18.11.2024 yildagi PQ-396-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligining Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoniga ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini qo‘llash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslik sohalari bo‘yicha ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash, ularning ta’lim olishi va soha tashkilotlarida malakaviy amaliyotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-o‘qituvchilarning sanoat korxonalarida stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya va amaliyot uyg‘unligini samarali tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika institutiga biriktirilayotgan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Institutga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchisi bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024/2025 o‘quv yili davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari va fanning o‘quv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirilgan holda ta’lim jarayoniga joriy etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy ta’lim tashkilotlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni tanlov asosida ishlab chiqarish, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy va (yoki) amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda energetika muhandisligi, sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda Ta’lim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘ysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda o‘tkazishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Institut faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-396-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish

1.

Andijon davlat texnika instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish.

1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2025-yil yanvar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Institut

2. Institut fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

3. Institutning tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

4. Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan to‘ldirish.

2025-yil yanvar

2.

Institut fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Kadrlar buyurtmachilarining talablariga mos tashkil etilishi zarur bo‘lgan kafedralar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Kafedralarni zarur o‘quv-uslubiy va me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash.

2025-yil yanvar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

3.

Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlar bilan to‘ldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

3. Kafedralarning professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

4. Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan bo‘shatiladigan professor-o‘qituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2025-yil fevral

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Institut

II. Institutda o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy etish

4.

Ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini joriy etish.

1. Malaka talablari va fan dasturlarini ish beruvchilarning takliflari hamda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida ishlab chiqish va joriy etish.

2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlaridan fanlar katalogini optimallashtirish.

2025-yil avgust

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

5.

Mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish.

1. Mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish.

2025-yil may

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash.

2025/2026 o‘quv yili

6.

Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Ta’lim jarayonini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish.

2025/2026 o‘quv yilidan

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Ta’lim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari bilan boyitish.

2025-yil sentabr

7.

Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.

1. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarga kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Yaratilgan yangi adabiyotlarni chop etish.

2025-yil dekabr

8.

Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashg‘ulotlarni tashkil etish.

1. Talabalarning amaliyotini viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish.

2025/2026 o‘quv yili

Institutning mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Institut talabalarining amaliyotini samarali tashkil etish va doimiy monitoringini olib borish.

Amaliyot davrida

9.

Hamkor tashkilotlarda Institut kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Institutning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan tashkilot va korxonalarda Institut kafedralarining filiallarini tashkil etish.

2025-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut,

hamkor tashkilotlar

2. Kafedralar filiallarida mashg‘ulotlar o‘tkazgan hamda talabalarning malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Institut tomonidan soatbay ish haqi to‘lash.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

10.

Institutning 2 ta ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2026-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi,

Institut

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim talablariga moslashtirish.

2026-yil may

3. Xalqaro ta’lim talablariga moslashtirilgan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2026/2027 o‘quv yili

11.

Institut professor-o‘qituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka o‘tash va malaka oshirishga yuborish.

1. Institut professor-o‘qituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka o‘tash va malaka oshirish rejasini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va grant mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Har yili kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va doktorantni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka o‘tash va malaka oshirishga yuborish.

2025 — 2027-yillar

12.

O‘quv jarayoniga xorijdan professor-o‘qituvchi hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va grant mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini bitirgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni o‘quv jarayonlariga jalb etish.

2025 — 2027-yillar

13.

Institut professor-o‘qituvchilarining soha yo‘nalishi bo‘yicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish.

1. Soha yo‘nalishi bo‘yicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashini tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Institutning budjet vabudjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Professor-o‘qituvchilarning respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

14.

Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kirishga tayyorlash.

1. Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.

2025 — 2027-yillar har olti oyda

3. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Institut profilini ochish.

2025-yil dekabr

4. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari mas’ullari ishtirokida Institut faoliyatini tahlil qilish.

2025-yil sentabr

15.

Institut talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

1. Talabalarning amaliyotlarini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.

Har yili oktabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Ta’lim shaklidan qat’i nazar, tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar amaliyotlari tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida kelishuv (shartnoma) asosida tizimli ravishda o‘tkazilishini ta’minlash.

3. Talabalarning amaliyotni o‘tash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ish joylashishiga ko‘maklashish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

16.

Institutda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. O‘quv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va o‘qituvchilarni, shuningdek, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish bo‘yicha xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkilotlari tajribasini o‘rganish.

2. 2025 — 2027-yillar mobaynida institutga yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan eng kamida 100 nafar yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni ma’ruzalar o‘qish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

Xalqaro grantlar,

Institut mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

17.

Yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish.

Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining nufuzli xalqaro ta’lim, ilmiy-amaliy ko‘rgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan forumlar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirokini ta’minlash.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

Xalqaro grantlar,

Institut mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

III. Institutning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash

18.

Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish.

1. Institutning tadqiqotchilari uchun Andijon shahridagi “Digital City” texnoparki bilan hamkorlik va shart-sharoitlar yaratish.

2025-yil noyabr

-

Institut,

Andijon viloyati hokimligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi

2. Andijon davlat universitetidagi Yarim o‘tkazgichlar fizikasi ilmiy-o‘quv markazi bilan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida hamkorlik o‘rnatish.

2025-yil dekabr

3. Institutda innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida “Spin-off” innovatsion korxonalarini tashkil etish.

2026-yil yanvar

19.

Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar ko‘lamini oshirish.

1. Institutning ilmiy-texnik hamda muhandis xodimlarining respublikada va yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.

2. Andijon viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

Institut,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish agentligi

20.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

1. Institut kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar ko‘lamini kengaytirish va tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2. Andijon viloyatidagi korxonalarda mavjud muammolar bo‘yicha mavzular bazasini shakllantirish va loyihalarni bajarish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Hududdagi tarmoq korxonalarining mablag‘lari

Institut,

Andijon viloyati hokimligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

IV. Institutda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

21.

Institutda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish.

1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish tartibini tasdiqlash va jamoalarni shakllantirish.

2025-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish va g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish.

Doimiy

22.

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etish.

1. Institutga tegishli binolardan beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash.

2025-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar,

homiylik mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Institut

2. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash.

3. Institutda ashula va raqs ansambli hamda talabalar xor jamoasini tashkil etish.

2025-yil mart

23.

El ardog‘idagi san’atkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

1. El ardog‘idagi san’atkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.

3. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.

Reja asosida

24.

Talabalarni jismonan chiniqtirish va ularga sportda o‘z qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

1. Institut talabalari orasida sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish.

2. Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini o‘tkazish.

Har yili reja asosida

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari,

Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari,

homiylik mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sport vazirligi,

Andijon viloyati hokimligi,

Institut

25.

Talabalar yaratgan ijod namunalaridan ko‘rgazmalar tashkil qilish imkonini beruvchi san’at galereyasi va dizayn studiyasini tashkil etish.

1. San’at galereyasi hamda dizayn studiyasini tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

2025-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari,

Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari,

homiylik mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Institut

2. San’at galereyasi hamda dizayn studiyasini jihozlash va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil sentabr

3. San’at galereyasi hamda dizayn studiyasi faoliyatiga mutaxassislarni jalb etish.

4. Talabalar tomonidan yaratilgan san’at asarlari va dizaynerlik ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etib borish.

Doimiy

V. Institut faoliyatini raqamlashtirish va ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

26.

Institut kampusi va ulardagi bino-inshootlarda IT infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institutning mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijalariga ko‘ra talab etiladigan IT qurilmalarni xarid qilish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

27.

Institut faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish.

1. “NEMIS” oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini o‘rnatish, sozlash va ishga tushirish.

2. Axborot tizimiga Institutning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilishini ta’minlash hamda ta’lim tashkilotlariga tegishli ma’lumotlarni birlashtirish.

2025-yil sentabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

28.

Talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Ta’lim xizmatlari markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Ta’lim xizmatlari markazi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ta’lim xizmatlari markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

29.

Institutning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Institutda mavjud kutubxona fondini xatlovdan o‘tkazish hamda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan resurslar ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Ro‘yxat asosida barcha resurslarni raqamlashtirish hamda elektron kutubxona tizimiga kiritish.

2025/2026 o‘quv yili davomida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni,

(m2)

Balansda saqlovchi

1.

1-o‘quv binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 56-uy

8012,56

Andijon mashinasozlik instituti

2.

2-o‘quv binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 56-uy

3462,18

3.

3-o‘quv binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 39a-uy

8066,89

4.

4-o‘quv binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 32-uy

5700,84

5.

Axborot-resurs markazi binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 56-uy

482,4

6.

O‘quv-laboratoriya ishlab chiqarish markazi binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 39a-uy

1487,0

7.

1-son talabalar turar joyi binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 56-uy

4050,34

8.

2-son talabalar turar joyi binosi

Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 39a-uy

4246,87

9.

1-son o‘quv binosi

Andijon shahri, A. Navoiy shohko‘chasi, 15a-uy

34900,0

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat texnika institutiga biriktirilayotgan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ta’lim tashkiloti nomi

Quvvati

1.

Andijon davlat texnika institutining akademik litseyi (sobiq Andijon mashinasozlik institutining akademik litseyi)

720

2.

Andijon qurilish va transport texnikumi

930

3.

Andijon shahar 1-son politexnikumi

600

4.

Andijon shahar 2-son politexnikumi

750

5.

Andijon shahar 3-son politexnikumi

660

6.

Andijon shahar 4-son politexnikumi

720

7.

Andijon tuman 1-son politexnikumi

450

8.

Andijon tuman 3-son politexnikumi

765

9.

Asaka transport va mashinasozlik texnikumi

900

10.

Asaka tuman 2-son politexnikumi

450

11.

Asaka tuman 3-son politexnikumi

720

12.

Baliqchi tuman 1-son politexnikumi

750

13.

Baliqchi tuman 2-son politexnikumi

615

14.

Buloqboshi tuman 1-son politexnikumi

1005

15.

Buloqboshi tuman 2-son politexnikumi

615

16.

Bo‘ston tuman politexnikumi

600

17.

Jalaquduq tuman 1-son politexnikumi

615

18.

Jalaquduq tuman 2-son politexnikumi

585

19.

Izboskan tuman 1-son politexnikumi

990

20.

Izboskan tuman 2-son politexnikumi

1005

21.

Qo‘rg‘ontepa tuman 1-son politexnikumi

450

22.

Marhamat tuman 2-son politexnikumi

930

23.

Oltinko‘l tuman 1-son politexnikumi

900

24.

Oltinko‘l tuman 2-son politexnikumi

900

25.

Paxtaobod tuman 1-son politexnikumi

540

26.

Paxtaobod tuman 2-son politexnikumi

615

27.

Xonobod shahar 1-son politexnikumi

750

28.

Xo‘jaobod tuman politexnikumi

750

29

Shahrixon tuman 1-son politexnikumi

720

30.

Shahrixon tuman 2-son politexnikumi

825

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 07/24/396/0959-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)