21.10.2024 yildagi KQ-836-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 21.10.2024 yildagi KQ-836-IV-son
Kuchga kirish sanasi
21.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashida ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashida ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashida ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomani oʻz sessiyalarida koʻrib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi ushbu Qaror ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlariga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-836-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-836-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashida ish yuritish boʻyicha namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Yoʻriqnoma xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashida (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) ish yuritish (hujjatlarni tayyorlash qoidalari, uslublari va jarayonlarini hamda hujjatlar bilan ishlash) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ish yuritishning holati uchun javobgarlik mahalliy Kengash kotibiyati (bundan buyon matnda kotibiyat deb yuritiladi) mudirining zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kotibiyat mahalliy Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalarida ish yuritishga tashkiliy va uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahalliy Kengashda hujjatlarni roʻyxatga olish, saqlash hamda ularning ijrosini taʼminlash uchun javobgarlik kotibiyat mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy Kengashlar, doimiy komissiyalarning qarorlari, komissiyalar majlislari bayonnomalari, mahalliy Kengash va komissiyalarning boshqa tashkilotlar bilan xizmat yozishmalarini tayyorlashda va rasmiylashtirishda ushbu Yoʻriqnomaga amal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahalliy Kengash doimiy komissiyalari aʼzolari va kotibiyat xodimlari ushbu Yoʻriqnoma bilan imzo qoʻydirilgan holda tanishtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mahalliy Kengash faoliyati bilan bogʻliq hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mahalliy Kengash faoliyatiga oid hujjatlarning tarkibi mahalliy Kengash, uning doimiy komissiyalari va kotibiyatning vakolatlari va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahalliy Kengashda qoʻllaniladigan hujjatlarning tarkibini belgilash maqsadida kotibiyat mudiri tomonidan har yili yigʻmajildlar nomenklaturasi (yigʻmajildlarning roʻyxati hamda ularni saqlash muddatlari koʻrsatilgan holda) ishlab chiqiladi va mahalliy Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Joʻnatish uchun moʻljallanayotgan hujjatlarni hamda ichki hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalliy Kengash hujjatlari turiga va mazmuniga koʻra toʻgʻri keladigan tegishli blankalarda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalardagi doimiy rekvizitlar davlat tilida yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatni mahalliy Kengash raisi, doimiy komissiyalar raislari va kotibiyat mudiri oʻz vakolatlari doirasida imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir hujjatda (xatlardan tashqari) uning turi (qaror, bayonnoma, maʼlumotnoma va shu kabilar) koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga uning mazmunini aniq va loʻnda ifodalovchi sarlavha qoʻyilishi shart (bayonnomalar va yozishmalar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatning matni mazmunli, aniq, sodda, toʻliq va shaklan ixcham hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilingan holda tuzilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, hujjatlar chet tillarida ham tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va muassasalarning qisqartma nomlari amalda tasdiqlangan shakllarga muvofiq qoʻllaniladi. Matnda shaxslarning familiyasi, geografik nomlar yoki ayrim maʼmuriy-hududiy birliklar sanab oʻtilayotgan boʻlsa, ular qoida tariqasida alifbo tartibida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzaro uzviy bogʻliq uzun matn tarkibida bir nechta hujjatlar mavjud boʻlsa, matnning katta boʻlimlariga rim raqamlari va kichik boʻlimlariga arab raqamlari qoʻyilib, ular bandlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hujjatlarning matnlari ikki qismga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismda hujjatni tuzishning asosi yoki sabablari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismda qaror, taklif va xulosa bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hujjatning mazmunini tushuntirish va asoslashga ehtiyoj boʻlmasa, matn bitta qismdan iborat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Huquq va majburiyatlarni belgilovchi hujjatlarda (nizom, yoʻriqnoma va boshqalar), shuningdek, faktlarning tavsifi hamda bahosi beriladigan hujjatlarda (dalolatnoma, maʼlumotnoma va boshqalar) bayon uchinchi shaxs nomidan birlik yoki koʻplik sonda beriladi, masalan: “komissiya tarkibiga kiradi”, “komissiya quyidagilarni aniqladi”, “mudir vazifalarini amalga oshiradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xatlarda quyidagi bayon etish shakllaridan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi shaxs nomidan koʻplik sonda (masalan: “joʻnatilishini soʻraymiz”, “koʻrib chiqish uchun joʻnatmoqdamiz”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi shaxs nomidan birlik sonda (masalan: “maqsadga muvofiq deb hisoblayman”, “ajratishingizni soʻrayman”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs nomidan birlik sonda (masalan: “komissiya eʼtiroz bildirmaydi”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Moliyaviy va raqamli maʼlumotlarda chalkashlikka yoʻl qoʻymaslik uchun raqamlar qavs ichida soʻz bilan takrorlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan: “197 (bir yuz toʻqson yetti)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hujjatning matnida qayd etilgan ilovalar boʻlsa, ular quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi, masalan: “Ilova: 10 varaqda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hujjatning matnida qayd etilmagan ilovalar boʻlsa, ularning nomi har bir ilovadagi varaqlar sonini koʻrsatgan holda birma-bir yozib chiqilishi kerak. Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ilova:

1) mahalliy Kengashning 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot 6 varaqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining 2025-yilning 1-yarmiga moʻljallangan tadbirlar rejasi 3 varaqda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hujjat boshqa hujjat ilovasi bilan birga ilova qilinayotgan boʻlsa, u quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi. Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ilova: Doimiy komissiyaning taqdimnoma yuzasidan xulosasi hamda uning ilovalari, jami 10 varaqda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hujjatda koʻrsatilgan ayrim manzillarga ilova yuborilmaydigan boʻlsa, ilova borligi toʻgʻrisidagi qayd quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi, masalan: “Ilova: 5 varaqda birinchi manzilga”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ilova muqovalangan boʻlsa, varaqlar soni koʻrsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hujjatlar tegishli manzillarga joʻnatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjatlar tashkilotlarga, ularning tarkibiy boʻlinmalariga yoki aniq shaxs nomiga yoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hujjatlar tashkilotlarga yoʻllanganda joʻnalish kelishigida koʻrsatiladi, masalan: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalariga yoʻllanganda tashkilot nomi qaratqich kelishigida, tarkibiy boʻlinma joʻnalish kelishigida koʻrsatiladi, masalan: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoniga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar tashkilot xodimi nomiga yoʻllanganda tashkilot nomi qaratqich kelishigida, tarkibiy boʻlinmalar nomi va shaxsning lavozimi bosh kelishikda, shaxs familiyasi esa joʻnalish kelishigida koʻrsatiladi, masalan: “Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.A. Adilovga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) hujjat tashkilot rahbariga yoʻllanayotganda tashkilot nomi qabul qiluvchi lavozimning nomi tarkibiga kiradi, masalan: “Buxoro davlat universiteti rektori”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot rahbarining ismi va otasi ismining bosh harflari yoziladi hamda familiyasi joʻnalish kelishigida koʻrsatiladi, masalan: “A.A. Adilovga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) hujjat bir turdagi bir necha tashkilotga yuborilayotgan boʻlsa, ularning nomlari umumlashtirma tarzda koʻrsatilishi lozim, masalan: “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) yuborilayotgan hujjatda hujjat oluvchilarni toʻrttadan koʻp koʻrsatish mumkin emas. Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi hujjat oluvchining nomidan oldin “nusxasi” degan soʻz qayd etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hujjat toʻrttadan ortiq manzilga yuborilayotgan boʻlsa, tarqatma roʻyxat tuziladi hamda har bir xatda faqat bitta hujjat oluvchi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) hujjat jismoniy shaxsga yuborilayotgan boʻlsa, avval hujjat oluvchining pochta manzili, soʻngra ismi va otasi ismining bosh harflari hamda familiyasi koʻrsatiladi, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahri Olmazor tumani Forobiy koʻchasi 5-uyda yashovchi fuqaro Z.M. Axmadovga”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hujjatlarga sana qoʻyish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻproq moliyaviy masalalarga doir maʼlumotlari boʻlgan hujjat matniga sana qoʻyilayotganda — 2024-yil 10-iyul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar, hujjatlardagi rezolyutsiyalar, vizalar, hujjat ijro etilganligi toʻgʻrisidagi qaydlar va shu singarilarning sanasi qoʻyilayotganda — 2022.10.07.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy Kengash sessiyalariga taalluqli hujjatlarga sana qoʻyilayotganda — 2024-yil 10-iyul yoki 2024.10.07.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Imzo” rekvizitlari tarkibiga hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi, ismining bosh harfi hamda familiyasi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hujjatlarni lavozim nomidan keyin “uning oʻrniga” degan soʻz qoʻshib yoki lavozim nomidan oldin qiya chiziq qoʻyib yoki boshqa shu kabi usullarda oʻzga shaxs tomonidan imzolanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Hujjatning mazmuni uchun javobgarlik bir necha shaxslar zimmasida boʻlsa, bunday hujjatga ikki va undan ortiq shaxslar imzolari qoʻyiladi (dalolatnomalar, moliyaviy hujjatlar va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mahalliy Kengash doimiy komissiyalari tomonidan tayyorlangan hujjatlarda, bu hujjatlarni tuzgan shaxslarning lavozimlari emas, balki komissiyalar tarkibidagi vazifalari taqsimoti koʻrsatiladi, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Komissiya raisi

imzosi

Ismining bosh harfi hamda familiyasi;

Komissiya aʼzolari:

imzolar

Ismlarining bosh harflari hamda familiyalari”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hujjat bir necha shaxs tomonidan imzolanganda imzolar mazkur shaxslarning egallab turgan lavozimlariga muvofiq ketma-ket joylashtiriladi, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Kengash raisi

imzosi

Ismining bosh harfi hamda familiyasi;

Kengash kotibiyati mudiri

imzosi

Ismining bosh harfi hamda familiyasi;.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kelishuv taomili hujjat loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va baholash usuli boʻlib, qoida tariqasida, vakolatlariga qarab tegishli doimiy komissiya va kotibiyat mudiri bilan kelishib olinadi. Hujjat loyihasining ichki kelishuv taomiliga hujjat loyihasini mahalliy Kengash komissiyalariga yoʻllash hamda ulardan yozma tarzdagi fikrlari (hujjat loyihasiga doir takliflar, mulohazalar va qoʻshimchalar) va imzosini olish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tashqi kelishuv taomili kelishuv ustxati bilan kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani, kelishuv varaqasi yoki hujjat loyihasi muhokamasining bayonnomasini taqdim etish orqali rasmiylashtirilishi mumkin, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kelishilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya boshqarmasining 2024-yil 10-apreldagi 01-4/15-sonli qarori”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kelishuv ustxatlari “imzo” rekvizitidan pastroqqa yoki alohida kelishuv varaqasiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Hujjatning mazmuni bir necha tashkilotning manfaatlariga daxldor hollarda kelishuv varaqasi tuzilib, bu haqda ustxat yoziladigan joyda qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tasdiqlanishi kerak boʻlgan hujjat, agar hujjatda boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, imzolangan va tasdiqlangan vaqtdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Hujjatlar tegishli mahalliy Kengash raisi, doimiy komissiyalar raislari yoki kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Hujjat muayyan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadigan boʻlsa, tasdiq ustxati “Tasdiqlayman” degan soʻzdan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxsning lavozimi, uning shaxsiy imzosi, ismining bosh harfi, familiyasi va imzolangan sanadan iborat boʻladi, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tasdiqlayman”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzo Ismining bosh harfi hamda familiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(muhr) 2024-yil 10-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Hujjat qaror yoki bayonnoma bilan tasdiqlanayotgan boʻlsa, tasdiq ustxati “tasdiqlangan” degan soʻzdan oldin hujjatning bosh kelishikdagi nomi hujjat tasdiqlangan sana va tartib raqamini koʻrsatgan holda beriladi, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 10-yanvardagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-11-84-76-9-K/24-sonli Qarori bilan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tasdiq ustxati hujjatning yuqori oʻng burchagiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mansabdor shaxslarning huquqlarini tasdiqlovchi, pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning sarflanganligi faktini qayd etuvchi hujjatlar, shuningdek, meʼyoriy hujjatlar masʼul shaxsning imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mahalliy Kengash faoliyatiga taalluqli hujjatlarning asl nusxalari (moliyaviy hujjatlar bundan mustasno) kotibiyatda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ushbu Yoʻriqnomaning 42-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan koʻchirma nusxalar mahalliy Kengash raisi yoki kotibiyat mudirining ruxsati bilan olinadi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ushbu Yoʻriqnomaning 42-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning elektron yoki poligrafiya vositalarida koʻpaytirilgan koʻchirma nusxalari hujjat asl nusxasining blankadagi belgilari bilan birga toʻliq takrorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Asliga toʻgʻri hisoblangan hujjatda “Asliga toʻgʻri” degan yozuv, tasdiqlovchi shaxsning lavozimi, uning shaxsiy imzosi, ismining bosh harfi, familiyasi hamda nusxa tasdiqlangan sana qayd etiladi, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Asliga toʻgʻri

Doimiy komissiya raisi

imzosi

Ismining bosh harfi hamda familiyasi

2024.10.07.”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Hujjat nusxasi boshqa tashkilotga joʻnatilayotganda imzo chekish va muhr bosish orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Asl nusxadagi imzoni aynan aks ettira olmaydigan hujjatlarning koʻpaytirilgan koʻchirma nusxalariga tasdiqlovchi muhr bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari hamda kotibiyati tomonidan ichki va boshqa hujjatlar mahalliy Kengash raisi, shuningdek, kotibiyat mudiri rezolyutsiyasiga binoan olinadi. Hujjatlarni joʻnatish “E-xat”, “edo.ijro.uz” axborot xizmati yoki pochta aloqa tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mahalliy Kengash qarorlari, doimiy komissiyalar qarorlari va majlisining bayonnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mahalliy Kengash qarorlari mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyalari hamda kotibiyati tomonidan tayyorlanadi. Komissiyalar raislari va kotibiyat mudiri qaror loyihalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar boʻyicha tayyorlangan qaror loyihalariga mahalliy Kengashning masʼul doimiy komissiyasi raisi hamda kotibiyat mudiri imzo qoʻyadi. Qaror loyihalari va ularga taalluqli hujjatlar masʼul komissiya hamda kotibiyat tomonidan koʻpaytirilib, mahalliy Kengash deputatlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Mahalliy Kengash qarorlari qabul qilingandan soʻng tegishli meʼyoriy hujjatlarga muvofiq raqamlanib, kotibiyat tomonidan belgilangan shakldagi blankada chiqariladi. Mahalliy Kengash qarorlari va ularga taalluqli hujjatlarga imzo (viza) yigʻish tegishli doimiy komissiya aʼzolari hamda kotibiyat xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Mahalliy Kengash qarorlari imzolangandan soʻng qaror loyihasini tayyorlagan masʼul ijrochiga qaror imzolanganligi haqida kotibiyat tomonidan ikki kun muddatda maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy Kengash qarorlari hamda ularga taalluqli hujjatlar imzolanganidan keyin uch kun ichida “Joʻnatish roʻyxati” bilan birga masʼul doimiy komissiya tomonidan kotibiyatga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Mahalliy Kengash doimiy komissiyalari majlislari olib borilishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini hamda ular qabul qilgan qarorlarni aniq va qisqa qayd qilish orqali bayonnoma tuziladi. Bayonnoma komissiya aʼzosi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mahalliy Kengash komissiyalari majlislari va tadbirlari (konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) olib borilishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini hamda ular qabul qilgan qarorlarni aniq va qisqa qayd qilish orqali bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy komissiyalar majlislari bayonnomasi komissiyaning kotibi va doimiy komissiyaga biriktirilgan kotibiyat xodimi tomonidan yuritiladi va rasmiylashtiriladi. Doimiy komissiyalar tadbirlari hamda boshqa majlislarda esa bu ishni yigʻilish jarayonida saylangan kotib bajaradi. Bayonnomadagi axborotlarning aniqligi uchun masʼuliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mahalliy Kengashga kelib tushgan hujjatlarni qabul qilib olish, roʻyxatdan oʻtkazish va taalluqliligi boʻyicha yetkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahalliy Kengashga kelib tushgan hujjatlar ustida ishlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mahalliy Kengashga hujjatlar qogʻoz yoki elektron shaklda kiritilishi mumkin. Hujjatlarni qabul qilib olish va ularni dastlabki ishlovdan oʻtkazish kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Qogʻoz nusxadagi hujjatlar solingan konvertlar, shu jumladan buyurtma xatlar ochiladi hamda ularda hujjatlar (ilovalar) bor-yoʻqligi koʻzdan kechiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tashqi elektron hujjatlar bilan ishlash faqat himoyalangan E-xat, Edo.gov.uz, Ijro.gov.uz va ularning reglamentlariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Hujjatlarda kamchilik borligi yoki ularga shikast yetkazilganligi aniqlansa, bu xususida ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, ulardan biri kotibiyatning oʻzida qoladi, ikkinchisi esa mazkur konvert qaysi tashkilotdan kelgan boʻlsa, oʻsha tashkilotga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Yanglish yuborilgan hujjatlar yangi konvertga solinib, kelgan konvertni ham ilova qilgan holda taalluqliligi boʻyicha joʻnatiladi yoki qaysi tashkilotdan kelgan boʻlsa, oʻsha tashkilotning oʻziga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Kelib tushgan hujjatlar konvertlari (shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari) joʻnatuvchining manzilini, hujjatning joʻnatilgan va olingan vaqtini, shuningdek, shaxsiy yoki xizmat haqi toʻlab olinadigan hujjatlarni faqat konverti boʻyicha aniqlash mumkin boʻlgan hollarda yoʻq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Olingan hujjat birinchi varagʻining pastki oʻng burchagiga kotibiyatning qayd etish shtampi qoʻyiladi, unda hujjat kelib tushgan sana va uning qayd etish tartib raqami hamda varaqlar soni aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Mahalliy Kengash hujjatlarining loyihalari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar loyihalari “E-Kengash” elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Mahalliy Kengash tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish “E-Kengash” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. “E-Kengash” elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy Kengashning tegishli qarorlari va mahalliy Kengash raisining farmoyishlarini qabul qilishga (chiqarishga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari loyihalarini “E-Kengash” elektron tizimi orqali qabul qilishga (chiqarishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari maxfiy toifaga kirmaydigan hujjatlar loyihalarini mustaqil ravishda ushbu toifaga kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Mahalliy Kengashga kelib tushgan hujjatlar “E-Kengash” elektron tizimida roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu roʻyxatga olish rekvizitlarining quyidagi majburiy tarkiblari qayd etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning qayerdan kelganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatni joʻnatuvchi tashkilot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning chiqish tartib raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning nomi va qisqacha mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning kirim tartib raqami va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning “rezolyutsiya” qismida hujjatdagi ijro etishga doir koʻrsatmalar rezolyutsiya shaklida berilib, unda quyidagi majburiy elementlar oʻz aksini topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochining (ijrochilarning) familiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriqning mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriqning ijro muddati (zarur hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzo va sana.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijrochi ismining bosh harfi hamda familiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibi loyihasiga kiritishingizni soʻrayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imzo Rahbar ismining bosh harfi hamda familiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024.10.01.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron dasturda roʻyxatga olingan hujjatlarning qogʻoz shakli kotibiyatda saqlanadi va tegishli muddatlarda arxivga topshirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Hujjatlar elektron tizim orqali ijrochilarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Mahalliy Kengash raisi tomonidan ijro etish muddatlari belgilangan hujjatlar (javob qaytarish, oʻrganib chiqib, taklif berish, maʼlumot tayyorlash va h.k.) kotibiyat mudiri tomonidan nazoratga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Mahalliy Kengashning bir nechta doimiy komissiyasi tomonidan ijro etiladigan hujjatlar elektron dastur orqali ijrochilarga bir vaqtning oʻzida yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Hujjatdagi tegishli rezolyutsiyada kimning nomi birinchi koʻrsatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs ijro uchun masʼul hisoblanadi yoki asosiy ijrochining nomi alohida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ustki qismiga “Shaxsan” deb yozilgan paketlar ochilmaydi va taalluqliligi boʻyicha topshiriladi. Ayrim hollarda bunday konvertlar oluvchining ruxsati bilan u vakolat bergan shaxs tomonidan ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Hujjatlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish ularning mazmuniga qarab vakolatlar va vazifalar taqsimotining mahalliy Kengashda belgilangan tartibiga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Bevosita mahalliy Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar, kotibiyatga yoʻllangan hujjatlar dastlabki tarzda koʻrib chiqilmaydi va taalluqliligi boʻyicha topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tegishli masʼul ijrochiga yoʻnaltirish uchun kotibiyatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish tartibi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish alohida tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Mahalliy Kengash doimiy komissiyasining nomi koʻrsatilmagan holda kelgan hujjatlar kotibiyatda dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan, mahalliy Kengash faoliyati bilan bogʻliq masalalarga oid axborotlari boʻlgan, mahalliy Kengash rahbariyati tomonidan hal qilish talab etiladigan hujjatlar, shu jumladan deputatlarning va kotibiyat xodimlarining xatti-harakatlariga taalluqli hujjatlar mahalliy Kengash rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Hujjatlarni ishlovdan oʻtkazish va ijrochilarga yetkazish hujjatlar kelib tushgan kunning oʻzida, agar hujjatlar ish vaqtidan tashqari vaqtda kelgan taqdirda, keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Mahalliy Kengash doimiy komissiyalari hamda kotibiyat oʻrtasidagi ichki yozishmalarga taalluqli hujjatlar roʻyxatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Joʻnatiladigan hujjatlar bilan ishlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Hujjatlarni ishlovdan oʻtkazish va joʻnatish kotibiyat tomonidan amaldagi pochta qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Hujjatlarni konvertga joylashtirishdan avval ularning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, ilovalar bor-yoʻqligi, nusxalar sonining hujjatlarni oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. Toʻliq rasmiylashtirilmagan yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan talablarga asosan qayta tayyorlab yuborish uchun ijrochiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Javob tariqasida tayyorlangan hujjatlarni roʻyxatga olish birlamchi hujjatning qayd etish shakllarida amalga oshiriladi. Javob tariqasida tayyorlangan hujjatlar ustiga ushbu javob qaysi hujjatga taalluqli boʻlsa, shu hujjatning tartib raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Buyurtma, joʻnatma (reyestr) usuli bilan joʻnatilayotgan hujjat uchun tarqatma roʻyxat tuzilib, unga kotibiyat mutaxassisi oʻz familiyasini hamda joʻnatilayotgan sanani yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Axborot texnologiyalari uskunalari yordamida oʻqiladigan hujjatlar ularda yozilgan axborotlar saqlanishining texnik talablariga mos keladigan oʻramda (idishda) joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Axborot texnologiyalari uskunalari yordamida oʻqiladigan hujjatlarni joʻnatish ularga yozma xat ilova qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Joʻnatish uchun kelib tushgan hujjatlar oʻsha kunning oʻzida ishlanishi va joʻnatilishi kerak. Joʻnatish uchun kelib tushadigan hujjatlar kotibiyat tomonidan soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi. Soat 16:00 dan keyin topshirilgan hujjatlar keyingi ish kunida joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Hujjatlarni joʻnatish uchun topshirish mahalliy Kengash doimiy komissiyalarida yoki kotibiyatda ish yuritishga masʼul shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Mahalliy Kengash hujjatlarining hisobi toʻliq va saralangan tarzda (doimiy komissiyalar boʻyicha alohida yoki kotibiyat boʻyicha alohida yoxud hujjatlar guruhi boʻyicha alohida) yuritiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari alohida hisobga olinadi. Hujjatlarning sonini hisoblab chiqishda koʻpaytirilgan va kompyuterda yozilgan nusxalar hisob birligi deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Hujjatlarni hisobga olish natijalari kotibiyat tomonidan umumlashtiriladi hamda ish yuritishni takomillashtirish choralarini koʻrish uchun mahalliy Kengash rahbariyatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Hujjatlarning ijro muddatlari va ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Ijroni nazorat qilish — hujjatlarni ijro nazoratiga qoʻyish, ijro borishining dastlabki tekshiruvini va tahlilini, hujjatlar ijrosini nazorat qilish natijalarini hisobga olish va umumlashtirishni, mahalliy Kengash rahbariyatini xabardor qilishni, oʻz vaqtida va sifatli ijroni taʼminlamagan masʼullarga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Ijro muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan) sanadan eʼtiboran kalendar kunlar bilan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Ijroning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki mahalliy Kengash rahbariyati yoxud kotibiyat mudirining rezolyutsiyasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Hujjat faqat vazifalar, topshiriqlar va soʻrovlar bajarilib, ijrosi hujjatli asosda tasdigʻini topgach, ijro etilgan hisoblanadi hamda nazoratdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Hujjat ijrochisining hujjatni ijroga chiqargan mahalliy Kengash rahbariyati va kotibiyat mudiri nomiga yozgan asoslantirilgan bildirgisi asosida hujjatning ijrosi nazoratdan chiqarilishi yoki ijro muddati oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Kotibiyat hujjatlarning doimiy komissiyalar hamda kotibiyat mutaxassislari tomonidan ijro etilishi bilan bogʻliq ishlarning ahvolini muntazam tahlil qilib boradi. Mahalliy Kengash rahbariyatiga ijro intizomining holati haqida axborot berib turish uchun kotibiyat mudiriga maʼlumotlar taqdim etib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yigʻmajildlar nomenklaturasini tuzish va shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi — mahalliy Kengashda yuritiladigan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va ularni saqlash muddatlari koʻrsatilgan holda tartibga solingan hujjatlar roʻyxatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari va kotibiyatda ish yuritishda hujjatlar yigʻmajildlarini jamlash va hisobga olish tartibli boʻlishi uchun yigʻmajildlar nomenklaturasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Doimiy komissiyalar takliflariga asosan har yili mahalliy Kengashda kotibiyat tomonidan yigʻmajildlar nomenklaturasi tuziladi hamda mahalliy Kengash Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Yigʻmajildlar nomenklaturasi tuzilayotganda turkum va namunaviy ishlar nomenklaturasiga, saqlash muddatlari koʻrsatilgan turkum va idoraviy roʻyxatlarga, idoraviy arxivlar ishining asosiy qoidalariga rioya etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Xizmat zaruratiga koʻra yil davomida ish yuritishda yangi yigʻmajildlar shakllangan boʻlsa, yil tugagach, ular kelgusi yilga shakllanadigan yigʻmajildlar nomenklaturasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Muayyan masalaga oid avvalgi yilda boshlangan yozishmalar qayta tiklanganda hujjatlar avvalgi yildagi yigʻmajild indeksi koʻrsatilgan tarzda joriy yildagi yigʻmajildga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish — bu hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasiga muvofiq hujjatlar yigʻmajildlaridagi ijro etilgan va boshqa hujjatlarni guruhlarga boʻlishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Hujjatlar yigʻmajildlarini shakllantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar yigʻmajildiga nomenklatura boʻyicha hujjatlar yigʻmajildi sarlavhalariga muvofiq faqat ijro etilgan va toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar yigʻmajildida bitta kalendar yilning hujjatlarini guruhlash, yildan-yilga oʻtuvchi hujjatlar yigʻmajildlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar yigʻmajildlarida doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar yigʻmajildiga qaytarish lozim boʻlgan, ortiqcha nusxalar, xomaki qoʻl yozmalar joylanmasligi kerak va hujjatlar yigʻmajildi 300 varaqdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Hujjatlarni mahalliy Kengashda saqlash va ulardan vaqtincha foydalanish uchun berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Ijro etilgan va toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar yigʻmajildga nomenklaturaga muvofiq joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar alohida-alohida yigʻmajildlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Ilgari kotibiyatda ishlagan shaxslarning yigʻmajildlari va hujjatlaridan foydalanishga mahalliy Kengash raisining yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Hujjatlar va yigʻmajildlar kotibiyatda 3 yil muddatda saqlanadi, soʻngra tegishli hudud arxiv idorasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Mahalliy Kengashda hujjatlar yigʻmajildlarining saqlanishi, ularni davlat saqloviga topshirishga tayyorlash javobgarligi kotibiyat mudirining zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Kotibiyat mudiri doimiy komissiyalar hamda kotibiyat xodimlari ish yurituvida boʻlgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Xizmat hujjatlarini egallab turgan lavozimiga koʻra ular bilan tanishishi mumkin boʻlgan shaxslardan boshqa shaxslarga berish yoki oshkor qilish, ulardan ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlarda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Hujjatlar yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, masʼul xodim darhol bu haqda kotibiyat mudiriga bildirgi orqali murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Ushbu Yoʻriqnoma talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.