04.11.2024 yildagi 734-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish tartiblarini soddalashtirish hamda mazkur holatlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni yashash uchun yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi xulosalarni rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmati 2025-yil 1-yanvardan boshlab tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tuziladigan Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash komissiyasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha tegishli texnik talablarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.S. Xidoyatov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
734-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 734-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali tumanlar (shahar) hokimliklari tomonidan tuziladigan Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tuziladigan Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash komissiyasi tarkibi ushbu reglamentga 2-ilovada keltirilgan tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va Komissiya o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar o‘zlari yashab turgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, davlat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar bo‘yicha navbatdagi ish kuni arizalarning Komissiyaga tushgan va Komissiya tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli uy-joylarni termit va boshqa hashoratlardan zararlanganligini aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha mazkur uy-joyda yashovchi har qanday shaxs ishonchnomasiz davlat xizmatidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchidan so‘rovnomadan tashqari boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. So‘rovnoma to‘ldirilganidan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli so‘rovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida Komissiyaga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Komissiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya yetti ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, uy-joy joylashgan hududga chiqqan holda quyidagilarni aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganlik darajasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyning texnik holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyda yashash imkoniyati mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyni yaroqsiz holatga kelganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish natijasida Komissiya tomonidan uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida yaroqsiz holatga kelganligini tasdiqlash yoki rad etish ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtirilgan xulosa Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda o‘rganish natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligi tasdiqlansa, xabarnoma qo‘shimcha ravishda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga uy-joyni yashashga mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish hamda uy-joy fondidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan Komissiyaga uy-joyni ko‘zdan kechirish uchun imkon berilmaganda yoki ko‘zdan kechirishga to‘sqinlik qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlangan bo‘lishiga qaramay, uning texnik holati yashash imkonini berganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyda termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanish holatlari aniqlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini boshqa asoslarga ko‘ra rad qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat xizmatlari markazi xulosa kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga xulosani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchiga berilgan xulosa kelgusida uni davlat tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlash uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tadbirlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 09/25/579/0840-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi Komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha so‘rovnomalarni qabul qilish hamda o‘rganish natijasi yuzasidan Komissiya xulosasini taqdim etish Ishchi organ orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisining topshiriqlariga asosan Komissiya a’zolarini Komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari Komissiya a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etadigan a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan Komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar yig‘ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya qarorlari Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya hujjatlari Ishchi organ tomonidan uch yil muddatgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishchi organ mas’ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni bir ish kuni ichida arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya raisi Ishchi organ tomonidan kiritilgan mezonlar yuzasidan baholash natijalariga asosan ariza beruvchiga uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha xulosani elektron (ERI orqali) shaklda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat xizmatlari markazlari va Komissiya a’zolari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini davlat xizmatlarini ko‘rsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazorat va monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ariza beruvchilar Komissiya a’zolarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA

Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchilar

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

1. So‘rovnomani to‘ldirib, Komissiyaga yuboradi.

2. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda Komissiyaga yuboriladi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Komissiya

So‘rovnomani ko‘rib chiqib, uy-joyni joyiga chiqib o‘rganadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha xulosani QR-kod (shtrixli kod) qo‘ygan holda rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi.

Yetti ish kuni davomida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani ariza beruvchilarga taqdim etadi.

10 daqiqa ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tuziladigan Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

Lavozimiga kura

tuman (shahar) hokimining uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimiga ko‘ra

Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi” davlat muassasasi vakili

3.

Lavozimiga ko‘ra

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmasi boshligi

4.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakili

5.

Lavozimiga qura

tuman (shahar) kadastr bo‘limi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA

Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

7. Yashash manzili:

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. Rasmiy nomi (to‘liq):

2. Joylashgan joyi:

3. STIRi:

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

III. Uy-joy haqida ma’lumot:

1. Uy-joyning kadastr raqami (mavjud bo‘lsa):

2. Uy-joyning manzili:

3. Uy-joyning qavatlari soni (agar bir necha qavatdan iborat bo‘lsa):

4. Avval ushbu masala bo‘yicha murojaat qilinganligi:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha

XULOSA

Berilgan sana

__________________________________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

_____________________________ (vakolatli organ nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20____ yil “____” ________________________________________dagi

_______________________________________________________ (yil, kun, oy)

____________________________________________-son so‘rovnomangiz ko‘rib chiqilib.

____________________________________________

___________ (uy-joyning manzili)

uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joy yaroqsiz holatga kelganligining tasdiqlanganligi yoki rad etilganligi ma’lum qilinadi.

Xulosa berishning rad etish asoslari (ariza rad qilinganda);

1.

2.

3.

Axborot tariqasida ma’lum qilinadiki, davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi takroran davlat xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Bunda mazkur murojaatlar yangidan berilgan hisoblanadi.

____________________________

______________________________

(mas’ul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)

QR-kod

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2024-y., 09/24/734/0884-son; 18.09.2025-y., 09/25/579/0840-son)