21.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3578
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 21.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3578
Kuchga kirish sanasi
01.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (17-sonli BHS) “Xodimlarning daromadlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3578]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (17-sonli BHS) “Xodimlarning daromadlari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi 182-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (17-sonli BHS) “Xodimlarning daromadlari”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (17-sonli BHS) “Xodimlarning daromadlari” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda budjet mablagʻlari oluvchilar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan xodimlarga beriladigan daromadlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning daromadlari — xodimlar tomonidan amalga oshirilgan mehnat faoliyati evaziga yoki ishdan boʻshatilganligi uchun tashkilot tomonidan beriladigan toʻlovlarning barcha turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning qisqa muddatli daromadlari — xodimlar tegishli mehnat faoliyatini koʻrsatgan yillik hisobot davri oxiridan keyingi oʻn ikki oy oldin toʻliq hisob-kitob qilinishi kutilayotgan xodimlarning daromadlari (ishdan boʻshatish nafaqalaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar — mehnat faoliyati yakunlangandan soʻng xodimlarga toʻlanadigan daromadlar (ishdan boʻshatish nafaqalari va xodimlarning qisqa muddatli daromadlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning boshqa uzoq muddatli daromadlari — xodimlarning qisqa muddatli daromadlari, mehnat faoliyatidan keyingi daromadlari va ishdan boʻshatish nafaqalaridan tashqari xodimlarning barcha daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdan boʻshatish nafaqasi — xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan biryoʻla beriladigan pulli toʻlovdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar dasturlari — tashkilotning bir yoki bir nechta xodimlariga mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar bilan taʼminlaydigan kelishuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturlari — tashkilot alohida jamgʻarmaga qatʼiy belgilangan badallarni toʻlaydigan va agar ushbu jamgʻarma xodimlarning tegishli barcha nafaqalarini toʻlash uchun yetarli mablagʻga ega boʻlmasa ham, tashkilot qoʻshimcha badallarni toʻlash boʻyicha yuridik yoki konstruktiv javobgarlikka ega boʻlmaydigan xodimlarning mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar dasturlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Standartning maqsadi xodimlar daromadlarining hisobini yuritish va ular boʻyicha maʼlumotlarni yoritib berish tartibini belgilashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Standart xodimlarning mazkur Standartning 5-bandida koʻrsatilgan xodimlarning daromadlarini hisoblashda tashkilot tomonidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Standartda qoʻllaniladigan xodimlarning daromadlari quyidagilar asosida tatbiq etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot va alohida xodim, xodimlar guruhlari yoki ularning vakillari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar (mehnat shartnomasi, fuqaroviy-huquqiy shartnoma) yoki boshqa kelishuvlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotdan davlat, soha yoki boshqa bir nechta ish beruvchilarning umumiy dasturlariga toʻlovlarni amalga oshirishi talab etiladigan qonunchilik talablari yoki soha kelishuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konstruktiv javobgarliklarni yuzaga keltiruvchi norasmiy amaliyotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Norasmiy amaliyotlar tashkilotning xodimlarga daromad toʻlovlarini amalga oshirishdan boshqa muqobil chorasi boʻlmagan konstruktiv javobgarliklarni yuzaga chiqaradi. Masalan, tashkilot tomonidan qonuniy majburiyati boʻlmasa ham, xodimlarga mukofotlar toʻlab kelingan. Bunda, tashkilotda amaliyotdan kelib chiqqan holda mukofotni toʻlash majburiyati yuzaga keladi va unda mukofotni toʻlashdan boshqa muqobil chora boʻlmaydi, aks holda xodimlar mehnat shartnomalarini bekor qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xodimlarning daromadlari quyidagilarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xodimlarning qisqa muddatli daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xodimlarning boshqa uzoq muddatli daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishdan boʻshatish nafaqalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xodimlarning daromadlari xodimlarga, ularning ishonchli vakillariga, turmush oʻrtoqlariga, farzandlariga yoki boshqa qaramogʻidagilariga yoxud boshqalarga (masalan, sugʻurta kompaniyalariga) toʻlanadigan toʻlovlar yoki shartli tovarlar va xizmatlar bilan taʼminlash orqali hisob-kitob qilinishi mumkin boʻlgan daromadlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Standartda xodim deganda tashkilotda toʻliq, toʻliq boʻlmagan, doimiy yoki vaqtinchalik asoslarda ishlovchi shaxslar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xodimlarning qisqa muddatli daromadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xodimlar tomonidan mehnat faoliyati amalga oshirilgan hisobot davri tugaganidan keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlanishi kerak boʻlgan xodimlarning qisqa muddatli daromadlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqlari va unga tenglashtirilgan, shuningdek ustama va qoʻshimcha toʻlovlar (masalan, kuzatuv kengashi aʼzolariga mukofotlar va boshqa toʻlovlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat taʼtili uchun toʻlovlar va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuni boʻyicha mukofot toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar uchun pul koʻrinishida boʻlmagan daromadlar (tibbiy yordam, turar joy, xizmat mashinalari va bepul yoki imtiyozli qarz asosidagi tovarlar va xizmatlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xodimlarning daromadlarini toʻlash muddati oʻn ikki oydan uzoqroq muddatga oʻzgarsa va bu oʻzgarish vaqtinchalik boʻlmasa, ushbu toʻlovlar xodimlarning qisqa muddatli daromadlari hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilot xodim mehnat faoliyati amalga oshirgan hisobot davri tugaganidan keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlanishi kerak boʻlgan xodimlarning qisqa muddatli daromadlarining diskontlanmagan summasini quyidagi hollarda tan olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyat sifatida oldin toʻlangan har qanday summani chegirgandan soʻng. Agar oldin toʻlangan summa xodim daromadlarining diskontlanmagan summasidan oshsa, tashkilot ushbu oshgan qismni aktiv (oldindan toʻlangan xarajat) sifatida tan olishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa budjet hisobining standarti xarajat sifatida xodimlarning daromadlarini aktivning qiymatiga kiritishni talab etmasa yoki kiritishga ruxsat bermasa.

11. Tashkilot tomonidan xodimlarga turli sabablarga koʻra (jumladan, mehnat taʼtillari, qisqa muddatdagi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tugʻish taʼtili, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash davri) ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlanmagan vaqt uchun toʻlanadigan haqlar jamgʻariladigan va jamgʻarilmaydigan toifalarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻariladigan pullik taʼtillar keyingi davrlarga oʻtkaziladi va joriy davrda ularga boʻlgan huquqdan toʻliq foydalanilmasa, kelgusida ulardan foydalanish mumkin. Xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida ularning kelgusidagi pullik taʼtillarga boʻlgan rasmiy huquqini oshiruvchi majburiyat paydo boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkilot ishlanmagan vaqt uchun jamgʻariladigan haq boʻyicha kutilayotgan sarfni hisobot davri oxirida jamgʻarilgan foydalanilmagan huquq natijasida toʻlashi kutilayotgan qoʻshimcha summa sifatida baholashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishlanmagan vaqt uchun jamgʻarilmaydigan haq kelgusi davrga oʻtkazilmaydi va xodimlarga tashkilotdan ishdan boʻshayotganda foydalanilmagan huquq uchun haq olish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tashkilot foydani taqsimlash va mukofot toʻlovlari boʻyicha kutilayotgan xarajatni quyidagi hollarda tan olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot oldingi hodisalar natijasida bunday toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha yuridik yoki konstruktiv javobgarlikka ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarlik ishonchli baholanishi mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashkilotda mukofotlar amaliyotda toʻlab kelinayotgan boʻlishi mumkin. Bunda, tashkilot mukofotni toʻlashdan boshqa muqobil choraga ega boʻlmasligi sababli konstruktiv javobgarlikka ega boʻladi. Konstruktiv javobgarliklarni baholash baʼzi xodimlarning mukofot olmasdan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinligi ehtimolini aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilot foydani taqsimlash yoki mukofot dasturiga asosan oʻzining yuridik yoki konstruktiv javobgarligini quyidagi hollarda ishonchli baholashi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydani taqsimlash yoki mukofot dasturining shartlari xodimlarning daromadlari summasini aniqlash boʻyicha jarayonni oʻz ichiga olsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot toʻlanadigan summalarni moliyaviy hisobot eʼlon qilish uchun maʼqullanishidan oldin aniqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi amaliyot tashkilotning konstruktiv javobgarligi summasi boʻyicha aniq dalilni taʼminlasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Foydani taqsimlash va bonus rejalari boʻyicha majburiyat, tashkilot egalari bilan bitimdan emas, xodimlarning faoliyatlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun tashkilot foydani taqsimlash va bonus rejalarining xarajatlarini foyda taqsimoti sifatida emas, balki xarajat sifatida tan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar xodimlarga tegishli xizmatlar koʻrsatgan hisobot davri tugaganidan keyin 12 oy ichida foydani taqsimlash va mukofot toʻlovlari toʻlanishi kutilmasa, bu toʻlovlar xodimlarning boshqa uzoq muddatli daromadlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya toʻlovlari (masalan, pensiyalar va pensiyaga chiqishda beriladigan bir martalik toʻlovlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat faoliyatidan keyingi boshqa daromadlar (masalan, hayot sugʻurtasi, tibbiy xizmat va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar dasturlari ularning iqtisodiy mohiyatiga bogʻliq holda belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturlari sifatida tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturlarida tashkilotning yuridik yoki konstruktiv javobgarligi u jamgʻarmaga kiritadigan badallar summasi miqdorida boʻladi. Xodimlar oladigan mehnat faoliyatidan keyingi pensiya qiymati tashkilot tomonidan mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar dasturiga yoki sugʻurta kompaniyasiga toʻlanadigan badallar summasi hamda badallar natijasida yuzaga keladigan investitsiya daromadlari orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat pensiya dasturlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkillashtirilib, davlat organlari tomonidan boshqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu Standart Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiya va nafaqalarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturlarini hisobga olish oddiy hisoblanadi, chunki tashkilotning har bir davr uchun majburiyati ushbu davr uchun toʻlanadigan summa bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, majburiyatni yoki xarajatni baholashda hech qanday aktuar farazlar talab etilmaydi va hech qanday aktuar foyda yoki zarar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xodim tashkilotda maʼlum bir muddat davomida faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tashkilot ushbu xizmat evaziga belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturiga toʻlanishi lozim boʻlgan badalni quyidagicha tan olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan xodimga koʻrsatilgan xizmatlar uchun majburiyatga teng miqdordagi majburiyat sifatida. Agar avval toʻlangan toʻlov hisobot davrining oxiriga qadar koʻrsatilgan xizmat qiymatidan ortiq boʻlsa, tashkilot bu farqni aktiv (oldindan toʻlov xarajatlari) deb tan olishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa budjet hisobining standarti xarajat sifatida xodimlarning daromadlarini aktivning qiymatiga kiritishni talab etmasa yoki kiritishga ruxsat bermasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturiga badallarning toʻliq hisob-kitob qilinishi xodimlar tegishli xizmatlarni koʻrsatadigan yillik hisobot davri oxiridan soʻng oʻn ikki oydan oldin kutilmaganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xodimlarning uzoq muddatli daromadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xodimlarning boshqa uzoq muddatli daromadlari, agar ularning toʻliq hisob-kitob qilinishi xodimlar tegishli xizmatlarni koʻrsatadigan yillik hisobot davri oxiridan soʻng oʻn ikki oydan oldin kutilmasa, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddat ishlaganligi uchun haq toʻlanadigan taʼtillar (masalan, koʻp yil ishlaganlik uchun taʼtil yoki ijodiy taʼtil toʻlovlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yubileyga mukofotlar yoki boshqa uzoq muddatli xizmat haqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha uzoq muddatli haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydani taqsimlash va mukofotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning kechiktirilgan daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdan boʻshatilgan shaxs yangi ishga kirgunga qadar tashkilot tomonidan toʻlanadigan badal.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Uzoq muddatli mehnatga layoqatsizlik nafaqa toʻlovining miqdori xizmat muddatiga bogʻliq boʻlsa, xizmatni koʻrsatishda majburiyat paydo boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu majburiyatni baholash toʻlovning talab qilinishi ehtimoli va toʻlov kutilayotgan vaqtni aks ettiradi. Nafaqa miqdori mehnat stajidan qatʼi nazar har qanday xodim uchun bir xil boʻlsa, mehnatga layoqatsizlik holati sodir boʻlganda kelgusida xodimga amalga oshiriladigan toʻlovlar boʻyicha kutilayotgan xarajatlar tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ishdan boʻshatish nafaqalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Standartda xodimlarning ishdan boʻshatish nafaqalari xodimlarning boshqa daromadlaridan alohida tarzda inobatga oladi, chunki majburiyatni yuzaga keltiradigan hodisa boʻlib, xodim tomonidan xizmat koʻrsatilishi emas, balki bandlikning toʻxtatilishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishdan boʻshatish nafaqalari tashkilotning taklifisiz xodim talabiga asosan bandlikni toʻxtatishdan yoki majburiy pensiyaga chiqish talablaridan yuzaga keladigan xodimlarning daromadlarini oʻz ichiga olmaydi, chunki ushbu haqlar mehnat faoliyatidan keyingi daromadlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishdan boʻshatish nafaqasi odatda bir martalik toʻlov hisoblanadi, ammo baʼzida quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita yoki daromad dasturi orqali bilvosita mehnat faoliyatidan keyingi daromadning koʻpayishi (masalan, sanatoriylarga yoʻllanma, boʻshab ketgandan keyin ham toʻlanadigan toʻlovlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan ogohlantirish davrining oxiriga qadar boʻlgan ish haqi, agar xodim tashkilotga iqtisodiy naflarni taʼminlaydigan boshqa xizmatni koʻrsatmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xodimlarning daromadlari, agar ular kelgusida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun emas, balki tashkilotning xodimni ishdan boʻshatish qarori bilan bogʻliq boʻlsa, ishdan boʻshatish nafaqasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Baʼzi daromadlar xodimning ishdan boʻshashi sababidan qatʼi nazar, taʼminlanadi. Bunday daromadlarning toʻlovi aniq boʻladi, ammo ular toʻlovining muddati noaniq boʻladi. Bunday daromadlar ishdan boʻshatish nafaqalari emas, balki mehnat faoliyatidan keyingi daromadlardir va tashkilot ularni mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar sifatida hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilot ishdan boʻshatish nafaqalari boʻyicha majburiyat va xarajatni quyidagilarning qaysi biri birinchi yuz bersa, oʻsha vaqtda tan olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot ishdan boʻshatish nafaqalarini bundan buyon rad qila olmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot ishdan boʻshatish nafaqalarining toʻlovini oʻz ichiga olgan reyestrukturizatsiya sarflarini tan olsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilot oʻz tashabbusi bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish natijasida toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqalarini, agar tashkilot tegishli xodimlarni quyidagi holatlarda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini bekor qilish dasturi toʻgʻrisida xabardor qilganda, bekor qila olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomalarini bekor qilish dasturini ahamiyatli oʻzgarishlar amalga oshirilmasligi ehtimoli mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomalarini bekor qilish dasturida mehnat shartnomalari bekor qilinadigan xodimlar soni, ularning lavozimi tasniflari yoki vazifalari hamda ularning joylashgan joylari (ammo dastur har bir xodimni identifikatsiya qilinishi talab etilmaydi), shuningdek dasturning kutilayotgan tugallanish sanasi aniq koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomalarini bekor qilish dasturida xodimlar bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan taqdirda, ularga toʻlanadigan nafaqa turi va miqdorlari boʻyicha yetarli darajada maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tashkilot ishdan boʻshatish nafaqalarini dastlabki tan olishda baholashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdan boʻshatish nafaqalari mehnat faoliyatidan keyingi daromadlarning koʻpayishiga olib keladigan boʻlsa, tashkilot mehnat faoliyatidan keyingi daromadlar boʻyicha talablarni qoʻllash sharti bilan daromadning xususiyatiga muvofiq keyingi oʻzgarishlarni baholashi va tan olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

agar ishdan boʻshatish nafaqalarining toʻliq hisob-kitob qilinishi ishdan boʻshatish nafaqalari tan olinadigan yillik hisobot davri oxiridan soʻng oʻn ikki oydan oldin kutilsa, tashkilot xodimlarning qisqa muddatli daromadlari boʻyicha talablarni qoʻllashi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ishdan boʻshatish nafaqalarining toʻliq hisob-kitob qilinishi yillik hisobot davri oxiridan soʻng oʻn ikki oydan oldin kutilmasa, tashkilot xodimlarning boshqa uzoq muddatli daromadlari boʻyicha talablarni qoʻllashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Axborotlarning oshkor etilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xodimlarning qisqa va uzoq muddatli daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”da (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) belgilangan moliyaviy hisobotlar shakllarida yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tashkilot belgilangan badallar boʻyicha pensiya dasturlari uchun xarajat sifatida tan olingan summani moliyaviy hisobotlarga tushuntirishda yoritib berishi lozim.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 10/24/3578/0952-son)