20.11.2024 yildagi PQ-397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, turli sohalarda faoliyat yuritib, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shayotgan vatandoshlarimizni rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda yuqori yutuqlarga erishgan, jahonda O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surishga intilayotgan, O‘zbekiston xalqining bebaho ma’naviy-madaniy merosini saqlash va ko‘paytirishga katta shaxsiy hissa qo‘shayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida va uning manfaatlarini ko‘zlab xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasining shakli va tasnifi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish uchun tavsiya etilgan nomzodlarning ularga qo‘yilgan talablarga javob berishini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhlar tuzgan holda, komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi bo‘yicha tavsiyanomalar va taqdimnomalar qonuniylik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida tashabbus qilinganligini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish bilan bog‘liq xarajatlar Tashqi ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasini berish, ma’lumotlarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi va server qurilmalarini modernizatsiya qilish orqali to‘liq raqamlashtirilgan holda, “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib tashqi ishlar vaziri B.O. Saidov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-397-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga
1-ILOVA

“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi vatandoshning milliy pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati bilan haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” — kelib chiqishi O‘zbekiston hududidan bo‘lgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomini olgan yoxud etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o‘zini o‘zbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan, O‘zbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan shaxslar va ularning avlodlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi — (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag‘batlantirish shakli bo‘lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda “Vatandosh” kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya — guvohnomani berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo kollegial organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestr — rasmiylashtirilgan guvohnomalarning yagona hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma — guvohnomani berish uchun vazirlik va idoralar tomonidan beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimnoma — guvohnomani bekor qilish uchun beriladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Vatandosh” guvohnomasini berish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Guvohnoma quyidagi vatandoshlarga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yoki qo‘shma korxona tashkil etish tarzida investitsiyalar kiritgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda yuqori yutuqlarga erishgan, xalqaro maydonda O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surishga munosib hissa qo‘shgan, O‘zbekiston xalqining bebaho ma’naviy-madaniy merosini saqlash va ko‘paytirishda katta shaxsiy namuna ko‘rsatgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida va uning manfaatlarini ko‘zlab xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Guvohnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo‘yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vazirlik va idoralar faqatgina o‘z sohasi bo‘yicha ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan vatandoshlarga guvohnoma berishni tashabbus qilib tavsiyanoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan vatandoshlarga guvohnoma berish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tavsiyanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilgan investitsiyalar miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yoki qo‘shma korxona tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, shuningdek, davlat aktivlarining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan xayriya (metsenatlik) loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanomaga ilova qilinadigan ma’lumotlar o‘z sohasi bo‘yicha tashabbuskorlar tomonidan beriladi, qo‘shimcha ma’lumotlarni esa tegishli vazirlik va idoralardan tashabbuskor so‘rov qilish orqali oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga tashabbus qilgan hamda ma’lumot taqdim etgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya o‘ttiz kun ichida tavsiyanomani ko‘rib chiqib, vatandoshga guvohnoma berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guvohnoma Komissiyaning guvohnoma berish to‘g‘risidagi qaroriga asosan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma Markaziy bankning “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi buyurtmanomasiga asosan belgilangan namunaga muvofiq shartnoma asosida tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Guvohnoma muddatsiz amal qiladi va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti yoki uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaPB) tomonidan “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan tantanali ravishda egalariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan yoxud tugatilgan davlatlarda yashovchi vatandoshlarga guvohnoma ularni O‘zbekistonga taklif qilish orqali respublika hududida yoki ushbu davlatlarga amalga oshirilgan tashrif vaqtida topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Guvohnomani berish masalasini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish guvohnoma berilayotgan shaxsni xabardor qilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashqi ishlar vazirligi guvohnoma berilgan shaxslar reyestri yuritilishini ta’minlaydi va bir ish kunida har bir rasmiylashtirilgan guvohnoma haqida Ichki ishlar vazirligini elektron shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Reyestrda quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandosh to‘g‘risida ma’lumot (F.I.O., fuqaroligi, milliy pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining seriyasi va raqami, amal qilish muddati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning raqami va berilgan sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish va berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Vatandosh” kartasi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Vatandosh” kartasini olish uchun vatandosh MvaPBga quyidagilarni taqdim etadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarosining milliy pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Vatandosh” kartasi MvaPB tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaPB taqdim etilgan hujjatlar asosida vatandoshning biografik ma’lumotlarini, elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vatandoshga MvaPB tomonidan “Vatandosh” kartasi bepul beriladi va kartaning amal qilish davrida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish davlat boji undirilmasdan amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. “Vatandosh” kartasi egalariga beriladigan huquq va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Vatandosh” kartasiga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirish va chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Vatandosh” kartasi egalarining oila a’zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik viza olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning Tashqi ishlar vazirligi, vazirlikning hududiy bo‘linmalari, xorijdagi konsullik muassasalari va diplomatik vakolatxonalari orqali bergan o‘z iltimosiga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandosh og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar (pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirilishi bilan bog‘liq jinoyat sodir etilishi natijasida olingan holatlarda — sudning Komissiyaga yuborgan taqdimnomasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandosh vafot etganda Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi tomonidan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga asosan;

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan o‘z tashabbusi asosida berilgan guvohnoma egalariga nisbatan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga binoan.

22. Guvohnoma va karta mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda Komissiya o‘n besh ish kuni ichida guvohnomani bekor qilish masalasini ko‘rib chiqadi hamda qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida qabul qilingan qaror uch ish kunida Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi guvohnomani besh ish kunida bekor qiladi, reyestrga bu haqda o‘zgartirish kiritadi hamda guvohnoma egasini bu haqda xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Komissiyaning guvohnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori asosida besh ish kunida “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Vatandosh” kartasini bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdimnomada “Vatandosh” guvohnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lmasa, Komissiya bu haqda qaror qabul qiladi va tashabbuskorga uch ish kuni ichida yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

“Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik, idora va tashkilotlar

“Vatandosh” guvohnomasini berish taklif etilayotgan vatandosh tomonidan kiritilgan investitsiya, xo‘jalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, davlat aktivlarining miqdori, shuningdek, madaniyat va san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy, iqtisodiy sohaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tavsiyanomani “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Komissiya

Tavsiyanomani ko‘rib chiqadi hamda “Vatandosh” guvohnomasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, Tashqi ishlar vazirligi yoki tashabbuskorga yuboradi.

30 ish kuni ichida

3-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Komissiyaning qaroriga asosan “Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtiradi va tantanali ravishda vatandoshga topshiradi.

15 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

“Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vatandosh

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti yoki uning hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — MvaPB) “Vatandosh” guvohnomasi va chet el fuqarosining milliy pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini taqdim qilgan holda murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

MvaPB

Taqdim etilgan hujjatlar asosida vatandoshning biografik ma’lumotlarini, elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.

Murojaat etganda

3-bosqich

MvaPB

“Vatandosh” kartasini rasmiylashtiradi va vatandoshga topshiradi.

Bir ish kuni ichida

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik, idora va tashkilotlar

Vatandoshning iltimosiga ko‘ra;

vatandosh og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar (pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilishi bilan bog‘liq jinoyat sodir etilishi natijasida olingan holatlarda — sudning Komissiyaga yuborgan taqdimnomasiga binoan;

vatandosh vafot etganda;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi tomonidan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga asosan;

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan o‘z tashabbusi asosida berilgan guvohnoma egalariga nisbatan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga binoan.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Komissiya

“Vatandosh” guvohnomasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqadi hamda qaror qabul qiladi.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Komissiya

“Vatandosh” guvohnomasini bekor qilish to‘g‘risida qabul qilingan qaror Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Agar bekor qilish uchun asos bo‘lmasa, bu haqda qaror qabul qiladi va tashabbuskorga yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

“Vatandosh” guvohnomasini bekor qiladi va reyestrga bu haqda o‘zgartirish kiritadi hamda guvohnoma egasini bu haqda xabardor etadi.

5 ish kuni ichida

Ichki ishlar vazirligi

“Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Vatandosh” kartasini bekor qiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasining shakli va tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasi 110x75 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) ko‘k rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 3,5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matnda VATANDOSH GUVOHNOMASI (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning pastki chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr yuqorida, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matnda CERTIFICATE OF COMPATRIOT (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zlari yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och kulrangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Guvohnomaning ichki chap tomoni (ikkinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “-sonli” so‘zi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “___-sonli guvohnoma” so‘zidan 11 millimetr pastda guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Uchinchi chiziqda “ga” so‘zi yozilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, markazda oralig‘i 4 millimetrli uchta satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “ning”, ikkinchi satrda “20__ -y. “___” _______dagi”, keyin 15 millimetr uzunligida qaror (buyruq)ning tartib raqamini ko‘rsatish uchun chiziq va “-sonli” so‘zi, uchinchi satrda “qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda “VATANDOSH” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan matn joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda “guvohnomasi berildi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi yozilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “M.O‘”, keyin 12 millimetr uzunligida “Vatandosh” guvohnomasini imzolaydigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatish hamda imzo qo‘yish uchun chiziq, ikkinchi satrda “___” _______ 20__ -yil” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “Certificate № ____” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “Certificate № ____” so‘zidan 11 millimetr pastda guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 4 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi satrda “According to the order № _________”, ikkinchi satrda “from ______ “___” 20____ year”, uchinchi satrda “was conferred with certificate of” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda “COMPATRIOT” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan matn joylashgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “P.S”, keyin 12 millimetr uzunligida “Vatandosh” guvohnomasini imzolaydigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatish hamda imzo qo‘yish uchun chiziq, ikkinchi satrda “___” ______ 20__ year” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasining shakli va tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasiga kiritilgan himoya elementlari va vositalari kartadan o‘rnatilgan tartibda (“Vatandosh” kartasi chipiga yozilgan ma’lumotlarni NFC qurilmasi yordamida o‘qib olish uchun MRZ zonasini yoki QR kodni skaner qilish lozim) foydalanish jarayonida to‘sqinlik qilmaydi, aksincha qo‘shimcha ma’lumot kiritish yoki mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoniyatini cheklanganligi undagi shaxsiy ma’lumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasiga kiritilgan himoya elementlari va vositalari firibgarlikni vizual va/yoki avtomatlashtirilgan tartibda aniqlashni yengillashtirish hamda uning qalbakilashtirilishi, soxtalashtirilishining oldini olish, himoyalangan tarmoqdagi ma’lumotlar bazasi bilan solishtirish, shuningdek, boshqa shaxs tomonidan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasi uchun ishlatiladigan smart karta (blank)lardagi chip ICAO 9303 xalqaro standartiga asoslangan va xalqaro axborot xavfsizligi talablariga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasiga asosiy va qo‘shimcha himoya elementlari va vositalari kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasi himoya foni (laminatsion lentadagi O‘zbekiston gerbining tasviri, yorug‘likda tovlanuvchi naqshlar va mikromatnlar) va ikki qavatli naqsh ko‘rinishidagi rasmdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasi blanki va laminatsion lentasidagi mikroyozuvlar 6 — 8 karra kattalashtirilganda o‘qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” kartasi blanklarini ishlab chiqarishda quyidagi xavfsizlik va himoya elementlaridan foydalanish imkoniyatlari ta’minlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya shablonlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) golografik mikro-nanomatn;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “DENTIFIKATSIONNAYA” so‘zida ataylab qilingan xato;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “HAXSNI” so‘zida ataylab qilingan xato;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gilosh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) optik tekshiriladigan siyoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston gerbi tasvirlagan, mikromatnli va yorug‘likda tovlanuvchi laminatsion lenta bilan qoplangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta o‘tkazishli (retransferli) chop etish (HDP) texnologiyasiga asoslangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozuvlar yuqori aniqlikda bosib chiqarilishi ta’minlangan (chop etish zichligi 600 dpi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga
4-ILOVA

“Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

S.S. Safoyev

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

L.Sh. Qudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Q.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

A.I. Ikramov

sport vaziri

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

lavozimiga ko‘ra

“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi

lavozimiga ko‘ra

Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul boshqarmasi boshlig‘i, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishiga boshqa davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) faoliyatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari huzuridagi vazirlik va idoralar rahbar xodimlaridan tashkil topgan kollegial organdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini berishning maqsadga muvofiqligi masalalari yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tavsiyanoma berilgan nomzodlarni ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi Komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) bo‘lib, Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini berish masalalariga oid hujjatlarni ishlab chiqadi va tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya “Vatandosh” guvohnomasini berish masalalarini ko‘rib chiqish jarayonida zaruratga ko‘ra tavsiyanoma berilgan nomzodlar va boshqa ma’lumotlarni o‘rganish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralardan qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib oladi, shuningdek, zarurat tug‘ilganda tegishli mutaxassislarni, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlarini jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish uchun tavsiya etilgan vatandoshlarning nomzodlarga qo‘yilgan talablarga javob berishini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar tomonidan “Vatandosh” guvohnomasini berish bo‘yicha nomzodlarga qo‘yilgan talablardan chetga chiqqan holda, nomzodlarni to‘liq o‘rganmasdan turib taqdim qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish bo‘yicha nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish bo‘yicha tavsiyanomalar berishda manfaatlar to‘qnashuvi, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish holatlari mavjudligini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar tomonidan “Vatandosh” guvohnomasini berish bo‘yicha taqdim etilgan tavsiyanomalardagi nomzodlarning belgilangan talablarga mos kelishi hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar salmog‘ini, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdagi rolini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berishga nomzodlarning tarjimai holi va u bilan bog‘liq ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va ularning haqqoniyligini tekshirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga o‘rganish uchun jo‘natadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlar bo‘yicha vazirlik va idoralarga berilgan ko‘rsatmalar va topshiriqlar ijrosi to‘liq amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarning “Vatandosh” guvohnomasi hamda “Vatandosh” kartasini berish bilan bog‘liq faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi “Vatandosh” guvohnomasini taqdimnoma asosida bekor qilish yoxud taqdimnomani ko‘rib chiqishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ijrosini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya raisi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning faoliyatiga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosining nazoratini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarishda uning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya o‘z faoliyatini Komissiya raisi tomonidan uning a’zolari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan ish reglamentiga muvofiq tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya majlisini rais, rais bo‘lmaganda uning o‘rinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya raisining o‘rinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli axborot va takliflarni Komissiya raisiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi bo‘lmaganda yoki uning topshirig‘i bo‘yicha Komissiya yig‘ilishlariga raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlash maqsadida boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar tomonidan “Vatandosh” guvohnomasini berish bo‘yicha taqdim etilgan tavsiyanomalardagi nomzodlarni belgilangan talablarga mos kelishini hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar salmog‘ini, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdagi rolini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berishga nomzodlarning tarjimai holi va u bilan bog‘liq ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va ularning haqqoniyligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatandosh” guvohnomasini berishga nomzodlarni o‘rganib chiqish va tanlashga doir dolzarb masalalar yuzasidan Komissiyaga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning qarorlari va qo‘yilgan vazifalarning ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni Komissiya raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minotini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi va Komissiya muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi bilan yig‘ilish o‘tkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar ro‘yxatini kelishadi, Komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni yig‘ilish sanasi, vaqti va o‘tkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, shuningdek, vazirlik va idoralardan “Vatandosh” guvohnomasini berish bo‘yicha tavsiyanomalarni qabul qiladi va jamlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralardan oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolarining taklif va mulohazalarini qabul qiladi hamda ularni tizimlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalari Komissiya a’zolariga yuborilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini yuritadi va uning yakunlarini Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning qarorlariga hamda Komissiya raisi va o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Komissiya qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiyaning a’zolari yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida ikki ish kuni oldin yig‘ilish o‘tkazilish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yig‘ilishni Komissiya raisi (rais yo‘qligida uning ko‘rsatmasi asosida o‘rinbosari) olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya a’zolari yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok etadi. Komissiya a’zosi asossiz sabablarga ko‘ra uch martadan ortiq yig‘ilishlarda ishtirok etmagan taqdirda, unga nisbatan Komissiya raisi tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya yig‘ilishda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya yig‘ilishlari Komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq har chorakda kamida bir marta, shuningdek, Komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan shoshilinch masalalarni ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelganda navbatdan tashqari o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya yig‘ilishlariga ko‘rib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda, uning tarkibiga kiritilmagan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy va ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya a’zolarining ish samaradorligini baholash mezonlari va ularni rag‘batlantirish mexanizmlari, davriyligi hamda moliyaviy manbalari Komissiya yig‘ilishlarida muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilish orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya qarorlari uning yig‘ilishida ishtirok etadigan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Komissiya a’zolari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma rais tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya a’zolari, vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan Komissiya a’zolari (a’zosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida o‘z takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Komissiya qarorlarining bajarilishi ishchi organ tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Komissiya o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 07/24/397/0947-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)