibbiyot muassasalarini ularning zarur talablar asosida jihozlanganligi va infratuzilmasi bo‘yicha kompleks baholash.

2. Zarur uskunalar ro‘yxatini tuzish va moddiy-texnika bazasini yangilash va modernizatsiya qilish uchun ustuvor ehtiyojlarni aniqlash.

3. Har yili 30 50 yoshdagi ayollar uchun xalqaro standartlarga mos bo‘lgan OPV tahlili uchun reagentlar va sarflov materiallarini xarid qilish.

Bunda:

2025-yil  —  3,4 mln AQSH dollari (Islom taraqqiyot banki  —  2,6 mln AQSH dollari, KOFIH jamg‘armasi —  800 ming AQSH dollari);

2026-yil  —  3,5 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari);

2027-yil  —  3,5 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari);

2028-yil  —  3,6 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari);

2029-yil  —  3,7 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari);

2030-yil  —  3,7 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari).

4. Saratonoldi, bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni diagnostikasi uchun quyidagi zarur uskunalarni xarid qilish (Davlat budjeti mablag‘lari):

a) tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida skrining tadbirlari uchun 14 ta raqamli statsionar mammograflar;

b) Yagona riding markazida tasvirlarni saqlash uchun server;

v) 1 500 nafar ayolda ko‘krak bezi saratonining erta diagnostikasi uchun bir martalik biopsiya to‘plamlari va operatsiyadan oldingi markerlar (o‘smani fiksatsiya qiluvchi igna);

g) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga biopsiya olish va bachadon bo‘yni saratonoldi kasalliklarini davolash uchun 14 ta radioto‘lqinli jarrohlik apparatlari.

d) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga  —  14 ta, tumanlararo perinatal markazlarga  —  16 ta polimer zanjirli reaksiya apparati;

e) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga suyuqlik sitologiya surtmalarini tekshirish va Referens laboratoriyaga yuborish uchun 14 videokamerali binokulyar raqamli mikroskoplar.

5. Logistika tizimi hamda uskuna uzluksiz
va sifatli ishlashini ta’minlash uchun unga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va kalibrovka qilishni joriy etish.







Xalqaro moliya tashkilotlari hamda
Davlat budjeti mablag‘lari



21,4 mln AQSH dollari









2,1 mln AQSH dollari


220 ming AQSH dollari

500 mln so‘m

(har yili)


224 ming AQSH dollari




Islom taraqqiyot banki mablag‘lari



Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

500 mln so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi bilan qamrovni kengaytirish.

30 — 50 yoshdagi ayollarni bachadon bo‘yni saratoni hamda 40 — 65 yoshdagi ayollarning ko‘krak bezi saratoni skriningi bilan qamrovini kengaytirish choralarini ko‘rish.

20252030 yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash

Tibbiyot muassasalarini bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni nazorati sohasidagi malakali kadrlar bilan ta’minlash.

1. Yagona riding markazini radiolog shifokor (4 ta shtat birligi), epidemiolog (1 ta shtat birligi), ma’lumot tahlilchisi (1 ta shtat birligi) va axborot texnologiyalar mutaxassislari (2 ta shtat birligi) bilan ta’minlash.

2. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning onkonazorat xonalarida akusher-ginekolog shifokor shtat birligini kiritish.

3. 2 ta navbatda ishni tashkil qilish uchun tibbiyot muassasalarida statsionar va mobil mammografik uskunalar bilan jihozlanganligiga qarab rentgen-laborant shtat birliklarini kiritish.

2025 yildan boshlab

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborotni yig‘ish, saqlash va tahlil qilishga oid ma’lumotlarni boshqarish hamda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi amalga oshirilishini monitoring qilishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha ma’lumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimini (skrining registrni) ishlab chiqish.

2. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha ma’lumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimini (kanser-registrni) ishlab chiqish.

Bunda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Saraton profilaktikasi markazidagi kanser-registr bo‘limini vrach-metodist (6 ta), epidemiolog (1 ta), ma’lumot tahlilchisi (2 ta) va IT mutaxassis (3 ta) uchun shtat birliklari bilan ta’minlash.

3. Qayta aloqa (mobil ilovalar va boshqalar) tizimini yo‘lga qo‘ygan holda skrining-registr va kanser-registrni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish.

4. Ma’lumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimining mavjud tibbiy axborot tizimlari, shu jumladan, sog‘liqni saqlash elektron tizimi, kanser-registr va emlash elektron reyestri bilan integratsiyasini ta’minlash.

Bunda ma’lumotlarning aniq va to‘liqligini ta’minlash uchun tizimlar o‘rtasida axborotning avtomatik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, uzluksiz texnik qo‘llab-quvvatlash va texnik muammolarni operativ bartaraf etish.

2025 yil

may

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari




Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy

tibbiyot

markazi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturini monitoring qilish mexanizmi va samaradorligini baholash hamda uni yaxshilash bo‘yicha yo‘nalishlarni belgilash.

1. Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI), indikatorlar va qo‘llanmalar, Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturining turli jihatlarini, shu jumladan, aholini skrining bilan qamrab olish, bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash, diagnostika va davolash sifati, bemorlar yashab qolish va tibbiy xizmatlardan qoniqishini monitoring qilish va baholash uchun ichki va tashqi audit tizimini xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish va joriy qilish.

Bunda monitoring qilishning asosiy indikatorlari sifatida quyidagilarni belgilash:

OPVga qarshi emlash bilan qamrov;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni skriningiga taklif qilish ko‘rsatkichi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni skriningi bilan maqsadli guruhlarni qamrab olish;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni skriningida qatnashishni rad etgan maqsadli guruhlardagi ayollar ulushi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni diagnostikasi bilan qamrab olish;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni skriningi tekshiruvidan diagnostikaga qadar o‘tgan vaqt;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni gistologiya tekshiruvi orqali tasdiqlanganlar ulushi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni gistologiya natijasiga asosan giperdiagnostika/soxta ijobiy natijalar ko‘rsatkichi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgandan keyin davolanishni boshlashgacha o‘tgan vaqt;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratonidan davolanishni boshlaganlar ulushi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratonidan davolanishni tugatganlar ulushi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni bilan yosh bo‘yicha kasallanish ko‘rsatkichi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni bosqichlari kesimida kasallanish ko‘rsatkichi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratonidan yosh bo‘yicha o‘lim holatlari;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratonida oraliq (interval) saraton darajasi;

bachadon bo‘yni/ko‘krak bezi saratoni kasalligidan keyingi yashash ko‘rsatkichi.

2. Ma’lumotlarni elektron usulda to‘plash orqali monitoring qilib borish va dashbordda axborot tizimiga ulash.

3. Muammoli yo‘nalishlar va yechimlarini aniqlash uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni doimiy tahlil qilgan holda hisobotlarning davriy nashrini ta’minlash.

4. Onkologiya sohasi, shu jumladan, nodavlat tibbiyot tashkilotlari mutaxassislaridan iborat mustaqil ekspert guruhlarini tashkil etish va muammoli yo‘nalishlar va ularning yechimlari bo‘yicha ularning ekspert xulosalarini olish.

5. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturining aholi salomatligiga, jumladan, kasallanish, o‘lim va yashab qolish ko‘rsatkichlariga ta’sirini davriy baholash.

6. Ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun aholi va maqsadli guruhdagi ayollar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish hamda ma’lumotlarni so‘rovnoma natijalari bilan taqqoslash.

2025 yil

yanvar








2025 — 2030-yillar davomida
(har oyda)

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari








Respublikasining
KOFIH jamg‘armasi

mablag‘lari
(kelishuv asosida)

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini diagnostika qilish va davolash jarayonlariga yangi texnologiyalar va innovatsion usullarni joriy qilish.

1. Saraton bilan kasallangan ayollar orasida JSST bilan hamkorlikda DEDICA tadqiqotini o‘tkazish.

2. Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini diagnostika qilish va davolashda joriy va istiqbolli texnologiyalar va usullarni ko‘rib chiqish.

3. Yetakchi xalqaro va milliy tadqiqot institutlari, texnologiya kompaniyalari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish.

4. Tibbiyot xodimlarini yangi texnologiyalardan foydalanish, diagnostika qilish va davolash usullari bo‘yicha xorijda o‘qitishni ta’minlash.

Bunda dasturni amalga oshirish uchun mas’ul tibbiyot xodimlari (doya, ginekolog, sitolog, patomorfolog, onkolog) o‘qishini tashkil etish.

5. Investitsiyalarni jalb qilgan holda sinov hududlarda klinik sinovlarni o‘tkazish va keyinchalik diagnostikaning innovatsion texnologiyalari va usullarini baholash va joriy qilish.

2025 — 2030 yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari





Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: moliyalashtirish manbalari va ajratiladigan mablag‘lar miqdoriga Sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

E.E. Adilov

sog‘liqni saqlash vaziri, Kengash raisi

Lavozimi bo‘yicha

(kelishuv asosida)

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi

Lavozimi bo‘yicha

(kelishuv asosida)

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi

O.S. Imamov

sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

O.R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

A.F. Umarova

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi mas’ul xodimi

D.J. Aniyozova

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi mas’ul xodimi

N.S. Nadirxanova

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

S. Kaya

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

D.Sh. Polatova

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

M.S. Islamov

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

A.A. Abdukayumov

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Sh.T. Muxtarov

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

S.I. Ismailov

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

M.A. Saidov

Milliy tibbiyot markazi direktori

Z.Sh. Ermatov

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

E.E. Gimranov

“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ direktori

Lavozimi bo‘yicha

(kelishuv asosida)

O‘zbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston akusher-ginekologlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston onkologlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston urologlar ilmiy jamiyati, JSST, YUNFPA va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari

Lavozimi bo‘yicha

(kelishuv asosida)

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari vakillari

Lavozimi bo‘yicha

Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish departamenti boshlig‘i, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Kengash raisiga zarur hollarda Kengash tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati beriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash hamda nazoratini amalga oshirish uchun zarur tibbiy jihozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Muassasa nomi

Tibbiy asbob-uskunalar nomi

Polimeraza zanjirli reaksiya uskunasi

Radioto‘lqinli jarrohlik uskunasi

Binokulyar raqamli mikroskop
(videokamerali)

Statsionar mammograf*

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

1

-

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

1

 

 

1

2.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filiali

1

 

 

1

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali

2

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Buxoro viloyati filiali

1

 

 

1

4.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali

1

 

 

1

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali

1

 

 

1

6.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filiali

1

 

 

1

7.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali

1

 

 

1

8.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali

2

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali

1

 

 

1

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali

1

 

 

1

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz shahri filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali

1

 

 

1

11.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali

1

2

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali

1

 

 

1

12.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar  filiali

1

 

 

1

13.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali

1

 

 

1

14.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiali

1

 

 

1

Jami

30

14

14

14

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Statsionar mammograflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq tuman (shahar) tibbiyot muassasalariga beriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 07/24/402/0964-son; 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)