14.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3283-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 14.11.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3283-1
Kuchga kirish sanasi
15.12.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3283-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-son qarori (roʻyxat raqami 3283, 2020-yil 29-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/3283/1470-son) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31/13-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 14-oktabrdagi 31/13-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikka qoʻyilgan talablarni, shuningdek bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Faktoring xizmati boʻyicha bankning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda bankka aloqador shaxslarga doir kredit tavakkalchiligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlmasa yoki mavjud boʻlib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan boʻlsa, qarzdorga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan boʻlsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-banddan “, shuningdek faktoring xizmatlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Banklar qarzdorlarni nazorat asosida va (yoki) iqtisodiy asosda aloqadorligini aniqlashda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari mezonlaridan foydalanishga haqli. Bunda, mazkur mezonlar qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi yoki ulardagi talablardan yengilroq talablar nazarda tutilmasligi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23. Qarz oluvchi bitim tuzilgan davrda bankka aloqador hisoblanmasdan, keyinchalik bankka aloqador shaxsga aylansa, tavakkalchilik miqdorining mazkur Nizomning 20 va 21-bandlarida belgilangan talablardan oshishi prudensial normativga nomuvofiq deb tan olinmaydi, basharti bank bu haqda Markaziy bankka 10 kun ichida maʼlumot bergan holda Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda prudensial normativga muvofiqlashtirish yuzasidan majburiyatni olgan boʻlsa.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3283-1/0920-son)