15.11.2024 yildagi O‘RQ-1000-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 20-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ular uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda, shuningdek soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) ortiqcha toʻlangan summani qaytarish uch kunlik muddatda amalga oshiriladi, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun soliqlarni oʻz vaqtida toʻlayotgan va qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda ularni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 60-modda quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashni va ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi reyting”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalari inobatga olingan holda, uning yozma arizasiga koʻra, bunday ariza soliq organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, Tadbirkorlik subyektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga esa (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) uch kun ichida qaytarilishi lozim (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarning birgalikdagi oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida, Tadbirkorlik subyektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) ikki kun ichida qabul qilinadi (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 105-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalari inobatga olingan holda, uning yozma arizasiga koʻra, bunday ariza soliq organi tomonidan qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, Tadbirkorlik subyektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga esa (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) unga hisoblangan foizlar bilan birga uch kun ichida (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) qaytarilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 137-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingining “AAA” toifasidagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7) Tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingining “AAA” toifasidagi tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida, ushbu modda toʻrtinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga esa bir kun ichida toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga toʻlashi shart. Ushbu modda toʻrtinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining asoslantirilganligi kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1000-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2024-y., 03/24/1000/0928-son)