28.10.2024 yildagi 707-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘rmonchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmonchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani yanada mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-174-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-174-son qarori bilan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tashkiliy tuzilmasida davlat muassasasi shaklidagi Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 20 nafar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi) bino qurish va tajriba o‘tkazish uchun Nukus tumani hokimligi zaxirasidan ajratiladigan yer maydonlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasiga yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hisobidan jami 8 mlrd so‘m, shu jumladan, stansiya binosi qurilishi uchun 6 mlrd so‘m va uning moddiy-texnik bazasini yaratish uchun 2 mlrd so‘m ajratish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu xarajatlarning miqdorlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ekspertiza natijalaridan kelib chiqib, aniqlik kiritilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasini saqlash va uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan, ushbu mablag‘lar yetishmagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida tegishli mablag‘larni nazarda tutish orqali moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil mobaynida Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va innovatsiyalarni moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan belgilangan tartibda cho‘l sharoitiga bardoshli daraxt-buta ko‘chatlarini yetishtirish hamda daraxtzorlarni barpo etishning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun 1,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Kegeyli tumanida davlat muassasasi shaklida Kegeyli davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kegeyli davlat o‘rmon xo‘jaligining faoliyati Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga muvofiq moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kegeyli davlat o‘rmon xo‘jaligining joriy xarajatlarini moliyalashtirish hamda budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini saqlash belgilangan tartibda O‘rmon xo‘jaligi agentligi takliflari asosida yer maydonlari qisqartiriladigan davlat o‘rmon xo‘jaliklarining tegishli mablag‘lari hamda shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasining hamda Kegeyli davlat o‘rmon xo‘jaligining ustavlarini, shtatlar jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlasin va ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
707-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-son qaroriga
1-ILOVA

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasiga Nukus tumani hokimligi zaxirasidan ajratiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YER MAYDONLARI

T/r

Yer uchastkasi manzili

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

ga

Shu jumladan

Yer ajratish maqsadi

sug‘oriladigan yerlar

lalmi yerlar

yaylov yerlar

ko‘p yillik daraxtzorlar

qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar

1.

“Qutanko‘l” massivi

350,

351,

352ch,

354,

355,

9,83

9,55

0,28

Iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish uchun

2.

“Qutanko‘l” massivi “Jamansha” qishlog‘i

248q

0,17

0,17

Bino qurish uchun

Jami:

10,0

9,55

0,45

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi (4-ilova) “Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi” blokidan keyin “Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi” bloki bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning ishlab chiqarish me’yorlarini belgilash to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi 791-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-bandning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“Mutaxassislar lavozimi” ustunidagi “O‘rmonchi* (qo‘riqchi, milliy tabiat bog‘larida nazoratchi)” so‘zlari “O‘rmonchi* (qo‘riqchi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2 va 3-ilovalar nomidagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 40 va 41-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

40.

Biolog **

Har bir tashkilotda

1

41.

Zoolog **

Har bir tashkilotda

1

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 5-ilova nomidagi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha barcha amaldagi shartnomalarni xatlovdan o‘tkazsin va mazkur qarorga muvofiqlashtirgan holda Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Reglament talablari davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarni ijaraga berishga hamda o‘rmon fondi yerlaridan mavsumiy foydalanishga (pichan o‘rish va chorva mollarini boqish, o‘rmon hududidagi mavjud bog‘lar, tabiiy va madaniy yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) mevalari (hosili)ni yig‘ish, cho‘l va yaylov o‘simliklari (saksovul, cherkiz, qondim, qorburoq va boshqa)ning urug‘larini yig‘ish, oziq-ovqat maqsadlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga) tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi. Bunda davlat o‘rmon — ovchilik xo‘jaliklari hamda milliy tabiat bog‘lari hududlarini ijaraga berishda Ekologiya vazirligi buyurtmachi hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli tashkilotlar — Suv xo‘jaligi vazirligi (baliqchilik faoliyati bo‘yicha), Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari (ekologik turizm, rekratsiya, sog‘lomlashtirish, dam olish maskanlari hamda ovchilik faoliyati bo‘yicha), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida shartnoma Ekologiya vazirligi bilan tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-band quyidagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari yer uchastkalari ularning toifasi o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqichda — 29 yil muddatga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ikki yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkalari uchun ijara to‘lovi miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Foydalanish maqsadlari

Joylashish zonasi bo‘yicha 1 gektar yer uchastkasi ijara to‘lovi

(bazaviy hisoblash miqdorining baravari hisobida)

Cho‘l

Tog‘

Vodiy

To‘qay

1.

O‘rmon barpo qilish uchun

0,1

0,3

1

0,5

2.

Yong‘oq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun

0,5

1

1

0,5

3.

Mevali bog‘lar (daraxtzorlar) barpo etish uchun

1

5

10

5

4.

Mevali va manzarali ko‘chat yetishtirish uchun

2

5

10

5

5.

Tez o‘suvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun

1

3

10

5

6.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun

5

10

15

10

7.

Dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun

1

2

3

2

8.

Asalarichilik faoliyati uchun

1

5

5

2

9.

Baliqchilik faoliyati uchun

5

5

15

10

10.

Ovchilik faoliyati uchun

3

10

10

5

11.

Ekologik turizm, rekratsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan)

3

10

10

10

Bunda Burchmulla, Ohangaron, Kitob, Zomin, Boysun, Uzun, Jomboy, Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaliklari, Shahrisabz, Pop, Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarida

10

30

30

20

12.

Limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun

5

10

15

10

13.

Yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun

3

10

10

5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga berishda “nol” stavkani qo‘llash bo‘yicha imtiyozlar berilgan taqdirda, ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati tugagandan so‘ng ijara to‘lovi miqdorlari ushbu jadvaldagi mezonlar asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nol” stavkada ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkasida ijarachi tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmaganligi aniqlangan hollarda ijara shartnomasi qonunchilikka muvofiq bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon xo‘jaligi agentligida ro‘yxatga olingan ijara shartnomalari (bitimlar) o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari (milliy tabiat bog‘lari va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari bilan birga) ijaraga beruvchi sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara to‘lovi, penya va jarimalarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish o‘rmondan doimiy foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘armaga to‘lanmagan ijara to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijara to‘lovini hisoblashda davlat o‘rmon xo‘jaliklarining hisob raqamlariga to‘langan ijara to‘lovlari ham hisobga olinadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)