25.10.2024 yildagi PQ-369-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-150-son qaroriga “Vatan tayanchi” harakati faoliyatida faol ishtirok etgan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini yanada kengaytirish, unda faol ishtirok etgan hamda davlat umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar bilan tamomlagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-150-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarda ham yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatida faol ishtirok etgan hamda davlat umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalariga hamda oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi negizida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-369-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PQ-369-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-150-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat umumtaʼlim maktablari, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar (keyingi oʻrinlarda — maktablar) oʻquvchilarini odob-axloq qoidalariga rioya qilish, Vatanga sadoqat hamda oʻziga qatʼiy ishonch ruhida tarbiyalash, oʻqishi, intizomi va jismoniy koʻrsatkichlari past oʻquvchilarga yuqori natijalarga erishishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maktablarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida sinflar sonidan kelib chiqib, tarkibi 20 nafar 10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻqqizinchi xatboshidagi “davlat umumtaʼlim maktablari” soʻzlari “maktablar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “umumtaʼlim” soʻzi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “davlat umumtaʼlim maktablari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “maktablar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktablarni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ilovaning “Vatan tayanchi” harakatining almashuvchi tarkibi” blokidagi “maktablari” soʻzidan keyin “, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 07/24/369/0852-son)